Telegram Web Link
“Do‘stlik” haftaligi doirasida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qardoshlik mushoirasi” maʼrifiy tadbirlaridan fotolar.

Muallif–Ahmad To'ra.
“Do‘stlik” haftaligi doirasida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qardoshlik mushoirasi” maʼrifiy tadbirlaridan fotolar.

Muallif–Ahmad To'ra.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanoti bor so‘zlar

ISMINGDA VATAN BORDIR

Sirojiddin Sayyid she'ri
Rahimboy Jumaniyozov o‘qidi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Daftarda qolgan satrlar

   Ayjamal Jo‘ldasbayeva 1997-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Davqora ovulida tug‘ilgan. 2014-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Jahon tillari universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetining magistraturasini tugatgan. Shu universitetning doktoranturasida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan edi.
   U 2024-yil 11-yanvar kuni bevaqt olamdan o‘tdi.
   Ayjamal sheʼrlar, badiiy-publitsistik asarlar bitgan isteʼdodli ijodkor edi. Uning qisqa, lekin mazmunli hayoti va faoliyati yoshlarga ibrat bo‘ladi.
   Sheʼrlarini o‘qib, uning xotirasini yod etamiz.
   Ayjamolning oxirati obod bo‘lsin.

Ayjamal Jo‘ldasbayeva,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori


QORAQALPOQ QIZIMAN


 Otam or uchun qo‘lga qilich olgan,
Xalqim deya yov ustiga ot solgan,
Kurashganda yo‘lbaslar ojiz qolgan,
Ana shunday otalarning qiziman.

Mening onam farzand uchun och qolgan,
Aqlu zakovatin xonlar tan olgan.
Jonin berib, or-nomus deb ot solgan,
Or-nomusli onalarning qiziman.

Mening xalqim yaralgandir sabrdan,
Shoxlari ming, tubi bitta tomirdan,
Sinmay, omon qolgan zulmu jabrdan,
Shunday jusur qoraqalpoq qiziman.

Qoraqalpog‘im dutor – sozga jon berar,
Shoirlari bedor – so‘zga jon berar,
Yigitlari xumor ko‘zga jon berar,
Shunday jo‘mard qoraqalpoq qiziman.

Mening quyoshimsan, oyim, yulduzim,
Sen mening hayotim, kecham-kunduzim,
Meni erkalatib, degansan qizim,
Mehribonim – qoraqalpoq qiziman!

Tumaris qasosi yuragimdadir,
Guloyim qudrati bilagimdadir,
Mamanbiy urug‘i palagimdadir,
Shunday botir qoraqalpoq qiziman!

Alpomish tulporin mindim – davlatim,
Kundan kunga ortib borar shuhratim,
Dunyoga dong taratmoqda shavkatim,
Shunday baxtli qoraqalpoq qiziman!

Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi
2024/09/25 11:21:50
Back to Top
HTML Embed Code: