Telegram Web Link
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида V Бутунжаҳон кўчманчилар ўйинларининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди. Тадбирдан сўнг давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди. Олий мартабали меҳмонни Қозоғистоннинг Бош вазири Олжас Бектенов кузатиб қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия V Всемирных игр кочевников в городе Астане. По завершении мероприятия глава нашего государства вылетел в Ташкент. Высокого гостя проводил Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- avgust oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 634 351 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🌐 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

▶️ Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

🫥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurash hamda manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga doir tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Ushbu tadbirlarda xodimlarga ichki mehnat tartib qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 O'tgan hafta davomida ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamiz ko'chalari haqida ma'lumot

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan respublikamizdagi binolar, inshootlar, manzillarni raqamlashtirish ya'ni Davlat reyestriga kiritilishi barobarida ko'chalarning ham hisobi yuritiladi.

◼️ Mazkur infografika orqali Respublikamiz bo'yicha tuman shaharlardagi ko'chalar soni va ularning Davlat reyestriga kiritilishi tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ko_chalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣ТАЙИНЛОВ

👍Кадастр агентлиги директорининг тегишли буйруғи билан 👍Кадастр агентлиги Хоразм вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига Жумабаев Бехзод Мадаминович тайинланди.

🔠Бехзод  Жумабаев шу кунга қадар💫Давлат кадастрлари палатаси Хоразм вилоят бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

👍Кадастр агентлиги жамоаси Б.Жумабаевни келгуси ишларида муваффақиятлар тилайди.

#кадастр #тайинлов #табрик

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

📃 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

▫️Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

▫️boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

▫️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

▫️ Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda

💿 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan reja-jadval asosida fuqaro va tadbirkorlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning muammo va takliflarini tinglash, birgalikda hal etish choralarini ko'rish, to'g'ridan-to'g'ri suhbatlashish maqsadida ochiq muloqotlar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbirlarda aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda huquqiy tushunchalar berildi.

💠Bu galgi ochiq muloqotlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Sirdaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 23:28:45
Back to Top
HTML Embed Code: