Telegram Web Link
Rotavirus & Coca-Cola🧐

Rotavirus - 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda ko'p marta qayt qilish, diareya va yuqori temperatura bilan namoyon bo'luvchi va tez-tez uchrovchi ichak infeksiyasi hisoblanadi. Kasallikdan keyingi asosiy asorat bu - organizm suvsizlanishi. Shuning uchun davolash yetarli miqdorda organizmga suyuqlik kiritishga asoslangan bo'ladi.
(❗️Lekin antibiotiklar, virusga qarshi preparatlat va antiseptiklar bilan emas❗️)

♻️Nima beramiz?
Eng ideal hisoblangan regidratatsion eritmalar : ORSA, Regidron (barcha dorixonalarda topiluvchi va eng ko'p sotiluvchi, narxi hamyonbop bo'lgan dorilar)
Ularni qanday holatda qabul qilamiz?
A) Vrach-pediatr bilan maslahatlashing.
B) Dori yo'riqnomasini sinchiklab o'rganing.

Bu yerda Coca-Colaning ahamiyati qanday?

1⃣. Coca-Cola tarkibidagi ortofosfor kislota hisobiga, u oshqozondagi virusni o'ldiradi.

2⃣. Uning "vijillashi" sababli qayt qilish refleksi kamayadi.

3⃣. Regidratatsion balansni glyukoza hisobiga to'ldiradi. Gap shundaki, tanamiz suvsizlanganda, organizmda atseton miqdori ortib ketadi va u siydik bilan ajrala boshlaydi. Buni siydik analizidan bilib olish mumkin. Ushbu holat albatta patologiya hisoblanib, atsetonni miqdorini kamaytirish lozim. Aynan shuning vrach regidratatsion eritmalar buyuradi, chunki u o'z tarkibida nafaqat tuzlar, balki glyukoza ham saqlaydi. Bolangiz qancha ko'p shunday suyuqliklar ichsa, atseton miqdori shuncha tez kamayadi. Lekin bola ko'pincha bunday elektrolitlarni qabul qilishdagi injiqlik va bosh tortishlari uchun shifokorlar cola ichishga buyuradilar.

P.S.Ushbu metod halicha fanda butunlay isbotlanmagan va ko'pchilik pediatrlar tomonidan yoqlanmaydi.


Manba: @infomed_on


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
SOCHLAR NEGA OQARADI?🧑‍🦳👩‍🦳

Yosh o'tgan sari soch oqarishi normal fiziologik holat. Lekin sochlar hamma yoshda ham oqarishi mumkin.


Inson organizmida millionlab soch follikulalari bor.
Follikulalar tarkibi:
1⃣soch hosil qiluvchi hujayralar
2⃣pigment tutadigan hujayralar (melanin)

Vaqt o'tishi bilan follikulalar o'sha pigmentni yo'qotishi natijasida soch oqarishi ro'y beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒🤒
Harorat ko'tarilish sabablari, harorat oshganda qanday yordam berish lozim?


❗️Tana harorati normada: 36,5°C dan 37,2°C gacha.

Harorat oshishidagi eng ko'p sabablar:

SHAMOLLASH. Agar deyarli hech qanday sababsiz harorat ko'tarilsa hamda unga burun bitishi, yo'tal qo'shilsa, ko'p ehtimollik bilan bu ORVI.

GRIPP. Agar bemordagi haroratni termometr 40°Cgacha ko'rsatayotgan bo'lsa, unda muskul va bo'g'imlarida zirqirash va bosh og'rig'i paydo bo'lsa, bu gripp. Tezda shifokor chaqiring. O'zboshimchalik bilan qilingan davo xavfli holatga solib qo'yishi mumkin.

YAQINDA EMLANGAN BO'LSA. Agar yaqinda emlangan bo'lsangiz, 2kun davomida yuqori harorat bo'lishi mumkin. Bu immunitet reaksiyasidir.

ANGINA. Yuqori harorat, tomoqda og'riq, bodomsimon bezlarning shishishi, hiqildoqning oq nalet bilan qoplanishi anginaning belgilaridir.

ZOTILJAM. Siz gripp bilan kasallansangiz va xuddi tuzalgandan bo'lganingizda yuqori harorat yana qaytalansa, ko'krak qafasida og'riq, nafas qisishi, xirillash kuzatilishi - grippning pnevmoniya ko'rinishidagi asoratidir.

OTIT. Quloqda og'riq + yuqori harorat = otit.

ICHAKLAR INFEKSIYASI. Diareya(ich ketishi) vaqtida yuqori harorat, qayt qilosh, qorinda og'riq ichaklar infeksiyasi haqida axborot beradi.

YALLIG'LANISH. Harorat biroz yuqori va shu holda uzoq, boshqa simptomlarsiz kuzatilsa, bu yallig'lanish, gormonal buzilishdan darak berishi mumkin.

OVULYATSIYA. Ovulyatsiyadan so'ng ba'zi ayollarda harorat oshishi kuzatiladi.


HARORATNI QANDAY QILIB OSON TUSHIRISH MUMKIN?

Ko'p miqdorda suyuqlik. Sutkada 2,5l suv yoki iliq o'tlarda tayyorlangan choy iching.

Peshonaga salqin kompress

Yengil kiyim. Kiyimga o'ranmang, issiqlik chiqib ketishi kerak.

Toza havo. Tez-tez xonani shamollating.


QACHON SHIFOKOR CHAQIRISH LOZIM?

♨️Isitma 3kundan ortiq tushmasa yoki kasallikdan so'ng isitma qaytalasa;

♨️Isitma tomoqdagi, quloqdagi, ko'krak qafasidagi, qorin bo'shlig'idagi kuchli og'riq bilan aloqador bo'lsa;

♨️Ich ketish va qayt qilish hamda og'izda quruqlik, bosh aylanishi, darmonsizlik his qilsangiz;

♨️Isitma tanadagi uchuqqa aloqador bo'lsa;

♨️Siydik ajratishda og'riq his qilsangiz.

❗️ Yuqori harorat (isitma) ga befarq bo'lmang. U organizmdagi biror patologiya darakchisidir!


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Organizmdagi venalarda bo'ladigan patologik o'zgarishlarni tekshiruvchi tor mutaxassislik tibbiyotda qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
32%
Angiologiya
13%
Kardiologiya
49%
Flebologiya
6%
Terapiya
Forwarded from Doctor Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen odammisan? Kuching ojiza yetdimi?

Bundaylarga og‘irroq jazo berilmasa, tibbiyot sohasida hech kim ishlamaydi.

IIV xodimlaridan videodagi “erkak” ni kimligini aniqlab, tezroq jazolashlarini so‘rab qolamiz!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Organizmga dor moddalari yuborish usullari qanday ekanligini bilasizmi?

1. Enteral
2. Parenteral


💊1. Enteral usul deganda, dori moddalarini oshqozon-ichak yo'li orqali yuborish tushuniladi. Masalan, til ostiga, og'iz orqali, o'n ikki barmoqli ichakka, to'g'ri ichakka va h.k.

2. Parenteral usul deganda, dori moddalarini oshqozon-ichakdan tashqi yo'llar orqali organizmga yuborilishini tushunamiz.

💉Parenteral usul:
-Nafas orqali - ingalyatsiya, aerozol;
-Shilliq qavatlarga;
-Bo'shliqlarga;
-Teri ostiga;
-Mushak orasiga;
-Venaga ichiga;
-Arteriyalarga;
-Orqa miya kanaliga;
-Bo'g'imlarga;
-Suyaklar orasiga va h.k.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔅Qaysi mahsulotlarni och nahorga yeyish mumkin emas?

Yangi meva va sabzavotlar. Gastritdan qiynaluvchi kishilarga yangi uzilgan meva va sabzavotlardan tayyorlangan tonggi nonushta mumkin emas. Chunki, ular tarkibidagi agressiv kislotalar oshqozon devorini zararlashi mumkin.

Sitrus mevalar. Sitrus mevalar tarkibidagi kislotalar jig'ildon qaynashini chaqiradi. Shuning uchun apelsin sharbatini och qoringa ichish mutlaqo yaramaydi.

Yaqindagina tayyorlangan qandolat mahsulotlari. Ular tarkibidagi achitqi oshqozonni yaralashi hamda gazlar hosil bo'lishini oshirishi mumkin. Agarda nonushtaga qandolat mahsulotlari yeyishga odatlangan bo'lsangiz, uni bir kun oldin kechki vaqtda tayyorlab qo'ying.

Shirinliklar. Oshqozon osti bezi inson uyqudan uyg'ongan zahoti shirinlik hazmiga yetarli darajada insulin ishlab chiqarishga moslashmagan.

Unda nimalar tanovvul qilish lozim
Kashalar, boshoqli o'simliklardan tayyorlangan yormalar, tuxum, yog'siz pishloq, yarim donadan meva va sabzavot, sut va sut mahsulotlari, don mahsulotlaridan tayyorlangan non.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Stressdan so'ng gastrit rivojlanishi mumkinmi?

Qisqa muddatli kuchli stress o'zidan keyin oshqozonda yallig'lanish jarayonini chaqirishi mumkin. Bu ayniqsa oshqozon faolligining muntazamligi, shuningdek nerv tolalari va stress gormonlariga bog'liqdir.

❗️Stress vaqtida gormonlar va oshqozonda hazm shirasi ajralishi o'zgaradi. Natijada, ovqat qabul qilgandan so'ng oshqozon motor xossasi va qisqarishlar normal ritmi buziladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
"O'zbek pomidor-vaksinasi samaradorligi hali tasdiqlanmadi...."

Xabaringiz bor, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Gen va Bioinformatika markazi olimlari pomidor o'simligidan COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ustida ish olib borishmoqda. Bu faoliyat to'g'risida dunyo olimlari qanday fikr bildirishmoqda???

"O'simliklar orqali tayyorlanayotgan vaksinaning kelajagi istiqbolli. Lekin O'zbekistonlik olimlar ustida ish olib borayotgan pomidor-vaksinasining samaradorligi haligacha noaniq" - Rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️Baliq tanovuli haqida🐟

📌Baliq o'z tarkibida Omega-3 yog'li kislotalar saqlaydi, bu esa yallig'lanish jarayonini pasaytiradi. Bunday xususiyat dengiz baliqlarida daryo baliqlaridan ko'ra kuchliroq bo'ladi. Bundan tashqari u o'zida vitamin D ham saqlaydi. Karp va okun baliqlarida B guruh vitaminlari va foliy kislotasi ko'p miqdorda bo'ladi. Shuningdek, daryo baliqlarida xolesterin miqdorini nazorat qiluvchi va tromb hosil bo'lish xavfini kamaytiruvchi vitaminlar guruhi mavjud.

Baliq mahsulotlari vitamin E ga boy, shuning uchun baliq yoshartirish va uzoq umr ko'rishni ta'minlay oladi.

🛑Haftada davomida kamida 2 marta dengiz baliqlarida iste'mol qilish infarkt xavfini 2 martagacha kamaytiradi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
📖Blokada (ing. qurshamoq, qamal)

Tibbiy jihatdan - biror a'zo yoki tizimning faoliyatini vaqtincha to'xtatish, masalan yurak blokadasi - yurakning impuls o'tkazuvchi sistemasini bo'ylab impuls o'tishini to'xtatish.


🧏‍♂Novokainli blokada - novokain yuborib qilinadigan muoloja, bunda novokain yuborilgan yerdagi sezuvchi nervlarni bloklab, sezuvchanlikni yo'qotadi, og'riq sezilmaydi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Saturatsiya nima?

Saturatsiya(SpO2) - qonda gemoglobin(to‘qimalarga kislorod tashuvchi oqsil)ning kislorodga to‘yinish(birikkanlik) darajasidir. Normada bu ko‘rsatkich 95% dan yuqori bo‘lishi kerak. 95% dan pasaysa demak, organizmda kislorod yetishmovchiligi(gipoksiya) mavjud degan xulosaga kelinadi.

Saturatsiyani o‘lchash uchun noinvaziv pulsoksimetr apparati qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
🪱Askaridoz - to'garak chuvalchanglar tipiga mansub askaridalar keltirib chiqaradigan gijja kasalligi bo'lib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ko'proq bolalarda uchraydi.
Bemor kasallik tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Yuqishi: tuxumlar bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qo'llar.

Ilk davri asosan, umumiy alomatlar bilan kechadi:
Darmonsizlik
Yo'tal
Harorat ko'tarilishi

Keyinchalik:
🔼Bosh aylanishi
🔼Bosh og'rig'i
🔼Me'da-ichak faoliyatining buzilishi(ko'ngil aynishi, qusish, ko'p so'lak ajralishi)
🔼O'ta toliquvchanlik.

🪱Askaridani o't yoki me'da-ichak yo'llariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, perifonit, sepsis, o'tkir pankreatit, appenditsit kabi a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi.

🩺Davolash:
Shifokor nazorati ostida davo qilinadi.

📈Profilaktikasi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ovqatdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish (asosan, bolalarda buni nazorat qilish) lozim.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Anus bilan bog'liq muammolarda qaysi vrachga murojaat qilinadi?
Anonymous Quiz
15%
Urologga
10%
Ginekologga
63%
Proktologga
12%
Xirurgga
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🔍Organizmga antibiotiklarning siz bilmagan ta'sirlari💊

📌Antibiotiklar qabuli boshqa infeksiyani qo'zg'atishi mumkin. Gap shundaki, antibiotik Sizdagi bakterial kasallikka davo bo'lishi bilan bir qatorda Sizning organizmingizdagi mikroflorani ham o'ldiradi, natijada bemor kasallikka chalinuvchan bo'lib qoladi. Antibiotiklar qabulidan so'ng, ko'pincha bemorlarda zamburug'li kasallik (og'izda, terida, tirnoqlar ostida) avj oladi.

📌Antibiotiklar xavfli allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Ular turli ko'rinishda namoyon bo'ladi: toshma, nafas qisishi, qizarish, lab shishi va h.k.

📌Antibiotiklar shuningdek, kuchli lekin uzoq davom etmaydigan bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.


P.S. SIZ HAM ANTIBIOTIKLARDAN AZIYAT CHEKKANMISIZ?


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Tabletkalarni nima bilan qabul qilish kerak?

❗️Mevali sharbatlar (ayniqsa nordonlari) antitatsid preparatlar effektini yo'qqa chiqaradi, oshqozon shirasi miqdorini kamaytiradi, kalsiy preparatlari ta'sirini buzadi, antibiotik va yurak kasalliklari dorilariga biotransformatsiyasiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi

❗️Choy va kofe. Yurakka salbiy ta'sir etadi. Ko'pincha azot saqlovchi dorilar qabul qilganda kuzatiladi: papaverin, kodein, kofein, eufillin, yurak glikozidlari. Og'riq qoldiruvchi dorilarni birga qabul qilganda (masalan, aspirin va sitramon) yuqori miqdordagi kofe jigar va boshqa organlar ishini og'irlashtiradi.

TABLETKALARNI XONA HARORATIDAGI, QAYNAGAN SUV BILAN QABUL QILING✓

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️Vodorod peroksidi (H²O²) dan foylanishning sabablari.

1. Viruslarni kamaytirish.
Har bir quloqqa 3 tomchidan peroksid tomizing! Bu shunindek, quloqdagi oltingugurtlarni yo'qotishga ham yordam beradi.

2. Pestitsidlarni yo'qotish.
Sabzavot va mevalarni yuvish vaqtida ulardan pestitsidlarni ketkazish maqsadida 700ml suvga 60ml peroksid qo'shib, ularni shu suvda tozalab yuving.

3. Mikroblarni kamaytirish.
Havodagi bakteriyalarni yo'qotish uchun, 3,5l suvga 0,5l peroksid qo'shing va xonaga sprey ko'rinishida seping.

4. Tishlarni oqartirish.
2 choy qoshiq suvga 1 choy qoshiq peroksid qo'shib, tishlarni yuvgandan so'ng, og'zingizni chaying.

5. Tirnoqlarni oqartirish. Tirnoqlaringizni peroksid bilan namlang.

6. Tumovda.
1 stakan suvga 1 peroksid idishining qopqog'ida aralashtirib, yallig'langan burningizni chaying.

7. Tish og'rig'ida.
Kokos yog'i va peroksidni aralashtirib, tishlaringizga surtishingiz mumkin.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 23:25:18
Back to Top
HTML Embed Code: