Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

Xolmuhammad Karımıy,
Risolat Haydarova,
Farog‘at Xudoyqulova,
Ma'mura Zohidova,
Fozil Farhod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiada kundaligi

Ertadan Olimpiya o’yinlari doirasida badiiy gimnastika bo’yicha bellashuvlar start oladi. Go’zallik va nafosatni o’zida uyg’unlashtira olgan qizlarimizga bo’lgusi bellashuvlarda omad va zafarlar tilab qolamiz.
Olimpiada kundaligi

Aram Vardanyan bronza medali uchun kurashadi


Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan bronza medali uchun oʻtish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan bellashuvda jazoirlik Abdelkrim Oukalini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Endi u -77 kg vazn toifasining sovrindorlar qatoridan joy olish uchun armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston: birga olg‘a intilayotgan ikki qardosh el

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqasidagi aholisi eng ko‘p, tabiiy resurslari behad mo‘l, iqtisodiy quvvati zaxirasi ulkan, tarixi va madaniyati boy va mushtarak ikki mamlakat. Bugungi tarixiy jarayonda o‘zbek va qozoq xalqlari yana-da jipslashib, azaliy do‘stlik, qardoshlik rishtasi har qachongidan mustahkamlanayotgani barchamizni quvontiradi. Bu ayniqsa, ikki mamlakat yetakchilarining o‘zaro tashriflarida tasdiqlanayotgan loyihalar, imzolanayotgan hujjatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Batafsil...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

Rustam Musurmon,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Adiblar xiyoboni, ijodkorlarga berilgan uylar haqidagi ko‘rsatuv "O‘zbekiston 24" telekanalida efirga berildi. Marhamat, tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyobonining ochilish marosimida Prezidentimiz "Adabiyot – xalqning yuragi" deya adabiyotning millat hayotidagi o‘rnini yuksak eʼtirof etgan edi. Mana, to‘rt yildirki, xalqimizning ushbu maʼnaviyat maskani ijodkorlar, adabiyot muxlislari, yoshlar bilan gavjum. Taniqli shoir G‘ayrat Majidning "Adabiyot bog‘i" nomli dostoni Adiblar xiyoboniga bag‘ishlagan. Ushbu asar asosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati tomonidan videorolik tayyorlandi. Sheʼrni muallifning o‘zi o‘qigan. Marhamat, tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi.
Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi.
Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.
2024/09/24 19:28:17
Back to Top
HTML Embed Code: