Telegram Web Link
​​#review #taqriz

📗Rumaan Alam — "Leave The World Behind"


"Optimistlar dunyoni o'zgartirishlari mumkinligiga ishonishadi. Agar hayotning yorqin tarafida bo'lishsa, yorqin bo'lmagan tomon yo'qoladi deb o'ylashadi"

Yaqinda Netflixda Julia Roberts va Mahershala Ali ijrosidagi "Leave The World Behind" filmi chiqdi. Qo'rqinchli, ammo fentezi emas, hatto uni mistika deb ham atamagan bo'lardim. Film shunchalik yoqdiki, odatimga muvofiq uning yaratilishiga asos bo'lgan kitobni topib, uni o'qib chiqdim.

Syujetni qisqacha tushuntiraman. Oddiy amerikalik oila Amanda va Kley to'satdan o'gli Archi va qizi Rouz bilan weekendni shahar chekkasidagi ijaraga olingan villada o'tkazishga qaror qilishadi. Shahar shovqinidan mazza qilib dam olishayotganda, kutilmaganda uyning egalari kechqurun qaytib kelishadi: katta yoshli qora tanli er-xotin. Ular shaharda blekout bo'lgani va xavfsizlik uchun darhol bu yerga qaytishganini ta'kidlab, uyda qolishni so'rashadi. Internet va uyali aloqa yo‘q, barcha telekanallar o‘chirilgan. Nimadir bo‘layotgani aniq, lekin uning nimaligini aniqlashning iloji yo'q.

Kitobda qo'rqinchli sahnalar yo'qligiga qaramasdan u sizda sarosima uyg'otadi. Tashqarida aniq nima sodir bo'layotganini bilmaslik, yaqinlashib kelayotgan xavfli kelajakni sezish har qanday insonni xushyor torttirishi aniq. Eridan ko'ra ancha jasurroq Amanda o'z oilasini qutqarib qolish uchun borini qilishga qaror qiladi. Kitob davomida qahramonlar sodir bo'layotgan voqealarni kim qilgani borasida ko'pgina asossiz tahminlarni ayta boshlashadi. Chunki bunday vaziyatda ratsional fikrlash qiyin. Butun umr apokalipsisga tayyorgarlik ko'rib kelgan qo'shni Denni obrazi esa bizga "har kim o'zi uchun" qoidasini yaqqol namoyon qiladi.

Kitobning siyosiy asoslari haqida to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Sir emas, amerikaliklarda fuqarolar urushi fobiyasi bor, ayniqsa so'nggi prezidentlik kampaniyalari va Tramp davridagi Kapitoliyga hujumdan keyin. Uy egasi D.X bir qator ta'sir doirasi kuchli insonlarni tanishi, ular so'nggi payt bir qator kutilmagan qarorlar qilishni boshlashganini ta'kidlaydi.

Aslida nima bo'lgandi? Urush boshlandimi yoki blekout bo'ldimi, kitobda aytilmaydi. Bu ishlar ortida masonlar boshqaradi degan qarash haqida filmda qiziq gap aytiladi. Aslida bu juda oddiy tushuntirish. Dunyo esa murakkabroq. Ha, hayotda shunday qudratli insonlar bor, ular bo'lishi kutilayotgan falokatlardan eng birinchi bo'lib xabar topadi. Hatto ularning qudrati ham faqat shunga yetadi xolos. Buni Nassim Taleb bekorga "Qora oqqush" deb nomlamagan.

Xulosam shuki, bizning olamimizda xaosni oldini oladigan real tuzilma mavjud emas, insoniyatda faqat tartibotlar ish berishiga kollektiv ishonch bor xolos.

Kitobni o'zbek tilida mavjud emas. agar o'qishga erinsangiz, filmni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

@panda_books
"1984" antiutopiya dunyosining spin-off varianti

Jorj Oruellning mashhur "1984" romanini o'qiganlar bormi? Agar u sizga manzur bo'lgan bo'lsa, bu kitob ham balki yoqar.

Sandra Nyuman Oruellning "1984" kitobining Juliya nuqtai nazaridan qayta hikoya qilib beradi. Unda asl kitobdagi ko'plab taniqli sahnalar mavjud, shuningdek, original ko'rsatib o'tilmagan Katta Og'a dunyosidagi ayollarning hayoti va ularning kurashiga oid yangi sahnalar, joylar va tushunchalar mavjud.

@panda_books
Panda Books
"1984" antiutopiya dunyosining spin-off varianti Jorj Oruellning mashhur "1984" romanini o'qiganlar bormi? Agar u sizga manzur bo'lgan bo'lsa, bu kitob ham balki yoqar. Sandra Nyuman Oruellning "1984" kitobining Juliya nuqtai nazaridan qayta hikoya qilib…
"1984: Juliya" asari to'g'risida qisqacha

XX asr adabiyotida "1984"dan ko‘ra ta’sirchanroq romanni aytish qiyin. Gitler rejimi endigina qulagan, Stalin hali tirik payti Oruell 1948-yilda totalitar tuzumning ichki tuzilishini o'ta aniq tasvirlagan romanini chop etadi. Hozirda u yaratgan Katta Og'a nafaqat harakatlarni, balki fikrlarni ham boshqaradigan tizim sinonimiga aylangan.

Men "1984"ni ancha yillar oldin o'qigandim, u ongimga mustahkam singib ketgan. Lekin jamiyatda roman bilan har qanday klassik asar kabi voqea sodir bo'ldi: uni hamma biladi, sevadi, lekin deyarli hech kim o'qimaydi. Albatta, o'qiganlar ushbu ajoyib kitobda bo'shliqlarni topishi mumkin - bu bosh qahramonning sevgilisi Juliya haqida kam ma'lumot berilganligi masalan.

Juliya - Haqiqat vazirligining adabiyot bo'limida mexanik bo'lib ishlaydi. Bir necha yil davomida u pornografiya bo'limidan nasr bo'limiga o'tib, u yerda partiyani maqtaydigan romanlarni chop etishga yordam beradi. U, shuningdek, Yoshlar antiseksual ittifoqining a'zosi,shuningdek, u qo'shni bo'limdagi hamkasblaridan biriga zimdan yaxshi ko'radi.

O'sha hamkasbining ismi esa...Uinston Smit.

@panda_books
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev adib Murod Muhammad Do‘st ijodini shunday e’tirof etadi:
– Murodjon, menga ayniqsa “Dashtu dalalarda” hikoyangiz yoqadi.
Bu e’tirofga javoban tabiatan xazilkash Murod Muhammad Do‘st shunday javob beradi:
– Yomon yozolmasam nima qilay!

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​#haqida

Napoleonning qora generali

"Napoleon" filmida ekranda qora tanli general paydo bo'lganida, ko'pchilik: "yana bu Netflixcha majburiy inklyuzivlik uchun qora tanli aristokratlar, 4 ta harflar, kuchli ayollar, zaif erkaklar va boshqa bema'ni narsalarni filmga tiqishibdida" deb o'ylagan bo'lishi mumkin.

Biroq, hayratlanarlisi, bu odam haqiqatan ham tarixiy personaj sifatida mavjud bo'lgan ekan. Uning otasi fransuz zodagonlaridan, onasi esa qora tanli Gaitilik qul bo'lgan. U haqiqatda general darajasigacha ko'tarilgan va rostanam Napoleonning Misr ekspeditsiyasida ishtirok etgan. Uning ismi hatto Parijdagi mashhur G'alaba Arkasiga o'yib yozilgan.

Yana bir qiziqarli fakt: bu qora tanli generalning o‘g‘li va nabirasi keyinchalik dunyoga mashhur yozuvchi va dramaturglarga aylanishadi. Ajoyib hikoya, shunday emasmi? Ammo Netflix o'ylab topgan bema'nilik tufayli ko'pchilik bunday odam haqiqatda mavjud bo'lmagan va u shunchaki film uchun ataydan qora tanlilardan tanlangan deb o'ylashyapti.

Aytgancha, qora tanli generalnimg ism-sharifi Toma-Aleksandr Dyuma, uning o'g'li va nabirasi esa mashhur ota-o'g'il Dyumadir. Qoyilmisiz?

@boredpandablog
– "Bukchayerma, egilma! To'g'ri tur..!"

Yoshligimda har safar oyim kiyim uchun bo'yimni o'lchashni shu so'zlar bilan boshlardi. Nimagaki, odamning bo'yini u yiqilganida yoki bukchayganida to'g'ri o'lchab bo'lmaydi. Inson qaddini faqat u tik turganida o'lchash lozim. Hayotda ham shunday. Yo'qchilik yuki ostida egilib qolgan dardmand kishiga shu ahvoliga qarab to'n bichish durust emas.

Insonning qaddini faqat u tik turganida o'lchash lozim....

Kishiga uning ezgu amallari, jasur va mardona harakatlarini yodga olish bilan baho beriladi. Qaddingizni hayotingiz davomida qilgan xayrli ishlaringiz bilan "o'lchashadi".

Qachonki insonlarga ziyo nurini taratganingizda..
qachonki Haq yo'lida xayr-ehson qilganingizda..
qachonki sizga ishonib topshirilgan omonatni Haq guvohligida bus-butun saqlaganingizda...
Yoki haq uchun kurashganingizda...

Va shu kabi minglab turli ezgu ishlarni amalga oshirgandagi siz - o'sha haqiqiy SIZsiz! Hayotda komil inson sifatida qaddingizni tik tutganingiz shudir!

O'zingizga past baho bermang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizda yoki xatolar qilganingizda, vaqtincha egilganingizda boshqalar sizning "bo'yingiz"ni o'lchashlariga yo'l qo'ymang. Bu noto'g'ri. Bunaqada har qanday insonni "pakana" qilish mumkin. Chunki yiqilganda barcha tengdir.

Siz esa oyim menga yoshligimda bo'yimni o'lchayotganida aytganlaridek aslo "Bukchaymang! Egilmang!".

Doim qaddingizni tik tuting!

@panda_books
Anchadan beri “Sharq ziyokori” kitob do‘koniga bormagandim. Tunov kuni yo‘lim tushib qoldi. Ancha fayzi ketibdi (onlayn do‘konlar sindirdi, shekilli). Kimsasizgina. Kirgan vaqtim hatto sotuvchi ham yo‘q edi – o‘zi do‘konda ikki xaridor (biri men), haligi ikkinchi odam: “Sotuvchisi qayerda ekan?”, deb qidirib yurgandi.

Ishchilarning ham xafsalasi anchagina o‘lgan shekilli – bir muallifning bir kitobi bir peshtaxtaning bir necha joyiga qo‘yilibdi; adashmasam, avvallari bunday qilinmasdi. Ko‘p kitoblarning narxlari ham yozilmagan. Juda qiziqsang, sotuvchiga olib borib, bu necha pul deb so‘rashing kerak. Shu jihatdan qiziq ish bo‘ldi.

“Mardlar xotirasi mangu barhayot” degan bir to‘plam bor ekan – xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kuch ishlatar tizim xodimlari haqida. Uncha-muncha materiallarga mavzu chiqargulik yaxshi narsa, masalan, Farg‘onadagi vertolyot halokatining ayrim qurbonlari haqida hikoyalar ham bor ekan. Olib qo‘ysa, zarar qilmaydi. Lekin narxi yo‘q.

Sotuvchidan so‘rasam, kitobning uyoq-buyog‘iga qaradi-da, “125 ming so‘m”, dedi (qanday hisobladi ekan – kompyuterigami, kassa-apparatigami qarab bilib bersa kerak, deb o‘ylagandim). “Oqqo‘rg‘ondagi aviahalokat bo‘yicha ham ma’lumot bo‘lsa, olaman”, deb varaqlasam, yo‘q, 2006-yil bo‘yicha sanoqligina ma’lumot, parashyutchi askarlar haqida hech gap yo‘q. Hay. “Olmasa ham bo‘larkan”.

Aylanib, tomosha qilib, olishim aniq bo‘lgan bir-ikki kitobni tanladim, keyin, kiraverishda “Termiz” degan ensiklopediyaga ko‘zim tushib qoldi. Bir dona, 2001-yilda chiqqan, omborning bir chekkasida qolib ketgan shekilli, bir chekkasi ezilgan ham - endi topib olib, sotuvga qo‘yishgandek. Lekin narxi o‘lgur yo‘q. Yana sotuvchiga olib bordim.

Muqovasiga qaradi, orqasiga qaradi, ichini ochib, obdon varaqladi, tomosha qildi-da: “115 ming so‘m”, dedi. Kulib yubordim, “hay, mayli”, dedim-da, joyiga qaytarib qo‘yayotgandim, “xohlasangiz 100 mingga oling”, dedi. Yana kuldim. Kulishimni ko‘rib: “Shunga o‘xshash albom-kitoblarni shunaqa narxlarda sotgandik-da”, deb izohlagan bo‘ldi. Hay. Mayli.

Yo‘q, “jmot”masman. 125 ming ham, 115 ming ham, 100 ming ham unchalik katta pul emas. Shunchaki, g‘alati ko‘rindi-da... Balki shuning uchun fayzi yo‘qolgandir “Sharq ziyokori”ning.

— Muhrim

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'qilgan kitoblar" ekan — o'zilar ko'rib xulosa qilarsizlar...

Dollarda millioner odamning intervyusidan.

@panda_books
Panda Books
"O'qilgan kitoblar" ekan — o'zilar ko'rib xulosa qilarsizlar... Dollarda millioner odamning intervyusidan. @panda_books
Ochig'i, videoni davomini ko'ribam o'tirmadim. Kitoblarni darvozaxonaga qo'yib qo'yib, "hammasini o'qiganman" deydigan odamni o'zim uchun kimligini bilib bo'ldim.

Aytgancha, brat psixohimik ekan va uning qabuliga borsangiz, miyangizdagi neyronlarni o'zgartirib terapiya qilarkan.

Nega bunaqa misollarni kanalga tashlayman? Chunki kitoblar ko'rsatib, o'zidan ziyoli niqobini yasaydiganlar ortidan xalq haqiqiy kitobxonlikka ishonmay qo'yishi yoqmaydi.

@panda_books
Hech kimga sir emas, kanalimizning asosiy yo'nalishlaridan biri — bu zamonaviy mutolaa. Yozuvchi Murod Chovush ham shunday zamonaviy yozuvchilardan.

Muallifning eng mashhur romani "Hech" esa o'zbek auditoriyasi uchun unikal janrda, ya'ni absurdizm yo'nalishida yozilgani bilan ajralib turadi. Bu kitob hayot, odam, olam, borliqning "hech"ligi haqida. Kitob haqida yozgan taqrizimni o'qib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Yaxshi yangilik, endi "Hech" romani 3-nashri yangi yumshoq muqova va lotin yozuvida chop etilibdi. Kitob tez o'qiladi, inson qalbiga boshqacha ko'z bilan qarashga majbur etadi.

Narxi 25 000 so‘m. Kitobni www.tg-me.com/akademsavdo orqali buyurtma berishingiz mumkin.

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
​​#review #taqriz

📗Robert Garayev — “Слово Пацана: Криминалный Татарстан 1970-2010”

"Кто ты? Пацан или чушпан?"

Oxirgi oylarda katta mashhurlikka erishib, jamiyatimizda turli muhokamalarga sabab bo’lgan “Слово пацана” serialini ko’pchilik ko’rib bo’ldi menimcha. Men “Qozon fenomeni”ni yaxshiroq tushunish va serial syujetini rost-yolg’onligini bilish uchun Robert Garayevning kitobini topib, o’qib chiqdim. Chunki syujet aynan shu asardan ilhomlanib yozilgan.

Aytish lozimki, muallif Robertning o’zi ham 1989-91-yillarda “Низы” ko’cha guruhiga a’zo bo’lgan. Keyinchalik, Tatariston poytaxti Qozondagi ushbu ko’cha gruppirovkalari, jinoyat olami haqida katta surishtiruv tayyorlaydi, oldingi a’zolar, ularning qarindoshlari va o’sha davrda yashagan insonlar bilan suhbatlashadi. Nega aynan Qozonda bu darajada guruhbozlik rosa avjiga chiqib ketishi sabablarini o’rganadi.
Sabablar ko’p, lekin ulardan eng asosiylari Qozonda ommaviy tarzda qurilish ishlari boshlangani, yomon arxitektura yechimlari va yoshlarning tarbiyasi bilan shug’ullanish minimumga tushganidir. Normal shaharlarda sanoat zonalari uni atrofini egallasa, Qozonda yirik sanoat zonalarining atrofida yashash zonalari qurila boshlagan edi. Natijada bu qurilishlar qandaydir gettolarni eslatib yuborardi, u shaharga yomon bog’langan, atrofda ko’ngilochar hududlar deyarli mavjud bo’lmagan. Bu hududda asosan ishchilarning oilalari yashagan, natijada istiqomat qiluvchilar orasida deyarli rang-barangliklar bo’lmagan. Shu tarzda har bir kommunalka atrofida sekin-asta “улица” (guruhlar shunday atalgan) paydo bo’lgan. Har bir guruh yoshiga qarab ierarxik bo’lingan va asosan yoshi katta “авторитет ёки пахан” tomonidan boshqarilgan.

Serialdagi bosh qahramon Palto obraziga keladigan bo'lsak, u aynan Robert Garaevning o’tmishidan prototip qilib olingan. Hatto Iskander ham real personaj. Kitob syujet uchun xomashyo bo’lgan va natijada aslida mavjud bo’lmagan “Universamskie” guruhi atrofida barcha detallar va to’qima obrazlar jamlangan. Patsan guruhga qo’shilgach, ba’zi qoidalarga bo’ysungan: misol uchun, alkogol, sigareta va narkotik iste’mol qilish mumkin bo’lmagan. Undan tashqari sport bilan shug'ullanish majburiy hisoblangan. Guruhlar qat'iy ierarxiya asosida boshqarilgan.

Qiziq faktlarga to'xtalsam. o'sha davrdagi diskotekalar haqida ham hammasi haqiqat, har bir guruh alohida raqsga tushgan, o’z o’yini, hatto o’z musiqasi bo’lgan. Qizlar va seks masalasi ham alohida e’tiborda bo’lgan. Пацан faqat bokira qiz bola bilan gaplashib yurishi mumkin bo’lgan, bokiraligini yo’qotgan qiz bu jamiyatlarda qattiq qoralangan. Agar пацан bir qiz bilan gaplashsa, boshqalar ularga xalal bermagan. Lekin qizlar, xotinlar “улица” ishlariga aralashmagan. Ba’zi joylarda hatto qizlarning alohida guruhlari (бабская контора)lar bo’lgan.

Hozirda Qozon shahri tinch va go’zal shaharlardan biri. U yerda yashash oldingiga qaraganda ancha xavfsiz, zero jinoiy to’dalar mutlaqo yo’qolib ketmagan bo’lsa ham. Ammo kuch ishlatish monopoliyasini ular yana allaqachon davlatga qaytarib berishgan. O'sha davrda yashagan "пацан"larning hayotlari turlicha kechgan. Ko'pchiligi o'ldirilgan, ba'zilari izsiz yo'qolgan, turmaga tushganlari, hayotlari barbod bo'lgani ham ko'p. Ammo vaqtida tinch turmush tarziga qaytganlari ham bor, masalan, yozuvchining o'zi ham.

Men serialda banditizm romantikasini ko'rmadim. Buyog’i aktyorlarning kuchli ijrosi, qattiq nostalgiya va o'lmas mavzu tufayli - serial hitga aylangan deb o'ylayman. Serial haqida kanalimda batafsil yozib o'tganman.

Kitob rus tilida o'qildi. Yaqin orada o'zbekchada chiqishi ehtimoli kam.

@panda_books
Panda Books
"O'qilgan kitoblar" ekan — o'zilar ko'rib xulosa qilarsizlar... Dollarda millioner odamning intervyusidan. @panda_books
Manbu video tarmoqlarda rosa tarqalib ketibdiyu:) Okani mashhur qivordim shekilli.

Siz ham kitoblaringizni darvozaxonada saqlaysizmi?:)

@panda_books
Bugun bir yaxshi ishga qo'l urildi. Hozircha bu nima ekanligini aytmayman. Nasib o'xshasa, kanal obunachilari doimgidek birinchilardan xabar topasizlar. Umid qilamanki, siz azizlarga manzur bo'ladi.


Aytgancha, Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romani bizda Oy Kitobi deb e'lon qilingan. Hamma o'qiyaptimi? Yanvarning so'nggi kunlarida muhokama qilamiz.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Fredrik Bakman "My Grandmother Asked Me to Tell You She’s Sorry"

"Nabiraning huquqi — har doim u tomonda bo'ladigan insoni borligini bilish. Qanday vaziyat bo'lishidan qat'iy nazar. Agar xato qilsa ham. Ayniqsa, xato qilganida"

"Uve ismli kishi" nomli mashhur roman muallifi, sevimli shved yozuvchim Fredrik Bakmandan yana bitta samimiy asarni o'qib tugatdim.

Syujet haqida qisqacha
Elza "deyarli" 8 yashar qizaloq va u boshqalarga o'xshamaydi. Uning buvisi 77 yoshda va qarib-quyilmagan ayol, doimo qo'shnilarning e'tiroziga sabab bo'ladi. Shu bilan birga u Elzaning eng yaxshi va yagona do'sti. Kechalari Elza buvisi bilan birga uning ertaklaridagi "Deyarli Uyg'oqlar" mamlakati va Miamas Qirolligidan panoh topishadi, chunki u yerda boshqalarga o'xshamaydiganlar tinch yashashadi. Kunlar shunday o'tardi..

Kutilmaganda Elzaning buvisi vafot etadi va bir paytlar ko'nglini og'ritgan insonlaridan rizolik so'rab maktublar tashlab ketadi. Ular bitta podyezdlik ko'p qavatli uyda bir nechta qo'shnilar bilan yashashardi va Elza endilikda xatlarni egalariga yetkazib berishi lozim. Bu esa ham qiziq, ham dardli sarguzashtlarni boshlanishi bo'ladi. Buvisining maktublari uni o'z qo'shnilarini yaqindan bilib olishiga sabab bo'ladi, shuningdek, buvisining o'tmishiga oid ko'plab yashirin haqiqatlar oydinlashadi.

Nima haqida
Bakman kitobi nima haqida desangiz u insonlar haqida degan bo'lardim. U oila qadriyatlari mavzusiga birinchi marotaba qo'l urishi emas. Buvi va nabira o'rtasidagi ta'sirli munosabatlar nozik hikoya qilingan ushbu roman oilaviy rishtalar so'nib borayotgan jamiyat uchun o'ziga xos ogohlik qo'ng'irog'i bo'ldi desam adashmayman. Bola tilidan aytilgan kattalarning aksariyat muammolarini deyarli har birimiz boshimizdan kechirganmiz.

Bizga yaqin hikoya
Yoshligimizda Farmonbibi aya degan ayol haqida filmlar bo'lardi. Masalan, "Suyunchi" filmini olsak, u o'zida jamlagan hayotiy falsafasi bilan o'zbek kino tariximizdagi suyukli asarlardan biri deb bilaman. O'sha ayani filmda "Mahallamizning vijdoni" deyishardiku, ya'ni odamlar orasida sovub borayotgan ijtimoiy munosabatlarni yaxshilab turadigan, ko'pchilikka yoqmasada, haqiqatni aytishdan qo'rqmaydigan inson. Fredrik Bakman ham shved-o'zbek millatlarining jug'rofiy yiroqliklariga qaramay, aslida bir-biriga o'xshash qadriyatlar ostida yashashini ko'rsatib bergan desam mubolag'a bo'lmaydi. Har holda men uning asarlarida o'zimizga tanish va qadrdon Farmonbibi obrazini ko'rdim. O'zi barcha umumbashariy qadriyatlar millat tanlamasligi ayni haqiqat.

Uslubiyati
Bakmanning tili sodda. U voqealarni ochib berishda zamonaviy atamalar yoki boshqa mashhur fenomenlarga tez-tez murojaat qiladi. Yana, odatda ko'pgina yozuvchilar asarlarida tavtologiya (bir so'zni qayta-qayta ishlatish)dan qochishsa, Bakman aksincha qiladi. U bir necha ibora va so'zlarni takror va takror qo'llash orqali personajlarining shaxsiyatini bizga yanada osonroq anglatadi. Shu yerda "Suyunchi" bilan yana o'xshashlik sezdim: ya'ni filmda "Abdullani uylantirsak, oilaviy futbol komandamiz nima bo'ladi?" yoki "buvim aytdilarmi, bo'laman" kabi jumlalarning davriy qaytalanishi natijasida tomoshabin asar mazmunini tezroq tushunib oladi.

Kitob ba'zan yig'latadi, ba'zan kuldiradi. O'sha eski "Suyunchi"ga o'xshab.. Ammo o'qigan sari u insonni tinchlantira boradi, undagi ko'plab iqtiboslar esa sizni o'ylashga majbur qiladi.

Va nihoyat kitob yakunida siz ham beixtiyor Elzaniki kabi buvingiz yoki Elzadek nabirangiz bo'lishini istab qolasiz.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jahongir Poziljonov jadidlar haqida qo'shiq aytib chiqibdi.

Shu so'zlarni bitta jumlada ishlataman deb hech o'ylamagandim.

@panda_books
2024/09/30 16:21:51
Back to Top
HTML Embed Code: