Telegram Web Link
#haqida

Otalar kerak. O'zim ham ota bo'lganimdan beri, hayotga shu rakursdan qarashga, farzandimni kelajakda haqiqiy erkak qilib o'stirish haqida o'ylayman.

Hech bo'lmasa, "Hezalaklarga o'xshab kulurma, sal erkak bo'l, darrov ko'zingni yoshingni oqizma, qat'iyatli bo'l, jiddiy fikrla" deb aytib turish uchun ham ota kerak ekan.

@panda_books
Panda Books
Dubayga ko’chib ketgan bloger Liil Xurramovni 14 ming dollarga uxlatishibdi. Yaxshi ish bo'lmabdi. O'zi aldanish yomon narsa, chet elda aldansang, ikki marta alam qiladi. Men shunchaki o'tgan yili hamma yig'ib, motivatorlik qilib pul ishlaganini esladim.…
Ozodning hamkasbi unga "yigitsan Toshkentda uying, mashinang bo‘la turib, obunachilaringdan pul so‘rashing noto‘g‘ri" deb tanbeh beribdi.

Bu mavzu rosa jonilarga tegdimi sizlarniyam:)

@panda_books
#offtop

Mayli, ozroq ko'ngilni yozib oldik, endi o'zimizning jiddiy mavzularimizga qaytamiz.

Kechadan beri dunyodagi eng muhim siyosiy voqea — Husiylarning Adan ko'rfazidagi dengiz transportini blokirovka qilishiga javoban AQSh va Britaniya jangovar samolyotlari (hozir Avstraliya, Niderlandiya, Bahrayn, Kanada qo'shildi) Yaman havo hududiga bostirib kirishi va bir qator obyektlarga hujum qilishi bo'ldi.

Voqealar rivojiga alohida to'xtalib o'tirmayman, uni yangiliklar kanallaridan bilib olasiz. Men sizga ozgina tushuncha berib o'tmoqchiman.

Xo'sh, Qosim Sulaymoniy degan inson haqida eshitgandursiz, 2020-yil 3-yanvarda u Bag‘dodda AQSh harbiy-havo kuchlari hujumi natijasida halok bo‘lgandi, lekin uning ishlari haliyam davom etyapti.

Qosim Sulaymoniy — Eron harbiy rahbari, general-leytenant va Erondan tashqarida maxsus amaliyotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi" (IRGC) tarkibidagi Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni.

Al-Quds kuchlari Sulaymoniy boshchiligida Falastin va Livandagi Xamas va Hizbulloh guruhlariga harbiy yordam koʻrsatadi hamda Amerika qoʻshinlari u yerdan olib chiqib ketilganidan keyin Iroqdagi siyosiy vaziyatni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.

2012-yildan beri Sulaymoniy Bashar al-Assad hukumatiga Suriyadagi fuqarolar urushi to‘lqinini o‘zgartirish va strategik shaharlar va hududlarni isyonchi guruhlardan qaytarib olishda yordam berib kelardi.

Norasmiy maʼnoda “Sulaymoniy doktrinasi” Eronning AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilari (shu jumladan sunniylar)ni charchatishi kerak boʻlgan bir qator "periferik urushlar"ga tortish strategiyasiga berilgan umumiy nomdir.

Xullas, Yaqin Sharq yirik mintaqaviy urushlar zanjiriga duch kelmoqda. Yoki allaqachon bu yuz berdi deyishim mumkin. Demak, kecha Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari AQSH va Britaniya harbiy samolyotlariga Yamanga zarba berish uchun o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat berdi. O‘z navbatida, husiylar Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAni ogohlantirdi: "Agar siz havo hududingizni AQSH va Buyuk Britaniya uchun ochsangiz, biz bilan rasman urush holatida bo'lasiz".

Birinchi tahmin qilinayotgan narsa — Hizbullohning Isroilga qarshi shimoliy frontni ochishi.

Bir qator maʼlumotlarga koʻra, husiylar allaqachon javob nishonlariga ballistik raketalarni uchirgan.



2024-yilni shunaqa boshlab oldik.

@panda_books
Kim nima kitob o'qiyapti? Yangi yilda hali biror kitob tugatdingizmi?

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo'shiqlar va filmlar buyukligi — ularning mangulikka daxldorligi bilan o'lchanadi. Masalan, Setora guruhi ushbu "Ajdodlar ruhi" klipini yaratganida biz bolakay edik. Ta'sirlanardik. U paytda hali o'zbek estradaasi qotib qolmagan, aksincha o'zining cho'qqisida edi. Setoradan keyin jangovar ruhdagi bundanda xit bo'lgan qo‘shiqni eslolmayman. Mana oradan yillar o'tib, yana tinglasam o'sha hissiyotlar qaytadi.

Bor, sen uchun qalqon bo‘lguvchi zabardast farzandlaring bor!

@panda_books
#haqida

Parallel mutolaa

Menda bitta odat bor. Bir vaqtning o'zida bir nechta kitob mutolaasini boshlab qo'yaman. Hozir ham 3 ta roman va bitta non-fikshn o'qiyapman. Bu qanaqa bo'lishini sal bo'lsa ham tushunishingizlar uchun:

Ertalab Murakami janoblari bilan Tokio ko'chalarini aylanib, uning g'aroyib sayohatlarini tinglagancha, uning qahramonlariga hamroh bo'laman.

Tush payti uzoq, qorli Shvetsiyada paydo bo'lib, Bakmannning "qizi" Elza bilan birga buvisining so'nggi vasiyati bo'lmish sirli xazinani izlab birga sayohattga chiqaman.

Kechqurun ishdan, oiladan bo'shab, uyqu oldidan Rumaan Alamning post-apokalipsis dunyo arafasidagi AQSh tasvirlangan romani oralab borib, u yerda hech narsadan xabari yo'q, shunchaki dachaga dam olishga kelgan oila davrasida tahlikali xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashaman.

Ora-orada esa olim Endryu Doyg menga o'zining qiziqarli kitobidan tarixiy, foydali ma'lumotlarni so'zlab beradi.

Shu tarzda kunlarimiz ham o'tayapti.

@panda_books
#news
Dunyo yangi sirli pandemiya - "X kasalligi"ga tayyorgarlik ko'rmoqda

Butunjahon Davos forumi 17-yanvar bo'lib o'tadigan yillik uchrashuvi kun tartibiga yangi sirli pandemiya muhokamasini kiritibdi.

Bularning barchasi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti noma'lum "X kasalligi" koronavirus pandemiyasidan 20 baravar ko'proq o'limga olib kelishi mumkinligi haqidagi yangi ogohlantirishlari fonida yuz bermoqda.


Hali 2024-yil yanvar oyi tugamadi...

@panda_books
Yurtimizda doim tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun ham Qurolli Kuchlarimizning yanada rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sharafli burchini ado etishda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilarini bugungi bayram bilan qutlayman!

Bayram muborak!

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#tavsiya

"Mudofaaga ulkan mablag'larni sarflashdan oldin, aholiga shunday yashash darajasini yaratish kerakki, ular bu yurtni himoya qilishni istashsin"

Bu so'zlar Karl Gustav Mannergeymga tegishli. U vaqtida rus imperator armiyasining generali, rus-yapon va Birinchi jahon urushi ishtirochisi. Oktyabr inqilobidan keyin u birinchi Finlyandiya davlatini boshqargan. Finlyandiya qurolli kuchlarining marshal, bosh qo'mondoni bo'lib, u ikki marta SSSRga qarshi jang qilgan.

1944-yilda Mannergeym Finlyandiyaning birinchi prezidenti bo'lib, mamlakatni urushdan keyingi suverenitet bilan ta'minlaydi. Mannergeym xotiralari juda muhim kitoblardan biridir. Tarixiy va badiiy qiymatdan tashqari, kitobxon XIX asrning so'nggi aristokrati va zodagoni bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ladi.

1917-yil oxirida Finlyandiya mamlakat mustaqillikka erishadi va bir oy o'tgach Finlyandiya yana ozodlikni yo'qotish arafasida edi. Karl Gustaf Mannergeym (yoki finlar uni Hustaa deb atagshan) boshchiligidagi fin xalqi o'z mustaqilligini himoya qilmaganida shunday bo'lardi ham, u qizillar bosqinini bostirdi.

Mannergeymni nafaqat kuchli harbiy qo'mondon, balki yaxshi siyosatchi sifatida ham hayot-ijodini o'rganish foydali bo'ladi degan umiddaman.

Kitobning e-versiyasi

Yoqimli mutolaa!

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi.

Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini bilmoqchi bo'lsangiz, mana shu konsert siz uchun.

https://www.youtube.com/watch?v=N35qwz-vlxY

@panda_books
Panda Books
#youtube_tavsiya Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi. Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini…
Men qushimni g‘ozga solsam,
Kim solibdi qarg‘aga,
Kim solibdi qarg‘aga?
To‘nka ushlab o‘yga tolsam,
Olti qarg‘a archada,
Olti qarg‘a archada.


Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga,
Marg‘ilonning yo‘liga.
Hidi kelsa mast bo‘laylik,
Hidi kelsa mast bo‘laylik
Handalakning bo‘yiga,
Handalakning bo‘yiga.


Nazarxonning ushbu ashulani to'g'ri ma'nosida ta'sirli kuylagani uchun ham konsertni ko'rsa arziydi.

@panda_books
#BookoftheMonth

Oy kitobi

Kelinglar, bu yildan va aynan shu yanvar oyidan Panda Books'da "Kitob klubi" tashkil qilamiz. Va har oyda o'qish uchun bitta kitob tanlaymiz.

Bu kitobni o'zim ham o'qib chiqaman va taqrizini kanalga joylayman. Keyin esa uni o'qiganlar bilan birgalikda muhokama qilamiz. Kitob tanlashda sizning taklifingiz inobatga olinadi.

❗️Kitob hamma o'qiy olishi uchun o'zbek tilida chop qilinganlar orasidan bo'lishi shart. Ertaga klubimiz kengayib barcha 5 mingtangiz ham o'qimoqchi bo'lib, kitob do'konlariga xuddi odamlar avtosalonlarga hujum qilgandek yopirilsangiz, menireklama narxim oshardi:)

Taklifingizni ushbu post tagiga yozib keting. Oyning yarmi o'tib ketgani uchun kichikroq hajmdagi kitobni tanlashni maslahat beraman.

@panda_books
"Umidni ba'zan hatto ob-havo prognozidan ham topish mumkin", degan edi bir paytlar Xayao Miyadzaki.

@panda_books
#news
Aktyor Kianu Rivz oʻz kitobini nashr ettiradi

Kuni kecha Kianu Rivz oʻzining eng sevgan adiblaridan biri Chayn Mevil bilan hamkorlikda “The Book of Elsewhere” kitobini chop ettirishini eʼlon qilibdi.

Roman voqealari Kianu Rivz tomonidan yaratilgan komikslar olami yaʼni BRZRKR ichida sodir boʻladi. Aktyor bu fantastik olamni yozuvchi Mett Kindt bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.

Tabiiyki, menga kitob muqovalari muxlisi sifatida Kianu tanlagan muqovasi juda qiziq tuyuldi. Unda bu g'alati hayvon bosh suyagi tasvirlangan. Ammo bu xayoliy mavjudot emas, balki indoneziya babirussa to'ng'izi hisoblanadi. Uni nomini o'zbek tiliga "to'ng'iz-kiyik" deb tarjima qilsak bo'ladi.

Ammo tepadagi suyaklar qayrilgan shoxlar emas, balki yuqori jag' tishlardir. Ular noto'g'ri yo'nalishda teri orqali o'sadi va agar kutilmaganda sinmasa, keksalikda ular ba'zan peshonani orib o'tadi. Ko'pgina qari babirussalar o'z tishlari qurboni bo'lishadi.

Haa, tabiat shunaqa biz o'ylagandanda g'aroyib.

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Kelinglar, bu yildan va aynan shu yanvar oyidan Panda Books'da "Kitob klubi" tashkil qilamiz. Va har oyda o'qish uchun bitta kitob tanlaymiz. Bu kitobni o'zim ham o'qib chiqaman va taqrizini kanalga joylayman. Keyin esa uni o'qiganlar…
#BookoftheMonth

Demak, oy kitobini tanladik — bu Shukrullo "Kafansiz ko'milganlar"

Nega?
— Oldin o'qimaganman;
— Trenddagi kitob emas, maqsad ham shu, ya'ni adabiyotni yangi tomondan kashf etish;
— Kuchli syujet va ma'no mujassam;
— Vaqt kam, hajman kichikroq kitob ayni muddao.


31-yanvar kuni kitob muhokamasini qilamiz! Kelishdikmi?

@panda_books
2024/09/30 14:22:34
Back to Top
HTML Embed Code: