Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Davriy nashrlarga obuna bo`lganda 20% gacha keshbek qaytaradigan «Obuna» elektron platformasi ishga tushdi
#2aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

Xolmuhammad Karimiy,
Risolat Haydarova,
Olimjon Davlatov,
Fozil Farhod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari
Olimpiyada kundaligi

Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini naqd qildi!

Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz chorak finalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi. Endi u 7-avgust kuni  germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi. Barakalla, Bahodir!
Olimpiyada kundaligi

Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!

Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yoʻl oldi. Hamyurtimiz chorak finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri qozogʻistonlik Saken Bibossinovni magʻlubiyatga uchratib, oʻzining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Biz sendan yana bir oltin medal kutamiz, Hasanboy!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!»
Taʼziya

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, yozuvchi Sobirjon Inomovga rafiqasi, jurnalist Sayyora aya Yo‘ldoshevaning
vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiyada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi kuni doirasida velosportchilarimiz ham bahslarga kirishadi. Qayd etish joiz, so’nggi pallada terma jamoa tarkibida o’zgarish bo’lib, Dmitriy Bocharov o’rniga jismoniy holati bugungi kunda yuqoriroq bo’lgan Nikita Svetkov ro’yxatdan o’tkazilgan.
Olimpiada kundaligi

Bugun aralash jamoaviy bahslardagi chiqishlari bilan dzyudochilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki o’z yakuniga yetdi. 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan ushbu atletlarimiz o’zbek sporti tarixiga o’z nomlarini muhrlab qo’yishdi.

Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov
Olimpiada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi bahslarida O’zbekiston delegatsiyasi boks, veloshozze va yengil atletika sport turlarida 6 nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bokschilarimiz Hasanboy Do’smatov va Lazizbek Mullojonov final yo’llanmasi uchun jang qilishsa, yengil atletikachimiz Anvar Anvarov saralash bosqichida qatnashadi. Yana bir yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida, velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova esa guruh poygasida medallar uchun kurash olib borishadi.
Olimpiada kundaligi

Hasanboy Doʻsmatov faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya oʻyinlari finalida!

Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ikkinchi bor Olimpiada finaliga yoʻllanma oldi. Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan hamyurtimiz raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi. Barakalla, Hasanboy!
Olimpiada kundaligi

Lazizbek Mullojonov ham finalda!

Boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov oʻz nomini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari finalchilari qatoriga qoʻshib qoʻydi. Yarim finalda tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan yurtdoshimiz oʻzining aniq va kuchli zarbalari evaziga 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko’tariladigan boʻldi. Barakalla, Lazizbek!
2024/09/24 15:30:20
Back to Top
HTML Embed Code: