Telegram Web Link
Olimpiada kundaligi

Bugundan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida sport kurashlari boʻyicha bellashuvlar boshlanadi. Ushbu kun doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasidan bir nafar atlet, yunon-rum kurashi ustasi Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida gilamga chiqadi. Ushbu dastur Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan start oladi.
Yangi kitob

TANLANGAN ASARLAR

   Mazkur to‘plamda Ramz Bobojonning sheʼr, ruboiy, drama, doston, poema va tarjimalari o‘rin olgan bo‘lib, ularning har biri o‘quvchiga o‘tgan asr sheʼriyati nafasini, ajib xotiralarini berishiga ishonamiz.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Masʼul muharrir: Nargiza Asadova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
To‘plovchi: Kamola Bobojonova,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
YO‘LDOSH ESHBEKNING YANGI KITOBI TURK TILIDA CHOP ETILDI

Kuni kecha yana bir xushxabar oldik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Yo‘ldosh Eshbekning “Turkiya o‘zlami” (“Typkiya sog‘inchi”) sheʼriy kitobi Istanbulda nashrdan chiqdi. Uni Istanbul universiteti professori, o‘zbek tili va adabiyotining Turkiyadagi jonkuyar targ‘ibotchisi – Emak Ushenmez nashrga tayyorlagan. Tarjimonlar – Muhiddin Gumush va Zokirjon Haydar. Sheʼrlar tarjimasi asliyat bilan yonma-yon berilgan. Kitob Manas nomidagi qirg‘iz-turk universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori, yozuvchi, tarjimon Muhiddin Gumushning “Hakikat Ilminin Ustadi Şair Yoldaş Eşbek” (“Haqiqat ilmining ustozi – shoir Yo‘ldosh Eshbek”) sarlavhali so‘zboshisi bilan boshlangan.
So‘zboshi muallifi jumladan shunday yozadi: “Qadrli Yo‘ldosh Eshbek umrini turkiy dunyo adabiyotining taniqli namoyandasi sifatida jo‘shqin tuyg‘ular va hayot tajribalari bilan o‘tkazmoqda, ko‘plab janrlarda bir-biridan qimmatli asarlar yaratyapti. Turklik g‘ururi va shuuri bilan maʼnaviy dunyomizdan ilhomlanib, yuksak axloq va ibratli fazilatlarni o‘zi uchun shior deb bilgan, qardosh o‘zbek xalqi orasidan yetishib chikkan serqirra adib va adabiyotshunos sifatida kelgusi avlodlarga ibrat bo‘ladigan insondir.
...Sheʼrlarining har bir so‘zida hikmat, tuyg‘ularining eng teran joyida muhabbat, yuragida mehr bor. Qadrli ustozimiz Yo‘ldosh Eshbek singari buyuk qalbli zotlarning turk va islom olamidagi o‘rnini yana-da aniqroq ko‘rsatish, tanishtirish, bildirish adabiyot va madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning eng asosiy vazifasi deb o‘ylaymiz”.
Yana bir maʼnaviy manba, nazm javohiri ham o‘zbek, ham turk o‘qirmanlariga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
KItob suratlari. Muallif – Ahmad To‘ra.
5-avgust – O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

XALQ YOZUVCHISI

O‘tkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentning Do‘mbirobod mahallasida tug‘ilgan. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. 1958-yilda o‘rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika bo‘limining avval sirtqi, so‘ngra kunduzgi bo‘limida o‘qib, 1964-yilda tugatadi. 1959-1960-yillarda “Temir yo‘lchi”, 1960-yilda hozirgi “O‘zbekiston ovozi”, 1960-1982 yillarda “Toshkent haqiqati”, “Toshkent oqshomi”, 1982-1983 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1985-1995-yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrir va 1995-yildan 2004-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi. Keyinchalik Teatr jurnalida muharrirlik qildi.
Adibning dastlab “Po‘lat chavandoz” ocherklar to‘plami, “Cho‘l havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Ijodkor “Xazon bo‘lgan bahor”, “Inson sadoqati”, “To‘ylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatag‘on” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi.
1991-yili O‘tkir Hoshimovga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berilgan.
Adib 2013-yil 24-may kuni vafot etgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Xorijdan xushxabar

O‘ZBEK SHOIRLARI SHE’RLARI OLMONLAR YURTIDA CHOP ETILDI

Xalqaro Yozuvchilar gildiyasi (Germaniya Federativ Respublikasi) tomonidan ta’sis etilgan “Yangi Uyg‘onish” adabiy-badiiy jurnali (seriya raqami 44, 2024-yil) Germaniyada yashovchi rusiyzabon ommaga taqdim etish maqsadida zamonaviy o‘zbek mualliflarining turkum she’rlarini chop etdi. Nashr etilganlar orasida O‘zbekiston xalq shoirlari Sirojiddin Sayyid va Mahmud Toir, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, shoirlar G‘ayrad Majid, Saim Ashur, Tursun Ali, Xosiyat Rustamova, Go‘zal Begim kabilar bor. She’rlar Aleksandr Faynberg, Suhbat Aflotuniy, Bax Ahmedov va Nikolay Ilin tarjimalarida taqdim etilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qutlaymiz!

ABDULLA SHER

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher tavallud topgan kun. Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu sana bilan muborakbod etadi.
Abdulla Sher 1943-yil 5-avgust kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani Yoʻltushgan qishlogʻida hunarmand-misgar oilasida tug‘ilgan. 1960-yil oʻrta maktabni tamomlab, avval boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, keyin tuman gazetasida adabiy xodim boʻlib ishlagan.
1989-yildan boshlab, 22-yil davomida Abdulla Sher Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Abdulla Sher 1958-yilda ijodga kirib kelgan. 1959-yilda ilk sheʼri matbuotda eʼlon qilingan. 1973-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplami “Koʻklam tabassumi” nomi bilan nashr etilgan. Shundan keyin birin-ketin “Alyor”, “Atirgul soyasi”, “Roz”, “Kuz hiloli”, “Qadimgi kuy”, “Nuqtadan soʻng”, “Toqat”, “Yonayotgan yoʻl”, “Yomgʻirlar oralab”, “Sarbast qoʻshiqlar”, “Sevgi olmoshi”, “Sevilmagan mening sevgilim”, “Gul yillar, bulbul yillar“ kabi sheʼriy va “Asrlarning asraganlari” nomli nasriy asarlari nashrdan chiqqan. Shoir tarjima sohasiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, Bayronning “Don Juan”, Heinrich Heinening “Qoʻshiqlar kitobi” asarlarini olmonchadan tarjima qilgan. Rus tilidan Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Axmatova, Charents, Tvardovskiy kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Bundan tashqari shoirning sheʼrlari ham rus, litva, ingliz, ispan, ozarbayjon, turk, qozoq, qrim tatar kabi bir qator tillarga tarjima qilingan. Shuningdek, u “Axloqshunoslik” va “Estetika” fanlaridan oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar muallifi.
Abdulla Sherga 2023-yilda shoirga “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.
2023-yilda shoirning 80 yilligi keng nishonlangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada kundaligi

Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari doirasida O’zbekiston delegatsiyasining 4 nafar sportchisi ishtirok etadi. Afsuski, kechagi bahslardan so’ng yunon-rum kurashchimiz Islom Bahromov (-60 kg) bronza medali uchun kurashish imkoniyatini yo’qotdi. Hamyurtlarimizning bugungi ishtiroki bilan tanishing.
Olimpiada kundaligi

Rustam Assakalov chorak finalda


Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakаlov (-97 kg) ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatki start oldi. Tajribali kurashchimiz 1/8 finalda gonduraslik Kevin Mexiyani mag’lub etib, chorak finalga yo’l oldi. Ushbu bosqichda unga armanistonlik Artur Aleksanyan raqiblik qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QOZOG‘ISTON

Tiniq chashmalar bor haddan ziyoda,
Moviydir Balxashning suvi ham biroq,
Biroq, qozoq xalqin qalbi dunyoda
Barcha chashmalardan ko‘ra tiniqroq.

Nur bilan chulg‘anib yotibdi shoyon
Buyuk Olatovning ko‘rkam kelbati.
Olatov ko‘rkamdir, lekin bu zamon
Undan ham ko‘rkamroq qozoq savlati.

Qozoq sahrosi – bu beadad sahro,
Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq.
Chindan ham buyukdir bu sahro, ammo
Qozoq bag‘ri esa undan ham kengroq.

Shundoq ajib yurtsan, jon Qozog‘iston,
Qardoshim, qurdoshim, bovurim azal!
Buyuk Sharq qo‘ynida baxti nurafshon
O‘zbek diyoridan salomim bu gal!

Birdir elimizning otash kalomi,
Birdir tegramizda sahrolar yaydoq.
Birdir elimizning nasabi, nomi,
Birdir ko‘kimizni yoritgan chaqmoq!

Abay hikmatiyu Navoiy sozi
Ko‘rkam xonadonim muattar etgan.
Buyuk yaratganga bo‘lsin tavoze,
Udir baxtimizni barobar bitgan.

Diydor boshlab keldi, qani, uzat qo‘l!
O‘ljasim, jo‘ldosim, do‘stim, qarog‘im!
Taʼzim, ehtiromim aylagil qabul,
Ey ulkan qozog‘im, ulkan qozog‘im...

Abdulla Oripov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She'r sehri

YOZMA ISH

Kavsar Turdiyeva she'ri
She'rni shoiraning o‘zi o‘qigan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada kundaligi

Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashishadi

Yunon-rum kurashchilarimiz Aram Vardanyan (-77 kg) hamda Rustam Assakalov (-97 kg) Parij-2024 medallari uchun kurashni davom ettirishadi. Hamyurtlarimizni chorak finalda mag’lub etgan raqiblar final yo’llanmasiga sazovor bo’ldi. Shu tariqa, har ikki polvonimiz ertaga bronza medali uchun o’tish bosqichida gilamga chiqadi. Ularning o’tish bosqichidagi raqiblari:

-77 kg: Aram Vardanyan - Abdelkrim Oukali (Jazoir);
-97 kg: Rustam Assakalov - Seong Jun Kim (Koreya Respublikasi).
Olimpiada kundaligi

Amerikalik raqibini mag’lub etgan Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev finalga yo’llanma oldi


Bokschi yigitlarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishi davom etadi. Jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev ham o’z nomini finalchilar qatoriga qo’shib qo’ydi. -71 kg vazn toifasining yarim finalida ringga ko’tarilgan yurtdoshimiz amerikalik Omar Jonsni mag’lub etib, 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko’tariladigan bo’ldi.
Olimpiada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi bahslarida O’zbekiston delegatsiyasi 3 sport turida 5 nafar atlet bilan qatnashadi. Kun davomida ishtirok etadigan hamyurtlarimizning startga chiqish vaqtlari bilan tanishing!
2024/09/24 17:25:50
Back to Top
HTML Embed Code: