Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xohish, ishonch va majburiyat.

Darslardan ozgina chalg'iman deb dam olish kunlarida ‘The Lincoln Lawyer’ serialini ko'rishni boshlagandim. Qarasam, serial ko'rish men o'ylagandan ko'ra ko'proq vaqtimni olib qo'ymoqda, o'qishim kerak bo'lgan paytlarga ham o'z ta'sirini o'tkazayapti. Serialda bosh qahramonning quyidagi gapi muvozanatni topishimda yordam berdi;

‘There are three things you need to know in life – what you desire, what you believe, and what you have to do; they do not always line up together.’

Bu gapning mazmunini tushuntirishga harakat qilaman.

‘Desire’ – bu bizning xohishlarimiz, ko'nglimiz tusaydigan ishlar. Masalan mening vaziyatimda film ko'rish bu desire, ya'ni xohish.

‘Belief’ – bu biz ishonadigan narsalar. Masalan, vaqtdan unumli foydalanish, uni behuda sarflamaslik kerakligiga ishonamiz, shuni to’g’ri deb o’ylaymiz. Agar desirega qo'yib bersa, inson nimalarni xohlamaydi deysiz!

‘Have to do’ – bu biz qilishga majbur bo'lgan ishlar. Hayotingizda yaxshi narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, sizda xohish bo'ladimi yoki yo'qmi, harakat qilishga majbursiz. Masalan, o'z sohangizda zo'r mutaxassis bo'lish uchun faqat xohlagan narsalaringizni emas, balki ko'proq narsalarni o'qishga majbursiz.

They do not always line up together – biz yuqorida ta’rif bergan bu 3 ta narsa -‘desire’, ‘belief’ va ‘have to do’ har doim ham yonma-yon bo'la olmaydi.

Biz xohlagan narsalar aslida biz ishongan narsalar bo'lmasligi mumkin. Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlar esa aslida biz xohlagan narsalarimizga nomutanosib bo’lishi ham mumkin.
The path through language acquisition is not necessarily smooth and even. Learners have bursts of progress, then reach a plateau for a while before something stimulates further progress. (Lightbown& Spada, 2021, p. 58)

“Til o‘rganish jarayoni har doim ham tekis va oson kechmaydi. O‘rganuvchilarda dastlab ‘bursts of progress’ - tez o‘sish kuzatiladi, lekin keyinchalik bir muddat ‘plateau’- turg‘unlik davri keladi. Turg’unlik xolati vaqtinchalik, toki qandaydir omil yana o‘sishga turtki bermaguncha.”

Shu o‘sishga turtki beradigan “narsa” yoki “omil” aslida nima ekan?

Mening fikrimcha, biz ko‘pincha beginner (boshlang‘ich) darajadan intermediate (o‘rta) darajagacha bo‘lgan o‘quvchilarda tez o‘sish (bursts of progress) kuzatamiz. Intermediate darajadan boshlab esa “turg‘unlik” (plateau) holati yuzaga keladi. Bu turg‘unlikdan chiqib, yana dinamik o‘sishga erishish, eng avvalo, motivatsiyaga bog‘liq bo‘lsa kerak. Motivatsiya manbalari esa har xil bo‘lishi mumkin: ota-onadan, ustozdan, do‘stlardan va bugungi kunda turli media yoki "influencer"lardan. Motivatsiya o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi deb o‘ylayman. Albatta aytib o‘tilgan manbalardan qaysidir biri tomonidan shakllanadi.

Misol uchun, ingliz tilini katta motivatsiya bilan boshlagan va IELTSdan 8.0 ball olishni maqsad qilgan o‘quvchi turg‘unlik davrida va qiyinchiliklarga duch kelganda, dastlabki motivatsiyasini yo‘qotishi ham mumkin. Yoki boshida aniq maqsad qo‘ymagan o‘rganuvchilar til o‘rganish jarayonida o‘zlarida IELTSdan yuqori ball olish istagini keyinchalik shakllantirishlari ham mumkin.

Xullas, qizig’i ‘something stimulates further progress’ (yana o‘sishga turtki bo‘ladigan narsa) iborasidagi ‘something’ ni o‘rniga yana nimalar qo’ysak bo’lar ekan? Nima stimulate qiladi further progressni?
Shu binoni ichiga kirishga 'Dux' yetmayabdi.
"Serbulut hur o'lkam elga baxt najot."
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Video message
Bu joy Forum deyiladi. Doim talabalar bilan gavjum joy. Anchagina katta kutubxonasi bor.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Video message
Umrida birinchi marta qor ko'rayotgan xalqaro talabalar bor)
Ba’zi ingliz tili o‘qituvchilari yoki o'quv markazlari tomonidan “Mukammal metodika”, “Yangi innovatsion metod”, “Bunaqasi hali bo‘lmagan” degan da’volarning aytilishi qanchalik to‘g‘ri?

UK universitetlaridagi lingvistika, language education yoki TESOL bo‘yicha dars beradigan professorlar talabalarda, ya'ni bo'lajak ingliz tili ustozlarida ko‘rishni xohlaydigan jihat – bu nimadir yangi narsa yaratish yoki hali hech kim o‘ylab topmagan “innovatsion” g‘oyalarni topishdan ko‘ra, shu sohada allaqachon yozilgan, yaratilgan va ommaga taqdim qilingan resurslarni tahlil qilish va keraklisini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Bu mening UK universitetlari ustozlari talablariga shaxsiy qarashim. Balki kimningdir qarashi boshqachadir.

Ammo O‘zbekistonda, ayniqsa til o‘rgatish industriyasida “innovatsion metodlar bilan o‘rganing” yoki “Hali birorta ustoz o‘rgatmagan metodika bilan o‘rgatamiz” degan da’volarni eshitib qolasiz. Agar UKdagi birorta professorning oldiga borib: “Men ingliz tili o‘rgatishda hali birorta ustoz qo‘llamagan ‘innovatsion’ va ‘mukammal’ metod topdim”, desangiz, professorning nafasi og‘irlashib, yuragini ushlab qolishi mumkin. Chunki bu haddan tashqari katta da’vo (too big a claim).


Ammo siz mavjud nazariyalar va metodlardan foydalanib: “O‘quvchilarim (siz bilgan, siz tanigan, sizning kontekstingizdagi) o‘rganishga qiynalayotgan qaysidir ko‘nikmalarni samaraliroq egallashga yordam beradigan bir strategiya yoki metodikam bor”, desangiz, bu professorlarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.

Masalan, Booknomy bo‘yicha ko‘p muhokamalar bo‘ladi. Bu kitobni “innovatsion” deb atash to‘g‘rimi? Albatta yo‘q. Lekin bu bilan Booknomy umuman kerak emas, deyish ham noto‘g‘ri. Bu uchun yetarli asosimiz bo‘lishi kerak va bu ancha qiyin ish. Booknomy oldingi metodlarga asoslanib shakllantirilgan, va uning qaysidir elementlaridan o‘quvchilar uchun foydalanish mumkin.

UKdagi professorlar bu yerda sizdan kutadigan narsa – qanday qilib bu kitobni (balki boshqa resurslar qatorida) o‘quvchilaringiz til o‘rganishi jarayoniga samarali integratsiya qilishingizdir. Masalan, ingliz tili ustozi “Booknomy orqali intermediate darajadagi o‘quvchilarning extensive listening ko‘nikmalarini oshirish strategiyalari” degan dastur yaratishi, Booknomy reklamasida keladigan “6 oyda ingliz tilini mukammal o‘rganing” degan da’vodan ko‘ra ishonarliroq ko‘rinadi.

Lekin kitobni o‘zimizning kontekstimizga moslashtirib qo‘yish bilan ish bitmaydi. Endi nega aynan “intermediate” darajani tanlaganingizni, nega aynan extensive listening ko‘nikmalariga urg‘u berayotganingizni asoslab berishingiz kerak (rationale). Tasavvur qiling, kitobdan foydalanish maqsadingizni shunchalik toraytirganingizda (narrowing down topic) ham hali javob kutadigan ko‘p savollar paydo bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, biror metod, nazariya, dastur yoki kitobni to‘liq oq (mukammal) yoki qora (umuman foydalanmaslik kerak) deb baholash, menimcha, til o‘rgatish sohasida ancha qiyin. Shuning uchun ustozlar “Bunaqasi hali bo‘lmagan”, “Innovatsion dastur” yoki “Mukammal metod” degan da’volarni aytishda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak.

Aslida shu paytgacha mutaxassislar tomonidan yaratilgan tavsiya va qo‘llanmalardan to‘g‘ri va samarali foydalana olish orqali ustozlar o‘quvchilarga til o‘rganishda ancha yordam bera olishadi.
'Motivation' bo'yicha tadqiqot qilmoqchi bo'lgan 'demotivated' olimlar ekan)
📈 🌟 Ingliz tilini zavq bilan, yangi usullarda o‘rganishni xohlaysizmi?

🎉 Unda kanalimga xush kelibsiz! Men – Xo‘jamurodova To‘lg‘anoy, 4️⃣ yillik tajribaga ega, xalqaro TESOL sertifikatiga va IELTS 7+ ballga ega o‘qituvchingiz! 💯 Kanalimda siz uchun ingliz tilidagi darajangizni tez va samarali oshirishga qaratilgan bepul darslar tashkil qilaman. 📚 Har bir dars o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitib, natijalarga erishishiga yordam beradi.

O‘rganishni orqaga surmang! Kanalimizga qo‘shiling va ingliz tilini birga o‘rganaylik! 💬https://www.tg-me.com/EnglishwithGorlok
"Smart Readers" nomli ingliz tilida kitobxonlik musobaqasini bir necha bor tashkil qilganimizni eslasangiz kerak. Kanalda ushbu tadbirlarning fotolavhalari va tafsilotlarini doimiy ravishda ulashib kelganman. Smart Readersni ingliz tili o‘qituvchilari o‘rtasida ham o‘tkazganmiz. Bu tadbirda ustozlarimiz Charlotte Brontening "Jane Eyre" asarini o‘qigan edilar. Ayni paytda, ushbu asarning turli nashrlari va Charlotte Brontening boshqa asarlar to‘plamini University of Exeter kutubxonasida ko‘rishingiz mumkin.
Ingliz tili o'qituvchilari uchun Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyatini beradigan A.S. Hornby Educational Trust Scholarship uchun application jarayonlari boshlandi. Grantni yutgan ustozlar 2025-26 akademik yilida The University of Exeterda MEd TESOL yo'nalishi bo'yicha magistraturani o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Rasmiy havola: https://www.exeter.ac.uk/study/funding/award/?id=5436
“Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda oʻqisam, ingliz tilim zoʻr boʻlib ketadi”.

Bu fikr qanchalik toʻgʻri? Hech bir xorijiy davlatda oʻqigan yoki ishlagan, lekin til koʻnikmasi juda aʼlo darajada rivojlanmagan odamlarni uchratganmisiz? Men uchratganman. Ayrim odamlar xorijda oʻqishgan yoki ishlashgan boʻlsa-da, ularning til koʻnikmalari kutilgan darajada rivojlanmagan. Bu holatning sabablari koʻp, va barchasini bitta postda batafsil yoritib berishning imkoni yoʻq. Xorijiy davlatlarga oʻqishga kelgan talabalarning til koʻnikmalari ular kutgandek rivojlanmagani haqida tadqiqotlar ham mavjud. Bugungi postda oʻzimning Buyuk Britaniyada oʻqish jarayonidagi shaxsiy tajribalarim va qarashlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.

Xorijda oʻqish til koʻnikmalaringizni avtomatik ravishda rivojlantirmaydi. Bu jarayon muvaffaqiyatli boʻlishi uchun siz “pro-active” boʻlishingiz kerak. Pro-active degani nima? Bu shunchaki vaziyatlarning oʻzidan oʻzi paydo boʻlishini kutmaslik, balki ularni aktiv ravishda izlash va yaratishdir. Masalan:

- Turli tadbirlar va uchrashuvlarga qatnashish,

- Klublarga aʼzo boʻlish,

-Til egalari bilan muloqotni oʻzingiz boshlab, tashabbus koʻrsatish.

Ayniqsa Angliyada bu juda muhim. Inglizlar odatda biroz “reserved” (ichimdagini top deydigan) boʻlishadi. Bu bilan til egalari bilan gaplashish juda qiyin demoqchi emasman. Aksincha, bir suhbatga kirishsangiz, koʻplab insonlar bilan tanishib, turli mavzularda gaplasha olishingiz mumkin. Faqat eslatib oʻtmoqchimanki, xorijda oʻqish davomida til koʻnikmalaringiz avtomatik tarzda siz bu davlatga kelganingiz uchun o’zidan o’zi oshib qolmaydi. Potensial toʻsiqlar bor va ular sizdan pro-aktiv yondashuv talab qiladi. Pro-active talabalar nafaqat ko’p do’stlar orttirish yoki boshqa ijtimoiy munosabatlarda, balki o’qishlarida ham yaxshi natijalarga erishadilar.
EAP (English for Academic Purposes) va
ESP (English for Specific Purposes)
ingliz tilida o‘qitishning ikki asosiy sohasi bo‘lib, ular maqsad, mazmun va kontekst bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Quyida asosiy farqlari va jihatlari keltirilgan:

1. Maqsad

• EAP:
Akademik maqsadlarda ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan. Bu talabalarni akademik yozuvlar yozish, ma’ruzalarni tinglash, ilmiy maqolalarni tushunish va taqdimotlar qilish kabi ko‘nikmalarga tayyorlaydi.
Misol: IELTS yoki universitet darslari uchun tayyorgarlik.


ESP: Muayyan kasb yoki soha uchun zarur bo‘lgan ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan. Bu tibbiyot, muhandislik, huquq, turizm kabi sohalar uchun maxsus til va terminologiyani o‘z ichiga oladi.
Misol: Tibbiyot xodimlari uchun “Medical English” yoki biznes sohasida “Business English”.

2. Auditoriya

EAP: Akademik maqsadlarda o‘qish yoki tadqiqot qilishni rejalashtirgan talabalar uchun.
Misol: Universitetga qabul qilinadigan talabalar.


ESP: Kasbiy faoliyatda foydalanish uchun ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun.
Misol: Ishlayotgan mutaxassislar yoki soha bo‘yicha kurs ishtirokchilari.

Misol bilan farq:

EAP: Talaba dissertatsiya uchun annotatsiya yozishni o‘rganadi.

ESP: Menejer mijoz bilan biznes muzokaralari uchun savdo kelishuvlari haqida gapirishni o‘rganadi.
2024/12/29 12:35:12
Back to Top
HTML Embed Code: