Telegram Web Link
Saturatsiya nima?

Saturatsiya(SpO2) - qonda gemoglobin(to‘qimalarga kislorod tashuvchi oqsil)ning kislorodga to‘yinish(birikkanlik) darajasidir. Normada bu ko‘rsatkich 95% dan yuqori bo‘lishi kerak. 95% dan pasaysa demak, organizmda kislorod yetishmovchiligi(gipoksiya) mavjud degan xulosaga kelinadi.

Saturatsiyani o‘lchash uchun noinvaziv pulsoksimetr apparati qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Aziz ayollar!

Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman! Omad har doim yor bo‘lsin! Hamisha bahor gullariday ochilib yurish nasib etsin! Yuzingizni kulgu hech qachon tark etmasin! Yana bir marta bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov

@Pediatric_uz kanali
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
“Shifobaxsh ne’matlar” kitobidan

🌿ZIRA🌿

Zira tarkibida:
– 7 % dan ko‘proq efir moylari;
– 22 % yog‘;
– 23 % oqsil;
– serob vitaminlar, shifobaxsh moddalar bor.
Xalq tabobatida zira urug‘ining qaynatmasi kamqonlikda, me’da og‘riganda, dizenteriya, surunkali jigar kasalliklarida foydali deb hisoblangan. Qora zira ona suti kanligida hamda qabziyatda iste’mol qilinadi.
Abu Ali ibn Sino ham qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi, terlatuvchi omil sifatida tavsiya etadi.
Ziraning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ham katta. Jumladan beda bilan zira qo‘shib ekilgan dalalarda boqilgan qoramol va biyalar qanchalik to‘ymasin, bo‘kib qolmaydi, balki vazni ortib, suti ko‘payadi.
Juda “mana bu kolxoz uchun, mana bu rais uchun” deb solib tashlamasangiz ham, taomlarga xushxo‘rgina qilib zira qo‘shavering. Balki uni iste’mol qilganimiz uchun qancha dardimiz ariyotgandir, biz bilmay yurgandirmiz.
Ma'lumotlar "Shifobaxsh ne'matlar" kitobidan olingan. Undagi tavsiyalar asosida biror muolaja qilishdan avval shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Do‘stlarga ham ulashing!
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
🪱Askaridoz - to'garak chuvalchanglar tipiga mansub askaridalar keltirib chiqaradigan gijja kasalligi bo'lib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ko'proq bolalarda uchraydi.
Bemor kasallik tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Yuqishi: tuxumlar bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qo'llar.

Ilk davri asosan, umumiy alomatlar bilan kechadi:
Darmonsizlik
Yo'tal
Harorat ko'tarilishi

Keyinchalik:
🔼Bosh aylanishi
🔼Bosh og'rig'i
🔼Me'da-ichak faoliyatining buzilishi(ko'ngil aynishi, qusish, ko'p so'lak ajralishi)
🔼O'ta toliquvchanlik.

🪱Askaridani o't yoki me'da-ichak yo'llariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, perifonit, sepsis, o'tkir pankreatit, appenditsit kabi a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi.

🩺Davolash:
Shifokor nazorati ostida davo qilinadi.

📈Profilaktikasi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ovqatdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish (asosan, bolalarda buni nazorat qilish) lozim.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
♻️ASPIRIN QABULI TO'G'RISIDA...

◾️Ilgari shifokorlar yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari profilaktikasi va insult xavfini kamaytirish maqsadida bemorlarga har kuni qabul qilishni tez-tez tavsiya qilishgan.

❗️Lekin, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, aspirinni har kuni qabul qilish oshqozon yarasi, o'tkir kolit, ichaklar surunkali kasalliklari kabi xavfli holatlarga olib kelishi, shuningdek ichki qon ketishiga sabab bo'lishi mumkin ekan.

P.S.: aspirinning foydasidan zarari ko'p ekan...

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
#Fakt

Inson organizmining 60% ini suv tashkil qiladi!

Inson umri davomida o'rtacha 60 000 l suv iste'mol qiladi!

Kun davomida tana massasining 1kg i uchun muvofiq ravishda 35ml suv ichish tavsiya etiladi. Bunda:
-50kg uchun - 1,7l;
-60kg uchun - 2,1l;
-70kg uchun - 2,4l;
-80kg uchun - 2,8l to'g'ri keladi.

P.S. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tana uchun ortiqcha suv zarar qilmaydi.

Hozirgi kunda necha litr suv iste'mol qilyapsiz?

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
"Tremor" - qaltirash. Qo'llar qaltirashi, oyoqlar qaltirashini misol qilib keltirish mumkin. Ko'p uchraydigan turi qo'llar qaltirashi. Simmetrik va nosimmetrik bo'lishi mumkin. Inson o'zida tremor bor-yo'qligini bilishi uchun ikkala qo'lini oldinga cho'zib, ularni kuzatib, solishtirishi lozim.

Tremor ko'proq nevrozda (psixik kasallik) va ko'p hayajonlanuvchi shaxslarda kuzatiladi. Nevrozda kuzatiluvchi tremor uzoq davom etmaydi va surunkali emas. Qachonki bemor asabiylashsa kuzatilishi mumkin. Lekin tremorning "essential tremor" deb nomlangan turi tez-tez kuzatilib, hattoki nasldan-naslga berilishi mumkin.

Bo'qoq kasalligida ham tremor kuzatiladi. Tireotoksik tremor uchun xos xususiyatlar:
🔴Yurakning tez-tez urishi;
🔵Qo'l-oyoqlarning muzlab yurishi;
🟡Ko'p terlash;
⚫️Turli fobiyalar.

Bundan tashqari tremor quyidagi kasalliklarda ham kuzatiladi:
✳️Miyacha kasalliklarida;
✳️Parkinsonizmda;
✳️Surunkali alkogolizmda.

👨‍⚕Davolash uchun nevropatologga murojaat qilinadi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
​​#PSIXOLOGIK_TEST

Rasmdan biron bir juftlikni tanlang va Ikkinchi yarmingiz sizga qanday munosabatda ekanligini bilib oling

JAVOBLARNI KO‘RISH:👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEYfPXZuYrep-KhqkQ
🍓Qulupnay organizmga foydalimi?

Qulupnay yurak faoliyatini yaxshilaydi;
Terini mayinlashtiradi;
Ajinlarni yo'qotadi.


🅰Tarkibidagi Vitamin A (retinol) yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Ko'rish o'tkirligini yaxshilaydi.

🅱9⃣Tarkibidagi vitamin B⁹ esa ayollar reproduktiv salomatligida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz qulupnayni ko'proq iste'mol qiling. Chunki vitamin B⁹ homila asab tizimi shakllanishida ishtirok etadi.

💊Askorbin kislota (vitamin C) esa qulupnayda limondan ko'ra ko'proqligi isbotlangan. Ushbu vitamin immunitetni oshiradi, kayfiyatni ko'taradi, ortiqcha vazn muammosida yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Organizmga dor moddalari yuborish usullari qanday ekanligini bilasizmi?

1. Enteral
2. Parenteral


💊1. Enteral usul deganda, dori moddalarini oshqozon-ichak yo'li orqali yuborish tushuniladi. Masalan, til ostiga, og'iz orqali, o'n ikki barmoqli ichakka, to'g'ri ichakka va h.k.

2. Parenteral usul deganda, dori moddalarini oshqozon-ichakdan tashqi yo'llar orqali organizmga yuborilishini tushunamiz.

💉Parenteral usul:
-Nafas orqali - ingalyatsiya, aerozol;
-Shilliq qavatlarga;
-Bo'shliqlarga;
-Teri ostiga;
-Mushak orasiga;
-Venaga ichiga;
-Arteriyalarga;
-Orqa miya kanaliga;
-Bo'g'imlarga;
-Suyaklar orasiga va h.k.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
"Dorixona" kanali - dorilar haqidagi takrorlanmas ma'lumotlar berib boriladigan kanal

💊Yo‘talga qarshi dorilar
💊Qorin dam bo‘lishiga qarshi dorilar
💊Qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar
💊Grippga qarshi dorilar
💊Qazg‘oqqa qarshi dorilar
💊Chekishga qarshi dorilar
💊Terlashga qarshi dorilar
💊Alkogolizmga qarshi dorilar
💊Tomoq og‘riganda qo‘llaniladigan dorilar
💊Bo‘y o‘stiruvchi dorilar
💊Gijjaga qarshi dorilar
💊Ich ketishiga qarshi dorilar
💊Anemiyaga qarshi dorilar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👇:
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
SOCHLAR NEGA OQARADI?🧑‍🦳👩‍🦳

Yosh o'tgan sari soch oqarishi normal fiziologik holat. Lekin sochlar hamma yoshda ham oqarishi mumkin.


Inson organizmida millionlab soch follikulalari bor.
Follikulalar tarkibi:
1⃣soch hosil qiluvchi hujayralar
2⃣pigment tutadigan hujayralar (melanin)

Vaqt o'tishi bilan follikulalar o'sha pigmentni yo'qotishi natijasida soch oqarishi ro'y beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Nega erta tongdan og'izdan yoqimsiz hid keladi?

Og'iz bo'shlig'ida katta miqdorda bakteriyalar mavjud bo'lib, ular doimiy ravishda o'zlaridan metabolik chiqindilar ishlab chiqaradi. Bulardan chiqadigan hid esa bizga seziladi.

Kun davomida biz ovqatlanamiz va ichimlik ichamiz, shu orqali katta miqdordagi bakteriyalar va ularning chiqindilaridan og'iz bo'shlig'ini "tozalaymiz".

Shuningdek, so'lak tarkibidagi moddalar ham ko'plab bakteriyalarni o'ldiradi. Shu sabab kun davomida hid sezilmaydi.

Tunda, uyqu paytida so'lak juda kam miqdorda ajralgani uchun, bakteriyalar uchun qulay sharoit tug'iladi va tonggacha yoqimsiz hid hosil qiluvchi moddalar ishlab chiqaradi.

❗️Kun davomida ham og'izdan noxush hid kelishi, ko'pincha, tish kasalliklari belgisi hisoblanib, darhol stomatolog ko'rigidan o'tish tavsiya etiladi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima sababdan bolalarda suyaklar soni ko'p?

👶 Yangi tug'ilgan chaqaloqda kattalarga nisbatan suyaklar soni deyarli 100 tadan ortiq hisoblanadi.

👨 Voyaga yetgan odamda umumiy suyaklar soni 206 tani tashkil qiladi, chaqaloqlarda esa 300 taga yaqin. Bu farq tasodifiy emas.

💀 Eng yorqin misol - bosh sohasidagi suyaklardir. Chaqaloqlarda ular alohida-alohida bo'lib, tug'ruq jarayonida "qatlanib", bosh hajmini kichiklashishiga va boshning tug'ruq yo'lidan o'tishiga imkon yaratadi.

🏃 Voyaga yetish jarayonida suyaklar choklar yordamida birlashib, bir nechta suyak yaxlit bir suyakni hosil qiladi. Bu jarayon faqat bosh sohasida emas, tanining boshqa qismlaridagi suyaklarida ham kuzatiladi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 13:20:02
Back to Top
HTML Embed Code: