Telegram Web Link
Yoki ulkan kitob do'koniga...

@panda_books
#taqdimot

Asaxiy Books taqdimoti

Bugun Firuz aka Allayev o'zining ilk "Tadbirkor" kitobi taqdimotini o'tkazdi. Asaxiy Books rahbari va jamoasi tadbirni yuqori darajada o'tkazishganini alohida e'tirof qilish lozim.

Mirshakar Fayzullaev boshlovchilik qilgan, Hamza Jumayev kitobning kirish qismini o'qigan, YoIA rahbari Alisher Sa'dullayev tadbirni o'z nutqi bilan ochib bergan, talantli ashulachi Baxtiyor Rahmonov esa Fitrat va Cho'lpon she'rlarini kuylagan kecha haqida yana nima deyish mumkin?!

Qaynoq atmosferada o'tgan taqdimotdan barcha mazza qildi, uyga bir dunyo sovg'alar va yaxshi kayfiyat bilan qaytdik.. Men shuningdek, eski qadrdonlar bilan uchrashdim, yangi insonlar bilan tanishdim. Yoshlar ijod uyi ham ancha o'zgarib, nomiga mos ijod uyi bo'lib, ancha gavjumlashibdi, qoyil.

Xullas, borganimdan quvondim, taqdim etilgan kitobni esa barcha kitobsevarlarga tavsiya qilaman. Zo'r fikrlar olishingiz kafolatlangan.

@panda_books
#haqida

Taqiqlangan meva

Mendan ba'zida kitobxonlar botda ba'zi bir adabiy kitoblarni o'qib fikr bildirishimni so'rashadi. Ammo u kitoblar shunday zerikarli va menga umuman yoqmaydiki, men ularni tanqid qilib taqriz yozishdan o'zimni arang tiyib qolaman. Zero, bu ularning sotuvini yanada oshishiga xizmat qilib qo'yishi mumkin.

Chunki kitoblar qancha ko'p taqiqlansa va qancha ko'p tanqid qilinsa, ommada shuncha o'sha kitoblarga bo'lgan qiziqish ko'payadi. Shu sababdan kimdir kitoblaringizni tanqid qilsa, xursand bo'linglar.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Nihoyat, sevimli yozuvchim va zamonaviy dunyoning eng kuchli eruditlaridan biri Nassim Nikolas Talebning "Антихрупкость: Как извлечь выгоду из хаоса" kitobini xarid qildim. Kitob yaxshigina qimmat ($17,3 ga tushdi menga). Lekin, albatta shunga arziydi.

Kitob tasodif va noaniqlikni sevuvchi "Antimo'rtlilik" haqida. Biz mavhumlik, qilayotgan ishlarimizni nega qilayotganimizni tushunmaganimizda, to'g'ri yo'lni aniqlashda va muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
Insoniyat taraqqiyotini mutlaqo o'zgartirib yuborgan kashfiyot muhrlangan lahzalar.

Aka-uka Raytlar ilk samolyotni sinovdan o'tkazishmoqda.

Excited.

@panda_books
Panda Books
Insoniyat taraqqiyotini mutlaqo o'zgartirib yuborgan kashfiyot muhrlangan lahzalar. Aka-uka Raytlar ilk samolyotni sinovdan o'tkazishmoqda. Excited. @panda_books
#haqida

Buyuk kashfiyot

Bundan roppa-rosa 120 yil oldin shu kuni asli velosiped ustalari bo'lgan aka-uka Uilbur va Orvill Rayt (Wright)lar Kitti-Xouk qumli plyajida insoniyat tarixida ilk bor uchuvchisi bo'lgan rejali parvozini amalga oshirishadi.

Birinchi parvoz atigi 12 sekund davom etadi. Keyinchalik ular bu vaqt va masofani uzaytirib boradilar. Ammo aynan mana shu 12 soniyalik parvoz insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish debochasi bo'lgan desam yanglishmayman. Ular insoniyat taraqqiyoti tezligini nihoyatda oshirib yuborish imkoniji beruvchi kashfiyot qilgandilar.

O'tgan yili yozuvchi Devid Makkalouning "Aka-uka Raytlar: Dunyoga uchishni o'rgatgan insonlar" kitobi mutolaasini tugatgandim. Ushbu ikki ixtirochi hayoti va ushbu kashfiyot tarixi bilan yaqindan tanishish menga beqiyos ilhom bag'ishlagandi.

Kitobga yozgan taqrizimni shu yerda o'qishingiz mumkin.

@panda_books
#haqida

Qirq kun

Ilmiy-ommabop kitoblar va boshqa xalqlar madaniyati haqida qanchalik ko'p o'qirkanman, bitta narsani tobora tiniqroq anglab borayapman — Oldingilar o'lim to'g'risida ko'p yozishgan va o'qishgan. Bu mavzu qandaydir tabu bo'lmagan. Eng qizig'i, Yaqin sharq va G'arb sivilizatsiyalarining bu borada o'xshashliklari talaygina.

Afsuski, zamonaviy yozuvchilar o'lim haqida bunday qiziqarli va ma'nili tarzda yozmay qo'yishgan. Kecha Nadya Vassefning sizlarga aytib bergan kitobini o'qirkanman, unda xristian va musulmon dunyosi dafn marosimlaridagi ba'zi odatlar tarixi misrliklardan kelib chiqqanini yozadi. Bu esa qiziq.

Barcha joyda bir xil vaqt oralig'i keltiriladi. 40 kun. Misrliklar uchun 40 kun - bu inson vafot etganidan so'ng, uni mumiyolashning birinchi bosqichini bildirgan. Musulmonlar uchun esa 40 kun bu - motam davri hisoblanadi. Bu vaqtda marhumning yaqinlari qora kiyib yurishlari lozim. 40-kuni esa marhum xotirasiga atab ma'raka o'tkazilgan.

XVII asrda G'arbda biror kema ekipajida o'lat yoki boshqa o'tkir yuqumli kasallik aniqlansa, kema darhol 40 kunlik izolyatsiyaga olingan. Bu tadbir italyancha "quarantena" - "40 kun" deb nom olgan. Shu yerdan biz bilgan "Karantin" so'zi kelib chiqqan.

shunaqa gaplar.

@panda_books
#news

Rossiyada "Слово пацана. Криминальный Татарстан 1970–2010-х" kitobining butun tiraji sotilib ketdi

Yaqinda shu nomda chiqqan serialning mashhurligi va uning taqiqlanishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan rossiyaliklar jurnalist va yozuvchi Robert Garayevning kitobini sotib olishga shoshilishdi. Natijada, do'konlarda bosma versiyalar tugadi, endi qolganlar yangi nashrni kutishmoqda.

Ma'lumot uchun, serialga qozonlik Robert Garayevning “Yigit so‘zi. Kriminal Tatariston 1970–2010” asari asos qilib olingan bo‘lib, muallifning o‘zi ham 1989–1991 yillarda “Niza” to‘dasining a’zosi bo‘lgan. Bu esa, tasvirga olish jarayonlarida maslahatchi sifatida qatnashgan Garayevning tajribasi, liboslar bo‘yicha uslub yaratish, jargonlarni qo‘llash borasidagi bilim va ko‘rsatmalarini berishida, ayniqsa qo‘l kelgan.

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sovg‘alar mavsumi boshlandi!

Hafta yakunida maktab o‘quvchilari uchun qishki ta'til boshlanadi. Bolalar ta'tilni maroqli va foydali o‘tkazishlari uchun yangi nashr etilgan bolalar kitoblarini tavsiya etamiz.

To‘plamdagi kitoblar:

▪️Galaktikada bir kun: Koinot xaritasi (35 000 so‘m)
▪️Galaktikada bir kun: Koinot javohiri (35 000 so‘m)
▪️O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi (35 000 so‘m)
▪️Tolqonbotir yoxud paqir kiygan (35 000 so‘m) ritsar
▪️Aqlni charxlovchi o‘yinlar (45 000 so‘m)

🎁 Mushuklar malikasi Minush (50 000 so‘m)

Narx: 185 ming so‘m

P/S: Aksiya doirasida sizning xohishingizga qarab kitoblarni o‘zgartirgan holda, 30 ming so‘mdan boshlanadigan sovg'a to'plamlarini ham taklif qilishimiz mumkin. Bunda to‘plam uchun 15% dan 25% gacha chegirmalar taqdim qilamiz.

👉 Kitoblar ro‘yxati

Qo‘shimcha ma'lumot va xarid uchun: www.tg-me.com/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Panda Books
​​#haqida

Qaror qabul qilishning eng samarali metodi haqida

Orangizda Doktor Haus seriali muxlislari ko'p bo'lsa kerak. Shuning uchun uni ortiqcha ta'riflab o'tirmayman. Tibbiyot dahosi. Lekin nihoyatda qo'rs va hissiz inson ham. O'z fikriga ega, boshqalarning u haqidagi fikrlariga allaqachon tupurgan shaxs. Ammo shunga qaramay, u eng og'ir bemorlarga ham tashxis qo'yishda kamdan-kam yanglishadi. Sababi nimada?

Agar yaxshilab e'tibor bersangiz, u yana hech qachon bemor bilan yuzma-yuz uchrashmaydi, o'z assistentlarini jo'natadi. Siz oldin hech shunday doktorni ko'rganmisiz? U o'ta muhim zaruriyat bo'lmasa, bemor bilan kontaktga kirishmaydi. Nega u boshqalarga o'xshab bemor hislariga yon bosmaydi?

Agar yanada e'tiborliroq bo'lsangiz, u doimo kasallik nimaligini topish uchun qo'yiladigan diagnoz haqida o'ylayotgan muhokmada, barcha simptomlarni birma-bir doskaga yozib chiqadi. Axir u daho bo'lsa, yozib nima qiladi, esida qolmaydimi?

Bularning sababi shundaki, u ko'pchilik qiladigan xatoni takrolamaslikka harakat qiladi. Uning muvaffaqiyati ham ana shunda. Doktor Haus metodi qisqacha quyida:

1. Fikrlarga emas, faktlarga tayaning;
2. Hissiyotlarga emas, muhokama va xulosalarga suyaning;
3. Xotira o'rniga yozuvlardan foydalaning.

Qabul qilgan qarorlaringizni tahlil qilish imkonini beradigan eng zo'r texnika - bu fikrlarni, mulohazalarni va umuman sizni o'ylantirgan barcha ma'lumotlarni yozishdir. Keyin masalan, buni olti oy yoki bir yildan so'ng baholab taqqoslab ko'rish mumkin bo'ladi. Balki siz haq yoki nohaq bo'lgangizni bilib olishning yagona yo'li shu.

Ha, bu qiyin, natijaga erishish uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Ammo yozishni boshlaganingizda, fikrlash jarayoningiz, barcha faktlarni va bo'lajak voqealar ehtimolini baholash qobiliyatingiz qanchalik o'tkirlashganini sezib o'zingiz ham hayron qolasiz.

Hayotda mo'jiza sodir bo'lmaydi. Eng kuchli tahlilchilar ham, yozuvchilar ham, olimlar ham qiyin va uzoq yo'lni bosib o'tishgan bu darajaga yetguncha.

Qachonki hayotda siz omad bilan mahoratni farqlay boshlar ekansiz, hayot ma'nosini tushunib yetasiz.

@panda_books
#xayollar

Yillar o'tib ba'zan o'tirib o'ylab qolaman:

Balki Tay Lung haq bo'lgandir? Butun umr bolaga sen kelajakda albatta Ajdar jangchisi bo'lasan deb miyasiga singdirib kelib, ayni payti kelganda U Guey "yo'q" deganida, uning oldiga chiqib, jilla qursa sening yoningni olmagan ustoz Shi Fudan xafa bo'lishga haqqing borku, to'g'rimi?

@panda_books
​​Esingizda bo'lsa, yaqinda Asaxiy Booksning kitob taqdimotiga borganim haqida yozgandim. Oldiniga u yerda shaxsan nashriyot rahbari Firuz aka, keyin Telegram kanali tomonidan Asaxiyning yil davomida eng ko'p sotilgan "Yil bestsellerlari" reytingi e'lon qilindi.

Qizig'i, endi kelasi yildan boshlab ushbu Top-20 talik kitoblar muqovasida maxsus "Bestseller" stikeri🎖bilan chop etilarkan. To'g'ri, bu arzimas o'zgarishdek tuyular, lekin asosan boshqa kitobxon davlatlarda ommalashgan bu uslubning bizga ham kirib kelgani shunchaki yoqimli.

O'sha kuni Top-20 talik haqida Mirshakar Fayzulloyev ham xazil tariqasida zo'r gap aytdi: "Asaxiydan kitob olish uchun yaxshisi Yil oxirini kutgan ma'qul. Nima tanlashingni bilmay o'tirganingda, odamlar o'zlari tanlabergan top-20 ta kitobni ko'rsatib "Mashilarni o'qi, kam bo'miysan" deb qo'yishadi". Rostanam:)

Quvonarlisi esa Asaxiy mana shu bestseller kitoblari to'plamiga Yangi Yil aksiyasi e'lon qilibdi! Faqat 31-dekabrga qadar 1 059 000 so'mlik bestsellerlar to'plamini super chegirmada – atigi 699 000 so'mdan💰 xarid qilishingiz mumkin. Bu to'plam o'zingiz yoki yaqinlaringiz uchun Yangi Yilga benazir sovg'a bo'lishi shubhasiz.

Yana bir qulaylik: buyurtmalaringiz butun O'zbekiston bo'ylab bepul va tez fursatda yetkazib beriladi.

Xullas, bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. To'plamlar soni chegaralanganini hisobga olib hoziroq buyurtma berishga shoshiling, zero unutmangki, kitoblar – eng yaxshi sovg'a!

Bestsellerlar ro'yxati bilan tanishing: http://asaxiy.uz/u/bestseller2023
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima

— Tushunib turibman, biroq...
— Nima gap?
— Bu jentelmen menga bu yerga (kirish) mumkin emas ekan.
— Yo'q, siz tushunmapsiz. U bugun shu yerda chiqish qiladi, u asosiy mehmon.
— Bu restoran siyosati!
— Hammasi joyidami?
— Yo'q, Doktor Shirlini restoranga qo'yishmayapti.
— Ming bor uzr, ammo an'anamiz shunaqa. Klub qoidasi, tushunasizku?
Yo'q, men buni tushunmayman. Men 45 daqiqadan keyin ushbu insonlar oldida sahnaga chiqib pianinoda kuy ijro etaman. Ammo ular bilan bitta joyda o'tirib ovqatlana olmaymanmi?!
— Kechirasiz..
— Bundan chiqdi, uning triosidagi masxarabozlar va manabu uni tinglashga kelgan kimsalarga bu yerda ovqatlanish mumkin-u, ammo hurmatli shaxsga parkovkadan joy olish mumkin emasmi?
— Qo'rqamanki, yo'q.
— Axir, u qayerda ovqatlanadi, agar u och bo'lsa?
— Keling, bunday qilamiz, biz taomni uning grimerkasiga olib boramiz, menyuni ko'rsating...
— Yo'q, men omborxonada ovqatlanmayman!

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 1-yanvardan Panda Books oldiga qo'yilgan minimum Maqsadlar:

➡️ Kanalda reklama narxi sezilarli oshadi, sifatga e'tibor qaratiladi (reklama bermoqchilar hozir berib qolinglar);

➡️ Videoformatga o'tish boshlanib, Instagram va Youtubeda ko'proq reelslar chiqariladi;

➡️ Bu yil tajriba qilib ko'rilgan pullik yopiq kanal – aktiv fazaga qaytadi. Eng yaxshi postlar birinchi yopiq kanalda chiqishni boshlaydi;

➡️ Panda Books jamoasi kengayishi kutilmoqda. Yosh va talantli ssenariynavis, montajchi, mobilograf va SMMlar ishga taklif qilinadi. Hozirdan istovchilar botga murojaat qilishlari mumkin;

➡️ Jonli va qiziqarli yuzma-yuz uchrashuvlar o'tkaziladi.

Kanal yanada rivojlanishiga birgalikda erishamiz! Sizlardan qo'llov, mendan kontent.

@panda_books
#newbook #yangikitob

Bu safar o'zimga yoqadigan kitob seriyasidan kitoblar xarid qildim.

Emil Zolya - "Jerminal",
L. Trotskiy - "Mening hayotim"
Jon Milton - "Потерянный рай"
F. Fitzjerald - "Benjami Battonning g'aroyib hayoti"

@panda_books
#longread

Santa tarixi haqida

Santa Klaus personajining kelib chiqish tarixi haqida o'qisangiz qiziq narsalarga duch kelasiz. Bu yo'l sizni xuddi "Alisa Mo'jizalar mamlakatida" kitobida tasvirlangan Oq quyonning o'rasi kabi tubsizlikka itarib yuboradi. Keling, bir boshidan.

Avvalo, keng tarqalgan miflardan biri - Santa Klausning xristian diniy ta'limotidan kelib chiqish asoslari to'g'risida. Ko'p joylarda IV asrda hozirgi Turkiya hududida yashab o'tgan Avliyo Nikolay Santaning prototipi deb aytiladi. Ammo uning qizil kamzul kiygan soqolli bobo bilan hech qanday aloqasi bo'lmagan.

Tarix bunday. U yashagan davrlarda ayollar huquqi deyarli yo'q edi. Ayollar uchun biror tuzuk kimsaga erga tegishning o'zi - bir baxt bo'lgan. Agarda qizning oilasi kambag'al va qiziga sep qilishga mablag'i bo'lmasa, yosh qizlar o'z ota-onalari tomonidan unchalik katta bo'lmagan summa evaziga ishratxonalar yoki cho'rillikka sotib yuborilgan.

Kunlardan bir kuni Avliyo Nikolay xuddi shu holga tushgan uchta opa-singilni fohishalikdan (otasining ularni turmushga berish uchun sepiga puli bo'lmagani uchun) qutqarib qoladi. Avliyo ularning uyiga chordoq derazasidan tilla tanga tashlab ketadi. Aftidan, uyga mo'ri orqali tushib, qoldirib ketiladigan Rojdestvo sovg'alari an'anasi shu yerdan kelib chiqqan.

Yana bitta fakt. Xristian cherkovi Avliyo Nikolay kunini 6-dekabr kuni nishonlaydi. 24-dan 25-dekabrga o'tar kechasi (qishki tengkunlik vaqti) qadimgi yevropaliklar orasida butparastlik bayrami bo'lib, ularning hammasi olov atrofida aylanib, mast bo'lib raqsga tushishgan va o'zaro qovushishgan.

Skandinaviyaliklar orasida esa bu kechada g'azabnok ma'bud Odin osmonda qo'rqinchli ruhlar, Valkiriyalar va boshqa jinlar hamrohligida uchib yuradi degan qarash mavjud bo'lgan. Demak, shu yerdan biz vaqt o'tib bu dahshatli kortej yoqimliroq tus olib, Rojdestvo chanasiga qo'shilgan bug'ular va oy fonida tungi parvoz qiladigan Santa qiyofasiga kirgan degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jangchi Valkiriyalar esa mitti yordamchilar, ya'ni troll yoki elflarga aylangan bo'lsa ajabmas.

Bir paytlar Yevropada xristianlik - bu kichik auditoriyali diniy sekta darajasida bo'lgan xolos. Vaqt o'tib birdaniga xristianlik Yevropada keng tarqalib ketishi natijasida, u asosiy din sifatida butparastlikni jamiyatdan siqib chiqaradi. Endi yangi dinga yangi bayramlar lozim edi, shunda rohiblar butparastlarning bayramini bir yumalatib, uni Rojdestvo bayramiga aylantiradilar. Xuddi, bugungi kunda "anaqalar" beg'ubor kamalakni bezbetlarcha o'zlashtirib olganidek (ularga kim huquq bergan o'zi?!).

Butparastcha gulxan borib-borib oxir-oqibat qulay uy kaminiga aylanadi. Avliyo Nikolay (Gollandiyaliklar uni qizil yepiskop liboslarida tasvirlashgan) esa asta-sekin Rojdestvo ota bo'lib qoladi.

Aytgancha, biz bilgan oppoq soqolli va qorin qo'ygan quvnoq bobo obrazi yozuvchi Charlz Dikkens tomonidan "Rojdestvo qo'shig'i" asarida atigi 200 yil oldin "yaratilgan". Bu borada Dikkensni zamonasining haqiqiy influenceri desak bo'ladi, chunki bungacha Father Christmas ko'proq g'amgin inson sifatida tasvirlangan.

Va XX asrda yuqoridagilarning barchasini - skandinav, golland, ingliz va katolik cherkovining g'oyalarini Amerikada yaratilgan ommaviy madaniyat va Gollivud (boshqa kim?) o'zaro qo'shib, aralashtirib yuboradi. SSSRga keladigan bo'lsak, u yerda Rojdestvo bo'lmagan, kommunistlar faqat Yangi yilni nishonlashni urfga olib kirishadi.

Xo'sh, butun dunyoga eksport qilingan va bugun biz biladigan qizil kamzulli va oq soqolli Santa Klausning so'nggi versiyasi faqat 1980-yillarga kelib dunyoga mashhur bitta gigant kompaniya buyurtmasi bilan kichik reklama agentligi tomonidan yaratilgan.

Ushbu gigant kompaniya esa Coca-Cola deb ataladi.

@panda_books
2024/09/30 20:38:31
Back to Top
HTML Embed Code: