Telegram Web Link
🌺 Chiroyli soʻzining yanada chiroyli ifodalaridan foydalaning:

#goʻzal – kishi koʻzini quvontiradigan, maftun etadigan;
#latofatli – latofatga ega, yoqimli;
#nazokatli – latif va yoqimli nazokati bilan kishiga yoqadigan;
#barno – chiroyli, goʻzal, sohibjamol, qaddi-qomati kelishgan;
#nozanin – muloyim, yoqimli, tannoz, suyukli va goʻzal.

Chiroyli soʻzining yana qanday sinonimlarini bilasiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
​​Dasturchilar uchun foydali maslahatlar

Dasturlash – diqqat-eʼtiborni va uzoq muddat davomida bir joyda o‘tirib ishlashni talab qiluvchi kasblardan biri. Oramizda bu sohaga kirib kelayotganlarning soni tobora ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda, dasturchilar uchun quyidagi infografikani taqdim etamiz.

Doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
Qiziqarli biografiya: Arximed

👨‍🏫 Birgina “Evrika” soʻzi bilan dunyoga mashhur boʻlgan Arximed matematika va mexanika fani rivojiga katta hissa qoʻsha olgan olimlardan biridir.

Olim 75 yil umri davomida oʻnlab kashfiyotlar yaratgan. Ular haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
🤔 Savol: mashina qaysi raqam ustiga toʻxtagan?

Bu Gongkongdagi boshlangʻich maktabga qabul qilishda ishlatiladigan odatiy test savollaridan biri.

Javoblaringizni izohlarda qoldiring! Doʻstlaringizdan ham soʻrab koʻring-chi, bilisharmikan? 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
Barchasi fazo haqida

🪐 BBCʼning borliq haqidagi ushbu filmida bepoyon olamga oid biz bilgan va bilmagan maʼlumotlar berilgan. Bundan tashqari, Quyosh tizimi va undagi har bir sayyoraga alohida eʼtibor qaratilib, ularga uyushtirilgan missiyalar toʻgʻrisida ham aytib oʻtilgan.

Filmni tomosha qilar ekansiz, boshqa yulduzlarni oʻrganishni maqsad qilgan Voyajer, yulduzlar va ularning sayyoralari, qizil mittilar, oq gigantlar, neytron yulduzlar, kvazar va qora tuynuk haqida qiziqarli maʼlumotlar olishingiz mumkin.

Quyidagi hujjatli filmda siz fazoga oid bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin!

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
🎓 Endi videodarslarimiz iTVʼda

Endilikda siz Khan Academy Oʻzbek videodarslarini iTV mobil ilovasida tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

🎬 Videodarslarni ITVʼda mutlaqo bepul koʻring va biz bilan yangi bilimlarni oʻrganishda davom eting.

“Xan Akademiyasi” boʻlimiga kirish:
📲 Mobil ilova Android va IOS
📺 ITV qurilmasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni unutmang!

Telegram | Facebook | Youtube
Samsung kompaniyasining dastlabki mahsulotlaridan biri quritilgan baliq edi

🐟 Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 1938-yilda tashkil etilgan. Ammo u dastlab oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Xususan, u Xitoyga quritilgan baliq va un yetkazib bergan, keyinchalik toʻqimachilik mahsulotlarini sotish va hayotni sugʻurtalash ishi bilan shug‘ullanishni boshlagan. 1969-yilda esa Samsung brendi ostida televizor ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Manba: factourism.com

Siz yana qanday faktlarni bilishni xohlaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
Texnologiya olamidagi soʻnggi yangiliklar

Yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari bilan tanishing: oʻz jussasidan ancha ogʻir yukni koʻtarishga qodir mitti robot yaratildi, oʻzak hujayralarda tukli teri oʻstirish kabi yangi tadqiqot, sichqon terisining ostiga oʻrnatilgan sunʼiy quloq va 2017-yildan buyon bizning Quyoshda roʻy bermagan voqea haqida bilishni xohlaysizmi?

Bizdagi hafta yangiliklari bilan tanishing! Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
Dolzarb mavzuga chek qoʻyildi😂

Eslatib oʻtamiz, saytimizga mobil qurilmalar orqali kirish va foydalanish juda qulay va mutlaqo bepul!

Toʻliq kurslar roʻyxati: @kau_kurslar

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Youtube
​​Oʻqituvchilarni izlayapmiz!

Jamoamizga videodars yozish uchun quyidagi fanlardan oʻqituvchilar kerak:

Oliy matematika (mat. analiz, statistika va ehtimollar, differensial hisob);
Iqtisodiyot (makro va mikro);
Kimyo;
Tibbiyot.

Ish haqida:
– Dars jarayonini tashkillashtirish;
– Darsga tayyorgarlik, sifatli videodarslarni yozish;
– Videodarsning oʻrtacha uzunligi 7 daqiqa. Bir soatda 2-3 ta videodars, bir oyda esa 150 ta gacha videodars tayyorlash imkoniyati mavjud.

Talablar:
Sohadagi chuqur bilim va malaka;
– Oʻzbek tilini (mukammal) va ingliz tilini (yaxshi darajada) bilish;
Qiziqarli va interaktiv dars oʻta olish va kompyuterda ishlash;
– Shijoat, masʼuliyat va intizom.

Ish sharoiti:
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Shahar markazida qulay ofis;
– Zamonaviy jihozlarga ega studiya.

🎬 Namuna videolar: @kau_kurslar.

Ariza topshirish uchun quyidagi formani toʻldirib chiqing: http://bit.ly/2shumG0

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998 97 262-40-30 | +998 71 231-90-50
Telegram: @khanacademyuzbek_methodist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doira yuzi πr² ga tengligini Arximed miloddan avvalgi 200-yildayoq isbotlab bergan edi.

🤔 Xoʻsh, u buni qanday uddalagan?

Demak, birinchi navbatda toʻgʻri toʻrtburchak yuzini hisoblash uchun uning asosini balandligiga koʻpaytiramiz. Bizda πr² hosil boʻldi. Keling, endi buni yozib olamiz va dunyodagi eng buyuk matematiklardan biriga aylanamiz.

🎬 Toʻliq kurslar roʻyxati: @kau_kurslar

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Astronavt qonida kuzatilgan oʻzgarish

🧑‍🚀 Yangi tadqiqot kosmik parvozning ilgari hech kim payqamagan salbiy taʼsirini aniqladi.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va fazoning inson tanasiga taʼsiri haqida batafsil maʼlumot oling.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
“Bilimning ildizi taxir, mevasi esa shirindir.”

Aristotel (Arastu)

🎓 #kau_iqtibos

Kanalga ulanish 👉 Khan Academy Oʻzbek
📚 Mumtoz sheʼriy janrlardan namunalar:

#fard – yakka, yolgʻiz degan maʼnolarni bildiruvchi bir baytdan iborat eng kichik mustaqil sheʼr shakli;
#ruboiy – toʻrtlik degan maʼnoni bildiruvchi ikki baytdan iborat sheʼr shakli;
#gʻazal – oshiqona soʻz, ishq izhor qilish maʼnolarini bildirib, a-a, b-a, d-a . . . tarzida qofiyalanuvchi sheʼr shakli;
#qitʼa – parcha, boʻlak degan maʼnolarni bildiruvchi ikki baytdan bir necha baytgacha hajmda boʻlgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan baytli sheʼr shakli;
#qasida – maqsad, niyat maʼnolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bagʻishlab yoziladigan katta hajmli sheʼr turi.

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
Qiziqarli biografiya: Albert Eynshteyn

🎓 Ilm-fan olamining yetuk vakili, nemis fizik nazariyotchisi Albert Eynshteyn hayotida ro‘y bergan turli xil hodisalar va u olib borgan ilmiy tadqiqotlar haqida quyidagi maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Albert Eynshteyn haqida nimalarni bilardingiz-u, maqolani oʻqib nimalarni bilib oldingiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😊

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
2024/09/30 20:20:20
Back to Top
HTML Embed Code: