Telegram Web Link
Muvaffaqiyatga erishishning erta-kechi yoʻq

🤓 Insonlar orasida: “Biror-bir natijaga erishish maʼlum bir yoshgacha”, degan tushuncha bor. Ushbu infografika orqali hatto 90 yoshda ham qandaydir natijaga erishish mumkinligini tushunib yetish oson.

Unutmang, biror yangi ishni boshlashga va muvaffaqiyatga erishishga hech qachon kech emas. Faqatgina oʻzingizda kuch topsangiz bas!

Ushbu postni doʻstlaringiz bilan ulashing va birgalikda yuksaling 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
🌘 Halqasimon Quyosh tutilishini birga kuzatamiz!

💫 Ertaga 21-iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.

⚡️ Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 10:01 da boshlanadi va 12:51 gacha davom etadi.

Tutilishni Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan yuqoridagi jadval asosida kuzatishingiz mumkin.

Quyosh tutilishini jonli efirda bu yerda kuzating: youtu.be/up43USIEAtQ

Telegram | Instagram | Facebook
😂 Siz tanlagan taʼlim yoʻnalishi va kelajakda faoliyat olib boradigan sohangiz oʻrtasidagi tafovut

Sizda ham shu holat takrorlanmasligi uchun oʻzingizga mos universitetni tanlang! Diplom uchun emas, bilim uchun oʻqing: xanakademiyasi.uz

Oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni onlayn topshirish: abitur.dtm.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌛 Nima uchun Quyosh va Oy tutilishi roʻy beradi?

Bugungi Quyosh va Oy tutilishini kuzata turib sizda savol tugʻilgan boʻlsa kerak: “Nega Quyosh va Oy tutilishlari har 28 kunda roʻy bermaydi va nega bu hodisa astronomik jihatdan oʻziga xos hisoblanadi?”

Ushbu video orqali siz Quyosh va Oy tutilishi haqida umumiy tushunchaga ega boʻlishingiz mumkin.

📎 Videoni Youtubeʼda koʻrish uchun: youtu.be/rtpYD19ZsmU
🤩 Dasturlashni birga oʻrganamiz!

🚀 Khan Academy dasturlash kursining oʻzbek tilidagi talqinini kutib oling! 7 ta bobdan iborat kursning 1-bobini koʻrishni hoziroq boshlang:

Telegram: @kau_dasturlash
Youtube: Dasturlash

💬 Fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Toʻliq kurslar roʻyxati: @kau_kurslar
Leonardo da Vinchi ikkala qo‘lida ham chiza olardi

👨‍🎨 Leonardo da Vinchi mashhur ambidekstlardan biri edi, yaʼni u ikkala qo‘lda ham teng darajada ishlay olardi.

Florensiya instituti mutaxassislari Uffisi galereyasini taʼmirlash jarayonida shu xulosaga kelishdi. Ular buyuk usta manzaralarini tahlil qildilar hamda rasmning orqa va old qismlarida ikkita imzoni topdilar. Imzolardan biri oʻng, ikkinchisi esa chap qo‘li bilan yozilganligi maʼlum bo‘ldi.

Manba: factourism.com

Bundan-da qiziqarli faktlar bilan 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_fakt
🧩 Olam bir hafta ichida

⬡ Iqlim oʻzgarishiga nima sabab boʻlgan edi?
⬡ Qadimda timsohlarning ayrim turlari dinozavrlar kabi orqa oyoqlarida yurgan;
⬡ Aqlli dunyoni aqlli koʻzoynak bilan koʻramiz;
⬡ Qora tuynuk sirlari;
⬡ Olimlar miyaning ogʻriqni “yoʻqotadigan” nuqtasini aniqlashdi.

Shu kabi yangiliklar haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Sizda texnologiyaga oid hafta davomidagi qiziqarli yangiliklar boʻlsa, bizga yuboring va fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. ☺️

#kau_dayjest | Khan Academy Oʻzbek
🚀 Koʻngillilar hikoyasi davom etadi.

Vestminster litseyi oʻquvchisi Kamilla Sonkina Khan Academy Oʻzbek loyihasida koʻngilli sifatida oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

😊 Xalqaro imtihonlarga tayyorlangan paytlari uning yagona qutqaruvchisi – Khan Academy edi. Khan Academyʼda berilgan bilimlarning darajasi va keng qamrovliligi Kamillani hayron qoldirardi.

💬Bir tanishimdan bizning yurtimizda Khan Academy platformasi mahalliylashtirilayotganini eshitgach: “Qani, men ham bir harakat qilib koʻray-chi”, dedim. Bu jamoada ishlab, bir tomondan, butun Oʻzbekistonga ulashilayotgan bilimda mening ham hissam borligini his qilgan boʻlsam, ikkinchidan, bu meni yangidan yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi ”, deydi Kamilla.

Siz ham safimizga koʻngilli, tarjimon, muharrir yoki oʻqituvchi sifatida qoʻshilishni istasangiz, ariza topshiring.

👉 Khan Academy Oʻzbek | #koʻngillilar_hikoyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤓 Matematiklarning ushbu ajoyib raqsini siz ham takrorlab koʻring.

Matematika videodarslari: @kau_kurslar

👉 Khan Academy Oʻzbek | #kau_videofakt
Gʻayritabiiy monopoliya

🤔 Xususiy korxonalar oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini tashkillashtirish bilan shugʻullana oladimi? Agar imtihon savollari maxsus nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan tuzilganida ularning sifati yaxshilanarmidi?

Ushbu savollarga Komil Jalilovning maqolasi orqali javob topishingiz mumkin.

Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin. 😊

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kauzbek_blog
“Haqiqiy taʼlim – maktabda oʻrgangan barcha narsalaringiz unutilgandan keyin qoladigan koʻnikmalardir”.

Albert Eynshteyn

🎓 #kau_iqtibos

Kanalga ulanish 👉 Khan Academy Oʻzbek
Fanlarga yangicha taʼrif berildi. Bir oʻqib koʻring! 😄

Doʻstlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin.

Bundan-da qiziqarli hazillar 👉 Khan Academy Oʻzbek
Stiv Jobs: ish, hayot va Apple

🖥 Amerikalik muhandis, tadbirkor va dunyoga mashhur “Apple” kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkorlardan biri edi. “Apple” kompaniyasi qanchalar yuksalib, zamonaviylashib bormasin, u har doim oddiy va oqil insonligicha qolaverdi.

Stiv Jobs hayoti bilan yuqoridagi infografika orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Doʻstlaringiz bilan ulashing. 😉

👉
Khan Academy Oʻzbek | #kau_infografika
Qiziqarli biografiya: Nil Armstrong

🚀 Amerikalik NASA astronavti, uchuvchi, kosmik injener, universitet professori, AQSH dengiz qoʻshinlari uchuvchisi, “Apollon-11” fazo kemasi ekspeditsiyasida Oyga ilk bor qadam qoʻygan inson Nil Armstrong hayoti haqida batafsil 🔗 ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

Mashhur kishilar haqida siz bilmagan maʼlumotlar 👉 Khan Academy Oʻzbek

#kau_biografiya
2024/11/05 23:35:17
Back to Top
HTML Embed Code: