Telegram Web Link
Yoshlikda hammada bo'lgan bo'lsa kerak: maktabdan kelganizdan uyizdagilar "nechi baho olding?" deb so'rashgan. Lekin hech kim "bugun nima o'rganding?" demagan. Shuning uchunam biz baho uchun o'qiymiz. Nimani bilishimizni hech kimga qizig'i yo'q. Baho besh bo'sa bo'ldi.
©Mirshakar

@ijtimoiynigoh
(yuqoridagining mantiqiy davomi)

Mabodo dekaniz: "Ertaga davomat zo'r bo'lsin. Hamma formada bo'lsin" desa, demak, u ertaga besh olmoqchi. Chunki undan "bugun nechi olding?" deb so'ridiganlar bor...

@ijtimoiynigoh
Men ham nobel mukofotini bitta sohada emas, bir nechta sohada olganim yaxshiroq. Bitta sohani bilib qolib ketish sharmandalik😂

P.s. Bu futbolchi, aslida, oltin to'pga yaqinam kelmagan. O'zi jamoa almashtiraverib katta futbol sahnasidan chiqib ketgan. Payti kelsa, lyuboy sharoitda oltin to'p olishni xohlab qoladi. Shunchaki, tan olish yaxshiroq edi.

@ijtimoiynigoh
​​Bugun madhiyamiz qabul qilingan kun. Barchangizni tabriklayman. Quyida esa O'zbekiston SSR ning madhiyasi matni va musiqasi. Nima uchun hozirgi madhiyamizni bermayapman? Chunki hamma biladi hozirgisini. Bu madhiyadagi so'zlar orqali odamlarimizning ongi qay darajada boshqarilganini bilib olish mumkin. Mustaqillikning qadriga yetishimiz uchun Mustaqil bo'lmagam paytimizda ahvolimiz qanaqaligini bilib qo'yishimiz ham kerak. Bu narsa orqali Mustamlakalikka nafrat uyg'otishdir.

P.s. Yangi madhiyamizning musiqasi o'zgarmagan.


Assalomom, rus xalqi, buyuk og‘amiz,
Barhayot dohiymiz Lenin, jonajon!
Ozodlik yo‘lini Siz ko‘rsatdingiz,
Sovetlar yurtida o‘zbek topdi shon!

Naqorat:
Partiya rahnamo, jon O‘zbekiston,
Serquyosh o‘lkasan, obod, barkamol!
Tuprog‘ing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!

Serquyosh o‘lkada ko‘rmasdik ziyo,
Daryolar bo‘yida edik suvga zor.
Tong otdi, Inqilob, Lenin rahnamo,
Rahnamo Lenindan xalqlar minnatdor!

Naqorat:
Partiya rahnamo, jon O‘zbekiston,
Serquyosh o‘lkasan, obod, barkamol!
Tuprog‘ing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!

Kommunizm gulbog‘i mangu navbahor,
Toabad qardoshlik – do‘stlik barhayot!
Sovetlar bayrog‘i g‘olib, barqaror,
Bu bayroq nuridan porlar koinot!

Naqorat:
Partiya rahnamo, jon O‘zbekiston,
Serquyosh o‘lkasan, obod, barkamol!
Tuprog‘ing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!

Kanalga ulanish👉 @ijtimoiynigoh
Bunaqa suhbatlar ko'proq bo'lishi kerak, aslida. Balki kimdadir biror nimaga erishish uchun qandaydir kamchilik bordir. Siz ham keling. Suhbatdosh Shahribonu bo'lsa kerak. Yaxshi suhbatdosh. Bir piyola choy ustida suhbatlashasizlar.

To'liqroq ma'lumot @ShaxribonuUmirboyeva kanalida
Ba'zilar yangi yil kelgani sari g'imirlab qolishadi. Yangi yil bu xristianlarning bayrami deya tasvirlab buni xaromga chiqarishadi. Bu esa, menimcha, nato'g'ri:

1. Xristianlarning bayrami yangi yildan sal oldinroq o'tib ketadi. Adashmasam, 25-dekabr "Kristmas" bayrami. Yangi yil bayramidan ko'ra o'sha bayram kattaroq o'tadi ular uchun. Yangi yil 2-darajali bayram.

2. Bizda deyarli hech kim xristianlarning bayrami bo'lganligi uchun nishonlashmaydi. Bizda hamma ishlar milodiy kalendar bo'yicha hisob kitob qilinadi. Bitta yilning yakuni bo'lgani uchungina nishonlashadi. Yoki eshitganmisiz kimdir "Kristning tug'ilgan kunini nishonlayapmiz" deganini.

3. Bu bayram nimasi bilan yomon. Aynan shu bayramda eng ko'p isrofgarchilik bo'ladi. Biznikilar hamma narsada sarf-xarajatni imkoniyati darajasidan ortiqroq qiladi. To'y, mehmon, kutish, bayramlar va h.k.larda bularni ko'ramiz. Isrofgarchilik dinimizda qoralanadi. Shuni inobatga olib qo'ying.

@ijtimoiynigoh
SEVGIM HAQIDA IQROR

Yo‘q, biz sevishmadik,
Dardlashdik, xolos…
Dardlashish – sevishish degani emas.
Axir o‘ylab ko‘rgin, azim Toshkanga
O‘qigani keldik, sevgani emas.

Men senga “sevaman” desam, bu – yolg‘on,
Sening ishonganing – eng og‘ir xato.
Chunki sof sevgiga bog‘langan inson,
Sevaman deyolmas yoriga aslo.

Sen menga ishonma,
Ko‘nglim – xiyobon…
Har kun yurib o‘tar undan qanchasi.
Har kecha tinmagan daydi shamolday
Kezar unda ishqning singan parchasi.

Ha, biz sevishmadik,
Ishq ko‘chasidan
Dardkash telbalardek yurib o‘tdik jim.
Taqdirimiz qanday xotima topar?
Aytib berolmaydi hech bir munajjim.

Dardimni yukladim dardingga qo‘shib,
Qalbingdan bosh olib, darbadar ketdim.
Yozgan xatlarimni burdalab tashla!
Senga arzimayman – tushunib yetdim…

©Xurshid Abdurashid

@ijtimoiynigoh
Audio
Yuqoridagi she'rning qo'shiq varianti. She'r ham qo'shiq ham zo'r. Jonli aytilgan qo'shiqlar hamisha yoqqan menga.

@ijtimoiynigoh
“Qalbning qayerda joylashganini hech kim bilmasligi mumkin, lekin qalb og‘rig‘i qanday bo‘lishi hammaga ma’lum”.

©Po'lat Alemdar

@Fwriter
Kanalni nomini o'zgartirdim. Nega? Bir xillik jonga tegdi. "Ijtimoiy nigoh" nomi mavzu jihatdan cheklab qo'yayotgandi. Ijtimoiy hayotga oid nimadir yozmasam kanal nomiga mos bo'lmay qolardi.

"Freedom writer" ozod yozuvchi deb emas, "Ozodlik yozuvchisi" deya tarjima qilinadi. Lekin ozodlik bor ekan, istalgan mavzuda nimadir yozaman.

Nega aynan shu nom? "Freedom writers" nomli kino menga juda yoqadi. Shu kinoga taqlid qilgan holda ushbu nomni tanladim.

Nega unda aynan "Freedom writers" emas, "Freedom writer"? Chunki "writers" ko'plikda. Bu esa faqat men tomonimdan yuritiladigan shaxsiy blog.

@Fwriter
#dialog

- Men 2 yildan beri bitta kontraktda o'qiydigan qizni aldab yuribman. O'tgan yili u kontrakka o'qishga kiruvdi. Men har yil sentabrni boshida uning kontraktini to'lab qo'yaman. U ahmoq esa grand o'qiyman deb yuribdi.
- Shunda kim kimni aldab yuribdi?
- Men qizni aldab yuribman.
- Keyin o'sha qizga uylanasanmi?
- Yo'q. U aldab yurgan qizim-ku. Qanaqa qilib uylanaman unga
©qvz
@Fwriter

Bizga qo'shiling👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Ko'pchilik mantiqiy ma'noda aytishadi: "dunyoga ko'zoynagingni yechib qara. Ochki boshqacha ko'rsatadi". Dunyoning haqiqatini yaxshi ko'rolmaydiganlar balki ochki taqib qaragani ma'quldir. Axir, ko'zoynakni aksariyat kishi yaxshiroq ko'rish uchun taqishadi
@Fwriter

Bizga qo'shiling👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
1
Kichkina singlim bilan suhbat.

- Aka, uyga tezroq keling. Nima qilas e Toshkentda. Toshkentning nimasi yaxshi.
- Uyda gaz yo'q. Toshkentda gaz bor (hazillashdim men).
- Bizda o'tin pechka bor. Dadam yoqib beradi. Uy issiq bo'ladi.

Ichim bir shuv etdi...
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Nimaga kanal ochgansiz? Nima foydasi bor? - deb so'rab qolishadi ba'zan. O'zimam bilmasdim. Odnoklassnikidagi eski profilimni titkilab bilib oldim. Menda shu narsaga, ya'ni doimo nimadir yozishga qiziqish yoshligimdan (maktab davrimdan) bo'lgan. Kanaldan yoki o'sha odnoklassnikidagi yozgan narsalarimdan hali moddiy jihatdan foyda ko'rmadim. Hammada hobbiy bo'ladi. O'sha hobbiysini qilish orqali huzurlanadi. Meni ishlarimni ham, shunchaki, hobbiy deb atab qo'ya qolamiz.

Izoh: Mening ikkinchi ismim Muhammad. Lekin hujjatda Ma'ruf.
@Fwriter

Kanalga qo'shilish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Forwarded from 𝐉𝐀𝐍𝐎𝐁𝐋𝐀𝐑
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Opa, agar hokim tag'o bilan bitta xonada qolsangiz nafaqat so'ragan narsalaringiz, balki undan ko'prog'ini ham qanchalik "to'g'ri- noto'g'ri" ekanligini bilvolarmidiz...))

Masalanda😉...

#menfikrbidirdimxolos
Kanalga ulanish🆓⤵️
@Devona_gaplar
Bugun 2 ta zo'r o'yin bor:

Ulardan biri Kataloniyada bo'ladi. Butun dunyo kutdi. Ancha kutdi. Kataloniyaning mustaqillikka intilishi bu o'yinga bo'lgan munosabatlarni yanada oshirdi. Bu o'yin hamma kutgan el-klassiko – Barselona va Real Madrid qarama qarshiligidir.

Ikkinchi o'yinni ko'pchilik kutmagandir. Lekin haqiqatda qiziq bo'ladi. Bu o'yinni ko'rishiz el-klassikoni ko'rishizga halaqit qilmaydi. Bu o'yin bugun 18:00 da "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida boshlanadi. Bu final. Qvz finali. Bizning universitet jamoasi tarixda ilk bor finalga chiqdi, adashmasam. Ko'pchilik Yangi yulduzlar chempion bo'ladi deyapti. Lekin qolgan jamoalar ham shunchaki g'alabani topshirib qo'ymaydi.

Har ikkala o'yin ham qiziq. Agar ilojingiz bo'lsa, har ikkalasini ko'ring. Bittasi final. Bittasi chempionat uchrashuvi. Lekin finalga teng o'yin. Har ikkalasida ham chiroyli o'yin tarafdoriman
@Fwriter

Kanalga qo'shilish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#dialog

– Keldingmi, bolam? Namuncha kechga qop ketting, o'g'lim? Yuragim yorila yozdi-yu
– Obbo onajonimey, Nega unaqa deysiz? Har qancha kech bo'lsa ham, uyga kelaman-ku. Sizning yoningizga...
©Kinodan
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Avtobusdaman. Bir qiz og'zidagi sigaret bilan bitta joyga o'tirdi. Keyin sigaretni ushlab og'zidan oldi. Tutatadi deb o'ylovdim. Og'zidagi chupa-chups ekan🤦‍♂
@Fwriter

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 19:53:21
Back to Top
HTML Embed Code: