Telegram Web Link
📚 Kitobga oid siz bilmagan 5 ta soʻz:

#debocha – kitob jildlarining zarhal bilan bezatilgan dastlabki alohida sahifalari;
#jild – biror narsa ustidan kiydirib, qoplab qoʻyiladigan buyum, gʻilof;
#adad – kitob, gazeta, jurnal va hokazolarning necha nusxada nashr qilingani;
#taqriz – asarga tanqidiy nuqtayi nazardan berilgan yozma baho;
#musahhih – matnni toʻgʻrilovchi, tuzatuvchi.

Soʻz boyligingizni biz bilan boyiting. Doʻstlaringiz bilan ulashing! 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_soʻz
“Biz koinotsiz yashay olmaymiz”

🧑‍🚀 “Мы не можем жить без космоса” (2016) deb nomlangan rus animatsion filmi Oskarning short listiga, soʻngra finalchilar roʻyxatiga kiritildi. Multfilm Oskar mukofoti sovrindori boʻlmagan boʻlsa-da, dunyo boʻylab tomoshabinlar qalbidan joy oldi.

Asar gʻayrioddiy innovatsion effektlardan xoli – oddiy chizma, tushunarli hikoya, original syujet bilan ajralib turadi. Ortiqcha muloqotning yoʻqligi (unda dialoglar umuman yoʻq) filmni yanada samimiy qiladi. Qisqa metrajli multfilm doʻstlik, orzular, intilishlar, erishilgan yutuqlar va koinot mavzularni oʻz ichiga oladi.

🔮 Ushbu sodda, lekin juda taʼsirli qisqa metrajli multfilmni koʻrishni tavsiya etamiz.

Bundan-da qiziqarli videolar 👉 Khan Academy Oʻzbek
Cho‘l hasharoti havodan suv olishda yordam bera oladimi?

🕷 Namibiya choʻl qoʻngʻizining qurgʻoqchil sahrolarda tumandan suv yigʻish qobiliyati olimlar tomonidan tadqiq qilindi.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va noyob hasharotlardan biri haqida bilmaganlaringizni bilib oling!

Takliflaringiz yoki oʻzingiz yozgan ilmiy-ommabop maqolalar boʻlsa, bizga yuboring. Mualliflik huquqlari saqlanishini kafolatlaymiz. 😀

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
Qiziqarli biografiya: Mahatma Gandi

📚 Hindiston mustaqilligining mafkuraviy asoschisi Mahatma Gandi hammaga mashhur Gandizm taʼlimotiga asos solgan. Gandizm taʼlimoti butun dunyoda millionlab oʻz tarafdorlarini topgan milliy ozodlik harakatlari dasturi hisoblanadi.

Gandi haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni bu yerda oʻqishingiz mumkin. Mashhur kishilar haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_biografiya
Aleksandr Pushkinning rus va jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi bebaho. Uning sheʼrlari har bir oʻquvchining qalbidan joy olgan.

Pushkinni yodga olganimizda birinchi xayolimizga keladigan sheʼr:

Я вас любил: любовь ещё, быть может,
В душе моей угасла не совсем;
Но пусть она вас больше не тревожит;
Я не хочу печалить вас ничем.
Я вас любил безмолвно, безнадежно,
То робостью, то ревностью томим;
Я вас любил так искренно, так нежно,
Как дай вам Бог любимой быть другим.

Sheʼrni oʻqib oʻsha paytlarga qaytganday boʻldingizmi? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring! 😉

Qiziqarli fakt: Shoir umri davomida 90 ta duelda qatnashgan va ulardan 15 tasida tashabbus koʻrsatgan.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_kun
Fizika fanining yana 3 ta bobini kutib oling!

🚀 Videolarni Telegramda, YouTubeʼda va xanakademiyasi.uz saytida koʻrishingiz mumkin. Biz bilan qiziqarli fanlarni oʻrganishda davom eting.

Ushbu kursni tayyorlashda moddiy yordam bergan Knauf firmasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

👉 @kau_fizika | Khan Academy Oʻzbek
🚀 Orbitadagi fazogirlar gravitatsiyadan xolimi?

Ushbu savolga javob topishda fizika faniga murojaat qilamiz. Quyidagi videoni koʻrish orqali siz biz bilan fazoga sayohat qilishingiz va fizika faniga oid bilimlaringizni orttirishingiz mumkin.

Fizika fani Telegramda »

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Qiziq, rasmda nechta toʻrtburchak tasvirlangan ekan-a? 🤔

Javoblaringizni izohlarda qoldiring va doʻstlaringizga ham ulashing!

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_sinov
COVID-19 👉 Maktab 👉 Xan akademiyasi

COVID-19 sababli maktablar yopildi, lekin yangi bilimlarni oʻrganishimiz uchun pandemiya toʻsqinlik qilolmaydi. Chunki bizda Khan Academy Oʻzbek bor. 😉

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram | Facebook | Youtube
Endi NASA fazoga odam uchirmaydimi?

🧑‍🚀 Xabaringiz bor, 30-may kuni fazoga NASA va SpaceX kompaniyalari tomonidan fazogirlar uchirildi. Shu parvozdan iqtisodiyot uchun olingan saboqlar va yangi maʼlumotlarni ushbu maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Maqola muallifi: @bmamadiev

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_tavsiya
Sichqonchani bir marta bosish qancha energiya talab etadi?

🤓 Bir kuni Luiziano universiteti professori Rettu Alleynuning qizi otasiga shunday dedi: “Dada, bilasizmi, sichqonchani bir marta bosib, bir kaloriyani yoʻqotish mumkin”.

Olim qizining gaplariga shubha bilan qaradi. Soʻng kichik tadqiqot oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, bir kaloriyani yoqish uchun sichqonchani 10 million marta bosish kerak ekan.

Manba: factourism.com

Siz ham shunday tadqiqotlar qilib koʻrganmisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. 😉

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_fakt
😅 Talablarga binoan, izohlarda qoldirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, 2-qism.

Khan Academy Oʻzbek videodarslari TAS-IX tarmogʻida mavjud. Bundan tashqari, Mobiuz va Ucell abonentlari xanakademiyasi.uz saytidagi videodarslardan va uz.khanacademy.org saytidagi mashqlardan megabayt sarflamasdan foydalana oladilar.

☝️Birinchi qism: www.tg-me.com/khanacademyuzbek/836
Olam bir hafta ichida

📌 Tez kunlarda Hind okeani tubidagi tektonik plitalarning ikkiga boʻlinishi, sayyoramizdagi eng katta vulqon, dengiz chuvalchangining yangi topilgan turlari va organizmdagi vitamin C miqdorini aniqlay oladigan moslama haqida bilishni xohlaysizmi?

Unda biz bilan hafta yangiliklari olamiga sayohat qiling! Qani, ketdik! 😀

Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi.

Dilruh Isomiddinova Khan Academy Oʻzbek loyihasining muharrirlaridan biri va Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

Sohasi xalqaro jurnalistika boʻlishiga qaramay, akademik litseyda xorijiy filologiya yoʻnalishida oʻqigani uchun maqola va kichik hikoyalar tarjima qilishni yoqtirgan. Avvallari sayt va gazetalarga tarjima materiallar tayyorlab bergan. Keyinchalik tahrir, musahhihlikni ham oʻzlashtirishga erishgan.

💬Khan Academyʼga doim qiziqib kelganman. Oʻzbek bloglarini qoldirmay kuzataman. Khan Academy jamoasida faoliyat yuritayotgan ayrim yaqin doʻstlarimga havas qilardim. Niyatlar voqellikka koʻchdi. Endi men ham shu jamoadaman” , – deydi Dilruh.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz, bizga ariza topshiring.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
Moliyaviy hisobot (May, 2020)

😀 Aziz doʻstlar, sizlarga Khan Academy Oʻzbek loyihasining may oyi moliyaviy hisobotini taqdim etmoqchimiz.

Bu yerda hisobot haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz va jarayonni raqamlarda koʻrishingiz mumkin.

Sifatli va bepul onlayn taʼlimni rivojlantirishda biz bilan birga boʻling. 😊

Xayriya qilish uchun:
Bank orqali: havola

#kauzbek_hisobot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nyutonning inersiya qonuni golf toʻpi misolida

🏑 Videodagi rezina quvur uchiga yuqoriga yoʻnalgan kuch bilan ursak, tortishish kuchi golf toʻpi tezlanishini kamaytiradi. Natijada videodagi gʻaroyib hodisaga guvoh boʻlamiz.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Sunʼiy idrok insonning oʻlish ehtimolini aniqlay oladimi?

🧠 Sunʻiy idrok bizga oʻnlab yillar davomida notoʻgʻri tushunib kelgan narsalarimizni oʻrgatishi mumkin.

Kechki mutolaa uchun ozgina vaqtingizni ajrating va sunʼiy idrok haqida batafsil maʼlumot oling.

Takliflaringiz yoki oʻzingiz yozgan ilmiy-ommabop maqolalar boʻlsa, bizga yuboring. Mualliflik huquqlari saqlanishini kafolatlaymiz.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
2024/09/30 22:24:47
Back to Top
HTML Embed Code: