Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezidentimizning «Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston» kitobi nashrdan chiqdi

#24july #uzbekiston24
Mustaqillikka 33 yil

Jam bo‘lib agar musht tugilgay,
Yurakda jasorat tug‘ilgay,
Bedorlik oliy baxt tuyulgay,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Baxt,omad osmondan tushmagay,
G‘ofilni hech toleʼ quchmagay,
Gar jammiz, baraka uchmagay,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Qadim bu zaminning bag‘ri qon,
Qonga-qon talashdi, jonga-jon,
Ona yurt-yurakda mangu shon,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Kubroning dodidir bu Vatan,
Boburning oridir bu Vatan,
Har kimning zoridir bu Vatan,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Vatansiz yurt bo‘lmas, el bo‘lmas,
Ayo do‘st, sharafsiz er bo‘lmas,
Egasiz bir qarich yer bo‘lmas,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Osonmas elni el qilmoq ham, 
Jonni ming bo‘lakka bo‘lmoq ham,
Har kimning dilini bilmoq ham,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Yuksalgay insonning gar qadri,
Yurakdan arigay gar dardi.
Demakki, millatning bor mardi,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

O‘zbeksiz jahonmas bu jahon,
To‘liqmas hayhotday qahkashon,
Sen-u men, barchamiz biz, ishon,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Birlashgan o‘zgani o‘zdirmas,
O‘zini pardayin to‘zdirmas,
Yozganim shunchaki so‘zdirmas:-
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz!
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Audiomaqola

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Dunyo nizomida Yangi O‘zbekiston ruhi!” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/yuz_official
“ZUKKO KITOBXON” G‘OLIBI ANIQLANDI

Viloyat Bolalar kutubxonasida respublika Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ushbu tanlovda kitobxon yigit-qizlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi. Tanlov shartlariga ko‘ra kitobxonlar intellektual o‘yinda tavsiya etilgan ilmiy, badiiy, huquqiy adabiyotlar asosida tuzilgan savollarga yozma javob berdi. Shuningdek, yana bir shartga ko‘ra ishtirokchi bitta adabiyotni tasodifiy, yaʼni avtomatik generatsiya orqali tanlab oldi.
Yakuniy baholarga ko‘ra, tanlovda o‘zining zukkoligi, hozirjavobligi, ilmiy salohiyati bilan boyovutlik Shoira Zikrillayeva faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, mirzaobodlik Javohir Rahmonov ikkinchi, gulistonlik Shaxzoda Tolipova uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.
G‘oliblarga homiy tashkilotning sovg‘alari, sertifikat hamda diplomlari topshirildi.

Noriniso Qosimova,
Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi
bosh mutaxaassisi
Zomin taassurotlari

Sochimga oppoq lenta taqib, maktabga qatnab yurgan  davrlarimdagi orzuim edi – Zomin! U paytlar men she‘riyatni qofiyalarni tizishdan iborat, deb o‘ylardim. Shu tushuncha bilan yillar davomida o‘nlab daftarlar qoraladim ham. Maktabni bitirib, oliygohga o‘qishga kirgandagina adabiyot, she‘riyatning mutloq o‘zga va ulkan olam ekanligini angladim. Endilikda she‘rlar emas, hikoyalar yoza boshlagandim. Va shu ilk jajji hikoyalar meni Zomin seminari sari yetaklab keldi. Uch kun davomida tajribali ustozlardan saboqlar oldik. Tabiatning mo‘jizasi bo‘lgan so‘lim O‘riklisoy bag‘ridagi saboq va mushoiralar bir umrga tatigulik xotiraga aylandi. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotining tirik afsonasi – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuv men uchun seminarning eng ulkan tuhfasi bo‘ldi. 

Umida Rahmonova,
Buxoro viloyati ishtirokchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Madaniyat va maʼrifat" telekanalining "Yangi uyg‘onish yo‘li" ko‘rsatuvini tomosha qiling.
Unda Adiblar xiyoboni va adabiy islohotlar haqida so‘z boradi.
Бадиий таржима соҳасида Муҳаммад Ризо Огаҳий номидаги халқаро мукофот тўғрисидаги низом тасдиқланди

Батафсил: https://uza.uz/posts/619611

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
Taklifnoma

Bugun Yozuvchilar uyushmasida soat 11:00 da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Audiomaqola

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Ozodlik bayrami navqiron yoshda ” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/yuz_official
Forwarded from JADID media | rasmiy
Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli yangi kitobi nashr etildi

Kitobda O‘zbekistonning bugungi qiyofasi, jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, dolzarb masalalar bo‘yicha ilgari surayotgan ko‘plab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar yoritib berilgan.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
#jadidlar

SADRIDDIN AYNIY

Sadriddin 1878-yilning 15-aprelida Buxoro amirligining G‘ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida Saidmurodxо‘ja va Zevaroy xonadonida dunyoga kelgan.
Birgina “Shu’lai inqilob” haftalik jurnalida Ayniyning “Sin Mim”, “Qof-Sin”, “Sin Xo”, “Sin”, “Xo”, Sin Qof”, “Sod Ayn” hamda “Sod Ayniy” imzosi bilan 67 ta maqolasi, 30 dan ortiq she’r va maqolalari chop etilgan.

Batafsil: jadid-media.uz
"Adabiyot ziyosi" gazetasining 2024-yil 25-iyul kungi 14-sonida shoir Minhojiddin Mirzoning turkum sheʼrlarini mutolaa qilishingiz mumkin.
2024/11/14 14:46:44
Back to Top
HTML Embed Code: