Telegram Web Link
Inna lillahi va inna ilayhi rojuin.
Yunusobod fojeasida halok bo'lganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin.

Motam e'lon qilinishi kerak.
Vatanimiz ulug'. Lekin baxtli emas. Vatan baxtli bo'lishi uchun xalq baxtli bo'lishi kerak.
@Fwriter

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Ikki kun oldin yozilishi kerak edi.

QVZ da Yangi yulduzlar 1-o'rinni oldi. Ular ketma-ket 3-yil finalda. Ular tajribali edi. Bizni "Bolalar" jamoasi 3-o'rin. O'tgan yili tarkib yangilandi. Ikkinchi yilda 3-o'rin. Yomon emas.

Eng qiziqarli fakt shuki: universiadadan tashqari Talabalarni birlashtiradigan va ularni raqobatlashtiradigan yagona musobaqa bu - QVZ. Bu musobaqa jami 3 bosqchdan iborat va bir yilda umumiy hisobda 100 dan ortiq jamoa qatnashdi. Bu degani O'zbekistondagi 104 universitetning barchasini qamrab ololgan. QVZ faoliyatiga omad.
@Fwriter

Kanalga qo'shilish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Saylovda baribir qatnashing. Keyinchalik "men saylaganman seni" deya olish uchun ham kerak. Men ham qatnashaman o'sha saylovda. Oldindan ayta olaman: saylovda Adolat partiyasiga ovoz beraman. Siz ham qatnashing. Qatnashmaslik o'ziga o'zi qilgan xiyonatdir.
@Fwriter

Kanalga qo'shiling👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik qalay bo'layapti?
Anonymous Poll
21%
Yaxshi
18%
Har doimgidan zo'r
62%
Bayramga o'xshamayapti
Nima uchun yangi yil haqida so'radim? Chunki oxirgi 3 - 4 yildan beri bayram tatimayapti. Avvallari yangi yil o'zgacha bayram bo'lardi. Yangi yilga 1 hafta yo 10 kunlar qolganida bayram shukuhi qishlog'imizni kezib yurardi. Ayniqsa, qor, ko'chadagi paqildoqlar ovozi, salyut va yana nimadirlar. Ehha, o'sha paytlar qor zo'r edi. Rasa chana uchardik. Hozir esa qorni uchqunini ham topib bo'lmaydi. Bir necha yildan beri yangi yil qorsiz, paqildoqsiz (va ko'p joyda gazsiz) o'tadi. Balkim, bu narsalar sababchimasdir. Balki, yosh o'tgan sayin bayramlar yoqmay qolar. Balki, umuman boshqa sabablar bordir. Sizningcha, sabab nima bo'lishi mumkin. Mabodo, taxminlariz bo'lsa, @ijtimoiynigohbot'ga yozing.
Freedom writers
Nima uchun yangi yil haqida so'radim? Chunki oxirgi 3 - 4 yildan beri bayram tatimayapti. Avvallari yangi yil o'zgacha bayram bo'lardi. Yangi yilga 1 hafta yo 10 kunlar qolganida bayram shukuhi qishlog'imizni kezib yurardi. Ayniqsa, qor, ko'chadagi paqildoqlar…
Kelgan izohlar:

1. - Bayram yaxshi kayfiyatda òtmasligiga asosiy sabablardan biri bu odamlar orasida mehr oqibat kòtarilganidir.
Albatta qor bu qishning kòrki.
Lekin paqildoqlar emas.


2. qorboboga iwonib paqildoq otib yuradigan yowdan otgansizda🤪

3. Ayno inson, pul yo‘q pul😂

Xullasi, shunaqa izohlar keldi. Pul masalasi rostan jiddiyroq😁.
Forwarded from Fikrim 📝| UYDA
Hamma odamlar harakat qilayapti, bozorlardan nimadir xarid qilib kòplab narsalarni uylariga tashlashayapti. Nimaga shuncha harakat, qandaydir bayramga harakatmikan deb òylanib yurdim, savolimga javobni uyga kelib televizorni yoqqanda bildim 4 kundan keyin Yangi yil kelayotgan ekan. Nahotki, Yangi yil kelayapti deb hayron qoldim òzimga òzim (Qorni aytmasa ham bòladi, òn yillardan beri qor qorasini ham kòrsatmayapti Yangi yil vaqtida). Bayram kelayotganga ham òxshamaydi. Oldinlari boshqacha kundayin, sehrli, nimadir sodir bòlishi kerak bòladigan, hamma orzular amalga oshadigan òzgacha kechadayin tuyilardi men uchun Yangi yil kechasi. Yangi yilligini televizorni yoqibgina his qilayapman faqatgina hamma elimiz suygan va suymagan san'arkorlar bayram nishonlashayapti, òtirishlarda yuribdi, baqir-chaqir, qiy-chuv. Televizorni òchirgan paytim esa hammayoq yana jim-jit. Bayram shukuhi xuddi televizorni òchirsam yòqolib qolgandayin. Ora-orada kòchadan paqildoqlarning ovozi keladi. Lekin yoshlikda baribir boshqacha edi, his-tuyģu, nimadir sodir bòlishini kutish hissi odamni yashashdan zavq hisini yanada zavqlantirar edi. Hozir esa har Yangi yil kelgan sari, mas'uliyat ortib borish hissi, hayotning biz bilmagan sir-asrorlarini kòrish, kelajakdagi ishlarimiz, orzularimizga harakat qilish, ularni amalga oshirish kerakligi haqidagi òylar yoshlikdagidan ancha farq qiladi, chunki yoshlikda faqat yeb-ichish, uxlab-turish, òz òyinimizni òynab, yoqtirgan multfilm, kinolarimizni kòrishdan boshqa bizning ishimiz ham bòlmaganligi hammamizga ayon. Aynan òsha vaqtda biz òynab-kulib yurganimizda ota-onamizning mushkulotlati-yu oģir mehnatlari, ish faoliyatlari bizni òylantirmagan ham. Endi esa òylashimiz va biz ham òx boshimizdan òtqazishimiz kerak ularni. Daryo tòlqinlari ulardan sekinlik bilan òtib bizning ham kemamizga shafqatsiz tarzda kelmoqda. Hayot qonuni...

Vaqt ham tez òtayapti juda.

Bir yil oldin òtgan yil edi. 😄

Hozir Yangi yil men uchun har doimgidek oddiy kun. Kòpchilik uchun esa yeb-ichish, tòysa ham nafsi tòymaganligidan tinmay kavshanish, televizordagi bòlar-bòlmas kòrsatuvlarni kòrish bòlishiga qaramay.

@fikrim_1
Aslida, kelayotgan yil u darajada yangimas. Har yili shunaqa yillar kelaveradi. Uni yanada yangiroq, oldingilaridan boshqacharoq qilish o'z qo'lizda. Kelayotgan yilni haqiqatda yangiroq qilishiz uchun Allohdan sizga kuch-quvvat, iroda va kuchli iymon tilayman.
@Fwriter
O'tgan 2019-yilda men uchun juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Avvalo men fikrlashni, iloji boricha tahlil qilishni o'rgandim. Kanal ochudim. Tanqid qildim. Universitetimiz kattalariga ortiqcha gapirib yubordim. Kanal yopildi. Menga ozgina yo'nalish yoki tushintirish berib kanalni rivojlantirishga yordam berishsa bo'lardi. Lekin boshqacha yo'l tutdi. Yoshlar ittifoqiyam yoshlarning emas "katta"larning tomonida bo'lishdi.

Qayta kanal ochdim. Ochiqlikka ishondim. Hozircha hech narsa deyishmadi. Kanal yuritish davomida fikrladim, tahlil qildim, o'zimni anglashga harakat qildim. Kanal orqli juda ko'p tanishlar ham orttirdim. Birinchi kanalim yopilganda @NurqulMinbari, @toshoyna_uz, @sarimsoqvoy @talabalaruuuu, @yaxshi_gapla va hozir yopilib ketgan kosmosda kanali (eslaganlarim shu) adminlari norozilik bildirib kanal glavnisini qora qilishgandi. Keyinchalik bir necha adminlar yaqin bo'lib "Qariyalar" mahallasini ochdik. Hozirgacha mahallamizda 15 ta kanal adminlari orasidan faqat Jamshid aka (@Nurqulminbari) bilan uchrashganman. Abduvoris (@toshoyna_uz) Toshkentga kelsayam bir og'iz aytmidi. Mahallamizda bittagina qizbola bor. Muqi opa (@parvozdagilar) shuncha o'g'il bola orasidagi haqiqiy mujik. Temurbek (@sarcasm_uzb) bilan Xusniddin (@sarimsoqvoy) gapga o'qigan. Bitta aqllimiz bor Kamoliddin degan (@nomsiz_nomalar). Kanal yuritib o'qishga kirmoqchi. U Abduvoris akasining jig'iga tegishni yoqtirsa kerak. Shohrux (@devona_gaplar) ham gapni oladi. Jahon aka (@hikoyachiuz) kamnamo. Ravshan (@bemanaviyat) ham kamnamo. U ham eski kanalini yopib yangittan yuritayapti. Humoyunning kanali (@ngi_uz) ilm fan bo'yicha O'zbek kanallari orasida birinchi o'rinda. Qoganlar ham bor. Kanal adminlaridan tashqari ba'zi yaqinlarim ham qo'llab turdi. Xullasi, meni shu paytgacha qo'llagan barchaga rahmat. Shu paytgacha men bilan bo'lgan kanal obunachilariga ham. Meni kimdir o'qiyaptimi, demak nimadir yozaman. Hali hammasi oldinda.
Xush kelibsan 2020
Welcome twenty twenty
Yangi yil bayramidan qogan narsalarni yeb yuribsizlarmi haliyam. Yoqimli ishtaha😁
Ba'zi o'qituvchilarni bilaman. O'z darsini kerak bo'lsa, tilini topib eshakka ham tushintirib, o'rgatib qo'yoladi. Ba'zi o'qituvchilar esa indamasang eshakka ham dars o'tib o'tiraveradi. Anaqa, bu ikkalasining farqi ancha katta.

@Fwriter
Siz mazza qilib yeydigan "Hot Dog"ning asl tarjimasi "issiq it" bo'ladi. Shunchaki, aytdim qo'ydim-da.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Titanik hayotiy voqealarga asoslangan kino. Aytmoqchi bo'lganim, fantastik kino emas. Bosh qahramon rolini o'ynagan Lyonardo Dikapryo kinoning oxirida suvga cho'kib ketadi. Titanikning ikkinchi qismida esa tirilarkan. Treylerda shuni ko'ramizki, U suvostidagi muzda tirik va yosh holda saqlangan. Qariyb 100 yildan keyin yosh holda uyg'onadi. Voqealar shu tarzda rivojlanar ekan. Bu ham fantastika emasdir. Balki, qaysidir fan qonunlariga to'g'ri kelar. 2020 yilda "Titanik 2" premiyerasini kutib qolamiz

Film treyleri quyidagi linkda👇
https://youtu.be/iphqRPaaeP8

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Forwarded from Bloknotim📝
#ENAvatsiya

To'ylar haqidagi qaror ham chiqdi. Yana ozginadan keyin bu qarorni ham pul berib o'zgartirsa bo'ladigan bo'ladi. Masalan to'yga cheklangandan 100 ta ko'proq odam chaqirish uchun davlatga 1.000.000 so'm pul to'lanadigan bo'ladi...)

@bloknotim'dan
Shuncha qizlar orasida o'qib qishloqqa borasan. Ko'chada bittayam qiz yo'q bo'ladi. G'alati bo'larkan. Ko'z o'rganib qolsa yomon ekanda😁.
@Fwriter

Kanal ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
​​Eron bilan AQSh o'rtasidagi har qanday holatdagi jangga qarshiman. "Eron yo'q bo:lib ketsa, yaxshidi", - deyotgan o'zbeklar, salgina o'ylab gapiring. Har qanday urush og'irligi oddiy fuqarolarning gardaniga tushadi. Urush ochganlar kursida o'tirib tomosha qiladi, xolos. Eron bizga judayam yaqin davlat. Erondagi har qanday yomonlikning havosi bizgacha osongina yetib keloladi.
Urushdan Allohning o'zi asrasin.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Assalomu alaykum qadrli obunachim!
Bugun Alloh taoloning bizga bergan in'omi, umrimizning yana bir kunini yashash uchun uyg'ondik. O'ziga shukur.
Lekin Allohning bergan ne'matiga noshukirlik qilayotgan, qadariga norozilik qilayotganlar ham yo'q emas. Bunga misol juda ko'p. Lekin bular orasida eng rasvosi, eng jirkanchi va eng mudhishini tanlab olib, e'tiborizga havola etmoqchiman.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Jasmin tras" degan inson qiyofadidagi shayton paydo bo'lganidan habariz bo'lsa kerak. Erkak bb tug'ilgan inson, oxiratini kuydirib transplantatsiya bilan jinsini ayol qilib o'zgartiribdi. Bizning eng katta shon-shuxratimiz MUSULMONLIGIMIZ emasmi? Naxot shunday jirkanch masalalarga indamay qarab tursak? Marhum Muhtaram birinchi prezidentimiz ISLOM KARIMOV bejizga aytmagan: "Do'stlaringizdan qo'rqmang nari borsa sizi sotadi. Dushlanlarizdan qo'rqmang nari borsa o'ldiradi sizni. Beparvo va loqayd odamlardan qo'rqing shular tufayli jamiyatimiz parokanda bo'ladi".
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, yoshlarimiz ongini buzyapti. Uni qo'llayotganlar qancha. Uni na erkak deb bo'ladi na ayol? Ovozi erkakcha, ehtiros yo'q ko'zida. Ne bo'lsa, bo'ldi endi bola tug'sa bas!!!
Biz Olamlar Sarvari bo'lgan MUHAMMAD (SAV) ning ummatlarimiz, hazrati inson ko'zimizni ochaylik qiyomatni battar yaqinlashtirmaylik.
Qaynotalar keliniga izhor aylar panalab,
Qaynonasin qariligin, yoqmasligin ta'nalab.
Kelin tinglar, izhor yoqib iya yana yanalab,
Dunyo seni chorlamoqda kelmaysanmi QIYOMAT?!

©Kanal a'zosi Ra'nodan kelgan xabar
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Tramp bayonot bilan chiqdi.

Allohga shukurki hozircha yaxshi xabarlar bor. Eron saharda AQSh bazasiga raketa tashlagandi. Tramp hozircha javob zarbasi yo'llanmasligini aytdi. ISHIDga qarshi kurashda Eron bilan hamkorlikka tayyor ekanini ham aytishgan. Umuman olganda, ayni paytda bu yaxshi xabar. Ikkala tomon ham bosiqlik bilan siyosat yuritgani ma'qul. Tarixdagi janglar oqibatini hamma biladi. Ko'r ko'rona yana qandaydir urushning yuz berishi esa ahmoqlik bo'lardi.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Yaqin Sharqda yana bir urush chiqishini AQSh ham, dunyo ham hozir ko'tara olmaydi.

AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
2025/07/12 15:42:07
Back to Top
HTML Embed Code: