Telegram Web Link
Forwarded from Doctor Muxtorov
🦠💉COVID-19ga qarshi vaksinatsiyaga to‘sqinlik qiluvchi holatlar:

vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar.

anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari bo‘lgan shaxslar.

o‘tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar.

homilador va emizzikli ayollar.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar.

koronavirus infeksiyaning o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Organizmga infeksiyalar qanday yo'llar orqali yuqishi mumkin?

🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠

1) Havo-tomchi va havo-chang yo'li orqali (ko'kyo'tal, qizamiq, gripp, sil va h.k.)
2) Me'da-ichak yo'li - kasallik qo'zg'atuvchi og'iz orqali tushadi (qorin tifi, A va B paratiflar, vabo, ichburug' va h.k)
3) Muloqot yo'li :
a) bevosita aloqa yo'li (jinsiy yo'l): zaxm, so'zak (gonoreya), OITS) misol bo'ladi;
b) bilvosita yo'l - bunda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat, bemorning idish-tovoqlari, sochig'i, kiyimlari va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
4) Transmissiv yo'l - kasallik qo'zg'atuvchisining turli hasharotlar orqali kasal odamdan sog' odamga yuqishi (bezgak, leyshmanioz, toshmali va qaytalama terlama va h.k.)
5) Parenteral yo'l - to'liq sterillanmagan tibbiyot asboblaridan yuqishi (OITS, B va S gepatitlar, zaxm va h.k)
6) Vertikal yo'l - onadan bolaga o'tuvchi kasalliklar (OITS, zaxm, so'zak, B va S gepatitlari)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🧠Miya uyqu vaqtida dam oladimi?😴

❗️Miya uyqu vaqtida "o'chib" qolmaydi, balki uyg'oqlikdan-da faolroq bo'ladi.

Miya uyqu vaqtida o'tgan voqealarni analiz qiladi, kelajak uchun ssenariy tuzadi, ichki organlar ishini boshqaradi.
Uyqu vaqtida o'sish gormoni va testosteron ishlab chiqariladi. Ular o'sish va jinsiy rivojlanishga javob beruvchi gormonlar hisoblanadi. Shunday ekan, uyqu vaqtida faqat muskullar dam oladi.



Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Azizlar! Jaloliddinga ko‘mak kerak ekan.

U 2020 yil oktyabr oyida 2 ta buyrak qurishi natijasida dializ uskunasida jon saqlayapti. Yaqinlarining donor bo‘lish imkoniyati cheklanganligi sababli uni Hindistonda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazishga to‘g‘ri kelmoqda.(25 ming AQSH dollari)

O‘tgan vaqt ichida sahiy va qo‘li ochiq insonlarning ko‘magi bilan bemor uchun 2 ming AQSH dollariga yaqin mablag‘ to‘planibdi. Bemor uchun yana 13 ming AQSH dollari yetmayapti.

Shu bois, sahovatpesha insonlarning ko‘magiga umid qilib, Jaloliddin Parpibayevning onasi murojaat qilmoqdalar.

Bir insonning hayotini saqlab qolishda ko‘mak beraylik!

tel: 97-598-06-94, 97-746-45-44

UZCARD: 8600060901022997
Jaloliddin Parpibayev

HUMO: 9860140121110021
Sardorbek Parpibayev

Olloh barchamizdan rozi bo‘lsin!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Ichaklar kasalliklaridagi belgilar qanday?

Tezda vazn tashlash ichaklar ishlarining buzilishidan darakchi bo'lishi mumkin.

Zararliligi yuqori bo'lgan ovqatlarni xohlash ham ichaklardagi mikroflora disbalansidan ogohlantiradi.

Yomon kayfiyat va uyqu bilan bog'liq muammolar. Ichaklarda serotonin ("yaxshi kayfiyat gormoni") ning asosiy qismi ishlab chiqariladi. Asabiylik, qo'rquvning balandligi, hech narsadan mamnun bo'lmaslik, uyqusizlik kabi holatlar sizda ichaklarni tekshirish g'oyasini uyg'otishi lozim bo'ladi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Ushbu yil sentyabr oyi boshida xalqimiz necha kun dam oladi?

Rasman 5kun

📅1-sentyabr (chorshanba) - "Mustaqillik bayrami" dam olish kuni;
📅2-sentyabr (payshanba) - qo'shimcha dam olish kuni;
📅3-sentyabr (Juma) - qo'shimcha dam olish kuni;
📅4-sentyabr (shanba) - ish kunidan qat'iy nazar, barchaga dam olish kuni;
📅5-sentyabr (yakshanba) - dam olish kuni!


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#covid_19

😷Hozirgi kunda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar tomonidan ko'p berilayotgan savollarga javoblar!

1. COVID-19 bilan kasallanganimga 14-kun o'tgan bo'lsada, test hali ham musbat natija ko'rsatmoqda. Nima uchun bunday?


Javob: Ushbu savolga 2xil javob berish mumkin.
1) Test natijasi xato! Bunday holatlar ham kuzatilmoqda)
2) Yuqori nafas yo'llarida to'liq emas holatda, ko'payishga moyil bo'lmagan virus yoki uning qismlari (hayot faoliyati mahsulotlari) saqlanib qolishi mumkin. Bunday holatda PSR test uni musbat holatda aniqlaydi. Ko'pchilik holatlarda ushbu holatdagi bemor boshqalar uchun xavfsiz, ya'ni tashuvchi hisoblanmaydi.

2. COVID-19 bilan kasallanganman. Kuchli ko'ngil aynishi, qayt qilish bezovta qilmoqda, hech narsa iste'mol qila olmayapman. Bunday vaqtda nima maslahat berasiz? Men qanday ko'rikdan o'tishim lozim?

Javob: Virus faqatgina nafas sistemasi a'zolarini zararlabgina qolmay, balki bemor oshqozon-ichak trakti taraflama ham bir qancha shikoyatlat qilishi mumkin. Agar-da COVID-19 bilan kasallangan vaqtingiz yoki post-kovid holatida sizda bunday simptomlar kuzatilsa, umumiy va bioximik qon taxlili, qorin bo'shlig'i a'zolari (gepatobilliar sistema bilan birgalikda) UZI ko'rigi sizga oshiqchalik qilmaydi.

3. COVID-19 bilan kasallangan vaqtda o'pka tekshiruvlarida qaysi biri ishonchli? Rentgen yoki MSKT?

Javob: Albatta, MSKT!
Rentgen tekshiruvida o'pka yallig'lanish foizini baholash mumkin emas.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Ko'zga atsetilxolin tomizilganda ta'sir mexanizmi qanday?👁

Shox parda aylanma mushaklarining M-xolinoretseptorlarini qo'zg'atadi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Mushaklar qisqaradi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Qorachiq torayadi (mikoz);
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Rangdor parda yupqalashadi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Ko'zning oldingi kamerasidagi burchak kattalashadi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Ko'z suyuqligi oldingi kameradan shlemm kanaliga o'tishi oshib boradi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Ko'zning bosimi pasayadi;

Bundan tashqari:
Ko'zning kipriksimon mushaklari ham qisqaradi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Sinn boylamlari bo'shashadi;
🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽
Gavhar dumaloqroq bo'lib, ko'z yaqinda joylashgan predmetlarni ko'rishga moslashadi, ya'ni akkomodatsiya spazmi kuzatiladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🎼Musiqa eshtib, uyquga ketuvchilarning bunday odatlari to'g'rimi?😴

🎧Quloqchinlarda musiqa tinglab, uyquga ketish uzoq vaqtgacha tinch uyquning "buzg'unchisi"dir!
Odamlarda uyqu jarayonini o'rganish mobaynida shu ma'lum bo'ldiki, bunday odatga ega shaxslar tinch holatda uyquga ketuvchilarga nisbatan 6 karra uyquning normal holati buzilishiga duch kelishar ekan. Shu sababdan, olimlar bunday odati bor shaxslarga, sekin-asta ushbu odatdan voz kechishlarini maslahat beradilar.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#bilasizmi

❗️O'z vaqtida tug'ilgan bolalarning 5-kuni, chala tug'ilgan bolalarning 7-8-kuni xavfli kechadi.

📌Bu davrda infeksiyalarga ta'sirchanlik, vazn kamayishi, sariqlikning yuqori darajasi, qon ketishning oshishi va h.k. kuzatiladi.

💡Ayniqsa, 3-kundan boshlab chaqaloqqa patologik ta'sirlar, birinchi navbatda infeksiyalar keskin ta'sir ko'rsatadi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Itsenko-Kushing sindromi

Erkaklarga nisbatan ayollarda 3-4marta ko'proq uchrab, 80-90% hollarda xavfli arterial gipertenziya bilan kechadi. Bemorlarning 1/3qismida kasallik buyrak usti bezi po'stloq qismining birlamchi adenomasi (yoki karsinomasi) bilan bog'liq. Ba'zan esa uzoq middat glyukokortikoidlar qabul qilgan bemorlarda kuzatiladi.

Klinik belgilari:
◾️Arterial gipertenziya;
◾️Semirish va giperglikemiyaning bir vaqtda rivojlanishi;
◾️Steroidli qandli diabet;
◾️yuzning qizil rangda va oysimon bo'lishi;
◾️oyoqlar ingichka bo'lgan holda ko'krak, bo'yin, qorinning kattalashishi;
◾️qorinda, sonlarda, yelka kamari sohasida to'q qizil-binafsha rangli hoshiyalar - teri ostida qon quyilishlarining paydo bo'lishi;
◾️teleangioektaziyalar (asosan bilakning yoziluvchi yuzasida);
◾️jinsiy faoliyatning buzilishi;
◾️soch qoplami buzilishi;
◾️patologik shishlar;
◾️terining quruqligi, huznbuzarliligi, tirnoqlar distrofiyasi;
◾️diffuz osteoporoz


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️ASPIRIN QABULI TO'G'RISIDA...

◾️Ilgari shifokorlar yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari profilaktikasi va insult xavfini kamaytirish maqsadida bemorlarga har kuni qabul qilishni tez-tez tavsiya qilishgan.

❗️Lekin, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, aspirinni har kuni qabul qilish oshqozon yarasi, o'tkir kolit, ichaklar surunkali kasalliklari kabi xavfli holatlarga olib kelishi, shuningdek ichki qon ketishiga sabab bo'lishi mumkin ekan.

P.S.: aspirinning foydasidan zarari ko'p ekan...

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🦟Pashsha chaqqan (tishlagan) joy nima uchun qichishadi?

❗️Gap shundaki, pashsha chaqish (tishlash) vaqtida uning antikoagulyantlar va spetsifik oqsillar saqlovchi so'lagi odam qoni tarkibiga o'tadi. Aynan o'sha suyuqlik pashsha chaqishidan so'ng paydo bo'luvchi yoqimsiz "tuyg'u"ni keltirib chiqaradi.

💧Pashsha so'lagi - odam tanasi uchun yot tarkib hisoblanib, immun sistemasining faol ishlashiga sababchi bo'ladi. Ushbu "yov"ga qarshi organizm gistamin sintezlaydi. Bilamizki, chaqilgan joyda shish paydo bo'ladi va tezda o'tib ketmaydi. Bu pashsha so'lagi tarkibidagi oqsillarga organizmning javob reaksiyasidir. Bu holat yoqimsiz hisoblansa-da, sog'lik uchun xavfli emas.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Kalsiytriol bu - vitamin .... ?
Anonymous Quiz
12%
B9
15%
PP
68%
D3
5%
E
#fakt

❗️Agarda qon tarkibida ADG (vazopressin) bo'lmasa, inson bir sutka ichida 15l siydik ajratgan bo'lar edi!

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar rakka olib kelishi mumkin...

Amerikalik olimlar sog'lom odamda 14yil davomida tadqiqot o'tkazish natijasida shuni aniqlashdiki, energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar yo'g'on ichak raki rivojlanishiga olib keldi.

Tadqiqot olib borilgan insonning ratsionida muntazam ravishda limonadlar, energetik ichimliklar, sutli kokteyllar va sharbatlar mavjud bo'lgan. Ushbu barcha ichimlik o'z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlashini eslatib o'tish lozim.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Pankreatit❗️

Pankreatit - oshqozon osti bezining yallig'lanish kasalligi. O'tkir va surunkali turlari ajratiladi.

🔍Simptomlari:
1. Epigastral sohada intensiv og'riq.
2. Ko'p marta qayt qilish.
3. Mexanik kelib chiquvchi sariqlik.

🩺Surunkali pankreatitni davolash:
1. Dieta!!!
2. Oshqozon osti bezi funksional faolligini oshirish;
3. O'rinbosar terapiya;
4. Xalq tabobati vositalari yordamida davolash.

Surunkali pankreatitni davolashda xalq tabobati vositalari:
2 dona kartoshka va 1 dona sabzini po'sti archilmagan holda, sharbat chiqargich yordamida sharbat holiga keltirib, har ovqat oldidan 1 stakan miqdorda 1 hafta davomida (keyingi hafta tanaffus bilan) qabul qilinadi. Umumiy kurs 6 haftani tashkil etadi. (bunda 1hafta qabul/1hafta tanaffus tartibida)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔺CO bilan zaharlanish🔺

CO (is gazi) bilan zaharlanishni biz shartli ravishda 3ga bo'lamiz: yengil, o'rta va og'ir darajalar. Har bir darajada bemorda turli simptomlar kuzatiladi.

🟢Yengil darajada:
-Umumiy xolsizlik;
-Bosh og'rig'i;
-Quloqda shovqin;
-Ko'rish o'tkirligining buzilishi;
-Quruq yo'tal;
-Nafas sekinlashuvi;
-Xansirash, nafas yetishmovchiligi;
-Ko'z yoshi oqishi;
-Ko'ngil aynishi;
-Taxikardiya;
-Arterial bosimning ortishi;
-Giperemiya.

🟠O'rta darajada:
-Avvalgi darajadagi simptomlarning og'ir ko'rinishlari kuzatilishi mumkin;
-Hushini yo'qotish;
-Qayt qilish;
-Gallyutsinatsiya;
-Koordinatsiyalanmagan harakatlar;
-Yuzaki va nomuntazam nafas.

🔴Og'ir darajada:
-Shol;
-Koma, uzoq vaqt hushiga kelmaslik;
-Tirishish;
-Qorachiq kengayishi;
-Pulsning tezlashishi (130/min)
-Teri qoplamasi sianozi;
-Nafas buzilishi.

❗️Unutmang. Uzoq vaqt CO li atmosferada qolib ketish juda xavfli. Chunki, organizmdagi gemoglobin kislorodga nisbatan CO (is gazi) bilan birikishga moyil bo'ladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 21:31:59
Back to Top
HTML Embed Code: