Telegram Web Link
Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ikkinchi Olimpiada chempionligi uchun kurashga kirishgan Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari doirasidagi birinchini jangini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Uning har qanday raqibni muvozanatdan chiqarib qo’ya oladigan zarbalari shoir Muhammad Ismoilga ilhom bag’ishladi.

🇺🇿 Баходир Жалолов, начавший свой путь ко второму чемпионству, успешно провёл свой первый поединок в рамках Олимпийских игр Париж-2024. Его точные удары и своеобразная техника, которые смогут вывести любого соперника из равновесия, вдохновили поэта Мухаммада Исмоила.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Gulxan" jurnalining yangi sonida "Zomin-2024" yosh ijodkorlar seminari ishtirokchilari ijodidan namunalar chop etildi.

Jurnal oʻquvchilari ushbu ijodkor qizlarga havas qilib, qalblarida adabiyotga, sheʼriyatga muhabbat uygʻonishiga aminmiz.

@gulxanjurnali
Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligi

XO‘JAHAYRON[1]


O‘zbekiston xalq shoiri
Normurod Narzullayevga


Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi karvon, yarmi polvon,
Bir yon Kasbi, bir yon Nasaf,
Eng qadimiy naslu nasab.

Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Hovuchingda obi hayvon.
Sardobaga suykaladi,
Suv ichgali kelgan jayron.

Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Bahorda yam-yashil bo‘ston.
Ufqqa chiqib ketgan qirlar
Qizg‘aldoqzor alvon-alvon.

Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi dehqon, yarmi cho‘pon.
Mehnatingdan yurt farovon,
Molu dunyong misli ummon.

Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Tanti inson, mardu maydon.
Daryo kechdik, oshdik dovon,
Hamma yo‘l ham emas ravon.

Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi karvon, yarmi polvon,
Elda noming qildi doston
Ko‘hna tarix bergan unvon.

Rustam Musurmon,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri


[1] Xo‘jahayron – Normurod Narzullayev tug‘ilgan qishloq.
Yangi kitob

SOKIN DARYO MAVJLARI

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli jurnalist Husan Ermatovning ushbu to‘plami muallif tomonidan keyingi yillarda yozilgan bir qator publitsistik maqolalar, maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi suhbat, esse va qatralardan iborat.
Mazkur to‘plamda shiddatli axborot zamonida matbuotning qanday nafas olayotgani, qaysi jihatlar soha rivojiga to‘siq bo‘layotgani, umuman, matbuotga munosabat hamda matbuot sohasidagi mutasaddi va rahbarlarning oldida turgan vazifalar haqida mulohazalar bayon etilgan. Shubhasiz, ushbu yo‘nalishdagi har bir maqolada ilgari surilayotgan fikrlar matbuotning bugungi sinovli davrda yashab ketishi, kelajagini qanday qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy masalalarga bag‘ishlagani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘plam keng o‘qirmanlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Ahmadjon Meliboyev

Nashriyot: "Adabiyot"

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ijod va maʼnaviyat targ‘ibotiga oid loyihalar ko‘paytiriladi

   Millatni uyg‘otish, ona vatanga muhabbatni mustahkamlashda adabiyotdek kuchli vosita bo‘lmasa kerak, deydi ulug‘lar. Shu kabi maqsadlar yo‘lida ijod va maʼnaviyat targ‘iboti yo‘nalishida ko‘plab samarali ishlar qilmoq kerak bo‘ladi.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligida vakillar hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
   Unda ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali”da targ‘ibotchilar safida ijodkor-ziyolilarni ko‘paytirish, vatanparvarlik, milliy g‘urur mavzularida sheʼr, hikoya kabi yo‘nalishlarda tanlovlar tashkil etish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalarga atalgan sheʼriy to‘plamlarni nashr qilish masalalariga eʼtibor qaratildi.
   Uchrashuvda masʼullar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining raqamli targ‘ibot laboratoriyasida zamonaviy media mahsulotlar tayyorlash hamda bolalar adabiyotini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.
   Mazkur yo‘nalishlarda fikr-mulohazalari bor yoshlar va ijodkorlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga o‘z takliflarini bildirishlari mumkinligi aytildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Uchrashuvdan fotolar.

Mualif–Ahmad To'ra.
30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni

O‘ZBEKISTON – BEBAHO YURTIM

   Shu yilning 1-avgust kuni “Do‘stlik” haftaligi doirasida  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qardoshlik mushoirasi” maʼrifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov tabrik so‘zi bilan ochdi.
   Bu kabi tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi Farmoni ijrosini taʼminlashga hamda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivalini yuqori saviyada o‘tkazishga eʼtibor qaratildi.
   Yozuvchilar uyushmasi foyesida O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan qozoq, tojik, rus yozuvchi va shoirlarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitoblari, shuningdek, Uyushma aʼzolari tomonidan ona tilimizga o‘girilgan jahon adabiyotining sara asarlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi.
   “Qardoshlik mushoirasi” turli ellar do‘stligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar bilan davom etdi. Maʼrifiy tadbirlar shoirlar, yozuvchilar va keng jamoatchilik ishtirokida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimidan boshlandi. Shundan so‘ng tadbirlar poytaxtimizda qad rostlagan Abay, Chingiz Aytmatov, Maxtumquli, Aleksandr Pushkin, Nizomiy Ganjaviy, Taras Shevchenko, Yakub Kolas, Shota Rustaveli haykallari poyida davom etdi. Tadbirlarda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Bahodir Karim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir va yozuvchilar Sirojiddin Rauf, Farog‘at Xudoyqulova, Tursinali Ahmedov, Davron Rajablar so‘zga chiqib, qardosh xalqlar adabiyoti vakillarining ijodi o‘zbek o‘quvchisiga qadrdon bo‘lib ketgani, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini bog‘lashda adabiyotning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
   Yakunda turli xalqlar yozuvchi va shoirlari haykallari poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
   “Do‘stlik” festivali poytaxtimizda joriy yilning 29 iyul kunidan boshlandi. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilar va keng jamoatchilik vakillari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimi, Toshkent fotosuratlar uyida “Do‘stlik nigohi” qardosh xalqlar fotosuratlari ko‘rgazmasining ochilishi, “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Davlat mukofoti va “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyati va chet ellik hamkorlarni taqdirlash kabi qator marosim va tadbirlar o‘tkazildi.
   Shuningdek, festival davomida “Navro‘z” bog‘ida “Ona zamin bag‘ridan...” xorij va yurtimizdagi turli xalqlar amaliy ustalarining xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasining ochilishi, Bolalar yozgi oromgohlarida “Do‘stlik bolalikdan boshlanadi” nomli tadbirlar, “Xalq do‘stligi” maydonida “Do‘stlik ohanglari” nomli konsert dasturi va boshqa qator tadbirlar o‘rin olgan.
   “Do‘stlik” festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va poytaxtimizda shu yilning 4 avgustigacha davom etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
2024/09/24 13:28:09
Back to Top
HTML Embed Code: