Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент шаҳар ҳокими Шавкат Умурзақов Чилонзор туманидаги "Индустриал ҳудуди"да амалга оширилаётган ишларни ўрганди

Шаҳар ҳокими Шавкат Умурзақов Ўзбекистон Республикаси Президентининг 201-сонли қарорига асосан туманимиздаги "Индустриал ҳудуд"да амалга оширилаётган инвестиция лойиҳаларининг ижроси билан танишди.

Шунингдек, ўрганишлар жараёнида "Индустриал ҳудуд"да жойлашган пўлат қувурлар ишлаб чиқарувчи "Tarleplast" МЧЖ фаолияти билан ҳам яқиндан танишилди.

Мазкур корхонада тумандаги тадбиркорлар билан учрашув ўтказилди, учрашув мобайнида тадбиркорлик субъектларини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдим этилди.

Маълумот учун айтиш жоизки, мазкур корхонада 125 нафар фуқароларнинг бандлиги таминланган бўлиб, импорт ўрнини босувчи юқори сифатли маҳсулотлар ишлаб чиқарилмоқда.

👉👉👉 Лавҳамизда тадбиркорлар билан мулоқотлар жараёнлари

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Ниғматилла Тўлқинович Йўлдошев Ўзбекистон Республикаси Бош прокурори лавозимига янги муддатга тайинланди.

Бундан илгарироқ Н.Йўлдошев номзоди Олий Мажлис Сенати ялпи мажлисида маъқулланган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Йулдошев Нигматилла Тулкинович назначен на должность Генерального прокурора Республики Узбекистан на новый срок.

Ранее кандидатура Н.Йулдошева была одобрена на пленарном заседании Сената Олий Мажлиса.

Facebook|Instagram|X
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari hamda "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab fuqarolarga "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan ularning 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy yordam hamda yozgi taʼtilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslarga o‘qitish uchun joylash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko'rildi.

"Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Кун_ҳикмати

☝️☝️☝️ Хотиржам бўлиш ҳазилакам гап эмас,

👉👉👉 бу – деярли бахтли бўлиш демакдир.

Гюстав Флобер

🌞 Кунингиз хайрли ўтсин, азиз тумандошлар!

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

🔹Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev bugun poytaxtning Chilonzor va Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri hamda Uchtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi va boshqa mas’ul idora rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

🔹Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

🔹Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qilgan 2 nafar fuqaroga  aravachalar topshirildi, 4 nafar ayolning bandligini ta‘minlash maqsadida tikuv mashinalari taqdim etildi, 10 dan ortiq fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
2024/09/28 19:22:12
Back to Top
HTML Embed Code: