Angliyada o‘qish uchun men avval universitetni emas, grantni tanlaganman. Xarajatlarimni to‘lab bergan tashkilot universitetni ham o‘zi tanlagan. Menda u yoki bu universitetga borishga tanlov qilishga imkoniyat berilmagan. Lekin hozir o‘zingda imkon bo‘lsa, qaysi universitetni tanlarding deb so‘rashsa, menimcha yana The University of Exeterni tanlar edim. Siz rasmlarda ko‘rayotgan manzaralar turar joyimning shundoq yonida. Bu yerlarda 15 daqiqa sayr qilish miyangiz dam olib, kayfiyatingiz yaxshilanishi uchun yetarli. Xullas, universitet sanatoriya ichida joylashgan desa ham bo‘ladi.)
Angliyaga kelib, yashab turib futbol o'yiniga kirmasam, nafaqat o'zimni o'zim, balki kelajak avlod ham meni kechirmas edi! Shuning uchun futbol tomoshalarini o'zimizni Exeter jamoasi o'yinidan boshladik.