Telegram Web Link
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш бўйича амалга оширилган ишлар бўйича маълумот.


Telegram
FacebookInstagramYouTube
😀😃😄😆😊


Qanday yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi deb tushuniladi ?

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

📃 Asos: 05.08.2024 O'RQ-937

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yoshlar kelajagimiz


🇺🇿 Xabaringiz bor, Milliy universitet va Davlat kadastrlari palatasi o‘rtasida 2023-yil 4-dekabrda o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda universitetning “Kartografiya” kafedrasi filialini tashkil etish bo‘yicha tarmoq kelishuvi imzolangandi.

Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va ular qatorida bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kurs talabalari uchun Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🫥 Uchrashuvda yoshlarga kadastr sohasi mutahassislaridan yo‘nalishga doir asosiy ma’lumotlar qatorida “Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli”, "Tizimning tarixi, buguni va kelajagi” hamda “Sohada bilimga va yoshlarga e’tibor” kabi mavzularda chiqishlar tashkil etildi.

◼️Yoshlar ham o‘z o‘rnida soha mutaxassislariga o‘z savollari bilan murojaat qilib javoblar olishdi.

#DavKadastrPalata#oliy_talim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

⭐️🌟 Kadastr agentligining 1097 - ishonch raqamlari va Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi fuqarolarga kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlariga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berilishini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.

📞 (71) 207 00 03 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qilish orqali yagona aloqa markazi bilan bog'lanishingiz mumkin.

▶️ Ushbu videorolikda Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarning investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi


💠 “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-135-son Prezident Farmoni 06.09.2024-yilda qabul qilindi.

📃 Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi:

🫥 Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🫥 boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

🫥 Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

◼️ Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko'p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko'rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 13 сентябрь, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Кадастр соҳаси бўйича аҳолидан келиб тушган саволлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Муножат Йўлдошева, Давлат кадастрлари палатаси ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️"Ishonch tv" telekanalida;
▫️"Nurafshon tv" telekanalida;
▫️Farg'ona MTRK telekanalida;
▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️"O'zbekiston" telekanalida;
▫️"Istiqlol tv" telekanalida;
▫️"Xayrli kun" dasturida;
▫️"Oriat dono" radiosida;
▫️"Yoshlar radiosi" eshittirishida;
▫️"Zarnews.uz" maqolasida;
▫️UzA maqolasida;
▫️"Militsiya.uzb" telegram kanalida;

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️"O'zbekiston 24" telekanalida;
▫️"Yoshlar" telekanalida;
▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalida;
▫️"Yoshlar tv" telekanalida;
▫️"Yangiliklar" dasturida;
▫️"Haftalik" dasturida;
▫️"Yangi Farg'ona" gazetasida;
▫️Qoraqalpog'iston xabar agentligi maqolasida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari "Geoinovatsiya markazi" DM direktori Abdushukur Xamidovich Abdullayev joriy yilning 11 - sentabr kunida Turon fanlar akademiyasi Akademigi unvoni bilan mukofotlandi va shu munosabat bilan "Akademik" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.💐

💐Shuningdek, Turon akademiyasining 🏅10 yillik ko'krak nishoni bilan ham taqdirlandi.

🌟Kadastr agenligi jamoasi Abdushukur Xamidovichni Akademik unvoni hamda yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi.

#Kadastr_agentligi #taqdirlov #akademik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida jamoatchilikdan kelayotgan savollarga javob


◼️ AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yuldasheva kadastr sohasi boʻyicha aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi:

Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligi qanday aniqlanadi?

⭐️🌟 Kadastr Agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan xatlov oʻtkazilib, axborot tizimiga yuklangan obyektlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan — yer uchastkasi egallab olingan hamda binolar va inshootlar qurilgan davrning ushbu Qonunda nazarda tutilgan muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi berilgan xulosaga asosan aniqlanadi.

Qonunga ko‘ra, necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

▫️ agar yer uchastkasi 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 24 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;
▫️ agar yer uchastkasi 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 6 sotixdan, qolgan hududlarda 12 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda ijara huquqi e’tirof etiladi.

✍️ Batafsil

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat
kadastrlari palatasiga kelib tushgan aholi murojaatlari statistikasi

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

📊 Ushbu infografika orqali 2024-yil 1-sentabr holatiga ko'ra jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📲 Kadastr xizmatlari bilan bog'liq murojaatlaringiz bo'lsa, (71) 207 00 03 yagona aloqa markazi telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qiling.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimlar takomillashtirilmoqda


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda Yuridik boʻlimlari tomonidan Markaziy apparat xodimlari uchun kuni kecha navbatdagi huquqiy bilimlar soati tashkil etildi.

Yigʻilganlarga mehnat qonunchiligidagi oʻzgarishlar boʻyicha kiritilgan yangiliklar maʼlum qilinib, bu boradagi huquq va majburiyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni boʻyicha videomaʼlumotnoma ham namoyish etilib, ushbu qonun boʻyicha yuzaga kelgan savollarga huquqshunos tomonidan javoblar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilimlar_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 23:40:23
Back to Top
HTML Embed Code: