Telegram Web Link
Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoir Hasan Asrayevning “Ezgu niyat” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi hamda bir qator yosh ijodkorlarga Yozuvchilar uyushmasi aʼzolik guvohnomalari topshirildi. Fotolar muallifi — Ahmad To‘ra.
Yangi kitob

KO‘NGIL SARHADI

Aziz kitobxon, sizga shoir Zafar Xudoyorning "Кo‘ngil sarhadi" nomli kitobi taqdim etilmoqda, Unga jam bo'lgan she’rlarni mutolaa qilganingizda shoir ko‘ngil sarhadidagi tuyg‘ulari, kechinmalarini teran anglaysiz. Unda qalamga olingan mavzular sizni befarq qoldirmaydi, mushohada qilishga chorlaydi.
O‘qing, ko‘ngil mulkingizni yanada boyiting.

Muallif: Zafar Xudoyor
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Nashriyot: "Ijod nashr" nashriyoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. Davlat gerbi Oʻzbekiston Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 10-sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli qonuniga asosan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 5-modda.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 2-iyul kungi 130-sonidan olindi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida yosh shoir, uyushma aʼzosi Hasan Asrayevning "Ezgu niyat" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi va yoshlarga dil istaklarini bildirdi. Unda rais o‘rinbosarlari Minhojiddin Mirzo, Botir Ergashev, muallifning otasi Jahongir Asrayev so‘zga chiqdi.
Hasan Asrayev yozganlari asosan Vatan, mustaqillik, millat, ustozlar, yurt, himoyachilari haqidadir. U katta mavzular doirasida katta fikr, keng mushohada yuritishga urinadi. Uning yozganlarida to‘kis bir inson nigohini tuyish mumkin. Bu yosh qalamkashning iroda quvvati nechog‘li kuchliligidan darak beradi, deya taʼkidlandi tadbirda.
Mazkur kitobga O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid muharrirlik qilgan. Nashr uchun masʼul Muhiddin Abdusamad. Joriy yilda “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.
Tadbirda Hasan Asrayev so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor uchun minnatdorligini bildirdi. Yosh shoir yig‘ilganlarga "Ezgu niyat" kitobini ulashdi.
Shundan so‘ng, 30-iyun - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yosh ijodkorlar uyushma aʼzoligiga qabul qilindi. Yangi aʼzolarning fikrlari tinglandi.

Zulayho Ahmadjonova
«Jadid» gazetasining 2024-yil 21-iyun kungi 26-sonidan olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Shoirlarning avtobiografiyasi bir xil bo‘ladi"
Halima Ahmedova
To‘liq video

"Qaqnus"
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#mujda

Yangi son mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atoqli adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xayriddin Sultonning "Ishonch telefoni" kitobi taqdimoti haqida videolavha.
  
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminari mushoira bilan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Erkin Vohidov ijod maktabi bitiruvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Nilufar Ergasheva shoirning "O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa" sheʼrini o‘qib berdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminari qatnashchilari dastlab Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 3-iyul kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
2024/09/22 07:29:27
Back to Top
HTML Embed Code: