Telegram Web Link
TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, ko‘p sonli a'zolari shoir, tarjimon, jurnalist, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Kengesboy Reymovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Adib bilan uchrashuv

Farg‘onada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib Farmon Toshev bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv ko‘tarinkilikda o‘tdi.
Marg‘ilon shahridagi IT parkning tadbirlar zalida farg‘onalik ijodkorlar, jurnalistlar, yoshlar ishtirokida tashkillangan tadbirni uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva olib bordi.
- Farg‘onaga doim oshiqib, akamning yo ukamning uyiga kelgandek talpinib kelaman, - dedi ustoz ijodkor. - G‘azal ustasi bo‘lmish Ismoil Mahmud bilan ota-boladekmiz. Bu so‘lim maskanda qadrdonlarim, ijodiy maslakdoshlarim ko‘p.
Darhaqiqat, uchrashuv juda samimiy ruhda kechdi. Farmon Toshevning rang-barang asarlari, jurnalistikaning baland-past yo‘llari haqida so‘z yuritildi. Ustozning uzoq yillik faoliyati bilan bog‘liq xotiralar tilga olindi. Mushoira, savol-javoblar qizg‘in davom etdi. Qalam ahlining sog‘inchli suhbatlaridan yorug‘ so‘zga tashna ko‘ngillar qondi.
Farg‘ona sevimli adibi bilan "Yana uchrashguncha!" deya xayrlashdi. Dillarga esa bir olam taassurot, adabiyotga mehr muhrlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminariga ketishda ustozlar va ishtirokchilarni suhbatga chorladik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Члены Союза писателей посетили «Заамин»
#3july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminarining Sheʼriyat shoʻbasida ustoz ijodkor Aziz Said ishtirokchilarga saboq beryapti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminarining Sheʼriyat shoʻbasida filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ishtirokchilarga saboq beryapti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_2024

Zomin seminarida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ishtirokchilarga saboq berdi.
Zomin seminarining 1-kunidan suratlar.
Muallif–Ahmad To'ra.
2024/09/22 05:25:33
Back to Top
HTML Embed Code: