Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#jurnalga_qaytib
“Yoshlik”ning 40 yillik to‘yiga
Favqulodda qadamlar sekinlashdi, dunyo adabiyoti “qamalgan” charm sumka ochildi. Pochtachi amaki undan bir jildlangan qog‘ozni oldi. Indamay qo‘limga tutqizdi-da, yo‘lida davom etdi. Bu qog‘oz ko‘zim o‘rgangan “Leninchi” gazetasiga o‘xshamasdi. Shosha-pisha jildiga tikildim, “Yoshlik” degan yozuvga ko‘zim tushdi. Bu Toshkentda nashr etilgan “Yoshlik” jurnalining dastlabki sonlaridan biri edi…
👉davomi...
@yoshlikjurnali

Zomin taassurotlari
Har bir yosh qalamkash Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminarida ishtirok etishni orzu qiladi. Bu yil mening orzuim ushaldi. Adabiyot maydonidagi muhim bir qadam bo‘ldi bu, men uchun. Badiiy publitsistika yo‘nalishida “Saodat” jurnali bosh muharriri, ustoz ijodkor Munavvara Usmonovadan mahorat saboqlarini oldik. So‘lim O‘riklisoy bag‘rida erkin ijodiy ishlar qoraladik. Kechki mushoira esa chin maʼnoda kishi ruhiga maʼnaviy ozuqa baxsh etdi. "O‘riklisoy oqshomlari", deya qayta nomlandi, bu mushoiralar. Aytish joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan seminar biz, yosh ijodkorlarga nafaqat ijodiy muhitni, balki hayotiy ko‘nikmalarni ham bera oldi.
Zomindagi tog‘lardek baland ruh, sharqiroq soy kabi jo‘shqinlik bizga go‘zal ilhomlar baxsh etaverishiga shubha yo‘q.
Dilafruz Obloqulova,
seminar ishtirokchisi

“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 24-iyul kungi 30-sonida shoir G‘ayrat Majidning turkum sheʼrlarini mutolaa qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"YANGILIKLAR" "Zukko" kitobxon tanlovi
IJODIY HAMKORLIK
Shoir Ikrom Otamurod va rassom Iqbol Ilhomov ijodiy jarayon pallasida.
Muallif – Ahmad To'ra.
Shoir Ikrom Otamurod va rassom Iqbol Ilhomov ijodiy jarayon pallasida.
Muallif – Ahmad To'ra.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 26-iyul kungi 149-sonida Minajatdin Qutlimuratovning Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan "Qalpog‘i qozonday ellarim bordir" sarlavhali hamda Munojat Mo‘minovaning Qirg‘iziston madaniyat kunlari aks etgan "Azaldan qanotdosh bo‘lib kelayotganimiz yaqqol sezildi" nomli maqolasini mutolaa qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zamonlar osha"
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodiga bag‘ishlanadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodiga bag‘ishlanadi.
Yangi kitob
IKKI QALB IZDOSHLARI
Ushbu to‘plamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari jamlangan. Ular ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, misralarda yoshlik zavqi ufurib turibdi va to‘plam adabiyot ixlosmandlariga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.
Kitob Jizzax viloyati hokimligi homiyligida nashr etildi.
Loyiha rahbari: Dilafruz Xamdamova
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Texnik muxarrir: Ahmad To’ra
Nashriyot: "Ijod Nashr" nashriyoti
Adadi: 1000
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida so‘z boradi.
Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida so‘z boradi.
MEN NECHUN SEVAMAN O‘ZBEKISTONNI
Men nechun sevaman O‘zbekistonni,
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.
Nechun Vatan deya yeru osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni?
Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman,
Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men
O‘paman: "Tuprog‘ing bebaho, Vatan..."
Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding sen?!
Xo‘sh, nechun sevasan O‘zbekistonni?
Sababini aytgin desalar menga.
Shoirona go‘zal so‘zlardan oldi,
Men taʼzim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding,
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?
Vatanlar,
Vatanlar,
Mayli, gullasin,
Bog‘ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo‘lsa kechirma aslo!
Abdulla Oripov

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xushxabar
⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI
✅ Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.
📊 Jumladan:
📍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺 Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.
🌐 Batafsil koʻrish uchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM