Telegram Web Link
Organizmingiz "komponent"larini qanday tekshirish mumkinligini bilasizmi?

🔹Bosh miya - MRT, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔸Qalqonsimon bez - UZI, 1yilda 1marta;
🔹Sut bezlari - mammografiya, 1yilda 1marta;
🔸Jigar - KT(kompyuter tomografiya), MRT, qon tahlili, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔹Oshqozon - gastroskopiya, yilda 1marta;
🔸Tuxumdonlar yoki bachadon - UTT, 1yilda 1marta;
🔹Bachadon bo'yni - Papanikolau testi, 1yilda 1marta;
🔸Teri - yangi hosilalarni muntazam ravishda;
🔹O'pka - flyurografiya yoki KT, 1yilda 1marta;
🔸Suyaklar - rentgen, shifokor ko'rsatmasiga binoan;
🔹Buyraklar, oshqozon osti bezi - UTT, 1yilda 1marta;
🔸Ichaklar - maxsus qondan axlat analizi, 1yilda 1marta;
🔹Prostata - PSA (prostatspetsifikantigen) uchun qon tahlili, 1yilda 1marta.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
#Fakt

Inson organizmining 60% ini suv tashkil qiladi!

Inson umri davomida o'rtacha 60 000 l suv iste'mol qiladi!

Kun davomida tana massasining 1kg i uchun muvofiq ravishda 35ml suv ichish tavsiya etiladi. Bunda:
-50kg uchun - 1,7l;
-60kg uchun - 2,1l;
-70kg uchun - 2,4l;
-80kg uchun - 2,8l to'g'ri keladi.

P.S. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tana uchun ortiqcha suv zarar qilmaydi.

Hozirgi kunda necha litr suv iste'mol qilyapsiz?

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Papilloma virusini qanday davolash mumkin?

Uni davolash kerak emas. Organizm unga qarshi o'zi kurashadi. Negaki, virusga qarshi preparatlar papilloma virusiga qarshi effektsizdir. Sizdan talab qilinadigani - immunitetingizni tushirib yubormang.

🩺Agar sizda papilloma virusi paydo bo'lsa, har yili ginekolog ko'rishiga borishingiz va pap-test topshirishingiz lozim.

❗️Papilloma virusi profilaktikasi - emlashdir!


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Qanday qilib malakali mutaxasisslarga shogird tushish mumkin?

• Tibbiyot boʻyicha chet elda taʼlim olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

• Yaxshi tibbiyot mutaxassisi bo'lish uchun asosiy omil nimada?

Shu va shu kabi savollarga javobni Garvardda faoliyat yuritgan, Yevropada ishlash imkoniyatini qo'lga kiritgan oftalmolog Bek Olimjon bilan o'tkazilgan suhbatdan bilib olishingiz mumkin.

📌 Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi.

Havola:
https://youtu.be/aKMRivL09mY
Bilasizmi? Stress bizning yashashimizga doim halaqit qiladi.

Stress qanday kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

📌Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari
📌Uyqu buzilishi
📌Ishtaha kuchayishi(Semizlik)
📌Hazm tizimidagi muammolar
📌Psixogen og‘riqlar
📌Shamollash va virusli kasalliklar bilan xastalanishning xavfi ortishi

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
❗️Oshqozon osti bezi ham ekzokrin, ham endokrin funksiyalarni bajaradi. Ekzokrin funksiyasi bu hazm traktiga ovqat hazm bo'lishida qatnashuvchi fermentlar ajratishdir.

♻️Ekzokrin funksiya yetishmovchiligi bilan kechuvchi kasalliklar quyidagilar bo'lishi mumkin:
🔺surunkali pankreatit;
🔺o'tkir pankreatit;
🔺mukovitsidoz;
🔺oshqozon osti bezining tug'ma nuqsoni;
🔺birlamchi sklerozlovchi xolangit;
🔺oshqozon osti bezi jarohatlari;
🔺oshqozon osti bezi o'smasi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Nima uchun shamollagan paytda ko‘proq suyuqlik ichish kerak?

Virusli infeksiyada organizmda intoksikatsiya(zaharlanish) bo‘ladi. Virusning eleminatsiyasini tezlashtirish va qondagi titrini kamaytirish uchun ko‘proq suyuqlik(qaynoq suv) ichish kerak bo‘ladi. Shunday ekan qancha ko‘p suv ichsak, virus organizmdan shunchalik tez chiqib ketadi.

Kasal bo‘lgan paytda kuniga eng kamida 3 litrgacha suyuqlik ichish kerak.

Suyuqlik sifatida nimalar ichish mumkin?

📌Quruq mevalardan qilingan kompot
📌Limonli choy
📌Zanjabilli choy
📌Na’matak nastoykasi
📌Malina murabbosi qo‘shilgan choy
📌Moychechak damlamasi
📌Klyukva damlamasi

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
#Fakt

Inson organizmining 60% ini suv tashkil qiladi!

Inson umri davomida o'rtacha 60 000 l suv iste'mol qiladi!

Kun davomida tana massasining 1kg i uchun muvofiq ravishda 35ml suv ichish tavsiya etiladi. Bunda:
-50kg uchun - 1,7l;
-60kg uchun - 2,1l;
-70kg uchun - 2,4l;
-80kg uchun - 2,8l to'g'ri keladi.

P.S. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tana uchun ortiqcha suv zarar qilmaydi.

Hozirgi kunda necha litr suv iste'mol qilyapsiz?

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#tavsiya

Zig'ir urug'i bilan asal qon tomirlari va immunitet uchun eng yaxshi vositadir.

Kerakli ingredientlar:
1) bir stakan suv;
2) bir osh qoshiq tabiiy asal;
3) bir osh qoshiq zig'ir urug'i;
4) yashil olma.


Tayyorlash: Olmani po'stlog'idan tozalab, qolgan mahsulotlar bilan blenderda aralashtiramiz. Olingan aralashma nafaqat yo'g'on ichak , balki , butun oshqozon-ichak tizimini davolashda yordam beradi . Ushbu vositani haftasiga ikki marta ishlatish tavsiya etiladi.
Zig'ir urug'lari qon bosimi va yog'lar almashinuvini tartibga solishdan tashqari , organizm uchun kaltsiy manbai hamdir.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishemiya nima va u nimalarga olib keladi?

Ishemiya - bu organga oqib kelayotgan qon miqdorining kamayishi bo'lib, "kislorod ochligi" hisobiga moddalar va energiya yetishmovchiligiga olib keladi.

Bunday yetishmovchilik hujayralar o'limiga sabab bo'lib, organning ish-faoliyati buzilishiga olib keladi. (Bu holat har qanday to'qima va organlar uchun jiddiy xavfdir: yurak xuruji yoki qon tomirlar yetishmovchiligi kabi).

Sabab: Ishemiyaning ikkita asosiy sababi qon tomirlar aterosklerozi (yuqoridagi Gif da birinchi) va tomirlarning torayishidir (yuqoridagi Gifda ikkinchi)☝🏻‌‌.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Biriktiruvchi to'qima

Biriktiruvchi to'qima ko'p sonli tolalardan tashkil topgan to'qima bo'lib, mustahkamlik va elastiklikni ta'minlaydi. Asosiy modda (kolloid) metabolitlarni tashishda ishtirok etadi, shuningdek, mexanik va himoya funktsiyasini bajaradi.

Tanadagi biriktiruvchi to'qimalarning umumiy hajmi tana vaznining 50% dan ko'prog'ini tashkil qiladi. U organlarning qobiqlarini, to'qimalar orasidagi qatlamlarni shakllantirishda ishtirok etadi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Chandiqlar terlaydimi?

Chandiqlar biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib, ularda ter bezlari va soch follikulalar qayta tiklanmagan bo'ladi. Shu sababli ular terlamaydi.

Chandiqning asosiy vazifasi "bo'shliq" ni tezda to'ldirib, yaraga infeksiya tushishini oldini olib, jarohatning to'liq tiklanishiga yordam beradi.

Shuningdek, chandiqlar quyosh nurlarida o'ziga xos tarzda reaksiyaga kirishib, biroz shishadi, bu ultrabinafsha nurlarga biriktiruvchi to'qimalarning sezgirligi yuqoriligi bilan bog'liq.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Organizmga kirish - infektsiyalar uchun juda oson.

Bu video havo-tomchi usuli orqali yuqish - eng xavfli ekanligini yorqin dalillaydi.

Axir, inson doimiy ravishda nafas olishi kerak. Bu degani, infektsiya uchun eshiklar (yuqori nafas yo'llari) doimo ochiq✔️.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️Baliq tanovuli haqida🐟

📌Baliq o'z tarkibida Omega-3 yog'li kislotalar saqlaydi, bu esa yallig'lanish jarayonini pasaytiradi. Bunday xususiyat dengiz baliqlarida daryo baliqlaridan ko'ra kuchliroq bo'ladi. Bundan tashqari u o'zida vitamin D ham saqlaydi. Karp va okun baliqlarida B guruh vitaminlari va foliy kislotasi ko'p miqdorda bo'ladi. Shuningdek, daryo baliqlarida xolesterin miqdorini nazorat qiluvchi va tromb hosil bo'lish xavfini kamaytiruvchi vitaminlar guruhi mavjud.

Baliq mahsulotlari vitamin E ga boy, shuning uchun baliq yoshartirish va uzoq umr ko'rishni ta'minlay oladi.

🛑Haftada davomida kamida 2 marta dengiz baliqlarida iste'mol qilish infarkt xavfini 2 martagacha kamaytiradi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔺CO bilan zaharlanish🔺

CO (is gazi) bilan zaharlanishni biz shartli ravishda 3ga bo'lamiz: yengil, o'rta va og'ir darajalar. Har bir darajada bemorda turli simptomlar kuzatiladi.

🟢Yengil darajada:
-Umumiy xolsizlik;
-Bosh og'rig'i;
-Quloqda shovqin;
-Ko'rish o'tkirligining buzilishi;
-Quruq yo'tal;
-Nafas sekinlashuvi;
-Xansirash, nafas yetishmovchiligi;
-Ko'z yoshi oqishi;
-Ko'ngil aynishi;
-Taxikardiya;
-Arterial bosimning ortishi;
-Giperemiya.

🟠O'rta darajada:
-Avvalgi darajadagi simptomlarning og'ir ko'rinishlari kuzatilishi mumkin;
-Hushini yo'qotish;
-Qayt qilish;
-Gallyutsinatsiya;
-Koordinatsiyalanmagan harakatlar;
-Yuzaki va nomuntazam nafas.

🔴Og'ir darajada:
-Shol;
-Koma, uzoq vaqt hushiga kelmaslik;
-Tirishish;
-Qorachiq kengayishi;
-Pulsning tezlashishi (130/min)
-Teri qoplamasi sianozi;
-Nafas buzilishi.

❗️Unutmang. Uzoq vaqt CO li atmosferada qolib ketish juda xavfli. Chunki, organizmdagi gemoglobin kislorodga nisbatan CO (is gazi) bilan birikishga moyil bo'ladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Ichaklar kasalliklaridagi belgilar qanday?

Tezda vazn tashlash ichaklar ishlarining buzilishidan darakchi bo'lishi mumkin.

Zararliligi yuqori bo'lgan ovqatlarni xohlash ham ichaklardagi mikroflora disbalansidan ogohlantiradi.

Yomon kayfiyat va uyqu bilan bog'liq muammolar. Ichaklarda serotonin ("yaxshi kayfiyat gormoni") ning asosiy qismi ishlab chiqariladi. Asabiylik, qo'rquvning balandligi, hech narsadan mamnun bo'lmaslik, uyqusizlik kabi holatlar sizda ichaklarni tekshirish g'oyasini uyg'otishi lozim bo'ladi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Siz vrach, hamshira, farmasevt yoki tibbiyot oliygohi talabasimisiz?

O‘zingizga ma’qul ish qidiryapsizmi?


Sizlarga butun respublika bo‘ylab, tibbiyot yo‘nalishidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi kanalni tavsiya qilamiz.

MED VAKANSIYA kanali sizga o‘zingiz xohlagan ishni topishda ko‘makdosh bo‘ladi.

Kanalimiz manzili quyida👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-4Wn0usZYro85YTBi
Flebit (yun. phlebos - vena va itis - yallig'lanish) - venalarning yallig'lanishi.
Qo'zg'atuvchi: streptokokklar (asosan).

Ko'p uchrovchi turlari:
-qo'lning chuqur venalari flebiti;
-oyoqning chuqur venalari flebiti;
-chanoq venalari flebiti.

Venalarda tromb hosil bo'lishidan tromboflebit kelib chiqadi

Flebit o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin.

O'tkir yuza flebitida:
-vena qattiqlashadi;
-venalar og'riydi;
-vena atrofi terisi qizaradi;
-bemor lohaslanadi;
-harorat ko'tariladi.

❗️Flebitda yallig'langan sohani harakatlantirmaslik kerak.
👨‍⚕Venalar bilan bog'liq barcha kasalliklarda flebolog-vrachga murojaat qilinadi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 15:31:02
Back to Top
HTML Embed Code: