Telegram Web Link
Kodni telefonda rasmga tushirib, "ko'rib bering" deb tashlaydiganlarga yuboramiz!

Yozgan kodingizni mentoringizga ko'rsatmoqchi bo'lsangiz:

1. Shift + Windows + S tugmalarini bosganingizda, ekranni belgilab rasm qirqib olib ulashing.

2. loom.com saytini ishlating. Bu sayt sizga tezlik bilan video olish va uni oddiy link orqali, ulashish imkonini beradi.

3. scre.io saytini ishlating. Loom dan farqli o'laroq, bu chrome dasturi hisoblanadi va uni chrome brauzeringizga o'rnatishingiz kerak. O'rnatganingizdan keyin, videoni link orqali emas, yuklab olingan faylni ulashishingiz kerak bo'ladi.

Kanalga obuna bo'ling
Elbekning C# Darslari pinned «Kodni telefonda rasmga tushirib, "ko'rib bering" deb tashlaydiganlarga yuboramiz! Yozgan kodingizni mentoringizga ko'rsatmoqchi bo'lsangiz: 1. Shift + Windows + S tugmalarini bosganingizda, ekranni belgilab rasm qirqib olib ulashing. 2. loom.com saytini…»
.NET da microservice tuzishni xohlaysizmi?

C# asoslaridan xabaringiz bor, lekin ish beruvchilarga qiziqarli loyihalar qila olmayapsizmi?

Jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirmoqchimisiz?

Unda sizga 3 oy davom etadigan "Amaliy Loyiha Tuzish" o'quv kursi/stajirovkasini taqdim etamiz.

Har kuni jamoa a'zolari bilan birga kod yozaman. O'zim bilganlarim va tajribam bilan ulashaman.

Ushbu vaqt mobaynida siz:
- Tashqi API Integratsiya qilish
- Entity Framework yordamida ma'lumotlar ba'zasi bilan ishlash
- Event lar chiqarishni
- Xavsiz va xatolarga chidamli backend microservice yozishni o'rganasiz.

Bundan tashqari, haftalik va kunlik uchrashuvlarda siz Agile prinsiplari asosida ishlaydigan real ish joyi muhiti his qilasiz.

Texnik Bilim Talablar:
+ Ingliz Tili
+ C# asoslari
+ OOP asoslari

Texnik Bo'lmagan Ko'nikmalar:
+ Muomila madaniyati
+ Qattiq mehnat qilishga ishtiyoq
+ Bilimga chanqoqlik

Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lganlar: @ElbekDeveloper ga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'ling

P.S Murojaatda kimsiz, nimalarni/qayerdan o'rganganingiz va nega siz "Amaliy Loyiha Tuzish" kursi/stajirovkasiga qabul qilishinishingiz kerakligi haqida motivatsion xat yozib qoldiring.
Elbekning C# Darslari pinned «.NET da microservice tuzishni xohlaysizmi? C# asoslaridan xabaringiz bor, lekin ish beruvchilarga qiziqarli loyihalar qila olmayapsizmi? Jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirmoqchimisiz? Unda sizga 3 oy davom etadigan "Amaliy Loyiha Tuzish" o'quv…»
Jamoada eng aqlli bo'lsangiz va sizga hech kim u yoki bu narsa o'rgata olmasa, demak xato jamoadasiz.

(c) No'malum
Forwarded from MohirDev.uz
🤩 .NET bilan yaqindan tanishmoqchi bo'layotganlar uchun vebinar

Mohirdev foydali vebinar va suhbatlar tashkil qilishda davom etadi

Bu gal xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida ishlab kelayotgan Elbek Normurodov bilan NET (dotNET) haqida suhbatlashamiz

Vebinar mavzusi "Loyihalar misolida .NET bilan tanishuv" bo'lib, vebinar davomida .NET o'zi nima ekanligi, unga bo'lgan talab, o'rganish jarayoni ma'lumot beriladi va bir necha kichik loyihalar qilib ko'rsatiladi

📅 Vebinar bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi

👉 https://youtu.be/8p9YURNy2Ds

.NETni o'rganishga ikkilanayotganlar yoki unga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz

Telegram | Instagram | Youtube
Junior sifatiga qanday ish topish kerak?

Debug Podcast ning .NET ga bag'ishlangan sonida birodarimiz ajoyib javob beribtilar. Ko'rishni maslahat beraman.

Kanalga obuna bo'ling
Visual Studio da .NET ning rasman e'lon qilinmagan versiyasini ishlata olmaysiz!

Ammo, sozlamardan buni yoqib qoyish iloji bor. Aynan shu jarayonni videoga olib YouTube kanalimga joyladim.

Ushbu havola orqali videoga o'tib ko'rishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'ling.
"Dam olish uchun, hafta oxirini kutish shart emas. Har bir soniyadan maroq oling"

(c) Hassan Rezk Habib (Manba)

Kanalga obuna bo'ling
.NET 7 rasman e'lon qilingani tufayli open-source loyihalarida yangi ish ochildi. Endilikda loyihalarni .NET ning yangi versiyasiga ko'chirib profilingizni kuchaytirishingiz mumkin.

Open source loyihalar haqida batafsil: gitfyle.com

Kanalaga obuna bo'ling
PiorSoft pochtamga Amerikalik 11-sinf o'quvchisidan kelgan xatni sizlarga taqdim qilmoqchiman. Xatni o'qib ko'ring. Fikrlarimni keyingi postda ulashaman.

Kanalga obuna bo'ling
YouTube dan darslarimni yuklab olishga qiynalyapsizmi?

Yopiq telegram guruhimga qo'shiling va videolarni telegramda bemalol ko'ravering. Shunda internet trafigini asrab qolasiz...

Yopiq guruhga havola

Kanalga obuna bo'ling
Agar cache haqida o'rganmoqchi bo'lsingiz, quyidagi havolaga o'tib ko'rishingiz mumkin. O'zbek tilidagi ushbu maqola muallifi o'ta bilimli va serg'ayrat Ustoz Wahid Abduhakimov:

Redis Distributed Caching

Kanalga obuna bo'ling
O'zbekistonda Birinchi Microsoft MVP Bo'ldim!

Pochtamga Microsoft kompaniyasidan yuqoridagi email keldi. U yerda aytilishicha 2023-yilgi Microsoftning Eng Qimmatli Mutaxasissi unvoniga meni loyiq ko'rishibti.

Aslida bu nafaqat meni, balki menga mehnati singgan ota-onam, ustozlarim va yaqinlarim uchun e'tirofdir. Qolaversa, siz, ha sizning ham hissangiz ulkan. Chunki, bu postni o'qib turishingiz ham qilinayotgan ishlarga befarq emasligingizni bildiradi. Shuning uchun sizga rahmat!

Xo'sh, bundan sizga nima naf?
Endilikda yaratilayotgan kontentimning (maqolalar, video-darslar va hokazo) sifati va saviyasi o'sishi kutilmoqda. Chunki, Microsoft texnologiyalari bilan ishlash guruhi meni texnik ko'nikmalarimni xalqaro me'yorga javob beradigan darajada bo'lishini va sizlarga yetkazadigan ma'lumotlarim ularning ham nazoratidan o'tishini ta'minlaydi.

P.S Microsoft MVP nimaligini bilmasangiz, bu Microsoftga Xizmat Ko'rsatgan (Artist) Dasturchi degani...

Telegram | YouTube | Linkedin
Qanday Qilib Muvaffaqiyatli Dasturchi Bo’lish Mumkin?

Dasturlash sohasiga endi kirib keldingizmi?
Qanday qilib bu sohada muvaffaqiyatga erishish yo’llarini izlayapsizmi?

Sizga ushbu sohada ko’zlagan maqsadingizga erishishning 5 ta amaliy bosqichini aytib o’taman.

Bular:
1. Oliy Ta'lim
2. Sertifikatlar
3. Kitoblar
4. Bepul Ish Qurollari
5. Kodi Ochiq Loyihalar

Har bir bosqich haqida batafsil, ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz ushbu havola ustida bosing.

Telegram | YouTube | Linkedin
Sun'iy Intellekt Menga Kod Yozib Berdi. Meni Ishimni Olib Qoysachi?!

OpenAI kompaniyasi o'zining ChatGPT degan sun'iy intellekt dasturini ommaga taqdim qildi.
Buni sinab ko'rdim va HAYRATDA QOLDIM!

Havola orqali videoni ko'ring va fikringizni komentariyada qoldiring.

Telegram | YouTube | Linkedin
Ustoz bilan muvaffaqiyatni nishonlash o'zgacha...

Ustoz Hassan Habib bilan "MVP Bo'lishga Yo'l" mavzuda suhbat qildik.

Havola orqali o'tib videoni ko'rishingiz mumkin.

Telegram | YouTube | Linkedin
GitHub Platformasida Endi Fayl Menyusi Bor!

GitHub da endilikda loyiha fayllari bilan yanada samarali ishlash uchun navigatsiya menyusi qo'shildi. Bu degani loyihani ko'rish uchun uni yuklab olishga hojat yo'q!

Taarafo loyihasiga o'tib buni tekshirib ko'rishingiz mumkin!
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
GitHub da yozgan loyihalaringizni meros qoldirishingiz mumkin ekan!

Albatta, axir kod - bu pul degani. Sozlamalar bo'limiga o'tib, qimmatli kodingizni kimga qoldirishingizni belgilab qoying : )
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/28 07:29:25
Back to Top
HTML Embed Code: