Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vaksinatsiya, vaksinatsiya, vaksinatsiya... Vaksinani chetdan qancha qiyinchiliklar bilan olib kelyapmiz...
4-avgust kuni AQShdan yana 3mln dozada vaksina olib kelinadi"
- Shavkat Mirziyoyev.

Yurtboshimiz xalqimizni pandemiya sharoitida ehtiyotkorlik choralari ko'rish va vaksina qabul qilishga chaqirmoqdalar!


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Spina bifida nomi umurtqaning tug'ma bitmay qolishi bilan bir vaqtda orqa miya va uning pardalari rivojlanishidagi nuqsonlarni bildiradi.

Anatomik shakllari:
🔹spina bifida occulta (yashirin) - bu shaklda umurtqa tanasida uncha katta bo'lmagan tirqish paydo bo'ladi
🔹spina bifida aperta (ochiq) - umurtqa pog'onasi rivojlanishining "ochiq" anomaliyasi.

Ochiq turining shakllari:
a) meningotsele - umurtqa ravoqlari orasidagi nuqson orqali orqa miyaning pardalari teri ostiga chiqib qoladi, kista rivojlanadi
b) meningomiyelotsele - spina bifidaning ancha og'ir shakli, bunda orqa miyaning churra ko'rinishida chiqishi kuzatiladi.

❗️Operatsiyaning mohiyati - churra xaltasini olib tashlash va umurtqa yoylaridagi nuqsonni plastika qilishdan iborat bo'ladi.


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🔆Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar. Hozirgi pandemiyaning og'ir sharoitida siz-u bizga qanchalik mushkul vaziyatligini bevosita guvohimiz. Shu munosabat bilan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni qabul qiluvchi klinika va shifokorlar ro'yxatini siz azizlarga taqdim etishdan mamnunmiz. O'ylaymizki, shifokorlarimizga iloji boricha o'z ish vaqtlar mobaynida murojaat qilasiz😊

Postni foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing. Zero, ushbu sinovli kunlarda bir-birimizga yordam qo'llarini cho'zaylik!!!

Manba: ЛЕЧЕБНИК📖💊
@infomed_on


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI

https://telegra.ph/Kliniki-kotorye-prinimayut-bolnyh-koronavirusom-07-24
❗️Kimlar vaksina olishi mumkin emas?

O'zbekiston Respublikasi SSV bayonotiga binoan:
Vaksina komponentlariga yuqori sezuvchanlikka ega insonlar;
Anamnezida allergik reaksiyaga beriluvchanligi aniqlangan shaxslar;
O'tkir infeksion va noinfeksion kasalligi mavjud bemorlar;
Homilador va emizikli ayollar;
18yoshgacha bo'lgan bolalar;
OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍓Qulupnay organizmga foydalimi?

Qulupnay yurak faoliyatini yaxshilaydi;
Terini mayinlashtiradi;
Ajinlarni yo'qotadi.


🅰Tarkibidagi Vitamin A (retinol) yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Ko'rish o'tkirligini yaxshilaydi.

🅱9⃣Tarkibidagi vitamin B⁹ esa ayollar reproduktiv salomatligida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz qulupnayni ko'proq iste'mol qiling. Chunki vitamin B⁹ homila asab tizimi shakllanishida ishtirok etadi.

💊Askorbin kislota (vitamin C) esa qulupnayda limondan ko'ra ko'proqligi isbotlangan. Ushbu vitamin immunitetni oshiradi, kayfiyatni ko'taradi, ortiqcha vazn muammosida yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
💡Yostiqsiz uxlash umurtqa pog'onasidagi og'riqlarni kamaytirib, uni mustahkamlaydi.

❗️O'ta yumshoq yostiqdan foydalanish bo'yin mushaklari zo'riqishiga va hattoki boshga qon oqib kelishini sekinlashtiradi.

Yaxshisi, yostiqsiz uxlang. Agar yostiqsiz uxlay olmasangiz, qattiqroq yostiqda uxlashga odatlaning.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Gipertonik krizlar - qon bosimini to'satdan, tegishli shaxs uchun xos ko'rsatkichdan sezilarli darajada oshishi. Bu kasallikka yondosh ravishda:
♻️Miya tomonidan - ensefalopatiya;
♻️Yurak tomonidan - chap qorincha yetishmovchiligi, stenokardiya, aritmiya;
♻️Buyraklar tomonidan - suv-tuz almashinuvining buzilishi, proteinuriya, gematuriya, azotemiya) kabi zararlanishlar bilan birga kechadi.

📔Krizning klinik manzarasi shakllanishida faqatgina qon bosimi oshishidan tashqari, miya va yurakda qon aylanishining buzilishi va gipoksiya darajasi kabi omillar ahamiyatga ega.

📌Gipertonik krizning I va II shakli mavjud.

I SHAKLI - neyrovegetativ, giperkinetik deb nomlanadi. Bunda:
•to'satdan bosh og'rishi va aylanishi;
•qo'zg'alish, ko'z oldida "to'r" yoki "tuman" paydo bo'lishi;
•ko'p terlash oyoq qo'llarning muzlashi;
•og'iz qurishi;
•havo yetishmaslik;
•tez-tez peshob ajratish kabi holatlar kuzatiladi.

II SHAKLI - suv - tuz yoki shish; gipokinetik deb nomlanadi. Bunda:
•bosh og'rishi va aylanishi;
•uyquchanlik, lanjlik, ko'ruv eshitishda muammolar, quloqda shovqin;
•ko'ngil aynishi, qayt qilish;
•mo'ljal ola bilmaslik
•diurez kamayishi kabi holatlar kuzatiladi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#dorixona

📌Dorixonadagi krem-mazlarning ba'zi turlariga to'xtalmoqchimiz.

1. Balzam linimenti (Мазь Вишневского)
yiring I juda yaxshi ketkazadi;
yallig'lantirishni kamaytiradi;
husnbuzarlarda yordam beradi.

2. Streptotsid surtmasi - (Стрептоцидовая мазь)
yaralarni yaxshi ketkazadi;
Effektli;
stomatitni davolaydi.


3. Levomekol surtmasi (Мазь Левомеколь)
yaralarning, lat yegan va timdalangan joylarning bitishiga yordam beradi;
yiringli joylarga qo'llash mumkin;
uchuqda yordam beradi.

4. Bepanten krem (Бепантен крем)
terini yumshatadi;
yaralarni tez bitkazadi;
teri ko'chishi va quruqligida yordam beradi;
qizarishni yo'qotadi.

5. Salitsil-rux surtmasi (салицилово-цинковая мазь)
husnbuzarlarni quritadi (husnbuzar atrofiga kichik yumaloq shaklda suriladi)
tez ta'sir etadi;
yoqimsiz hidga ega emas.


6. Boro-Plus krem (Крем Боро Плюс)
qo'zg'aluvchanlikni kamaytiradi;
ko'p funksiyaga ega;
teri quruqligida, yoriqlarda va terining kichik kuygan qismlarida foydalanish maqsadga muvofiq.



Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
​​Namanganda issig‘i ko‘tarilganidan shikoyat qilib kelgan aka-ukadan COVID-19’ga chalinmaganini bilmoqchi bo‘lgan shifokor kaltaklandi.

P.S. Bundaylarni hayvon desang, havyonlar xafa bo‘ladi. Ongsizlikni eng yuqori nuqtasiga chiqishdi bu mushtumzo‘rlar. Bechora shifokor jonini xatarga qo‘yib, har kun Covid bilan kasallangan bemorlar bilan kontaktda bo‘lsa, ularni davolasa, shumi qilingan beminnat xizmat uchun raxmat! Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan bularga qattiqroq jazo berishini so‘rab qolamiz! Zero qolganlarga ham o‘rnak bo‘lsin, o‘z vazifasini bajarayotgan davlat xodimiga(shifokorga) qo‘l ko‘tarish qanday oqibatlarga olib kelishini bilib qo‘ysin!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
​​Toshkentda Nexia bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan tez yordam mashinasidagi yo‘lovchi vafot etdi

Toshkentning Chilonzor tumanida tez tibbiy yordam mashinasi va Nexia ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 4 avgust kuni soat 13:00 larda Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada Nexia va Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili to‘qnashgan.

Oqibatda tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
​SSV ni xabar berishicha, Shifokorga og‘ir tan jarohati yetkazgan namanganlik mushtumzo‘r aka-uka ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi

Mushtumzo‘r aka-ukaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
Aytilganiga 2000 yildan oshgan bo‘lsa ham Gippokratning so‘zlari o‘z kuchini yo‘qotmagan!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zangiotadagi Covidni davolashga ixtisoslashgan shifoxonaning bolalar bo‘limi!

O‘pka sun’iy ventilyatsiya apparatiga ulangan va tug‘ulgan kuni shu yerda qarshi olingan Ikromjon!

Xulosa o‘zingizdan! Farzandlaringizni va o‘zingizni asrang!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sariq chaqaga ishlayotgan fidoyilar. SUBYEKTIV'da – yana qadrsiz shifokorlar mavzusi

“Tirikchilik haqidagi o‘ylar shifokorni bemor va tibbiyotdan chalg‘itmasligi uchun u qimmat otda yurishi, qimmat uzuk taqishi va yaxshi uyda yashashi kerak”. Tib ilmining sultoni ibn Sino ming yil oldin aytib ketgan bu gaplar hali ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan...

👉To‘liq video

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
2024/09/22 23:30:32
Back to Top
HTML Embed Code: