Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanoti bor so‘zlar

ISMINGDA VATAN BORDIR

Sirojiddin Sayyid she'ri
Rahimboy Jumaniyozov o‘qidi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Daftarda qolgan satrlar

   Ayjamal Jo‘ldasbayeva 1997-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Davqora ovulida tug‘ilgan. 2014-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Jahon tillari universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetining magistraturasini tugatgan. Shu universitetning doktoranturasida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan edi.
   U 2024-yil 11-yanvar kuni bevaqt olamdan o‘tdi.
   Ayjamal sheʼrlar, badiiy-publitsistik asarlar bitgan isteʼdodli ijodkor edi. Uning qisqa, lekin mazmunli hayoti va faoliyati yoshlarga ibrat bo‘ladi.
   Sheʼrlarini o‘qib, uning xotirasini yod etamiz.
   Ayjamolning oxirati obod bo‘lsin.

Ayjamal Jo‘ldasbayeva,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori


QORAQALPOQ QIZIMAN


 Otam or uchun qo‘lga qilich olgan,
Xalqim deya yov ustiga ot solgan,
Kurashganda yo‘lbaslar ojiz qolgan,
Ana shunday otalarning qiziman.

Mening onam farzand uchun och qolgan,
Aqlu zakovatin xonlar tan olgan.
Jonin berib, or-nomus deb ot solgan,
Or-nomusli onalarning qiziman.

Mening xalqim yaralgandir sabrdan,
Shoxlari ming, tubi bitta tomirdan,
Sinmay, omon qolgan zulmu jabrdan,
Shunday jusur qoraqalpoq qiziman.

Qoraqalpog‘im dutor – sozga jon berar,
Shoirlari bedor – so‘zga jon berar,
Yigitlari xumor ko‘zga jon berar,
Shunday jo‘mard qoraqalpoq qiziman.

Mening quyoshimsan, oyim, yulduzim,
Sen mening hayotim, kecham-kunduzim,
Meni erkalatib, degansan qizim,
Mehribonim – qoraqalpoq qiziman!

Tumaris qasosi yuragimdadir,
Guloyim qudrati bilagimdadir,
Mamanbiy urug‘i palagimdadir,
Shunday botir qoraqalpoq qiziman!

Alpomish tulporin mindim – davlatim,
Kundan kunga ortib borar shuhratim,
Dunyoga dong taratmoqda shavkatim,
Shunday baxtli qoraqalpoq qiziman!

Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi
7-сон печат.pdf
11 MB
"Xorazm isteʼdodi" gazetasining yangi sonida yaqinda Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan Respublika yosh ijodkorlarning bu galgi seminari borasida maqola chop etildi. Muallif seminarning badiiy publitsisitika yo‘nalishi ishtirokchisi Munira Rahimova. Harorat va o‘zgacha iliqlik bilan yozilgan ushbu maqola sizga manzur kelishiga ishonamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QARDOSHLIKKA QO‘SHILGAN HISSA

   “Inson go‘zallikka intilib yashasa, atrofidagi insonlar, tabiat, voqealarga qalb ko‘zi bilan qaraydi. Har narsadan o‘zgacha maʼno topadi. Shu maʼnoda, mahoratli shoir Yo‘ldosh Eshbekning ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lgan ushbu antologiyaga kiritilgan go‘zal turk sheʼriyati namunalaridan tarjimalari ham kishida ana shunday yorug‘ taassurotlar uyg‘otadi, ikki qardosh xalqni bir-biriga yana-da yaqinroq bog‘lashga xizmat qiladi”.
   Ushbu iqtibos yaqinda “Colorpack” nashriyot-matbaa korxonasi tomonidan nashr etilgan “Turk sheʼriyati antologiyasi” kitobidagi so‘zboshidan keltirildi.
   Mustaqillik bayrami arafasida taniqli shoir, mohir tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Yo‘ldosh Eshbek maʼnaviyatimiz xazinasini yana bir go‘zal kitob bilan boyitdi.
   So‘zboshi muallifi – “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva to‘g‘ri taʼkidlaganidek, avvalo, bu kitob “ikki qardosh xalqni bir-biriga yaqin qiladi”. (So‘zboshi o‘zbek va turk tillarida taqdim etilgan).
   Sheʼriyat, maʼnaviyat bilan oshnolik esa chinakam do‘stlik shartlaridandir.
   Antologiyadan to‘qsondan ortiq turk shoirlarining sheʼrlari tarjimasi o‘rin olgan.
   Badiiy tarjimaga qo‘l urgan o‘girmachining xorijiy tilni mukammal bilishigina kifoya qilmaydi. Muallif uslubi va badiiy asar g‘oyasini saqlagan holda, ona tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda ijodiy yondashuv ham talab etiladi. Sheʼriy asar tarjimasida esa bular ham yetarli bo‘lmaydi. So‘zni sanʼat darajasida qo‘llay oladigan, shoirlik iqtidoriga ega ijodkorgina sheʼriy asarni ko‘ngildagidek tarjima qilishi, asliyatdan qolishmaydigan, o‘rni kelganida, undan ustunroq bo‘lgan ijod namunasini yarata oladi. Antologiyani o‘qir ekansiz, shunday mahoratni, iqtidorni his qilasiz. Tarjimonning asarlar yaratilgan davr ruhi va tilining xususiyatlarini ham hisobga olishi, tarjimada asliyatda ishlatilgan, umumturkiy tilga xos bo‘lgan so‘zlarni saqlab qolishga harakat qilishi tahsinga sazovor.
   Tabarruk yoshni qarshilayotgan Ustoz Yo‘ldosh Eshbekka sheʼriyat muxlislari nomidan samimiy minnatdorlik bildiramiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
"Turk she'riyati antologiyasi"dan suratlar.
​​Olimpiada daftari

MUZAFFAR

Kelbatida Alpomish bobosining kuchi jam,
Boysun togʻidan sakrab, oshib keldi Muzaffar,
Olimp xayoli chorlab, tinch qoʻymadi tushda ham,
Amudaryoday toʻlib-toshib keldi Muzaffar.

Tugʻilgan chogʻ, olamga dovruq solib yursin, deb,
Qoʻli baland el qurbin dilda olib yursin deb,
Ism qoʻymish bobolar mudom gʻolib yursin deb,
Shu ismni oqlay deb shoshib keldi Muzaffar.

Otashnafas polvonlar yurar bunda pishqirib,
“Kim boʻlsang ham oʻtaver, yutgayman, deb, ishqilib...”
Toʻrt alpning biri boʻldi mardonavor ish qilib,
Kim aytadi, zoʻrlardan qochib keldi Muzaffar?!

Oltin olmoq, shubhasiz, har abjirning ilinji,
Nasib  qildi Parijning tillaga teng birinji,
Kun kelar, shohsupada boʻlgay albat birinchi,
Chempionlikka yoʻlak ochib keldi Muzaffar.

Ikki ming yigirma toʻrt, avgust boshidir sana,
Diyorimga ulashdi yangi shodlik-tantana,
Necha goʻdakni elim Muzaffar atar yana,
Orzu-havas yogʻdusin sochib keldi Muzaffar.

Yurtboshi yuragidan quvvat olgan pahlavon
Yurt bayrogʻin yuksaltdi – yalovbardor,  qahramon,
Azaldan gʻolib xalqim, muzaffardirsan hamon,
Shuhratingga yangi shon qoʻshib keldi Muzaffar!

------------------------

МУЗАФФАР

Келбатида Алпомиш бобосининг кучи жам,
Бойсун тоғидан сакраб, ошиб келди Музаффар,
Олимп хаёли чорлаб, тинч қўймади тушда ҳам,
Амударёдай тўлиб-тошиб келди Музаффар.

Туғилган чоғ, оламга довруқ солиб юрсин, деб,
Қўли баланд эл қурбин дилда олиб юрсин деб,
Исм қўймиш боболар мудом ғолиб юрсин деб,
Шу исмни оқлай деб шошиб келди Музаффар.

Оташнафас полвонлар юрар бунда пишқириб,
"Ким бўлсанг ҳам ўтавер, ютгайман, деб, ишқилиб..."
Тўрт алпнинг бири бўлди мардонавор иш қилиб,
Ким айтади, зўрлардан қочиб келди Музаффар?!

Олтин олмоқ, шубҳасиз, ҳар абжирнинг илинжи,
Насиб  қилди Парижнинг тиллага тенг биринжи,
Кун келар, шоҳсупада бўлгай албат биринчи,
Чемпионликка йўлак очиб келди Музаффар.

Икки минг йигирма тўрт, август бошидир сана,
Диёримга улашди янги шодлик-тантана,
Неча гўдакни элим Музаффар атар яна,
Орзу-ҳавас ёғдусин сочиб келди Музаффар.

Юртбоши юрагидан қувват олган паҳлавон
Юрт байроғин юксалтди – яловбардор,  қаҳрамон,
Азалдан ғолиб халқим, музаффардирсан ҳамон,
Шуҳратингга янги шон қўшиб келди Музаффар!

1.08.2024

@n_jonuzoq
Olimpiyada kundaligi

Bugundan Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari doirasida yengil atletikachilarimiz bahslarga kirishishadi. Kun davomida 4 sport turida 9 nafar atletimiz ishtirok etishadi.
Olimpiyada kundaligi

Alisher Yusupov chorak finalda

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alisher Yusupov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Slovakiyalik Marius Fizel bilan bahs olib borgan hamyurtimiz chiroyli gʻalabasi bilan chorak final ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Endi u yarim final yoʻllanmasi uchun tojikistonlik Temur Rahimov bilan bellashadi.
Olimpiyada kundaligi

Safina Sadullayeva final bosqichiga yoʻllanma oldi

Safina Sadullayeva yengil atletikachilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab berdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz В guruhida 1.95 metr natija qayd etdi. Mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko’rsatgan Sadullayeva shu tariqa 4-avgust kuni boʻlib oʻtadigan final dasturiga yoʻllanma oldi. Barakalla, Safina!
Olimpiyada kundaligi

Alisher Yusupov to’g’ridan to’g’ri bronza medali uchun kurashadi


Dzyudochimiz Alisher Yusupov o’tish bosqichidan erkin o’tadigan bo’ldi. Chorak finalda mag’lubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois hamyurtimiz to’g’ridan to’g’ri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Medal uchun bahsda Yusupovga yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong o’rtasidagi bahsda mag’lubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | To‘ylardagi dabdaba va milliyligimizga yot odatlar ko‘plab muammolar sababchisi bo‘lmoqda
#1aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Olimpiyada kundaligi

Alisher Yusupov O’zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi!

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi g’aznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochimiz Alisher Yusupov mualliflik qildi.

+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag’lub etishga muvaffaq bo’ldi.

Shu tariqa, O’zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Barakalla, Alisher!
2024/09/24 13:29:08
Back to Top
HTML Embed Code: