Telegram Web Link
Forwarded from Essenavis (Севара Алижонова)
SHaxsiy xona Siz uchun nima?

"Kichkina xonimlar"dan so‘ng kuzgi mutolaa uchun ro‘yxat tayyor. Negadir oxirgi paytlar ayollarni o‘qigim kelyapti.

Bugungi kitob taqdimoti kechasi ajoyib o‘tdi. Bir guruh ayollar shaxsiy xonasi chegaralarini kengaytirmoqchi deb kimgadir yetib borgan shekilli, tadbir boshlangandan tugaguncha svet bo‘lmadi. SHam yog‘dusida bo‘lakcha atmosferada kechdi.

Hammasidanam fikrlar rang-barangligidan maza qildim. "SHaxsiy xona" ni o‘qiganlardan nuqul biryoqlama talqin eshitayotgandim.

P. S. Hech qachon bir asarning yagona talqini bo‘lmaydi, bo‘lmasligi ham kerak. Bitta talqinga yopishib, uni boshqalarga singdirish ham shaxsiy chegarani buzish. San'at, adabiyotdan har kim, hatto har safargi mutolaadan butkul boshqa anglash, boshqa his tuyishi kerak. CHunki did, daraja har kimda har xil.

Men ham o‘zimning talqinimni o‘qib bo‘lgach, ulashaman. Talqinga emas, mohiyatni anglashga e'tibor qarataylik❤️
Bugun boshqacha davra bo'ldi. Virjinya Vulf hayoti haqida, Shaxsiy xonasi haqida gaplashdik. Ijodkor ayolning, albatta, o'z hududi bo'lishi kerak. Xayollari bilan yolg'iz qoladigan, erkin yoza oladigan, bo'sh vaqtini o'tkazadigan o'z xonasi.

Bu shunchalik muhimki, tasavvur qilishingiz uchun aytaman: Koreyada paytim, o'z xonam bor edi, har qalay o'sha yerni o'z xonam deb hisoblardim. Yotoq, zal va bolalar xonasidan ayro xona edi. Nasrdagi ilk muvaffaqiyat qozongan (gazeta va jurnallarda bosilgan) hikoyalarim o'sha yerda yozildi. "Orzu va dengiz", "Soyabon ostida" kitoblarim o'sha xonada yaraldi. "Tongotar" romanim aynan o'sha joyda dunyoga keldi.

Bu o'rinda V.Vulf haq! "..Ayollar ming yillar davomida uyda o'tirishgan, shuning uchun ham g'isht va ohakli devorlar ularning ijodiy quvvatlari bilan to'yinib bo'lgan, endi uni qalamga, mo'yqalamga, qog'ozga sarflash kerak.
Ularga hech narsa o'z san'atlarini yuksaltirish, haqiqat va go'zallik yaratishdan ko'ra ko'proq mamnuniyat va kuch bag'ishlay olmaydi."
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
#Shaxsiy_xona

Hozircha shaxsiy xonam yoʻq. Kafe, koʻcha, ishxona, xullas, oʻzimni qayerda qulay, ogʻriqli va tin olishim kerak, deb his qilsam, oʻsha yerda yozaveraman. Ammo baribir Vulf yozganidek, shaxsiy xona kerak va u tez orada boʻladi manda. Oʻshanda yana shu kitob bilan rasmga tushib, shu yerga joylayman. Ungacha, shu rasm))

Aytgancha, sizning shaxsiy xonangiz qayer?

@FeruzaXayrullayeva
Forwarded from Бир финжон қаҳва☕️ (Нигора)
Book.uz китоблар дўконида тақдимот ва тадбирлар тез-тез ташкил этилади. Ҳар сафар шундан тадбирлардан ажойиб таассуротлар билан қайтаман. Бугунги тақдимот ўзгача бўлди. Чироқ ўчиб қолгани тадбир қатнашчиларининг руҳиятига ҳеч қандай салбий таъсир ўтказмади деб ўйлайман. Залда шамларнинг ёғдусида ҳақиқий адабий-романтик кайфият ҳукмронлик қилди. Сўзга чиққанларнинг барчаси Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона"си ҳақида, умуман олганда аёлларнинг жамият  ва ижтимоий ҳаётдаги ўрни ҳақида гапирдилар (ва тадбир тугагунча чироқ ёнмади)

Р/S. Мен ҳам ҳамма қатори "Шахсий хона"ни харид қилиб, Нодира опадан дастхат оволдим. "Хотиралар"ни тугатгач ушбу китобни ўқийман.
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurali Qahramonning tadbirimiz uchun tayyorlagan videosi
Forwarded from Mahliyoxon Umurzoqova
Kecha taqdimotda qatnashdik! Sham yog'dusida bir ajoyib atmosferada 🫠 kitob haqida umuman ijodkorlar shaxsiy xonasi va jamiyatimizdagi ayollar holati haqida yaxshi fikrlar bo'ldi. Umuman olganda shaxsiy xona, shaxsiy chegara ijodkorning muvaffaqiyati aslida (buni his qildik). Ijodiy jamoaga umuman adabiyotimizga bu kitob muborak bo'lsin!

Meni ham shaxsiy xonam yo'q hali nasib shaxsiy uy olib o'sha yerda ijod qilarman 😉

https://www.tg-me.com/mahliyoxon_umurzoqova
Virjiniya Vulfning mashhur “Shaxsiy xona” asari nihoyat o‘zbek tiliga tarjima qilindi! Men bu asarni 2009-2011-yillarda Hindistonda feminizmni o‘rganayotgan paytimda ilk bora o‘qiganman. Qiziq tomoni shundaki, bu asar 100 yil oldin yozilgan bo‘lsa-da, undagi ko‘p fikrlar hozirgi kunda ham dolzarb, masalan:
1. Moliya va shaxsiy xona: Vulf ayollarning erkin ijod qilishi uchun “pul” va shaxsiy xona kerakligini;
2. Adabiyotda gender tengsizligi: U jamiyat me’yorlari ayollarni o‘z potensiallarini (salohiyat) amalga oshirishdan qanday to‘sqinlik qilishini;
3. Aqliy erkinlik va moddiy sharoitlar: Ijodiy erkinlik - moliyaviy jihatdan erkin bo’lishi, hamda ayollar o’z shaxsiy vaqtiga ega bo’lish kerakligini;
4. An’ana va patriarxat: Vulf adabiyotdagi erkaklar hukmronligini tanqid qilib, ayollarning o‘z intellektual “makon”larini yaratishini;
5. Ayollar uchun yangi adabiy an’ana: U ayollarning o‘z nuqtayi nazaridan yozishlarini va erkaklarni taqlid qilmasdan, o‘z tajribalaridan foydalanishlarini;
6. Patriarxatning psixologik ta’siri: Vulf patriarxatning ayollar ongiga qanday salbiy ta’sir qilishi va ijodiy imkoniyatlarini cheklashi haqida;
7. San’at va jamiyat o‘zaro bog‘liqligi: U ayollar adabiyotdan chetda qolganini tanqid qilib, bu jamiyatdagi boshqa tengsizliklarni tug’dirishini;
8. Ayollar o‘zlari uchun yozishlari kerak: Vulf ayollarni erkaklar uchun emas, balki o‘z tajribalarini erkin ifoda qilishga chorlaydi.

Almira Tabayeva, ilmiy tadqiqotchi
Forwarded from Chashma☘️ (Mohlaroyim)
#booknews

Esimni tanibmanki o'zimning alohida xonam bo'lishi, u yerda o'z hayollarim bilan yolg'iz qolishni orzu qilganman. Faqatgina menga tegishli bo'lgan hududga hech kimning dahl qilmasligini istaganman. Lekin bunga doim ham sharoit bo'lavermaganda. Menimcha har bir o'zini tanigan inson, ayniqsa nozik xilqat egalarining shaxsiy xonaga bo'lgan ehtiyoji katta. Ular doim shu istak bilan yashashadi, faqat buni baralla ayta olishmaydi.

Kecha Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" kitobi taqdimotiga bordim va ijodkor ayol uchun bu hududning qanchalik muhimligiga yana bir bor amin bo'ldim.
Sharoit taqazosiga ko'ra sham yorug'ida o'tgan taqdimot o'ziga xos, esda qolarli bo'ldi.
Asarni o'qib chiqib fikrlarim bilan albatta bo'lishaman.

Jamiyatimizga juda kerakli bo'lgan kitob tarjimasi uchun esa Nodira opaga tashakkurlar!


@Chashma
2018-2024 йилларда чоп этилган таржима китобларим.

сиз қай бирини ўқигансиз?
Европада узоқ вақт давомида аёлларнинг қалам тебратиши ёки ижод қилиши ғайриоддий, бироз ақлдан озиш ёки нормадан силжиш ҳолати, аёлнинг ўз функциясини бажармаслик каби гуноҳ сифатида қабул қилинган.

Аёлнинг машғулоти оналик ва уй ишлари эди.

Бундай стереотип оқибатида аёл таълим олиши ва ижод қилиши қийин масала эди.

Аёлда ҳам ижод қилишга эҳтиёж бўлиши, илҳом келиши, ёзишни ҳоҳлаши мумкинлиги омма тарафидан нафақат қабул қилинмас эди, балки кулгу ва масхарага, ҳатто каттиқ қаршиликка сабаб бўлар эди.

Фақат 19-асрга келибгина аёллар очиқ, ўз исмлари билан асарлар ёза бошлайдилар.

Шу даврда яшаган инглиз аёл ёзувчиси Виржиния Вулф (1882-1941) аёл ижодкорлар муаммоларини ўта иштиёқ билан ўрганган ва жуда таъсирли ёритган.

Ўзидан аввалги ёзувчи аёлларнинг босиб ўтган йўлини, эркакларнинг ижод оламидаги монополиясини, минглаб йиллар давом этган аёллар ҳақидаги парадоксларни таҳлил қилган.

Аёл кишида туғма ақл етишмовчилиги бўлади, мияси қисқа бўлади деган иқрорларнинг тарқалиш сабабларини, тенгсизликнинг тарихий ва маданий асосларини ўрганган.

Турли хил муаммоли масалалар (таълим масаласи, молиявий масалалар, анъана ва одатлар, нотўғри қарашлар) нинг таъсирини ўрганган.

Вирджиния Вулфнинг муаммога бундай кенг қамров билан ёндоша олиши унинг маълумотли бўлгани учун бўлса керак. В. Вулф Лондон Қироллик коллежининг аёллар бўлимида ўқиган. Кейинчалик коллежларда адабиёт фанидан дарс беради.

В.Вулф ўзининг машҳур "Шахсий хона" эссесида (1929 й.) аёл киши ижод қилиши учун ўзининг шахсий хонаси ва оч қолмаслик учун йилига 500 фунт пули бўлиши керак, деб уқтиради.

Вулфнинг бу жумласи дунёда машҳур афоризмга айланган. Ким ҳам ўйлабди аёл кишига қулфланадиган шахсий хона кераклигини).

Лекин, эссе Вулфни мана шу хулосага олиб келган фикрлари ва уни баён қилиш услуби билан қизиқ.

Асар жуда чиройли тилда ёзилган. Ўқувчини доимо мулоқотга чорлайди. Ҳис-туйғуларни жонлантиради. Тезда қалбни эгаллайди ва яқин суҳбатдошга айланади.

Бир аср аввал ёзилган асардаги фикрлар ҳали ҳам долзарблигини йўқотмаган. Ҳали ҳам ўйлаш керак бўлган муаммоли саволларга эга. Аёлларнинг шахсий майдон масаласи ҳалига ҳал бўлмаган.

Шу билан бирга, Вулф вақти келиб вазият ўзгаришига, кашфиётчи ва ёзувчи аёллар кўпайишига шубҳасиз ишонган.

Мен бу эсседан кейин, ўзимизнинг замонавий ва 18-19 асрлардаги ижодкор аёлларимиз ҳақида ўйладим ва улар қанчалик кам эканини англадим. Аёллар юзага чиқиши учун қанчалик кам уринаяпмиз.. Қанчалик кам имконият беряпмиз...

В.Вулфнинг "Шахсий хона" асарини албатта ўқишни тавсия қиламан. Аёлларга ҳам, эркакларга ҳам. Бирга ўқисангиз ундан ҳам яхши.

Нодира Муса Исмоил, сиёсий таҳлилчи
Forwarded from Avatarlar ⬆️⬇️
Agar sizga Shaxsiy xona kitobi yoqsa albatta 2018-yilda ko'plab critiklar versiyasiga mukofotlarga sazovor bo'lgan "Maudie" filmi ham yoqadi. Bu film ham hayotiy voqeaga asoslangan. Hayotiy versiyasidagi videoni kanalga joylamoqchi edim, ammo uni film oxirida ko'rish ko'proq tasir qiladi. Bazi tanishlarim bu filmdan keyin 1 soat yig'lagan ham. Mangayam juda yoqqan.
2024/10/01 15:39:49
Back to Top
HTML Embed Code: