Telegram Web Link
Live stream started
Live stream finished (29 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«pullik obuna» kanali bo’yicha savollarga javoblar
Yopiq kanal bo’yicha bildirilgan fikr va mulohazalar barchasini o’qib chiqdim. Hammaga rahmat.

Kanal pullik obuna asosida. 10$/bir oyga.

Nega content pullik? Shunda bilim qadrliroq bo’ladi. Bilimga investitsiya qilishni o’rganishimiz zarur. Qolaversa, kanal yuritish vaqt va energiya talab etadi.

Talabalar uchun oftalmologiya kursi ham shu kanalda bo’ladi. Davomiyligi 12 ta videodars.

Yana boshqa qanday content bo’lishi haqida yuqorida yozdim.

Content haftasiga 2 marta qo’yib boriladi.

Bir oyda ikki marta jonli efirda savol-javob bo’ladi.

Boshlanishi 1-mart 2024.

Kanalga ulanish va to’lov haqida keyinroq ma’lumot beraman.

Maqsadim community (hamfikrlar) yig’ish va birgalikda rivojlanish.
Bitta qizim bor, 6 yosh. Bugun ikkimiz Magic cityga bordik.

Bir voqea bo’ldi.

Rang-barang atraksionlar. Uchdik maza qilib.

Tabiat qonuni, qizimda birinchisiga ehtiyoj sezildi. Hojatxona tomon qarab yurdik.

Har doimgi dilemmaga duch keldik. U aqlini tanib qolgan yoshda hozir. Men ayollar hojatxonasiga kirsam dod-voy bo’ladi :)

Bu muammoni biz Yevropa tomonlarda odatda nogironlar uchun ajratilgan hojatxonadan foydalanib hal qilamiz. Chunki unga odatda bir vaqtda bir kishi kiradi. Ichkaridan qulflash mumkin. Ayollar yoki erkaklarniki umumiy bo’ladi. Haligi qator qilib gaplashib turish uchun o’rnatilgan pisuarlar (siyong’ichlar) degandek…

WC ni topib bordik. Farrosh ayol hojatxonalarni ishlamayotganini aytdi. Na erkaklarniki, na ayollarniki. Shunda men nogironlar uchun hojatxonani ko’rsatib shundan foydalanaylik desam: ”bu hojatxona emas, texnik xona, ikkinchi etajga chiqing” degan javob oldim. Hayron bo’ldim, aravacha rasmi bor edi eshikda. Nima ham derdim. Tepaga yugurdik.

Shoshilib ikkinchi qavatga chiqdik. Nogironlar uchun hojatxona ochiq ekan. Ammo rostdan ham texnik xona ekan u. Turli asbob-uskunalar, changyutgich va hokazolar bor. Unitaz ham bor ekan, ammo unga kirishga ikkilandik rosti.

Nailoj, teskari qarab tur qizim deb erkaklar hojatxonasiga olib kirdim. Kirmayman deb bir pas harxasha qildi. Tabiat qonuni ustun, rozi bo’ldi oxiri. Bir yigit bor edi ichkarida, vaziyatni tushundi va tez chiqib ketdi. Baraka topsin.

Odam ko’p emas edi. Ehtiyojimiz ham katta emas edi. Tez chiqdik.

Aslida barcha muammo menda. Men ahmoq qizimga qo’shib onasini ham olib kelishim kerak edi o’zi.

Magic Citydek joylarga nogironlar kelmagani uchun ular hojatxonasini texnik xonaga aylantirishgandir balki.

Lekin mendek ahmoq otalar uchun ochiq bo’lsa zo’r bo’lar edi.

Bek Olimjon
21.02.2024
Toshkent
Assalomu alaykum azizlar!

Bugundan pullik obuna guruhiga qo’shilish imkoniyati bor. Guruh 01.03.2024 dan o’z ishini boshlaydi.

Qo’shilish uchun

UzCard: 8600 4904 9509 4310
Shukurjon Abdullaev

karta raqamiga 10$ (125 000 so’m) miqdorida pul o’tkazing
va to’lov qilingani haqidagi ma’lumotni (screenshot) @Shukur_Adxamovich ga o’z telegram profilingizdan yuboring. Ana shu profil qo’shiladi. Agar boshqa profilni qo’shmoqchi bo’lsangiz bu haqida aniq bilishimiz zarur. Guruhga qo’shilishingiz uchun sizga bir martalik link yuboriladi.

Bu pullik obuna xizmatini yetkazib berish ortida faqat 2 kishimiz xolos. Ya’ni men va Shukurjon. Boshqa odam yo’q.

Shukurjon mening sinfdoshim, do’stim. U kishi bu pullik obuna xizmatini tashkiliy ishlariga javob beradi. Men esa contentga.

Sizlar yuborgan to’lov ma’lumotlarini birma-bir tekshirib chiqamiz. Shuning uchun 1-2 kun vaqt berishingizni so’raymiz. Guruh 1-martdan ishga tushadi.

To’lov oy birinchi sanasidan ohirgi sanasigacha. Oy yakunlanishiga 3 kun qolganda to’lov qilish kerak ekanligi eslatiladi.

Yangi oy uchun to’lov qilmaganlar guruhdan chiqariladi.

Guruhga yangi qo’shilganlarda avvalgi postlarni ko’rish imkoni bo’lmaydi.

Oy o’rtasidan qo’shilmoqchi bo’lgan odam o’sha oy uchun to’lov qiladi (1-2 hafta qolgan bo’lsa ham).

Buyurtma postlar qabul qilinmaydi. Men foydali deb o’ylagan postlar qo’yiladi. Va’da qilingan talabalar uchun oftalmologiya kursi ham shu guruhda berib boriladi.

Jonli efirda savol-javob, pomodoro usulida birga dars qilish (stream) tashkil etamiz.

Bu guruh maqsadi va strukturasi oxirgi postlarda yoritilgan edi. Shunday bo’lsada savollaringiz bo’lsa shu post izohiga yozishingiz mumkin. Imkon qadar javob beramiz.

Chet eldagi obunachilar Paysend orqali yuqoridagi bank kartaga pul o’tkazishlari mumkin.

Bek Olimjon
27.02.24
Andijon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obuna kanal bo’yicha update, ayrim savollarga javoblar…
Toshkentdan taassurotlar

Ertaga 2 haftalik safardan so’ng Norvegiyaga qaytib ketaman.

Oxirgi marta Toshkentda bundan 2 yil avval qisqa muddat bo’lgan edim. U payt Yevropada moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan band bo’lganim sabab bu yerdagi iqtisodiy vaziyatga e’tibor bermagan edim.

Men chet elda istiqomat qiluvchi inson o’laroq vatandagi oxirgi taassurotlar bilan yashayman. Eng oxirgi taassurotlarim 2022 yildan edi. Shu sabab har safar qaytganimda o’zgarishlar yaqqol seziladi. Vatan ichidagilarga esa o’zgarishlar u qadar sezilmaydi. Bu huddi iPhone 13 va 14 orasida farq deyarli yo’qdek, ammo iPhone 5 va 14 orasidagi farq juda katta bo’lgani kabi.

Asosiy ijobiy o’zgarishlar bu iqtisodiy o’sishda va insonlar hayot sifatida sezilmoqda.

- Odamlar sotib olish qobiliyati yaxshigina oshgandek

- Demografiya o’sishi va ichki migratsiya hisobiga uy-joyga ehtiyoj oshmoqda va buni qurilishlar ko’pligidan sezish mumkin

- Elektr avtomobillar ko’paygan va ular narhi pastlab bormoqda ekan. Bu juda yaxshi yangilik. Va nihoyat sifatsiz mashinalar minib yurganimizni tushunish imkoniyati paydo bo’ladi

- Kofexonalar yaxshigina ko’paygan. Bu insonlarni ko’proq sayohat qilayotgani ko’rsatkichlaridan biri

- Biznes uchun juda yaxshi imkoniyatlar bordek. Sababi avvallari biznesdan uzoq bo’lgan bir nechta tanishlarim biznesda yaxshi natijalarga erishganini ko’rdim. Ularda alohida biznesmenlik qoni mavjud emas

- Xususiy ta’lim sohasida yaxshigina ijobiy o’zgarishlar sezdim

- Kichik biznes borasida biz Yevropada orzu qiladigan darajadagi ijobiy imkoniyatlar mavjud. Bular asosan soliqlarga tegishli

- Biznes borasida qonunlar ishlashida, soliq tizimida ijobiy o’zgarishlar mavjud. Chet ellarda karyera va biznes qilgan 3-4 ta tanishlarim qaytish harakatini boshlaganini aytishdi

- Raqamlashtirish yo’lga qo’yilgan. Markazlashgan ma’lumotlar bazasi ko’p qiyinchiliklarga yechim bo’lgan

- Jamiyat o’rta qatlamida iqtisodiy o’sish bor. Buni ular iste’mol qilayotgan ovqatidan, mashinasidan, bolasini xususiy maktabga yuborayotganidan, uyida qog’oz sochiq ishlatayotganidan va shu kabi bir qator omillar orqali ko’rish mumkin

Fikrimcha jamiyatdagi har qanday o’sish ayrim insonlarning rivojlanishga bo’lgan hohish-ishtiyoqlari va harakati tufayli bo’ladi. Ular bizneslarni oldinga olib chiqishadi. Muhimi ularga ta’qiqlar qo’yilmasligi, erkin bozor mavjud bo’lishi. Ana shunday insonlar qolgan asosiy qatlamni rivojlanishiga sabab bo’ladi, ularga ish o’rinlari yaratadi va umumiy rivojlanishga sabab bo’ladi. Bunday insonlarni jamiyat asrashi zarur.

Balki erkin bozor haqida gapirishga hali ertadir. Ich-ichimdan umid qilamanki men ko’rgan iqtisodiy o’sish tashqi qarz hisobiga emas.

Agar sizda kapital bo’lsa hozir investitsiya qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Agar sizda investitsiya uchun yetarli kapital bo’lmasa o’zingiz uchun investitsiya qilish ayni vaqti.

Ko’pchiligimizda puldan ko’ra muhimroq kapital bor. U vaqt. Vaqtni kapitalga aylantirish mumkin. U bilim olish orqali bo’ladi.

Bu esa vaziyatdan nolishni to’xtatib, bor imkoniyatdan foydalanishdan boshlanadi.

Bek Olimjon
28.02.2024
Toshkent
Xususiy ta’lim, repititor va zerikish

O’zbekistondagi safar davomida bir fenomen e’tiborimni tortdi. Ko’plab do’stlarim o’z bolalari ta’limiga juda katta e’tibor berishmoqda. Xususiy bog’cha va maktablarga bergan. Qo’shimcha ”repititor” kurslarga bergan, matem, ingliz tiliga e’tibor juda katta. Bir tomondan bu juda yaxshidek. Ta’limga e’tibor bo’layotgani bu juda ijobiy. Bu xususiy ta’limni rivojlantiradi. Raqobatni oshiradi. Ta’lim borasida muammoim yo’q, ammo do’stlarimni farzandlari ta’limiga bo’lgan yondashuvi qanchalik to’g’ri ekanligiga ishonchim komil emas. 8-15 yoshli bolalarni kunini shu darajada turli fan to’garaklaru-kurslar bilan to’ldirib tashlashgan. Kimdir farzandini shifokor qilmoqchi, kimdir dasturchi.

Ko’plab shifokor do’stlarimiz bilan gaplashdim. Ochig’i aksariyati moliyaviy holatidan noliydigan vaziyatda. Rostdan ham 10-15 yillik investitsiya qilingan sohada qaytim yaxshi emas ko’pida. Aytish mumkin, o’zi harakat qilmagan deb. Balki…

Podcastlar qildik. Kamera ortidagilar yosh yigitlar. Ulardan so’radim, eng kattangiz kim deb. Yoshi 21 da ekan guruh boshida turgan yigitni. Ishini ustasi. Podcast qilingan studiyani 150 dollarga ijaraga olganini aytganida, men uni tanqid qildim. Bu isrofgarchilik desam, aka kamera effektlari muhim, vizual effektlar muhim, tomoshabinni diqqatini ushlab turish borgan sari qiyin bo’lib bormoqda, shuning uchun biz harakat qilishimiz kerak deydi haligi yigit. Uni fikriga qo’shilmadim, sababi 2-3 soatlik joy uchun 150 dollar juda qimmatdek tuyuldi menga. Bir-ikki podcast qirollari qanchalik oddiy studiyada qilishlarini ko’rsatsam: ”aka buni orqasida ancha katta komanda bor, yaxshigina qimmat studiya bu” dedi. Shunda ham injiqlik qildim va fikriga qo’shilmadim. Kelib o’zim tekshirib ko’rdim. Rostdan ham katta komandaga va eng ohirgi apparatlarga ega bo’lgan podcastlar ekan men aytganlari. Haligi ukamizga meni fikrim xato ekanini aytdim keyin.

Haligi yigitlar o’zbek standarti bo’yicha muvaffaqiyatli. Malibu yoki BYD mashinasi bor, qo’lida iPhone, kiyinishi chotkiy, topishi undan ham chotkiy, ishlayotgan odamlari jamiyatning eng old biznesmenlariyu bilimdonlari, hammasidan ham muhimi bu ular o’zlari sevgan ishni qilishmoqda.

Komandadagi bir 20 yoshli yigit bitta mikrofon haqida shunaqa berilib, maza qilib gapirib berdi. O’sha mikrofonga bo’lgan muhabbat izhori uncha-muncha ayollar his qilmaydigan darajada edi.

Kuzatuvlarim men avvalroq tushunib yetgan bir narsani tasdiqlagandek. Bolalarga fanni o’rgatish bo’yicha qattiqqo’llik qilishimizdan ko’ra, ular kunini turli matem yoki fizika to’garaklari bilan to’ldirib tashlagandan ko’ra balki o’zlarini qiziqishini topishga ko’maklashishimiz muhimroqdir.

Bola biror narsaga qiziqishini topishi uchun zerikishi muhim. Imkon bo’lsa kitob ko’p bo’lgan joyda, ijobiy muhitda zerikishi muhim. Bolani qiziquvchanligini (curiosity) topishga yordam berishimiz matem repititori pulini to’lab berishimizdan ko’ra muhimroq deyman. Ba’zan oddiy xalaqit bermasligimiz eng yaxshi yechimdek.

Esimda men kompyuterga qiziqqanimda yordam bo’lmagan. Ammo to’sqinlik ham bo’lmagan edi. Birinchi Pentium I kompyuterini akam bilan o’zimiz to’plagan pulga sotib olgan edik. Bu qiziqish natijada dunyodagi top universitetlardan birida IT sohasida magistratura qilishimga sabab bo’ldi.


Men bu to’g’ri, mana bu noto’g’ri deyishdan yiroqman. Ta’lim muhim. Ammo menimcha bolani ijobiy muhitda zerikishga qo’yib berish muhimroq degan fikrdaman ayni vaqtda.

Qiziqishni topish kerak. Har qanday bolada bor u. Uni topish kerak. Bu esa mashaqqatli ish.

Bek Olimjon
08.03.2024
Norvegiga
Ko’pchilik o’z hayotidan mamnun emas.

Rivojlanishni xohlaydi. Ammo qandaydir hodisa bo’lishini kutadi.

Bir kun keladiyu, hammasi yaxshi bo’lib ketadi degan ishonch bor bizda. Omad kutamiz.

Turli xil kurslar, kitoblar sotib olamiz. Huddiki shuni o’rgansak hayotimiz birdaniga o’zgarib ketadigandek.

Bunga dangasaligimizga qo’shimcha ravishda turli reklamalar ham sabab. Kimdir Dubayga yoki Amirsoyga borvolib, mashinasini maqtab, men mana bu kursni oldim va mana muncha ming dollar pul topdim. Siz ham shuni qiling va boy bo’ling deb bizga orzular sotadi. Achinarlisi juda ko’pchilik bunga ergashadi.

Haqiqiy natijaga oson erishib bo’lmasligini anglabyetishimiz juda muhim.

Biror narsada haqiqiy, halol natijaga erishish odatda uzoq vaqt davomida zerikarli ishlarni qayta-qayta qilish oqibatida yuzaga keladi. Bu uchun yuzlab, minglab soatlar ishlashga to’g’ri keladi.

Rivojlanish kaliti sizga yoqmagan, zerikarli ishlarni qayta-qayta qilishdan iborat. Til o’rganish kaliti o’sha tilda (qanchalik noqulay bo’lmasin) gapirishga harakat qilishdan iborat. Marafon yugurish kaliti uzoq vaqt 500 metr masofaga qayta-qayta yugurishdan iborat. Ko’p kitob o’qish kaliti har kuni kitob o’qishdan iborat. Har qanday muvaffaqiyatga erishish kaliti mag’lubiyatlarga qayta-qayta uchrashdan iborat.

Agar biz rivojlanish uchun bizga kimdir qandaydir sehrli kalit berishini, kesib o'tish ucun qisqa yo'l ko’rsatishini yoki qandaydir hodisa paydo bo’lishi kutayotgan bo'lsak, biz o'zimizni aldamoqdamiz.

Rivojlanish uchun savollarga asl javoblar oddiy va zerikarli bo'ladi. Qandaydir sehrli javoblar kutish ahmoqlik.

Bek Olimjon
10.03.2024
Norvegiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Balki foydasi tegar degan maqsad bilan «Zamonaviy oftalmologiya - o’zbek tilida» rukni ostida videodarslar boshlagan edim bundan 3 yilcha oldin.

Sababi Norvegiyada Oslo universitetida bir kam professer sifatida bu darslarni Norvegiyadagi tibbiyot talabalariga o’taman.

Nega o’zimizni qoraqoshlar bu bilimni olishga haqqi yo’q?

Oddiy maqsad, yaxshi niyat va qattiq mehnat bilan boshlangan ish sekinlik bilan natija bermoqda.

Yevropa top universitetlaridagi tibbiyot kurslaridan biri o’zbek tilida 😊

Bek Olimjon
Hayotingda qilgan eng muhim investitsiyang nima deb so’ralsa, o'ylanmasdan ingliz tili o’rganganim deyman.

Ushbu postni o’qiyotgan har kim ingliz tilini o’rgana oladi. Tekinga!

@Ibrat Farzandlari Tekin manba!
@BBC Learning English Tekin!
@British Council | LearnEnglish. Tekin!
@B.I.S. English Xalqaro toifadagi ingliz tili o’qituvchisi. Telegramda tekin darslari bor
@ENGLISH with James · engVid. 4,7M obuna bo’lgan. Tekin resurs!
@Speak English With Vanessa. 5,8M obunachi bilan. Tekin resurs!
@Learn English with EnglishClass101.com, 7,8M obunachilari bilan. Tekin resurs

Bahona qilishni bas qilish kerak. Harakat qilish vaqti allaqachon kelgan, o'tib bormoqda.

Bek Olimjon
"balki foydasi tegar..."
Tibbiyot talabalari qiladigan top 3 ta xato:

1. Ingliz tili o'rganmaslik

2. Sohani "soqqali" bo'lgani uchun tanlash

3. Erta kursda shogirdlikka tushish



Aslidachi:

1. Ingliz tili o'rganish, kamida B2 darajada

2. Kamchilik tanlaydigan sohani tanlash

3. Institutni tamomlagandan keyin zo'r mutaxassis bo'lishga intilish



Nega?

1. Ingliz tilini bilmay turib zamonaviy tibbiyotni o'rganish imkonsiz

2. Tibbiyot har qaysi sohasida ehtiyoj katta. Kam tanlanadigan sohalarda esa raqobat kam, o'sish tezroq bo'ladi

3. Sharti, tanlangan sohada top mutaxassis bo'lish


Bek Olimjon
"balki foydasi tegar..."
Xohishingizni aniqlang, aks holda bunga majbur qilishadi

2009-yil.
21 yoshdaman.
Toshkentning top restoranlaridan birida ustozim bilan bo’lgan suhbatdan bir parcha.

Ustozim: “Bek, hayotda nima xohlashingni bilib olishing muhim. Aks holda seni nima xohlashing kerakligini senga singdirishadi va sen bunga ishonasan”

Men: “Men bu yoshimda hayotda nima xohlashim kerak?”

Ustozim: “Savolingda shoshqaloqlik bor. Nima xohlashim kerak emas, nima xohlashimni qanday aniqlasam bo'ladi desang to’g’ri bo’ladi.”

Bir necha soniyali sukutdan so’ng, “men senga mana buni xohlashing kerak desam, kelajaginga xiyonat qilgan bo’laman. Nima xohlashingni o’zing aniqlashing zarur. Bu oson vazifa emas, lekin muhim vazifa. Vaqt oladigan vazifa. Eng tez usuli bu kitoblar orqali” degan edi.

O’sha payt buni tushungandek bo’lganman, ammo mag’zini oradan 10 yil vaqt o’tgandan keyin, 2019-yili Norvegiyada doktorlik dissertatsiyamni tugatayotgan vaqtda tushundim.

Hayotda nima xohlashimizni aniqlab, maqsadlarimizni aniqlab olishimiz muhim ekan. Aks holda biz boshqalar maqsadi bilan umr o’tkazamiz ekan.

Maktabni tamomla, mana buncha bal ol, mana bu institutga kirishing kerak, mana bunday mashina olishingiz kerak, mana bu qizga uylanishing kerak, uying mana bunday bo’lishi kerak, kiyiming manda bunday bo’lishi kerak va hok.

Atrofimizdagilar maqsadi katta emas, shu sabab ham harakatlari yetarlicha emas. Bizni o'z kichik maqsadlari tomon tortib ketishadi.

Boshqalar maqsadi bilan umr kechirmaslik muhim. Umr qisqa. Nima xohlayotganimizni aniqlay olishimiz zarur. Aks holda jamiyat qo’ygan chegaralardan chiqa olmay umrimiz o’tib ketaveradi.

Inson sifatida bizga berilgan umrdan, to’liq potensialdan foydalana olmay, yaxshi mutaxassis bo'la olmay, dunyo keza olmay, orzularga erisha olmay, va eng muhimi insoniyatga hizmat qila olmay o’tib ketishimiz xavfli.

Bek Olimjon
18.03.2024
Norvegiya
kuniga 1 soat til o’rgan -> «vaqt yo’qda»
kuniga 1 soat reels -> «har kuni, 2 marta»

kuniga 20 bet kitob o’qish -> «uyqu keladi»
kuniga 20 minut g’iybat -> «mazza»

kuniga 30 min jismoniy mashq -> «eee qo’ysangchi»
kuniga 8 soat o’tirish -> «kaneshna, majburmizda endi»

bilimga 50$ investitsiya -> «qimmatakan»
qora jentra -> «10 yil umrimni almashtirishga roziman»


Bizga hayotda nima muhim ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Keyin afsuslanmaymiz.


Bek Olimjon
2022- yil dekabr oyida Neuralink odamlar miyasiga chip qo’ymoqchi ekanligi haqida mana bu yerda post qilgan edim.


Unda odamlarni miyasi orqali, fikrlari orqali tashqi dunyo bilan gaplashmasdan, ya’ni «telepatiya» yo’li bilan muloqot qila oladi degan edim. Mashinani oyoq qo’lini ishlatmay fikri bilan boshqarish mumkin bo’ladi degan edim.


Oradan 1,5 yil ham o’tmadi. Mana natija. Tanasining bo’ynidan pasti ishlamaydigan odam boshidagi chip orqali shaxmat o’ynab o’tiripti. Yanagi yili shu odam yurib ketsa men hayron bo’lmayman.


Ajoyib texnologiya, millionlab ko’zi ko’r bo’lgan odamlarga yana ko’rish imkonini beradigan texnologiya.


Oldin ham aytganman, yana aytaman. Agar Neuralinkga test uchun sog’lom odam kerak bo’lsa, men o’z miyamga qo’ydirishga roziman.

Edit:
Bu texnologiyaga qarshilar borligi tabiiy. Uni tushunaman men. Ammo bu texnologiya qarshi bo’lsak ham amalga oshadi va men uni intizorlik bilan kutmoqdaman. Neuralink keyingi loyihasi ko’rlar uchun.


Men miyamga qo’ydiraman deganim g’alati eshitilishi mumkin. Chunki siz va mening hayot tajribamizda farq bor.


Siz katta ehtimol bilan ko’r bo’layotgan odam bilan hech qachon gaplashmagansiz. Men esa unday bemorlar bilan deyarli har kuni gaplashaman.


https://youtu.be/ZzNHxC96rDE?si=s520RKuTQudPiETt
Rivojlanimoqchi bo'lgan har bir 18+ yosh inson o’qishi kerak bo’lgan kitoblar

Men asosan ingliz tilidagi kitoblarni o’qiyman.

Muammo shuki, zo’r kitoblar 99,999% qismi o’zbek tiliga tarjima qilinmagan.

Quyida menga kankret foydasi tekkan va o'zbek tiliga tarjima qilingan kitoblardan 3 tasi

Sotib olishga 100% arziydi, agar ularni o’qisangiz.

1-kitob: Factfullness, Hans Rosling
Birinchi marta Hans Rosling bilan 2011-yilda ko’rishgan edim. Dunyo haqida bizning fikrlarimiz naqadar xato ekanligi haqida ma’ruza o’qigan edi. Ana shunday ma’ruzalar to’plami va boshqa foydali ma’lumotlar keyinchalik kitob shaklida chiqdi. Dunyo qay darajada yaxshi tomonga rivojlanayotganini, asl vaziyat bizga ko’rsatilganidek yomon emasligini yaqqol tushuna olasiz


2-kitob: Vavilondagi eng boy odam, Richard Kleyson
Kitobni birinchi marta o’qiganmida 20 yoshlar atrofida edim. Sodda va qisqa hikoyalarni o’z ichiga olgan bu kichkinagina kitob shaxsiy moliyani o’rganishda, uni tartibga solishda poydevor bo’lib hizmat qiladigan bilimlar beradi. Undan tashqari shaxsiy rivojlanish haqida ham bir qancha foydali o’gitlar olsa bo’ladi.


3-kitob: Diqqat, Kel Nyuport
Bu kitobni barcha o’qishi kerak deb hisoblayman.

Umrimiz va miyamiz o’g’risi bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardan qutulib, vaqt samaradorligini oshirish va aqliy mehnatda yaxshi natijalarga erishishda aniq-tiniq ko’rsatmalar beradi.
Ayni zamondagi eng muhim bo’lgan ko’nikma - diqqatni jamlash - bo’yicha mana shu kitobni o’qish va unga amal qilish sizni mehnat bozorining top 1% ga chiqishingizga yordam berishiga ishonaman.

Bek Olimjon
"Balki foydasi tegar..."
2000-yillar. Internet rivojlanib, emaildan foydalanish ommalashayotgan davr. Psixiatr Dr Wilson (King’s College London University) bir savol bilan qiziqadi.

”Aqliy mehnat bilan ishlovchilar orasida elektorn pochtalarni tez-tez tekshirish inson aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilmoqda?”

80 ga yaqin ilmiy tekshiruvlar davomida aqliy mehnat qiluvchilar IQ darajasini kun davomida tekshirib boradi. Natijalar shuni ko’rsatadiki emailni tez-tez tekshirish inson IQ darajasini kun davomida 10 ballga pasaytirar ekan. Odam bir kecha uxlamasa ertasi kungi IQ darajasi odatdagidan 10 ballga pastroq bo’lishi isbotlangan. Nasha (marixuana) chekkan odamda esa 4 ballga pasayar ekan.

Bu 2004-yildagi natijalar. Facebook 2006-yil ochildi. Instagram 2010, Tik-Tok esa 2016. Ular kuchli psixolog va muhandislarni yollab, bizni qaram qilish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqishdi va chiqishmoqda. Aqliy mehnat samaradorligi past ekanligi sabablari mana qayerda.

Biz nasha kabi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalardan qaytarilganmiz.

Nasha kuchsizroq, lekin geroin, amfetamin kabi kuchli narkotik moddalar bor. Ularni qabul qilgan odam fikrlashi buziladi, qaror qabul qilish markazi ishdan chiqadi, qattiq qaramlik - narkomaniya rivojlanadi.

Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot.

Geroin, kokain va amfetamin kabi og’ir narkotiklar inson qaror qabul qilish markaziga qanday salbiy ta’sir ko’rsatsa Facebookga qaramlik ham shu darajada ekan. Tik-Tok bundanda battar bo’lsa hayron qolmayman.

”Xullas, nashavandmasakanmizu, lekin gerani har kuni urib yurippizakan, narkosha bo’lib”

Ko’pchilik o’ziga men dangasaman, fikrim chalg’igan, tartib yo’q, intizom yo’q, qat’iyatsizman, ma’suliyatsizman deb baho beradi. Bu xislatlar barchasi alkash va narkomanlarni birlashtiradigan xislatlar ekanligiga e’tibor berish zarur.

Zaharingiz tanlovi o’z qo’lingizda.

Bek Olimjon
«Balki foydasi tegar…»
24.03.2024
Norvegiya
2024/11/15 09:25:12
Back to Top
HTML Embed Code: