Telegram Web Link
Birinchi Bo'l!

Dasturchi har doim texnologik yangiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Misol uchun, GitHub da o'ng tomondagi navigatsiyaning Preview Features degan bo'limiga o'tib chiqarilish arafasida turgan funksiyalarni yoqib qoyishingiz mumkin.
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
Copilot kerak emas!

Xa, qanchalik qiziqarli va foydali bo'lmasin, GitHub ning Sun'iy Intellekt asosida ishlaydigan Copilot (Yordamchi Uchuvchi) deb nomlangan texnologiyasi sizga kerak emas. Chunki, dasturlashni endi o'rganar ekansiz, nuqta-vergullar ( ; ) va shunga o'xshash fundamental sintaksisni yoddan bilishingiz kerak. Copilot esa sizni bu o'rganish jarayonida chalg'itadi xolos.

Shunday ekan, hoziroq sozlamarga o'tib buni o'chirib qoyishingizni maslahat beraman.
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
Hakaton - Muvaffaqiyat Sari Yo'l!

Ha, bunday musobaqalarda nafaqat bilim va tajriba orttirasiz, balki ko'plab dasturchilar bilan tanishasiz. Albatta, dasturlash musobalariga qatnashing.

Kelasi Shanba va Yakshanba kunlari Najot Ta'lim o'quv markazi va .NET Hamjamiyati tomonidan .NET bo'yicha hakaton tashkil qilinmoqda.

Telegram | YouTube | Linkedin
Hakatonchilar Diqqatiga!

Ushbu havola ustiga bosing. Musobaqadan keyin rahmat deysiz ; )

P.S Repository ga yulduz (⭐️) qoyishni unutmang!

Telegram | YouTube | Linkedin
Kitob O'g'irlashga Hojat Yo'q!

FreeComputerBooks platformasida siz kitoblarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Bu platformaning o’zgachaligi shundaki kitoblar muallifning ruxsati bilan tarqatiladi yoki nashriyotning bepul sahifasiga havola beriladi.

Telegram | YouTube | Linkedin
"Yoshligimda maktabda o'qish bilan muammolarim bor edi. Menga o'rgatilayotgan hech nima aniq ma'no kasb etayotmayotgan edi. Menga shunday tuyulardiki, maktabdagi barcha o'quvchilar ularga o'rgatilayotgan bilimni chindan idrok qilish, aslini so'roqga tutish va maqsadini aniqlashtirish o'rniga yodlash va imtihon davomida (chuqur fahmiga yetmay turib) aytib berish haqida qayg'urayotgandek edi..."

(c) Hassan R. Habib, Me'yor kitobidan iqtibos
#meyor

Telegram | YouTube | Linkedin
(c) Milan Milanovic

Telegram | YouTube | Linkedin
Talaba Bo'lsangiz Bu Imkoniyatni Uvol Qilmang!

GitHub talabalar uchun bir-qator servislarni bepul ishlatish imkoniyatini berishini bilar edingizmi? Ancha vaqt oldin, bu mavzuda video yuklagan edim. Hanuzgacha birodarlarimiz bundan manfaatdor bo'layotganlarini yozishadi.
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
Github ni Bilmasangiz Hali Dasturchi Emassiz!

GitHub siz yozgan kod ni saqlaydigan raqamli omborxonadir. Siz ham meni profilim kabi professional profil yaratishni istasangiz, YouTube kanalimda yuklangan video aynan siz uchun.
#github

Telegram | YouTube | Linkedin
"Yoshliginmda yaxshini yomondan, haqiqatni yolg'ondan va maqsadlini maqsadsizdan ajrata olish uchun sehrli formula kerakligini anglab yetdim.

Maktab davrimda turli nomlar bilan masxara qilishar edi. Lekin, men buni e'tiborga olmas edim, chunki qalbim, aqlim va vujudim butun koinot savollariga javob topish bilan band edi. Shunday qilib, dunyo ishlarini menga izohlab bera oladigan nazariya ustida izlanishni boshladim.

Ko'p yillik izlanishdan so'ng, menga o'xshagan oddiy inson uchun har qanday narsani oddiy tushuntira oladigan nazariyani o'ylab topdim. Uch-Xossalik Tabiati deb atadim"

(c) Hassan Habib, Me'yor kitobidan iqtibos
#meyor

Telegram | YouTube | Linkedin
"Javoblarni izlayotganingzda, qalbingiz va aqlingizni barcha imkoniyatlar uchun ochishingiz muhimdir. Hech qanday ijtimoiy yoki milliy tuzulmalar, sizni koinot haqiqatini izlashdagi salohiyatingizni chegaralashiga va javoblarni har qanday yerdan izlashdan to'xtatishiga yo'l qoymang."

(c) Hassan Habib, Me'yor kitobidan iqtibos
#meyor

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buvim Sizdan Tezroq Kod Yozadi!

Ushbu Visual Studio qisqa tugmalarini eslab qoling va samaradorligingizni 10 karra oshiring:

1. ALT tugmasi va sichqoncha chap tugmasini bosib, kursorni pastga tortsangiz, tepada ko'rsatilgandek bir necha qatorni tanlay olasiz.

2. CTRL + SHIFT + O'NG/CHAP tugmalari yordamida istalgan jumlani belgilang.

3. CTRL + U belgilangan harflarni kichik harfga o'giradi.

4. CTRL + C belgilangan jumlani ko'chirib oladi.

5. CTRL + V ko'chirilgan jumlani kiritadi.

(manba)
#vs

Telegram | YouTube | Linkedin
XXI asrda savodsiz inson faqat o'qish va yozishdan xabari yoq inson emas, balki o'rganishni, bilganidan voz kecha olishni va qayta o'rganishni bilmaydigan insondir.

(c) Alvin Toffler
U Bilmaydi, Bilmasligini Ham Bilmaydi!

ChatGPT ga murakkab savollar bergan edim, xato javoblarni qaytaryapti. Bu xato desam boshqa o'zgartirilgan javob qaytarishda davom etdi. "Menda bor ma'lumotlar yetarli bo'lmasa, shunday bo'lishi mumkin", - deb o'zini oqlayapti. Sun'iy Intellekt dasturlari "Bilmayman" degan javob borligini o'rgatishimiz kerak. Aks holda, bu dasturlarga ishonib borayotgan ko'plab soha vakillari, sun'iy intellektdan bilmaganimni o'rgandim deb boshi berk ko'chaga o'zlarini urishlarin mumkin.
#ai

Telegram | YouTube | Linkedin
Dunyo bo'ylab ko'plab dasturlar muvaffaqiyatga erisha olmasligining asosiy sababi - maqsad qo'yish jarayonida ma'lum muammoga yechim berishning e'tibordan chetda qolganligidir.

(c) Hassan Habib, Me'yor Kitobidan Iqtibos

P.S Loyihalarda maqsad qoyish haqidagi bo'limni o'qish uchun, usbu havola ustiga bosing.
#meyor

Telegram | YouTube | Linkedin
Jasurbek Yusufov

Amaliy kursimizning ilk o'quvchilaridan. Yaqinda ko'p yillik tajribaga ega Christo du Toit birodarimizning LinkedIn sahifalariga iliq fikrlarini yozib qoldiribtilar. Katta dasturchining nazariga tushish va uning boshqa kompaniyalarga sizni tavsiya qilishi ishga kirish jarayonida juda qo'l keladi. Albatta, tavsiyanoma olish uchun qattiq mehnat qilish kerak va shu ishni uddalay olganingiz bilan sizni tabriklayman Jasurbek!

P.S. Amaliy kursimiz uchun qabul hozirda jamoamizda ishlayotgan o'quvchilar o'z ishlarini topib ketishlari bilan ochiladi.
#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
C# da Modellar va Ularning Turlari (I qism)

Modellar muammoni va (uning yechimini) ifoda qilishda asosiy o'rin egallaydi. Modellar 3 ta asosiy kategoriyaga bo'linadi: Ma'lumot Tashuvchilar, Amaliyot Bajaruvchilar va Sozlamalar Tashuvchilar.

Ma'lumot Tashuvchilar

Ma'lumot tashuvchilarning asosiy vazifasi sistemaning turli nuqtalariga ma'lumotni yetkazib turish. Ular tashuvchi ma'lumotining turiga qarab farqlanishi mumkin. Ba'zi ma'lumot tashuvchilar murakkab sistemani namoyish qilish uchun boshqa modellarni ham o'zida saqlashi mumkin. Boshqalari esa asl ma'lumot tashuvchilarga ko'rsatgichlar (kalitlar)nigina saqlashi mumkin.

Ma'lumot tashuvchi modellar uzviy bog'liq (relatsional - SQL strukturasiga asoslangan) ma'lumotlar ombori holatida 3 ga bo'lish mumkin. Shu yosinda muhandislik, loyihalashtirish va ishlab chiqish jarayonlarida qilinishi kerak bo'lgan vazifalarni afzalligi bo'yicha ketma-ketligini aniqlashtirishimiz mumkin. Misol uchun, asosiy model chetda qolib, 2-darajadagi/yordam beruvchi modellarni yarata olmaymiz. Keling har bir ma'lumot tashuvchi model turi haqida batafsil gaplashib o'tsak.

Asosiy Modellar

Asosiy modellar har bir sistemaning ustunidir. Hech qanday sistemani asosiy modellarni aniqlashtirmasdan va qoralama qilmasdan loyihalash va ishlab chiqish bosqichiga o'tib bo'lmaydi. Misol uchun, maktab ishlarini boshqarish sistemasini tuzayotgan bo'lsak, O'quvchi (Talaba) yoki Fan kabi modellar asosiy model hisoblanadi.

Asosiy modellar (relatsional - SQL ga asoslangan sxemada) boshqa mavjud modellarga bog'liq bo'lmaydi. Boshqa modellardan mustaqil bo'lgani uchun ular asosiy model deb ataladi. Yanada soddaroq tushuntiradigan bo'lsam, maktab sistemasida Talaba modeli O'qituvchi modeliga bog'liq bo'lmagan holda ishlaydi. Bu majburiy bo'lmagan bog'liqlik deyiladi.

Lekin asosiy modellar ham mantiqan boshqa modellarga bog'liq bo'lishi mumkin. Misol uchun, Talaba modeli O'qituvchi modeliga mantiqan bog'liq, chunki O'qituvchisiz talaba bo'lishi mumkin emas. Bundan tashqari, Talaba modeli o'zining va uning yonidagi servislarga g'oyaviy bog'liq bo'lishi mumkin. Misol uchun, biznes g'oyani amalga oshirish uchun talaba modeli xabar berish modeli bilan birga ishlashi kerak bo'lishi mumkin. Ya'ni har qanday talaba xabarlar orqali vazifalar, darslar va tadbirlar haqida ushbu bo'limdan foydalanadi.

(c) Hassan Habib, Me'yor Kitobidan tarjima
#meyor #csharp

Telegram | YouTube | Linkedin
C# da Modellar va Ularning Turlari (II qism)

Ma'lumot Tashuvchi:
* Asosiy Modellar
* Ikkinchi Darajali Modellar.

Ikkinchi darajali modellar asosiy modellarga bog'liq bo'ladi. Uzviy bog'liq (relatsional - SQL strukturasiga asoslangan) ma'lumotlar omborida, ular odatda umumiy sxemada boshqa modelga kalit orqali bog'lanadi. Lekin, hattoki, uzviy bog'liq bo'lmagan (relatsional bo'lmagan - SQL ga asoslanmagan) ma'lumot saqlash sistemalarida ham ikkinchi darajali modellar ma'lum model ichidagi model yoki majburiy bo'lmagan kalit orqali ulangan model ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Keling ba'zi misollar keltirib o'tamiz. Ijtimoiy tarmoq platformasida Sharh modelini Post modelisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mavjud bo'lmagan narsa haqida sharh yozib qoldirolmaysiz. Uzviy bog'liq ma'lumotlar omborida, Sharh modeli rasmdagidek ko'rinishda bo'lishi mumkin:

Yuqoridagi misolga ko'ra, ikkinchi darajali model (Sharh) Post modelidagi Id kalitini o'zida saqlaydi. Uzviy bog'liq bo'lmagan (relatsional bo'lmagan) sistemalarda, ikkinchi darajali modellar ichki obyekt ko'rinishda ko'zga tashlanadi.

{
"id": "some-id",
"tarkib": "some post",
"sharhlar": [
{
"id": "comment-id",
"tarkib": "some comment"
}
]
}

Ikkinchi darajali modellar umuman olganda ular yashayotgan, qo'shni bo'lgan yoki tashqi sistemalardagi modellar bilan mantiqiy va tasavvuriy bog'lanishlari bo'lishi mumkin. Lekin, ularning bunday bog'lanishga ega bo'lishlari ehtimoli Asosiy modellarga nisbatan juda past.

(c) Hassan Habib, Me'yor Kitobidan tarjima
#meyor #csharp

Telegram | YouTube | Linkedin
C# da Modellar va Ularning Turlari (III qism)

Ma'lumot Tashuvchi:
* Asosiy Modellar
* Ikkinchi Darajali Modellar
* Bog'lanish Modellar

Bog'lanish modellari ikki asosiy modellar bog'lovchisi hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi ikki model orasidagi murakkab tarkibli (many-to-many) munosabatni
ifodalaydi. Misol uchun, Talabaning bir nechta O'qituvchisi bo'lishi mumkin va O'qituvchining bir nechata Talabasi. Bu munosabatni ifoda etadigan alohida jadval yaratishimiz kerak.

Bog'lanish modellarida hech qanday ma'lumot saqlash ko'zda tutilmagan. Boshqa-boshqa modellarning kalitini saqlaydi va bu uning kaliti hisoblanadi. Bu birlashgan kalit ikki yoki undan ko'p tashqi kalitlardan tashkil topadi. Tapadagi misolga e'tiboringizni qarating.

(c) Hassan Habib, Me'yor Kitobidan tarjima
#meyor #csharp

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/28 05:28:23
Back to Top
HTML Embed Code: