Yangi roman muhokamasi
Mustaqillik davri o‘zbek nasrida jahon tarixi mavzulariga qo‘l urishdek xayrli anʼana shakllanmoqda. Muhammad Alining “Kleopatra”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” romanlari, Baxtiyor Abdug‘afurning “Kibr minorasi” qissasi shular jumlasidandir.
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashida yozuvchi Risolat Haydarovaning yangi “Suyumbika” tarixiy romani muhokama qilindi.
Uni uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid ochib berdi. Кengash raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton olib bordi. Unda kengash aʼzolari - Muhammad Ali, Nabi Jaloliddin, Orziqul Ergash, To‘lqin Hayit, Bahodir Karim, Adhambek Alimbekov, Umida Rasulova, Ilmira Rahmatullayeva, Salim Ashur va boshqalar ishtirok etdi.
“Suyumbika” tarixiy romani XVI asr ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y bergan voqealarga bag‘ishlanadi, - dedi muallif Risolat Haydarova. - Suyumbika – tatar xalqining milliy qahramoni, Qozon xonligini boshqargan malika. Tatar xalqi Suyumbikani sevganidan u haqida ko‘pdan-ko‘p afsonalar to‘qigan.
Asar Suyumbika eri Safo Garay vafotidan keyin Qozon xonligini idora etgani, mamlakatda qator iqtisodiy islohotlar o‘tkazgani, uning islohotlari oddiy xalqning turmushi farovonlashishiga xizmat qilgani haqida hikoya qiladi.
Muhokamada bu romanning yozilishi katta ahamiyatga ega ekanligi va asarni yana-da boyitish borasidagi fikr-mulohazalar bildirildi. Kuchli mahorat bilan yozilgan bandlari alohida eʼtirof etildi. Suhbat davomida “Suyumbika” tarixiy filmi namoyish qilindi.
Zulayho Ahmadjonova

Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Gulxan" jurnalining yangi sonida "Zomin-2024" yosh ijodkorlar seminari ishtirokchilari ijodidan namunalar chop etildi.
Jurnal oʻquvchilari ushbu ijodkor qizlarga havas qilib, qalblarida adabiyotga, sheʼriyatga muhabbat uygʻonishiga aminmiz.
@gulxanjurnali

Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligi
XO‘JAHAYRON[1]
O‘zbekiston xalq shoiri
Normurod Narzullayevga
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi karvon, yarmi polvon,
Bir yon Kasbi, bir yon Nasaf,
Eng qadimiy naslu nasab.
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Hovuchingda obi hayvon.
Sardobaga suykaladi,
Suv ichgali kelgan jayron.
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Bahorda yam-yashil bo‘ston.
Ufqqa chiqib ketgan qirlar
Qizg‘aldoqzor alvon-alvon.
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi dehqon, yarmi cho‘pon.
Mehnatingdan yurt farovon,
Molu dunyong misli ummon.
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Tanti inson, mardu maydon.
Daryo kechdik, oshdik dovon,
Hamma yo‘l ham emas ravon.
Xo‘jahayron, Xo‘jahayron,
Yarmi karvon, yarmi polvon,
Elda noming qildi doston
Ko‘hna tarix bergan unvon.
Rustam Musurmon,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
[1] Xo‘jahayron – Normurod Narzullayev tug‘ilgan qishloq.

Yangi kitob
SOKIN DARYO MAVJLARI
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli jurnalist Husan Ermatovning ushbu to‘plami muallif tomonidan keyingi yillarda yozilgan bir qator publitsistik maqolalar, maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi suhbat, esse va qatralardan iborat.
Mazkur to‘plamda shiddatli axborot zamonida matbuotning qanday nafas olayotgani, qaysi jihatlar soha rivojiga to‘siq bo‘layotgani, umuman, matbuotga munosabat hamda matbuot sohasidagi mutasaddi va rahbarlarning oldida turgan vazifalar haqida mulohazalar bayon etilgan. Shubhasiz, ushbu yo‘nalishdagi har bir maqolada ilgari surilayotgan fikrlar matbuotning bugungi sinovli davrda yashab ketishi, kelajagini qanday qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy masalalarga bag‘ishlagani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘plam keng o‘qirmanlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Ahmadjon Meliboyev
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Ijod va maʼnaviyat targ‘ibotiga oid loyihalar ko‘paytiriladi
Millatni uyg‘otish, ona vatanga muhabbatni mustahkamlashda adabiyotdek kuchli vosita bo‘lmasa kerak, deydi ulug‘lar. Shu kabi maqsadlar yo‘lida ijod va maʼnaviyat targ‘iboti yo‘nalishida ko‘plab samarali ishlar qilmoq kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligida vakillar hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali”da targ‘ibotchilar safida ijodkor-ziyolilarni ko‘paytirish, vatanparvarlik, milliy g‘urur mavzularida sheʼr, hikoya kabi yo‘nalishlarda tanlovlar tashkil etish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun bolalarga atalgan sheʼriy to‘plamlarni nashr qilish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda masʼullar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining raqamli targ‘ibot laboratoriyasida zamonaviy media mahsulotlar tayyorlash hamda bolalar adabiyotini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.
Mazkur yo‘nalishlarda fikr-mulohazalari bor yoshlar va ijodkorlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga o‘z takliflarini bildirishlari mumkinligi aytildi.