Telegram Web Link
Жаннат орзусидан бошқа ҳеч нарсаси қолмаган халқлар аянчли.
Инсонни нимадир ушлаб туриши, ё инсон ниманидир ушлаб туриши керак. Йўқса дош беролмайди ҳаётга. Агар аянчли халқлар хаёлидаги жаннатга ўт қўйиб юборсанг, улар тамом бўлишади. Балки сўнгги умиди чиппакка чиққач бирдан долғага келар?! Ўша ягона орзусига илашиб, қолгани ўткинчи дея ватани, одамлар, табиат ҳолига туфлаб қўйганларга жаннат борми?

Нима бўлганда ҳам қашшоқлар орзусига тегишмаябди. Мана, хаёлларингиз эркин, истаган нарсангизни орзу қилаверинг, биз шундай бағрикенг, ҳаммани ўйлайдиган, демократмиз дейишябди сўзсиз.

Атрофидаги шалтоқни тозалашга зиғирча ҳам ҳаракат қилмай, жаннатда ҳаммаси роҳат бўлади деб кун курувчилар, қачооондир бир млрдер келиб мани обкетадию ғурбат ҳаётимни ўзгартириб юборади, деб ишонадиган қизга ўхшайди.

Ғалати. Кутиш, фақат кутиш, сабр қилиш, индамасликка ўргатишлари ғалати.

Тайёр нарса керак ҳаммага.
Уй. Мошина. Ҳаёт. Жаннат.

Лекин бунга ўзлари лойиқ ҳам, тайёр ҳам эмас.

Жонтемир
Forwarded from KitobDoira (Dildora Rustamova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitoblar ombori
Bugun book.uz tadbirlar zalida mashhur ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona"("A Room of One's Own") kitobining o'zbekcha tarjimasi taqdimoti bo'lib o'tishi haqida ko'pchilik allaqachon eshitib ulgirdi. Bu kitobni tarjimasi Nodirabegim Ibrohimova tomonidan amalga oshirilga. Xo'sh, bu kitobni nima uchun o'qish kerak?

Virjiniya Vulf (Virginia Woolf) Angliyalik yozuvchi va adabiy tanqidchi. U 1882-yilda Londonda tavallud topgan. Vulf XX asr modernist adabiyotining muhim namoyandasi hisoblanadi va ayniqsa ingliz tilida yozilgan romanlari hamda feministik asarlari bilan tanilgan.

Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" asari 1929-yilda chop etilgan bo'lib, u feministik adabiyotda muhim o‘rin egallaydi. Asar o‘z zamonasidagi ayollarning ijodiy imkoniyatlari va jamiyatdagi o‘rniga oid keskin savollarni o‘rtaga tashlaydi. Vulf bu asarda ayollarning adabiyotda muvaffaqiyatga erishishi uchun ikki asosiy shartni ta’kidlaydi: moliyaviy mustaqillik va shaxsiy makon — ya’ni "shaxsiy xona". Bu vositalar ayollarni o‘z fikrlarini erkin ifoda etishiga yordam beradi.

Asarda Vulf o‘z davrining tarixiy ijtimoiy sharoitlarini tahlil qilib, ayollarning ijod qilish imkoniyatlari cheklanganligini ko‘rsatadi. U mashhur erkak yozuvchilarning asarlarini tahlil qiladi va ularning muvaffaqiyati ko‘pincha ular yashagan jamiyatning ularga bergan imkoniyatlaridan kelib chiqqanini qayd etadi. Shu bilan birga, u o‘zi yaratgan "Judit Shekspir" obrazini ilgari surib, agar Shekspirning singlisi bo‘lganda, u kabi iste’dodli bo‘lsa ham, ijodiy muvaffaqiyatlarga erisholmasligi mumkinligini tasavvur qiladi.

Vulfning asari ijodiy erkinlik va ayollarning teng huquqli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar haqida o‘ylashga undaydi. Shuningdek, "Shaxsiy xona" asari feminist adabiy tanqidning klassik asariga aylanib, bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolgan.

@kitob_ombori
Forwarded from Kumush Abdusalomova (Kumush Abdusalomova)
Bugun "Book.uz"da bir sham yonib o‘chguncha Vulfning "Shaxsiy xona"si haqida tingladik. Ha, chiroq o‘chib qoldi. Feminizm kimgadir yoqmadi shekilli:)
Tinib-tinchimas, mohir tarjimon opam Nodirabegimni yangi tarjima kitob bilan tabriklayman! Yana shunday asarlar kutib qolamiz!

@kumush_abdusalomova
Forwarded from BOOK.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Taqdimotimiz boshlanishiga
oz daqiqalar qoldi!

@bookuzbekistan
Forwarded from BOOK.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Virjinya Vulfning, «Shaxsiy xona» asari taqdimoti o’z nihoyasiga yetdi!

Tadbirga tashrif buyurgan va tadbirga bosh bo’lgan barcha ijodkorlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Siz ham ushbu mutolaa orqali tadbir ruhiyatini his eting! 😊

Kitoblar uchun buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek

@bookuzbekistan
Вулф Шахсий хонани ёзаётганда юз йил ўтиб шарқ мамлакатларидан бирида китоб ўзбек тилида чоп этилиб шунча мухлислари жам бўлишини билмаган бўлса керак ))
Шундай экан, азиз ижодкор опа-сингиллар: ёзинг! Сизни тарғиб қиладиган издошларингиз келажакда топилади. Шахсий ҳудудингизни яратинг.
Тақдимотни ташкиллаштирган Book.uz ва Тилланисога, сўзга чиққан меҳмонлар Элдор Асанов, Баҳром Ирзаев Қандилат Юсупова, Оҳиста Жамшид, китоб муҳаррирларига, вақтини аямай келган барча дўстлар, китобхонларга раҳмат!
Вулфнинг романлари ҳам китоб пештахталарида пайдо бўлишига умид қиламиз.
Шок! Шок! Шок!!!

Масонлар Тошкент ложасининг йиғилишидан суратлар чиқиб кетди!

Унда масонбоши ёшларга қараб дуо ўқияпти. Атрофига сатанизм урф-одатларига биноан шамлар беш юлдуз шаклида терилган. Дуодан сўнг у ерга қурбон келтириладиган болачани олиб чиқишади. 😱
2024/10/01 13:43:36
Back to Top
HTML Embed Code: