Telegram Web Link
Diqqat #mahalla_time dan #tavsiya_time - eng saralari:

@Y_olam - yovvoyi tabiat haqida o'zbek tilida yuritalidagan ilk kanal.

@nomsiz_nomalar - ko‘nglimizdan ko‘nglingizga.

@Sarimsoqvoy - O‘sha gap "Piylus, Miynus".

@bemanaviyat - sharlatanlarsiz hayot maroqli.

@Toshoyna_uz - tanqid, tahlil, tavsiya.

@Devona_gaplar - Kayfiyatni 10000000 ga chiqaramiz)

@hikoyachiuz eng sara hikoyalar

@ngi_uz - Neft va Gaz sohasini tushunganlarnigina bu kanalga taklif etamiz
Voqealar rivoji davom etadi. Eron AQSh butun yaqin Sharqdan chiqmaguncha AQShning bazalariga yana raketa uchirishmoqchi. Aytishlaricha, Sulaymoniyning o'limiga munosib qasos bu - AQSh Yaqin Sharqdan butunlay chiqishi. Bundan tashqari Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonlar Ukraina samalyoti Eron tomonidan urib tushirilgan bo'lishi mumkinligini aytishdi. Ikkala davlat ham bunday ma'lumotlarga ega.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Forwarded from Freedom writers
Atrofga qarasangiz atrofingiz mo'jizalar bilan to'la. Masalan, tovuq Alloh degan yozuvli tuxum tug'ishini ba'zilar mo'jiza deyishadi. Aslida, shu tovuqning o'zi, uning mavjud ekanligi katta bir mo'jiza. Shunday mo'jizaviy dunyoda yashayotganiz uchun Allohga shukur deb qo'ying.

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, azizlar
Dunyoni suv bossa o'rdakka nima g'am. Talabalar haliyam umid qilayapti😁.
©Credits zamstudent
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Ba’zilar adabiy kitoblarni o‘qishni behuda vaqt o‘tkazishga mengzashibdi. Noto'g'ri gap bu.

Badiiy kitob inson saviyasini oshiradi, dunyoqarashini o‘zgartiradi. Tabiiyki, inson saviyasi oshsa, o‘zi sezmagan holda ham dunyosiga, ham uqbosiga foyda keltira boshlaydi. Axir, o‘sha saviyasidan hayotda, fikrlashda foydalanadi-ku, to‘g‘rimi?.
Fatvo kerak, deb turib oladiganlarga quyidagi gaplar:
Allohning Kalomi insonni tafakkurga chorlaydi, tafakkurning eng kuchli manbai esa, shu paytga dovur kitob bo‘lib kelgan. Qur’ondagi nasihatlar ham qissalar, voqealar va o‘xshatishlar bilan keladiki, aynan shu jihatni hisobga olib islom ulamolari musulmon adiblarga ro‘mon va to‘qima asarlar yozishga ruxsat berishgan.
Badiiy asarlar, shuningdek, hayotimizdagi qay bir kamchiliklarni to‘ldiradi. Yoshligidan diniy kitoblarga qo‘shib badiiy asarlar o‘qigan musulmon faqat diniy asarlar bilan sug‘orilgan musulmondan saviya jihatidan ancha farq qiladi, ishonavering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning zo‘r gaplari bor edi: "Musulmonlar qachondan zaiflasha boshlashgan, bilasizlarmi, qachonki ilmni ikkiga – dunyoviy va diniyga bo‘lish boshlanganidan!”
Ha, bu ilm yaxlit mahallar qishloqdan imom ham chiqqan, tabib ham. Go‘rkov ham, cho‘pon ham. Faroiz ilmi yo‘qolib ketmasligi uchun matematik ham yetishib chiqqan.
Ilm ikkiga ajramagan paytlari bir zamonning o‘zida Buxoriy va Xorazmiy, Farobiy va Farg‘oniy, Ibn Sino va Beruniy, Gʻaznaviy va Firdavsiy, Ulug‘bek va Navoiydek turfa yo‘nalishdagi olimlar, adiblar, ulug‘lar tarbiya topishgan.
Donishmandlardan biri aytadi: “Faqat dinni o‘rganuvchi kimsa mutaassib, faqat dunyoni o‘rgangan kimsa mug‘ombir, ikkisini teng o‘rgangan kishigina komil mo‘min bo‘lib yetishishi mumkin!”
Dinimiz ilmga buyurganida ham umumiy ILM lafzini ishlatgan. Shuning uchun dunyomizga foydasi tegadigan, insoniyatning taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmlarni o‘rganish o‘sha masalada qobiliyatli bo‘lganlarning farzidir.
Jahon adabiyotinigina mutolaa qilish bilan kifoyalanish to‘g‘rimas, deyilsa, nisbatan to‘g‘riroq bo‘ladi. Uni cheklashga urinish esa, g‘irt johillikdir.
©Xayrulla Hamidov
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Bitta qor yog'ganiga juda ko'pchilikning instagram istoriyalarida, feysbukda, telegram glavnilarida qorning yoki qor yog'ayotgan jarayonning rasmi yoki videolari to'lib ketdi. Xullas, bu ham muammo borligini ko'rsatadi. Iqlim o'zgarayapti. Bu yomon. Qor deyarli yo'q. Bu ham, aslida, yomon. Qishloq sharoitida (gaz yo'qlar uchun) esa yaxshi. Ekologiya partiyamiz yaxshiroq ishlashi kerak. Eko partiya AES qurilishini yoqlab turgandan keyin unga ishonch ham qolamasakan. Lekin bizlar optimistroq xalqmiz. Nimadir qilishini kutamiz. Shu kutayapti haliyam ko'pchilik. Saylovda bekorga ovoz yig'magandir. Hammaga qor muborak bo'lsin. Bu ham Allohning bir nemati.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#tabrik

Vatan yo'lida yoki Vatanga foyda keltiradigan har qamday insonni bugungi bayram bilan tabriklayman. Ko'cha tozalaydigan ayol-u erkaklar, arava tortib halol ishlaydigan-u katta bizneslarni halol yuritib yurtimizga foyda keltirayotgan, unga har qanday hissa qo'shayotgan insonlarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Faqat erkaklarnimas, har qanday insonni. Hammangizga Xudo yor bo'lsin.
@Fwriter

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
.
Video
Xitoydan kelgan tabrik. Hammasiga rahmat, tabrik uchun.
Forwarded from Sarimsoqvoy Uyingda o‘tir!
Propiska masalasi hal qilinishi uni Konstitutsiya moddalariga moslashtirish hali beri hal qilinadigan narsa emas. Ichki huquqbuzarliklarni oldini oluvchi organ hodimlari kelib kelib talabaga osilganiga , ustidan dalolatnoma yozganiga jahlingiz chiqadi. Hukumatni byudjet taqchilligi talabaning tirikchiligiga qolgan bo'lsa biz kimga ishonamiz?
U vaqtni qadrlash haqidagi kitobni o'qiyotib uxlab qoldi.
Tugadi.
- Ustingdan shikoyat tushdi, ko‘pxotinlikda ayblashyapti seni
- Tuhmat bu, kim yozibdi?
- Xotining
- Qaysi biri?!

😂😂
©
Forwarded from Freedom writers
- Dadasi, keling bu safar men o'rgatay.
- Yo'q. O'zim o'rgataman.
- Kattamizga ham siz o'rgatdiz. Bunisiga men o'rgata qolay.
- Hop. Bu safar o'zing o'rgata qol, onasi.
- Rahmat. Qani qizim boshla: "Alhamdulillahi robbil alamiyn..."

Havas qildizmi. Men ham havas qildim. Hammamizga shunday juft va oila nasib qilsin.
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin.
Forwarded from Private 6
#orangutan #qiziqarli #rasm

Бу она орангутан эмизикли она ва унинг чақалоғига яқинлашди ҳамда ярим соат у билан бирга яхши вақт ўтказишди. Иккаласи бошқа-бошқа турлардан бўлиши мумкин, аммо ўз болаларини боқиши уларни шу нуқтада бирлаштиради. Нима бўлгандаям иккласи ҳам она.
@Y_olam

Каналга уланиш👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFL_J4aNp8rik4VUPw
Juma tonggidan keladigan xar xil otkritkalardan bezorman. Hammasi bir qolipda, bir xil shablon narsalar....
Hozir lentada originali chiqib qoldi, shunisi ma’qul keldi 😊

***

Ukraina samolyotining halokatidan omon qolgan yagona kishi, bu Xoji abu Abbosdir.
Hoji abu Abbos safarga otlanar ekan, xotiniga dedi:

-- Men ertaga Ukrainaga Ukraina aviakompaniyasi samoletida uchib ketyapman. U yerdan senga biron narsa olib kelaymi?

Uning xotini dedi:

-- Men seni safardan sog‘-salomat qaytishingni Allohdan so‘rayman.

Samolyot ko‘tarildi. Raketa samoletni urib tushirdi. Yo‘lovchilarning hammalari halok bo‘lishdi...

Faqat Hoji abu Abbosgina tirik qoldi. U aviahalokat vaqtida o‘zining ikkinchi ayolining uyida uxlab yotgan edi.

Endi u uyiga qanday qaytish yo‘llarini o‘ylayotgan emish... :-)

© (T a r j i m a) (Qahramon Aslonovdan olindi)
@Fwriter

Kanalga qo'shilish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
So'zlar kelmas, til aylanmas
Qalbimizda shirin bir havas.
Ko'ngil butkul muhabbatga mast
Yor, uchrashganda nigohlarimiz
©qo'shiqdan
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Qishloqdaligimda (yangi yil bayrami arafasi) juma namoziga masjidga bordim. To'g'risi, o'z qishlog'imda birinchi marta namoz o'qish uchun masjidga bordim. Faqat Toshkentda masjidga chiqayotgandim. Toshkentda juda ko'pchilik keladi. Bizni kvartiraga yaqin ikkita masjid bor. Men boradigan masjidda juma kuni ko'cha yopiladi. Ko'chalar ham odamlarga to'lib ketadi. Qishlog'imizda esa kichikroq zal (oddiy uydagi xonalardan biroz katta xona) ham to'lmadi. Bu qishlog'imiz aholisiga nisbatan olganda juda kam. 5000 dan ortiq aholi bor. Masjiddagi odamlar soni esa 50 ta ham chiqmaydi. Bundan tashqari, yosh toifasi ham bor. Yoshlardan men va yana bitta bola bormiz. ikkalamiz ham universitet talabasimiz. Qolgani esa, asosan, yoshi katta kishilar va chollar. Toshkentda esa maktabda o'qiydigan yosh-yosh bolalardan tortib chollargacha turli yosh toifasidagi odamlar keladi. Bitta yo ikkitamas, anchagina ko'p. Yoshlarni bu sohaga jalb qilish uchun maktab darsligiga dinning boshlang'ich qismini qo'shish kerakdir. Zero, bu narsa hech qachon yomonlikka olib bormaydi. Iymon bilan katta bo'lgan farzandlar kelajakda pora, korrupsiya degan narsalarga aralashmaydi. Iymon bilan katta bo'lgan qizlar ijtimoiy tarmoqlarga har xil ochiq holda tushgan rasmlarini, videolarini qo'yishdan tiyiladi.
Yana bir muammo qishloqdagi masjidda sharoit yo'q. Isitish tizimi yo'q. To'g'ri, odamlar namzoni ko'chada ham o'qishadi. Lekin, bu soha yaxshiroq ishlashi uchun masjidda sharoitlar hozirgiga nisbatadan ozgina yaxshiroq bo'lishi kerak. U yerda ham ishlaydiganlar bor. Bunaqa sovuqda ishlab bo'lmaydi. Masjidning ichkarisi tashqaridan sovuqroq. Sababi quyosh nuri tushmaydi. Masjid esa betondan. Isitish tizimi yo'q. Endi tasavvur qiling. Masjidga kelganlar qalpog'i yechib namoz o'qisa, qulog'i muzlab qoladi. Kurtka yo choponini ham yechishmaydi. Ko'pchilik mahsida boradi. Oyog'i muzlamasligi uchun. Qishlog'imiz obod qishloq dasturiga kirgandi 2 yil oldin. O'shanda masjidni yaxshi ta'mirlamagan ekan. Hop bundan keyingi obod qishloqlarda esdan chiqmasin. Men faqatgini bizni qishloq bo'lgani uchun aytmadim. Barcha qishloqdagi masjidlarda, hech bo'lmasa, minimal darajada sharoitlar bo'lishi kerak.

Men bor narsani olib chiqdim. Muammoni hal qilish mening vakolatimda emas. Bu bilan shug'illanadiganlar bor. Men esa qo'ldan kelgancha taklif berolaman.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Vaqt o'tayotganini bilish uchun soat millariga qarash shart emas. Har bir nafasimiz vaqt ekanligini his qiling. Shuning o'zi yetadi.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#maddohlar

Uyizga kelgan tilanchi ham sizni maqtaydi. Nimadir olishdan mudgor bo'lib Vatanini yoki rahbarini maqtaganlar o'sha tilanchiga o'xshaydi.
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#tushunganga_balli #dialog

– Ha do'stim, oshiqmisan?
– Ha, oshiqman.
– Kim ekan? Ismi nima?
– 99 ta ismi bor. Qaysi birini aytay?❤️
©Facebookdan olindi
@Fwriter

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
2025/07/13 06:42:36
Back to Top
HTML Embed Code: