Telegram Web Link
Frenk Gerbert "Dyuna" romani 2024-yilda..o'zbek tilida?

@panda_books
Amazon Kindle Book reader'im uchun yangi cover (chexol)😊

@panda_books
#news
Nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi mustahkamlash maqsadida ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Prezident tarjimonlikdek mas’uliyatli mehnatni munosib rag‘batlantirish uchun ulug‘ shoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etishni taklif etdi. (#)

@panda_books
Political correctness nima?

Yaqinda bitta joyda o'qib qoldim, Amerikada ming yillar davomida yashab kelgan hindular ularni boshqalar "Native Americans" termini bilan atashlaridan nafratlanisharkan. Chunki bu atama biz o'ylab topgan Political correctness xolos. O'zbekcha aytganda, siyosiy to'g'ri jumlalar qo'llash degan ma'noda. Lekin bu narsa doim ham o'zini oqlamaydi.

Tasavvur qiling, siz kichkina bolasiz. Aytaylik, siz otangiz bilan buvingizni ko'rishga borishingiz lozim. Shartli ravishda, otangizni klassik avtoritar desak, u tahminan shunday deydi: "Sen buvingni ko'rishga borishing shart. Sen bu haqida nima deb o'ylashing meni umuman qiziqtirmaydi. Borishing shart, tamom vassalom!".

Agar otangiz postmodernistik non-avtokrat bo'lsa, u tahminan shunday deydi: "Buving seni qattiq yaxshi ko'rishini bilasan, lekin shunday bo'lsa ham men seni uni ko'rishga borishga majburlamayman. Sen bu haqida o'zing mustaqil qaror qabul qilishing lozim". Bir qarashda, demokratik so'zlardek tuyuladi..ammo

Faylasuf Slavok Jijek ta'rificha, ayniqsa ikkinchi holat ko'proq totalitar hisoblanadi. Chunki birinchi holatda ota bolasiga buvisini yoqtiradimi yoki yo'qmi, uni ko'rishga borishi shart ekanligini ta'kidlasa, ikkinchi holatda ota farzandiga buvisini ko'rib kelishni sevishini talab qilmoqda.

Political correctness – bu eng avvalo, nosamimiylik, notabiiylikdir. U ko'pincha kimningdir shaxsiy fikrini keng ommaga, birinchi navbatda, sizning shaxsiy hudud chegarasiga majburlab tiqishtiradi. Bunga o'zlarining shaxsiy fikri bo'lsada, majburan Black Lives Matter kabi shiorlar uchun tiz cho'kib o'yinni boshlaydigan futbolchilar yoki turli jinsiy orientatsiyali insonlarni zamonaviy film va seriallarga majburan tiqishtirish misolida ko'rish mumkin.

Bu haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, Slovo Jijekning ma'ruzalarini tinglashingiz mumkin.

@panda_books
Bu yil uchun oxirgi kitob (deb o'ylayman) xarid qildim. Qaysi kitob deb o'ylaysiz?

Birinchi bo'lib, izohda to'g'ri topganga, 10 ming so'm paynet bor:) Har bir insonda atigi 2 ta urinish bor. Faqat alohida-alohida yozing.

@panda_books
#longread

Hayotda o'zgarishlarni boshlash haqida

Ko'pchiligimiz hayotimiz davomida hamisha biron yaxshi ish boshlashni orzu qilamiz. Zo'r ish. Lekin negadur ko'pincha hammasini boshlash uchun munosib lahzaning kelishini kutamiz. Dushanbadan. Yangi yildan. Nihoyat, munosib vaqt kelganida esa, ba'zilar endi kimdir ularga boshlash uchun ruxsat berishini kutishni boshlaydilar.

Aksariyatimiz: "Dunyodagi barcha imkoniyatlar allaqachon tepadagilar orasida bo'lib olingan va biz kabi "yangilar" uchun endi hech vaqo qolmagan", - degan fikrga ishonib yashaymiz. Hayotda bizga atalgan ko'p narsalarga o'zimizni noloyiq deya hisoblaymiz. Masalan, yaxshi kitob o'qishga, yaxshi kiyinib yurishga, sevimli ishimiz bilan shug'ullanishga, dunyo bo'ylab sayohat qilishga hayiqamiz, gohida hatto bunga haqqimiz yo'qdek tuyuladi.

Aminmanki, qachondir siz ham yangi nimadir boshlaganingizda, yo'lingizda millionlab hasadgo'y, negativ, tanqidchi, nazoratchi, pessimist va firibgarlarga duch kelasiz. Bunday to'siqlardan hamma ham "tirik qolib", yo'lida dadil davom etolmaydi. Xo'sh, unda qanday qilib baxtli hayotga erishish mumkin? Bunday mushkulotlarni yengib o'tishning siri nimada?

Hammasi oddiy. Ularni inkor qila oling. Hayotda hech narsa qilmagan odamgina xato qilmaydi. Xato qilishdan qo'rqmang. Va eng muhimi hayotingizda nimadir qilish uchun hech kimdan ruxsat kutmang. Bunday odamlar yo'q. Bunday sharoitlar yo'q. Bunday tashkilotlar yo'q (Aniqrog'i bor, ya'ni firibgarlar, ularning tuzog'iga tushmasangiz bas).

Ozmoqchimisiz, u holda yugurishni boshlang. IELTSdan 8.0 olmoqchimisiz, unda hozirdan ingliz tilini o'rganishni boshlang. Qimmatbaho mashina minishni istayapsizmi, unda bugundan pul yig'ishga tutining. Bilimingizni oshirmoqchimisiz, qo'lingizga kitob olib o'qishga kirishing. Ishni paysalga solgangiz bilan hech nima o'zgarib qolmaydi. Vaqt esa g'animat.

Qisqasi, bu har doim foyda beradigan taktika. Siz hayotda o'zingiz xohlagan va orzu qilgan barcha rejalaringizni amalga oshira olasiz, faqat buni boshlash uchun hech kimdan ruxsat so'rash shart emas. Boshlash uchun mavridini kutish ham kerak emas. Shunchaki boshlang... va nasib qilsa hammasi o'zgaradi.

@panda_books
15 soniyalik hayot

Yo'lovchi ayolga musht ko'targan varvar avtobus haydovchisi. Jamoat orasiga kirib borgan va odamlarni kegliga o'xshab urib ketgan yuk mashinasi. Chiroyli raqsga tushayotgan mushuk. G'azo sektori xarobalari orasida yig'layotgan falastinlik bolakay. O'tirib bambuk kavshayotgan yoqimtoy pandalar. O'q sadolari ostida okopdan sakrab chiqib, avtomatdan o'q uzayotgan ukrainalik askar. Uni guruh bo'lib zo'rlashganini yig'lab aytib berayotgan 14 yashar qiz. Yoppasiga katta yoshli bomjni do'pposlashayotgan bir guruh o'smirlar. Labi boteks qilingan, xijob o'ragan, og'zidan bodi-shodi chiqib radarlarni qarg'ayotgan ayol. Kulib turgancha, mazali ovqat tayyorlayotgan turk oshpazi. Yana bir kulgili bayonot bergan Bayden. Boshqa suveren davlatni bosib olishga chaqirayotgan shovinist-fashist siyosatfurush. Va hokazo...

Obrazlar ketidan obrazlar smartfon ekranida birin-ketin almasharkan, menda g'alati hissiyotlar paydo bo'ladi. Bu bo'layotgan voqealar bizni roppa-rosa 15 sekund vaqt davomida sevishga, nafratlanishga, achinishga, kulishga, o'ylashga va ba'zan hatto qayt qilishga undaydi. Keyin esa.. keyin bo'ldi, navbatdagi video.. hech kim bir joyda qotib qolmaydi, alpinistlar kabi biz ham lentadan pastga tushib boraveramiz. Plastmassa va kichik ekrandan iborat dunyo oxiri g'olib keldi.

@panda_books
​​#review #taqriz

🔰 Nadya Vassef - "Qohira xronikasi: Kitob do'koni bekasi"

Bukmeytda audiokitobini tugatdim. Aniqrog'i, oxirgi boblarini tinglagim kelmadi. Kitob yaxshi lekin biroz "банально" ekan.

Birinchi abzasdan kitobga to'liq baho berib yuboradigan odatim yo'q. Ammo men kutganimdan kamroq oldim deb o'ylayman. Kitob mavzusi doimo qiziq: kitobdorlarning hayoti esa alohida janrga aylanib ulgurgan. Bu borada ilk tajribam juda yoqimli demasamda, yomon bo'lmadi.

Umuman olganda, Qohira va Misrda kitob savdosi bizdagi holatga juda o'xshash ekan. Aholining xarid quvvati past, shu sababli kitob tez-tez sotib ololmaydi, kitob do'konini kutubxonaga o'xshab o'qilgan kitoblarni qaytarib olishini yoki shu yerda o'tirib o'qishni xohlaydi. Logistika va elektron tizim biznikidek qimmat va yugur-yuguri ko'p ekan. Muallif yaxshi oiladan chiqqani, yevropacha ta'lim olganligi va musulmon olamida ko'p uchramaydigan ayol rahbar timsoli, buning qiyinchiliklari haqida so'zlab beradi. Misrliklarning gender tengligi va jinsiy kamsitishlar borasida hatto bizdanda ko'proq muammolari borligini tushundim, jamiyat to'liq ikkiga ajralib qolgan.

Keyin bitta qiziq narsani aytib o'tishim kerak. Misrliklar Buyuk Britaniya muzeyida saqlanayotgan o'z tarixiga oid eksponatlardan qattiq tashvishda va buni ochiqchasiga bayon qilishgan. Bitta anekdotda aytilgandek, "piramidalar haliyam saqlanib qolganing sababi, uni muzeyga ko'chirib ketishga juda og'irlik qiladi". Albatta, rasmiy London ushbu asori-atiqalarni hech qachon qaytarib berilmasligini ta'kidlashgan. Bu borada bizning ahvolimiz misrliklarnikiga o'xshashligi haqida o'ylab qoldim. Qanchadan-qancha tarixiy yodgorliklarimiz chet muzeylarida saqlanyapti, yana biz to'xtamay qolganlarini ham tashqariga olib chiqayapmiz. Shu yerda muzeyda tursa, majbur kelib ko'rishsin kerak bo'lsa.

Mavzudan sal chetlashdim, umuman, kitob o'rtacha, o'rtalariga kelib menga o'xshab muallif ham kitob savdosidan boshqa mavzularga chalg'ib ketgani odamni zeriktirdi. Yil boshida sotib olmaganim yaxshi bo'libdi dedim ichimda.

Kitob savdosi biznesi bilan shug'ullanidiganlar va ayol rahbarlar haqida o'qishni istaganlar uchun balki qiziq bo'lar.

@panda_books
#news
The New York Times nashri o'zining an'anaviy muntazam she'riy ruknini yopibdi. Qiziq, dunyoda she'riyatga talab kamayganidanmikin bu yoki boshqa sabab bormikan?

@panda_books
#maqola

Panda Booksda turli mavzularga oid maqolalar tarjima qilib turishimni bilasiz. Afsuski, hozir bunga vaqt yo'q, bo'lmasa stolim ustida bir qator qiziqarli mavzularga oid yaxshi maqolalar o'z tarjimasini kutib yotibdi.

Bugun sizlarga shu paytgacha bo'lganlar orasidan eng yaxshilarini tavsiya qilaman. O'qishga ko'p vaqt ketmaydi:

➡️ Avraam Linkoln tomonidan o'g'lining muallimiga yozgan mashhur xati

➡️
Dunyodagi eng qattiq qamoqxonalardan biri - "Qora Delfin"

➡️ Kitoblar qanday hidga ega va nima uchun biz bu hidni yoqtiramiz?

➡️ 6 ta muhim hayotiy saboqlar (16+)

➡️ Nima uchun Sovet Ittifoqida shaxmat gullab yashnagan?

➡️ O'z do'sti tomonidan o'ldirilgan Prezident: Toma Sankara hayoti haqida

➡️ Fransua Dyuvalye - Gaiti dahshati va qora tushi.

➡️ Reallikni qabul qilmaslikning og'ir tovoni

➡️ Oliver Saks: "Bizga o'xshaganlar endi boshqa yo'q. Xuddi shuningdek, hech qachon sizga o'xshagani ham bo'lmaydi"

➡️ "Monfokon" - O'rta asr Parij dahshati

➡️ Martin Lyuter King — "Men orzu qilaman" (I have a dream)

@panda_books
#biroz_statistika

An'anaga aylangan yillik sarhisob

Demak 2023-yilda Panda Booksda:
2188 ta yangi obunachilar;

1 187 ta post joylangan, ya'ni kuniga o'rtacha 3 tadan. O'tgan yilgidan bittaga kam, sifati yaxshiroq;

2 Million marta ko'rishlar 😎

168 ta kanal bizdan iqtibos qilgan;

12.3K marta postlar ulashilgan;

Eng yoqqani bu yil jami postlar 34.4 mingdan ortiq reaksiya va 9.2 mingdan ortiq sharhlar qoldirilgan. Va boshqalar...

Keyingi yilga oldindan katta va'da bermoqchi emasman. Lekin siz bilan birgalikda bundanda yuqori cho'qqilarni zabt qilishda davom etamiz!

Sizlarga tashakkur🙏

@panda_books
Hozir yoqimli syurpriz bo'ldi: Yandeks Musicda Fredrik Bakmanning deyarli barcha kitoblari audioformatda mavjud ekan. Bilasiz, Bakman allaqachon sevimli yozuvchilarim qatoridan o'rin olib ulgurgan. Meni badiiy adabiyotda ushlab turgan asosiy sabablardan bir desam ham to'g'riroq bo'ladi.

@panda_books
Siz uchun qaysi birini aytish eng qiyini?

@panda_books
#arxiv

O'zingni qiyoslashing mumkin bo'lgan yagona inson

Universitetga o'qishga kirganimdagi va uni tugatayotgan kunlarimdagi fotolarim.

Inson o'zini solishtirishi mumkin yagona kishi - bu o'zining o'tmishi deyishadi. Shundagina biz o'zgarishlarni payqaymiz. Qaysi tomonda keldigu, qay tomon borayotganimizni anglaymiz menimcha.

@panda_books
2024/09/30 18:20:12
Back to Top
HTML Embed Code: