Telegram Web Link
#arxiv

Bu rasm esa tog'da, Amirsoyda olingan. Kitob bilan qilingan eng yaxshi fotosessiyalarimdan biri:)

@panda_books
Panda Books
#biroz_statistika An'anaga aylangan yillik sarhisob Demak 2023-yilda Panda Booksda: 2188 ta yangi obunachilar; 1 187 ta post joylangan, ya'ni kuniga o'rtacha 3 tadan. O'tgan yilgidan bittaga kam, sifati yaxshiroq; 2 Million marta ko'rishlar 😎
Mana, 2023-yil ham o'z nihoyasiga yetib kelmoqda. Sarhisob vaqti. O'zi aslini olganda, bu kanal asosiy daromad manbayim emas. Reklama yoki kanaldan pul topish ham hech qachon asosiy maqsadim bo'lmagan, baribir bunday loyihalarga tikilgan mablag'lar hech qachon o'zini oqlamasa ham kerak. Gap bunda emas.

Yuqorida Statistics bilan tanishdik, raqamlar o'z yo'liga, men siz azizlardan so'ramoqchiman: bu yil kanaldan o'zingizga foydali nimadur ololdingizmi? Manfaatli bo'ldimi? Fikrlaringiz? Bu men uchun muhim.

@panda_books
#haqida

Toxic

"All my friends are toxic, all ambitionless" degan ashula bo'lardi.

Hayotda ba'zi odamlar toksik bo'ladi. Ular seni to'g'ri yo'ldan ozdiradi, uni deb insonlar bilan munosabatlaringni buzasan, nomi bilan zahar ulashadi, kerak payti o'zidan barcha ma'suliyatni soqit qilishga urinadi.

Eng yomoni, sening unga bergan samimiy hurmatingga tupuradi va egoist hayot kechiradi. Yosh bola xarxashasiga o'xshab doimo diqqat markazida bo'lishga intiladi. Toksik odam aslida senda bor yaxshi narsalarga hasad qiladi va buni hech qachon tan olmaydi.

Toxic odamlarni - romantizatsiya qilmang. Ularni detskiy travma, depression, anxiety va shunga o'xshash so'zlariga ishonmang. Ulardan vaqtida uzoqlashish - siz qilishingiz kerak bo'lgan eng muhim ish. Ishoning, hayotingiz ancha yaxshilashadi.

@panda_books
2023-yilda mutolaa qilgan kitoblarim

Bu yilgi kitoblar ancha kamroq. Ham ish, ham mutolaaga vaqt ajratish yildan-yilga qiyin bo'lyapti. Lekin badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni bir xilda olib borganimdan xursandman. Yana bir necha kitoblar oxiriga yetmay qoldi.

Quyida ro'yxat bilan tanishing:
1. O'tkir Hoshimov – "Bahor qaytmaydi"
2. Vasiliy Yan — "Spartak"
3. Sabohiddin Ali — "Mo'yna mantoli Madonna"
4. Mitiko Kakutani — "Ekslibris"
5. Astrid Lingren — "Bolakay va tomda yashovchi Karlson"
6. Egil Byarnason — "Islandiya dunyoni qanday o'zgartirdi"
7. Elis Manro — "Ijara ijodxona"
8. Ilya Yablokov – "Rus fitna nazariyasi madaniyati"
9. Devid Bax — "Latte omili"
10. Jozef Kempbell – "Ming qiyofali qahramon"
11. Vitold Shablovskiy — "Diktatorlarni qanday ovqatlantirishgan?"
12. Tomas Xarris — "Qo'zichoqlar sukunati"
13. Lyuk Mogelson - "Two Weeks at the Front in Ukraine"
14. J.Robinson va D.Ajemog'lu - "Narrow Corridor"
15. Alessandro Barikko – "1900. Pianist afsonasi"
16. Alberto Moravia – "Rimlik ayol"
17. Sherbek Bobonor o'g'li - "Qora suyaklar" qissa
18. Yuval Noy Harari – "XXI asr uchun 21 ta saboqlar"
19. Abdulla Qahhor — "Sinchalak"
20. Klayv Steyplz Lyuiz – "Narniya saltanati: Arslon, Jodugar va kiyim javoni"
21. Sergey Guriyev, Deniel Treysman — "Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi"
22. Aleksandr Baunov — “Rejimning intihosi: Yevropaning uchta diktaturasi qanday yakun topdi”
23. "Jadid Kulliyoti" to'plami
24. Joan K. Rouling — "Antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan Kviddich" (qayta)
25. Joan K. Rouling — "Fantastik maxluqotlar va ular qayerda yashaydi" (qayta)
26. Herman Hesse - "Siddhartha"
27. Nadya Vassef - "Qohira xronikasi: Kitob do'koni bekasi"

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
2023-yil – afsuski, juda bir tushunarsiz, keraksiz ishlarga ko'p vaqtni ketkizilgan yil sifatida tarixda qoldi. Ammo tirik qoldik..:)

Umid qilamanki, yangi 2024-yil barchamizga yangi omad va baxtlar olib kelsin, ko'zlagan barcha ezgu maqsadlarimizga yetkazsin, ishlarimiz rivojini bersin!

Yangi yilingiz bilan 🌲

@panda_books
Bilasiz, sevimli yozuvchilarimdan biri Jorj Oruell va uning "1984" antiutopiyasi SSSR rasman taqiqlangan. Shunga qaramasdan, ushbu kitob cheklangan nusxada, faqat partiya Markaziy Qo'mita va Spetsxran a'zolari uchun nashr qilingan ekan.

Yiliga e'tibor bersangiz (kitob 1948-yilda yozilgan), taqdir xazili bilan u aynan 1984-yilda chop etilgan:)

Yuqoridagi imzo: o'rtoq Chernov N.M. ga tegishli. Bu shaxs partiya Markaziy Qoʻmitasining madaniyat yoʻnalishi boʻyicha vakili bo'lgan.

@panda_books
#sarhisob #dekabr

Oy Sarhisobi.


Yilning oxirgi oyi Yangi yil kayfiyati va o'tgan ishlarni sarhisob qilishga qaratildi desam ham bo'ladi. O'zimga o'zim dam berishga qaror qildim, holbuki buni boshqa oylarda ham qilsam bo'lardi. Xullas, imkon qadar dam olishga qaror qildim va buni uddalagunimcha qila oldim:)

O'qilgan kitoblar:
♻️
Aka-uka Grimmlar"Genzel va Gretel"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Herman Hesse — "Siddhartha"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Nadya Vassef — "Qohira xronikasi: Kitob do'koni bekasi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉
Sherlok Xolmsni yomon ko'rgan Artur Konan Doyl
👉 Manipulyatsion marketing
👉 Xavfli demografiya
👉
I.E.L.T.S
👉 Insoniyatning ushalmas orzusi va Sun'iy intellekt
👉 Siyrat
👉 Ovqatlanish kulti
👉 Qirq kun
👉 Santa tarixi haqida
👉 Hayotda o'zgarishlarni boshlash haqida
👉 15 soniyalik hayot
👉 Toxic

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Bored Panda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hayotni tanla!"

Yoqtirgan monologlarimdan biri. Juda ta'sirli. Aytgancha, ushbu monolog do'stim @usmonosphere yordamida tarjima qilindi.

@boredpandablog
Oddiy haqiqatlar

- Ko'p kitob o'qish baxt olib kelmaydi. Aksincha ko'p bilish odamni baxtsizlik tomon yetaklaydigan narsalardan biri.

- Hayotda raqamlar va statistikalar eng muhimi emas, agar shunday bo'lganida dunyoni matematiklar boshqarardi.

@panda_books
#longread

Yozuv

Manimcha, biz insonlarning eng yaxshi ixtirolaridan biri — bu yozuv. U og'zaki nutqdan biz ifodalamoqchi bo'lgan fikrlarni maxsus vositalar orqali o'qiladigan, saqlanadigan va bir-birimiz bilan ulashiladigan belgilarga aylantiradi. Biz fikrlarni abadiylashtirdik. Yozuv tarixiga qarasak, u bir-biridan mustaqil ravishda kamida 3 marta kashf qilingan - Yaqin Sharqda, Xitoyda va Markaziy Amerikada. Boshqa ixtirolar kabi qadimiy yozuv bizga Yaqin Sharq orqali yetib kelgan. Yozuv avvaliga savdo-sotiq va hisoblashda ishlatilgan, keyinchalik unda turli bitiklar, diniy matnlar, she'rlar, afsonalar va qadimiy hukmdorlar faoliyatini bayon qilishgan. Bundan so'ng, ilk qonun kodekslari yozila boshlangan.

Biz bilgan ilk yuridik kodeks, miloddan avvalgi 2100-yillarda shumer qiroli Ur-Nammuniki hisoblansa, biz bilgan eng mashhur va eng hajmi kattasi 1901-yilda hozirgi Iroq hududidan topilgan Bobil shohi— Xamurappi qonunlari. Ular ulkan xarsangtoshlarga stella sifatida akkad tilida o'yib yozilgan va omma uchun mo'ljallangan. Uning tepasida ma'bud Shamashdan qonunlarni qabul qilib olayotgan podshoh tasvirlangan. Hozir bu stelalar Parijdagi Luvr muzeyini bezab turibdi.

Kodeks aslida hozirgi hajmlarga solishtiradigan bo'lsak, uncha katta emas, atigi 282 qonundan iborat, ammo shuni o'ziyam ulkan imperiyani boshqarishga yetib ortgan. Masalan, AQShda yiliga 40.000 dan ortiq yangi qonun qabul qilinadi, o'zi qancha qonun borligini esa hech kim bilmasayam kerak.

Xamurappi qonunlari qanday tuzilganini sizlarga osongina o'rgatib qo'yishim mumkin:
AGAR siz mana bu jinoyat/ishni qilsangiz, unda BUNDAY tarzda jazolanasiz. Qonun jinsi va ijtimoiy mavqeyiga qarab o'zgarib turgan. Masalan, Tabib erkin fuqaro hisoblangan bemorini o'ldirib qo'ysa, qo'llari chopilgan, ammo qul bemor o'lib qolsa, jarima bilan qutulib qolingan. Jazolar asosan jarimalar yoki qatldan iborat edi, unda hozirgidek turmaga tashlash kabi jazo bo'lmagan.

Qizig'i, Xamurappi qonunlarida diniy qonunlar aks etmagan, holbuki podshoh ilohiy qudrat sohibi hisoblangan. Xamurappi qonunlari fuqaroning qaysi din yoki ma'budga e'tiqod qilishidan qat'i nazar bir xilda teng jazoga torta olgan. Ya'ni bu yerda davlat boshqa diniy kodeks yoki qonunlardan farqli o'z avomini fikri va e'tiqodini emas, uning faqat hatti-harakatini nazorat qilishga qaratilgan.

Xamurappi qonunlarini o'qirkansan, inson tabiati o'tgan shuncha ming yilliklar ichidan deyarli o'zgarmaganini ko'rib hayratga tushasan. Hatto 4000 yil o'tib ham, biz Xamurappi jinoyat deb hisoblagan ishlar bilan bitta fikrga kelamiz. Albatta, bitta farqi - bizda hozir qullar yo'q.

Bu Kodeks aslida o'sha davrgacha ishlatilgan sud-huquq tizimidagi oshkoralik va shaffoflik nuqtai nazaridan katta qadam bo'lgandi. Qonunlar ulkan xarsangtoshlarga o'yib yozilgan va bu xarsanglar hamma ko'rishi va o'qishi mumkin bo'lgan jamoat joylariga chiqarib qo'yilgan. Natijada barcha fuqaro agar jinoyat qilsa, uni nima kutayotgani ongli ravishda anglagan va bu tiyib turish mexanizmi vazifasini bajargan. Aybi isbotlanmaguncha, har bir inson aybsiz bo'lgan. Tabaqasidan qat'i nazar fuqarolar bir xilda jazoga tortilgan. Natijada shu vaqtga qadar o'z boyligi, ijtimoiy mavqeyi yoki xizmat vazifasidan foydalanib, mazlumlar va o'zidan kuchsizlarni ezib kelganlar ham Xamurappining qattiqqo'l kodeksidan omon qololmagan. Bu esa jamiyatdagi adolatni mislsiz darajada tartibga keltira olgan.

Ba'zan men ham Konstitutsiyamizni katta temir lavhlarga o'yib yozib, katta maydonlarga ilib qo'yish ma'qulmikan deb o'ylab qolaman. Albatta, bu uchun yana bizga adolatni joyiga qo'yoladigan Xamurappilar ham kerak.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Nial Fergyuson - "Восхождение денег" kitobini xarid qildim.

"Pulning ko'tarlishi: Dunyoning moliyaviy tarixi" deb tarjima qilanadigan ushbu kitob britaniyalik tarixchi olim Niall Fergyuson tomonidan 2008-yilda yozilgan. Unda pul va moliya tarixi haqida juda qiziqarli va foydali ma'lumotlar keltirilgan

Uni mutolaa qilib, hozirgi moliyaviy dunyo qanday tuzilgani bo'yicha fundamental bilimlarga ega bo'lish mumkin.

@panda_books
Yaqinda "Meni badiiy adabiyotda Fredrik Bakman ushlab turibdi", degandim. O'sha fikrimga qo'shimcha:

Haliyam baxtimga adabiyotda Haruki Murakami ham bor... Mayli, unga o'sha bir tiyinga qimmat Nobelni berishmasa-berishmas, baribir kitoblarini millionlab insonlar orziqib o'qiydi...

Zamonaviy adabiyot - bu avvalo Murakami.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
Ijtimoiy tarmoqlar ko'p yengilliklar yaratdiyu, lekin evaziga insonlarni birxillashtirib tashlagani ham rost. Oldingi tabiiy go'zalik o'rnini turli filtrlar, xushbichim ko'ylaklar o'rnini keng ro'dapo va krossovkalar egalladi. Mana o'sha tarmoqlardagi "90-yillarda yashaganimda qanday ko'rinardim?" degan chellenj ham so'zlarimga misol bo'la oladi. (Chapdagi kamina)

O'zingiz baho bering.

@boredpandablog
Dubayga ko’chib ketgan bloger Liil Xurramovni 14 ming dollarga uxlatishibdi. Yaxshi ish bo'lmabdi. O'zi aldanish yomon narsa, chet elda aldansang, ikki marta alam qiladi.

Men shunchaki o'tgan yili hamma yig'ib, motivatorlik qilib pul ishlaganini esladim. Hali yosh, tajribasiz - birorta biznes boshlab ko'rmagan (vaynerlik biznes emas) bolani shippakda chiqib, falsafa sotishi erish tuyulgandi.

O'shanchun, doim takrorlaganimdek, kimdur motivatsiya sotayapman desa yugurib bormang, avvalo birinchi kitob o'qing. Hamma bilim kitobda

@panda_books
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shuni bilib olinglar: vayner qarisa matvator bo'ladi. Juda "uspeshniysi" qarisa, avtomatm school ochadi.

Ta'lim ham o'yinchoq bo'lib qoldi.

@panda_books
#haqida

Illyuziya

Dubayga borib kelgan bo'lsangiz yoki u yerda yashaganlardan eshitgandursiz - chet elda, umuman ko'p davlatlarda ijaraga uy, mashina yoki xatto samolyot olish oson. Xuddi shunday, aldanib qolish ham. Uy ijaraga olmoqchimisiz - AirBnb, tayyor..

AirBnb (ijaraga uy, xona berish xizmati) oldiniga mehmonxonalarga raqobatchi sifatida paydo bo'lgan, ancha arzon bo'lgan. Xuddi shunday Uber taksi xizmati ham mahalliy xizmatlarga raqobatchi sifatida ochilgan.

Lekin Airbnb hozir arzonmasligi va o'rtacha mehmonxonadan qimmatroq ekanligini bilib hayron bo'ldim. Puliga kelsak, mehmonxona xonasida yashash foydaliroq, u yerda ular sizni yangi sochiq, shampun bilan ta'minlaydi, xonangizni tozalaydi va egalari miyangizni egovlamaydi.

Nega unda AirBnb shu darajada mashhur?
Katta ehtimol bilan, Airbnb zumerlar va millennialarga juda yoqishi bilan bog'liq, chunki bu sayohat qilish zavqini o'z mulkiga egalik qilish fantaziyasi bilan birlashtiradi. "Mening boshqa shaharda ham kvartiram bor" degan illyuziyani beradi. Aslida sizniki bo'lmagan narsaga egalik hissini. Bu yaxshilmi yoki yo'q har kim o'zi biladi.

Xullas, boshqa davlatga borib xuddi filmlardagidek u yerda har kuni kabrioletimda mazza qilib sayohat qilaman, o'ynab-kulaman, kechqurun esa o'z kalitlarim bilan derazasidan go'zal manzara ko'rinib turadigan uyning eshigini ochib kirib, har kuni shunaqa yashayman, agar nimadur bo'lib meni aldashsa, bitta stories qo'yaman va podpischiklarim mening yashashim hisobini to'lab qo'yishadi deb reja qilish faqat zumerlarning qo'lidan keladi xolos.

Ishlash? Biror sohani o'rganish ? O'qish? Nima u??

@panda_books
2024/11/06 01:32:43
Back to Top
HTML Embed Code: