Telegram Web Link
#newbook #yangikitob

Furqat aka bilan ancha yillar oldin bir joyda qisqa amaliyot qilgan paytim tanishib qolgandim. Orada bir-bir yozishib turardik.

Yaqinda aka o'zining yangi kitobini chop etibdi. Nufuzli "Akademnashr"da chiqqani ham e'tiborga molik. Bugun menga bitta nusxasini jo'natdilar.

Ayniqsa, kitobda bizni tashvishga solayotgan muammo - suv muammosi ham aks ettirilgani quvonarli.

Demak, birgalikda o'qiymiz...

@panda_books
Faqat bizdagi senatorlar dunyoning eng demokratik davlatlaridan eng nodemokratik qonunlarni "xorij tajribasi" deb olishga harakat qilishsa kerak. Agar ularda yo'q bo'lsa, o'zlari "yaratishadi".

https://www.tg-me.com/xushnudbek/22815

@panda_books
#haqida

Magllar

Joanna Rouling dunyo bo'ylab butun bir avlodni tarbiya qildi deyish mumkin.

"Garri Potter" romanlarini o'qigan kim borki, barchasi kelajakda Garri, Ron yoki Germionadek bo'lishni orzu qildi.

Lekin ulg'ayib, ba'zilar negadur Rita Skiter, Dolores Ambrij yoki Voldemortlarga aylanishdi. Qiziq.

@panda_books
#news
Anjela Xedrikning “Pursuit” nomli kartinasi "Amerika Fantastik adabiyoti Jamg‘armasi" (SLF) tomonidan "Yilning eng yaxshi Illyustratsiyasi" deb topilibdi.

"Meni "Pursuit"ni yaratishga ilhomlantirgan narsa — ilmiy-fantastika, fentezi va kundalik hayotni uyg'unlashtirish g'oyasi edi. Men kartinadagi odam yozuvchi bo'lishi afzal deb o'yladim, bu jamg'arma maqsadiga mos. O'simliklar bilan o'ralgan xonada iliq muhit yaratib, uni kosmosning sovuq tashqi fonidan ajratdim. Xonaning o'zi hayoliy emas, lekin bizni derazadan yashil o'rniga tubsiz koinot kutib oladi. Ikkala makon o'rtasida bog'liqlik yaratish uchun devorga metall ko'rinishidagi detallarni qo'shdim. Men uni “Pursuit” deb nomladim, chunki qahramonimiz o'zining orzularini amalga oshirishga intilmoqda. Ayni paytda, fonda kosmik kema ham o'z maqsadi tomon uchib bormoqda va tomoshabin ham bundan ilhomlanadi degan umiddaman" — deydi muallifning o'zi.

@panda_books
#haqida

Kim nimani yaxshi ko'rar?

https://www.tg-me.com/BoredPandablog/8172
👆Mashu postni yoza turib, o'ylab qoldim.

Qozoqlar o'z seriallarida olib chiqayotgan mavzular: Hokimlar korrupsiyasi, tibbiyot va tez yordam muammosi, sud-huquq, tekin advokatlar faoliyati, yoshlar orasida giyohvandlik va hokazo

Biznikilar seriallarida olib chiqayotgan mavzular: qaynona-kelin, johil kuyov, oqpadar, shilqim qaynota...

Nega shunaqa? Yoki biznikilar yana boshqa mavzularniyam olib chiqishayaptimi?

@panda_books
#mutolaa

Bu kitob meni larzaga solayapti. Bekorga "Oy Kitobi" etib tanlamagan ekanmiz. Xudo xohlasa, sizlar bilan muhokamada gaplashadigan gaplarimiz ko'p bo'lajak.

Sizchi, o'qiyapsizmi?

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Demak, oy kitobini tanladik — bu Shukrullo "Kafansiz ko'milganlar" Nega? — Oldin o'qimaganman; — Trenddagi kitob emas, maqsad ham shu, ya'ni adabiyotni yangi tomondan kashf etish; — Kuchli syujet va ma'no mujassam; — Vaqt kam, hajman kichikroq…
#BookoftheMonth

Qadrli obunachilar, siz bilan yanvar oyi uchun "Oy kitobi"ni tanlagan edik — bu Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" avtobiografik qissasi.

Kitobni o'qib tugatdim. Nasib qilsa 31-yanvar kuni kechqurun (aniq vaqtini yaqin qolganda aytaman) Panda Books telegram kanalida jonli efirda muhokamamiz bo'lib o'tadi. Boshida qisqacha asar haqida fikrlarimni bildiraman, keyin boshqalarni eshitamiz, shu tarzda suhbat savol-javob shaklida davom etadi.

Do'stlar, loyiha ilk marotaba o'tkazilayotganini, shuningdek, bir-birimizning vaqtimiz va mehnatimizni hurmat qilgan holda, muhokamaga qadar kitobni tugatishingizni va unda faol qatnashishingizni so'rab qolaman.

Efirda ko'rishguncha!
@panda_books
#offtop

https://www.tg-me.com/santuagaraoflibrary/2429

Nuralining yuqorida fikrlari asosli. Takliflari jo'yali. Nashriyot eng kamida hech nimani o'ylamaganida ham Shukur Xolmirzayevning hurmati, uning adabiyotimizda tutgan beqiyos o'rnini anglagan holda kitoblarini sifatli va yaxshi qilib chiqarishi kerak edi.

O'sha narxga, boring ana 5 ming so'm qimmatga – lekin sifatli qilib kitob chiqarayotgan nashriyotlarimiz ham bor ko'z tegmasin. Gap nashriyot faoliyatiga qanday yondoshishida.

Agar nashriyot ijodkorman desa - mahsuloti sifati haqida o'ylasin.
Agar biznesmenman desa – biznesning oltin qoidasi: mijoz hamisha haq.

@panda_books
Davlat nashriyotlari qayerga qarayapti deging keladi shunaqa paytlar...

@panda_books
Forwarded from Panda Books
Sitsiliya mafiyasiga qiziqishim baland. Ular orasida eng ko'zga ko'ringani bo'lgan "Koza Nostra" mafiyasining hayot prinsiplaridan bir nechtasini quyida bermoqchiman:

▪️Baliqni og'zini ochgani uchun o'ldirishadi.
▪️Agar aldasang, gapni qisqa qil.
▪️Muammoga to u senga tegmagunicha teginma.
▪️Do'stlarni o'zingga yaqin tutish kerak. Dushmanni esa undanda yaqinroq.
▪️G'o'r olmani silkitma – pishib yetilsa, o'zi pastga to'kiladi.
▪️Senga ustunlik beradigan maslahatlarga quloq sol. Hech kimga bunday maslahat berma.
▪️Ahmoq - bu o'z donoligini yashira olmaydigan odam.
▪️Bir daqiqalik sukut - 10 yillik rohat.
▪️Burgut pashshalarni ovlamaydi.
▪️Men 30 ta kallakesarimni bitta muammoni murosa bilan hal qiladigan odamga almashaman.
▪️Beg'am bo'lishga faqat bolalar va ayollar haqli. Erkaklar emas.
▪️Dushmanni kechirish mumkinmi? Uni Xudo kechirsin! Mening vazifam ularning uchrashuvini tashkillash.
▪️Va'dadan oson narsa yo'q.
▪️Ilonni inidan hamisha begona qo'llar bilan chiqar.
▪️Vaqti-vaqti bilan ahmoqlarga ham quloq sol. Tayinli gap chiqib qolishi mumkin. Lekin hech qachon ular bilan bahslashma.
▪️Daryo chuqurligini ikkita oyog'ing bilan o'lchama.
▪️Hamma bilan xushmuomala bo'l, ko'pchilik bilan kirishimli bo'l, tanlanganlar bilan yaqin bo'l, sanoqli kishilar bilangina do'st bo'l.
▪️Dunyo sabrlilarnikidir.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol
Bolalik qachon tugaydi, inson qachon ulg‘ayadi? Har kim har xil ta’riflaydi buni. Taniqli dramaturg-yozuvchi Sharof Boshbekov esa, onalarning bitta ishidan so‘ng betashvish bolalik davri tugaydi, deb yozadi.

Savol: Sharof Boshbekovning fikricha, inson bolaligi qachon tugaydi?

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#offtop
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon nafaqat Dubayni, balki Yevropani ham ortda qoldirishga qat'iy bel bog'lagan. Bu yo‘lda rostakamiga katta ishlar qilinmoqda.

Bilasiz, Saudiya xalqaro turizm elchisi — mashhur futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. Shu kunlarda u Saudiya turizm salohiyatini namoyish etuvchi reklama roligida ishtirok etgan. Unda Messi "Just a Desert", "Not Much happening", "Closed Culture" va "Girls Can't" so'zlari yozilgan to‘siq-devorlarni sindiradi. Bu albatta mamlakatdagi o'zgarishlarga ishora.

Ayniqsa, ayollar masalasida erkinliklar miqyosi e'tiborga molik. Masalan, rolikda yaqinda koinotga uchgan saudiyalik birinchi ayol astronavt Rayana Barnavi ko'rsatilgan. Shuningdek, hijob kiyish-kiymaslik ham ayollarning erkin huquqi sifatida ko‘rsatilayapti. Ayol didjey, ayol sportchilar borligi aytilyapti.

Bir so'z bilan aytganda, erkinlik va dunyoga ochilishda ko'pgina musulmon mamlakatlariga namuna bo'lishi aniq.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murod Muhammad Do'st memuarlar, xotiralar kitobi va ularning yolg'on bo'lishi haqida.

@panda_books
​​#haqida

Qozog'iston madhiyasining g'alati tarixi

Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romanida muallif qamoqqa ketayotib, poyezdda qozoq shoiri Qayum Muhammadov bilan uchrashganini yozadi. Bu shuning uchun esimda qoldiki, u "Men Qozog'iston gimnini yozganman, mana meniyam qamashdi" deydi.

Rostanam shu paytgacha ularning madhiyasini kim yozganiga qiziqmagan ekanman. U odamning tarixiga qiziqib, kitobni qo'yib Googleni ochdim. Hammasi shundan boshlandi.

Ma'lum bo'lishicha, 1943-yil Davlat madhiyasi uchun tanlov e'lon qilinadi va unda 27 yoshli shoir Q.Muhammadov g'olib chiqadi. Lekin yana ikkita shoir uning matnini sal-pal "tuzatib", hammuallif bo'lib olishadi.

Qozog'iston mustaqillikka erishgach esa ushbu madhiya va unga bastalangan kuy o'zgarishsiz qoldiriladi. Albatta, undagi sovetlar ulug'langan jumlalar o'zgartiriladi, xuddi bizdagi kabi. (Madhiyamiz haqida yozilgan postga qaralsin)

2000-yilda prezident Nazarboyev davlat madhiyasi o'zgartirish kerakligi haqida ommaviy chiqishlarida aytib o'tadi. Oradan bir necha hafta oʻtgach, parlament deputati N.Rustemov “Qozogʻiston madhiyasini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tashabbusini ilgari suradi. Unga ko'ra, davlatning yangi madhiyasi sifatida Nazarboyev yozgan sheʼr bo'lishi kerak edi. Loyiha ko'rib chiqish uchun e'lon qilinadi va natijada gazetalar unda plagiatni aniqlashadi. Nazarboyevning 1998-yilda chop etilgan “Qozog'im mening” she'ri 1996-yilda Tumanbay Moldagaliev tomonidan yozilgan “Elim mening” bilan bir xil, faqat sarlavhalar bilan farqlanadi xolos. Sharmanda bo'lgan prezident 2001-yil 28 iyunda mamlakat prezidenti parlamentning ikki palatasining majlisiga masalani kun tartibidan olib tashlash iltimosi bilan maktub yuboradi, deputatlar bir ovozdan ovoz berishadi.

Biroq hammasi shu bilan tugamaydi. 2006-yil Qozog'iston Respublikasi madhiyasi "Mening Qozog'istonim" nomli mashhur xalq qo'shig'iga o'zgartiriladi. U 1956-yilda mashhur shoir Jumeken Najimidinov tomonidan yozilgan. Ammo bu she'r matniga ham biroz o'zgartirishlar kiritiladi. Va o'sha tuzatishlarni kiritgan inson "bir yumalab" she'r hammuallifiga ham aylanadi. Bu tuzatishlarni kim kiritganini topingchi?)

Shunday qilib, zamonaviy Qozog'iston davlat madhiyasi rasman shoir Jumeken Najimidinov va Nursulton Nazarboyev "hammuallifligida"da yozilgan.

Bularning hammasi Qayum Muhammadovning taqdiri nima kechdi ekan deb Googlega kirganimdan boshlangan edi.

@panda_books
2024/09/30 14:16:06
Back to Top
HTML Embed Code: