Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlar nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

📊 Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-avgust oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

💸“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan:

- yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;

- yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi;

- shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi;

bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi;

◼️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DKP raisi sayyor qabuli o'tkazilmoqda ⚡️ Rejaga muvofiq, ayni damlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich boshchiligida aholi murojaatlarini ko'rib chiqish…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boysundagi murojaatlar hal etilmoqda

🫥 Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tgan edi.

📃 Qabulning o'zida 10 nafar murojaatchilarning muammolari hal etilib, o'rganilishi vaqt talab qilinadigan murojaatlar qat'iy nazoratga olingan va hozirgi kunda ularning asosiy qismining ijrosi ta'minlangan.

Mazkur videorolik orqali sayyor qabul natijasida fuqarolarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolari hal etilganini ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata  #murojaatlar #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: yanvar-avgust, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 690 231 ta
       Shakllantirilgan: 398 689 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga qiziqqan talabalarga imkoniyatlar yaratilmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan.

Ushbu yo'l xaritasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy va horijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Xususan, bir qancha hududiy boshqarmalarda o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xonalar ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlanib, o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Uchrashuvlarda yoshlarga sohaga oid yangiliklar hamda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda, mutasaddilar esa sohada malakali kadrlar tayyorlash masalasi bo'yicha fikrlar almashmoqdalar:

▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata#oliy_talim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

◼️ Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

🔵 Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

⭐️🌟 Hududlar kadastr bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини кейинги сифат босқичига олиб чиқиш масалаллари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам перехода на качественно новый уровень работы по сокращению бедности.

#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Avgust oyida kadastrga qancha murojaat bo'lgan?!

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, avgust oyida  jami  5 561 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #oylik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 19:15:42
Back to Top
HTML Embed Code: