Telegram Web Link
Ijtimoiy tarmoqlardagi profil rasmingiz birinchi ta'surot qoldirishda muhim ahamiyatga ega.
Me'yor Kirish
Elbek
"Me'yor" - chinakam mustahkam tizimlarga erishishimiz uchun dizayn va ishlanmalarimizni boyitishda davom etuvchi SOLID tamoyillari va boshqa ko'plab amaliyot va namunalarning men tomonimdan taqdim etilayotgan talqinidir.

(c) Hassan Habib

#meyor_podcast
Mashhurlik 2 xil yo'l bilan erishiladi:
Biri odamlarga boyligi, husni va shunga o'xshash inson nafsini qitiqlaydigan ne'matlarini ko'z-ko'z qilish orqali.
Ikkinchisi esa mehr, yemak va bilim ulashish orqali.
Bu yerda 20,000 tomoshabin bor.

YouTube kanalimga qoyilgan birinchi video aynan shuncha kishi tomonidan tomosha qilinibti.

Bizni qo'llab quvvatlab kelayotgan barcha birodarlarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiraman.
Tarjima ishlari bilan shugullanayotgan birodarlarimiz diqqatiga!
Video-darslik yozishda ba'zi tushunchalar va mavzularga ataylab urg'u bermay yuzaki o'tib ketaman. Bu o'rganuvchi uchun o'z ustida ishlash va o'sha mavzu ustida chuqurroq tadqiqot olib borishi uchun joy qoldiradi. Bu esa sohamizda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan o'z ustida ishlash va izlanish ko'nikmalarini rivojlantirishiga ishonaman.
"Open-source" loyihalarga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz loyiha qoidalariga amal qilishingiz kerak.

Bulardan biri kodni formatini chiroyli bo'lishi. Ushbu videoda qanday qilib Visual Studio da bo'sh kataklarni ko'rinadigan qilishni o'rgatganman.
Video: https://youtu.be/D0it6N-GxtA

Zero, chiroyli bo'lmagan kod - xato kod (Hassan Habib).
288 ming O‘zbekistonliklar LinkedIn’da, 51,6 ming kishi Twitter, ~3.7 million Facebook va Instagram’dan foydalanadi.

Agar Twitter "trash", hazil va ateistik mavzularga yaqin, Facebook "g'iybat"xona, Instagram shov-shuv va o'zini ko'rsatish joyiga aylangan bo'lsa, Linkedin sifatli kontent va aqlli tarmoqqa aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

"Community" uchun 288 ming yomon raqam emas. Do'stlarimizni taklif qilamiz, professional jihatdan kuchliroq bo'lamiz, sifatli kontentni iste'mol qilamiz. Davom etamiz.

(c) Rustam Rahmatov, Iman Invest Asoschisi
Manba
Orzuyingizni unutish uchun qancha maosh olyapsiz?

(c) No'malum
Katta g'ayrat bilan, jonini jabborga berib ishlaydiganlar tanqidga toqat qilolmaydi. Ayniqsa, atrofdagilarning zakovati ōzinikidan ancha past bōlsa.

(c) B. Enishehirli ōğli.
Microsoft kompaniyasining Most Valuable Professional (MVP) degan sovrini bor. Lekin, O'zbekiston bo'yicha hali hech kim bu unvonga erishmagan ekan.

.NET chilar bu haqda bilishlari va intilishlari lozim deb hisoblayman.
O'rganmoqchi bo'lgan inson uchun hech qanday bahona qolmadi. Mohirdev va YouTube platformalarining o'zida minglab soatlik O'zbek tilidagi o'quv qo'llanmalari mavjud.

Bu ilmni o'rganib, avvalo o'zingiz va atrofdagilarni hayotini ijobiy tomonga o'zgartirish uchun nima to'sqinlik qilyapti?
0. Dasturlashni o'rganish
1. Biror korxonada ishlab, moliyaviy o'z o'zini ta'minlay olish
2. Biror korxonada ishlash davomida, shaxsiy loyihasi ustida ishlash
3. Shaxsiy loyihasidan pul topish
4. Shaxsiy loyiha orqali boshqalarni ishga olish va tajribasi bilan ulashish.

O'ylashimcha, mustaqillik va moliyaviy erkinlik istaydigan dasturchilar aynan shu yoki shunga o'xshash yo'ldan o'tishadi.
News about StackOverflow!

There are coders and students across the world who can benefit from the enormous amount of knowledge our community has shared, but don't always have internet access to reach our platform online.

We're working with a great non-profit, Kiwix offline, to ensure those folks can tap into this virtual encyclopedia without an internet connection, that the data remains up-to-date, and that it's easy to read and search.

Overflow Offline is already being used by great organizations like Code4000, Bard Prison Initiative, Unlocked Labs, and The Last Mile to provide a resource to students learning in prisons where internet is not available.

Overflow Offline has also been used by scientific researchers like the folks at Icecube labs, who are studying neutrinos at the South Pole, and have spotty internet most of the year.

It's also being utilized by folks like Eduair, who provide an offline version of Stack Overflow to help students who don't have affordable access to internet at school or at home.

(c) B. Popper, Senior Director of Content at StackOverflow

Source
Visual Studio da Ctrl va , (vergul) tugmalarini bir vaqtda bosib ko'rganmisiz?

Bu tugmalar kombinatsiyasi sizni bir fayldan boshqa faylga o'tish jarayoningizni 10 karra tezlashtiradi.

Men qanday qilib Visual Studio ni sozlaganim va bu tugmalardan mohirlik bilan foydalanishimni ko'rmoqchi bo'lsangiz ushbu videoni ko'ring:
Visual Studio da Fayldan Faylga Tez O'tishning 2 Usuli. Visual Studio Mohirlik Darslari - 2.

Kanalga obuna bo'ling.
Visual Studio da F12 va Ctrl + F12 tugmalaridan qanchalik mohirlik bilan foydalanasiz?

Bu tugmalar class larni tezlik bilan ochishingizga imkon beradi.

P.S. Agar men bulardan qanday foydalanishimni ko'rmoqchi bo'lsangiz, YouTube kanalimga yuklagan videoni ko'rshni tavsiya qilaman.
Videoga Havola

Kanalga obuna bo'ling
Visual Studio da 2 ta ishlab turgan loyihani qanday qilib ulashni bilasizmi?

Microsoft ning DMX loyihasi va Xeption loyihasini bir biriga ulash jarayonini videoga oldim va YouTube kanalimga joyladim. O'ylaymanki, bu sizga qiziq bo'ladi va Visual Studio bilan ishlash mahoratingizni oshiradi.

Videoga Havola: https://youtu.be/tSxFBBA0T30

Kanalga obuna bo'ling
Dasturchi oyligi aks etgan rasm...

Kanalga obuna bo'ling
You are awake - you are at work

(c) Andrew Tate
2024/09/28 05:20:41
Back to Top
HTML Embed Code: