Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zuhra Begimning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan "Maxsus reportaj".
GULBAXOR JUMAEVA SHAXODAT ISAXONOVA XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida yozuvchi Shaxodat Isoxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Respublika Tarjimonlar forumi haqida.
15-06-24.pdf
1.1 MB
"Xalq so‘zi" gazetasining 15-iyun kungi sonida Respublika Tarjimonlar forumi haqida Rahmat Bobojonning maqolasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ZOMIN SEMINARIGA BORADIGANLAR SARALANDI

Yosh ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminari har yili yoz oyida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi O‘riklisoy dam olish maskanida bo‘lib o‘tadi.
Bu anjumanda yuzlab yosh qalamkashlar adabiyotning yetti yo‘nalishi – nasr, nazm, adabiy tanqid, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, dramaturgiya va qardosh xalqlar adabiyoti borasida o‘zaro fikr va tajriba almashadi. Asosiysi, ularga xalqimizning eng ko‘zga ko‘ringan adiblari, taniqli yozuvchi va shoirlari mahorat saboqlari beradi. Yoshlar ulardan ijod sirlarini o‘rganish barobarida, o‘z mashqlarini ham o‘qib, tanishtirib, yutuq va kamchiliklarini bilib olishadi. Ijodiy hamkorlikka yo‘l ochiladi va yangi do‘stlar orttiradi.
Mana shu anjumanning nufuzi oshib, unga borish istagidagi yoshlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Hamma Zominga borsam, deydi. Lekin imkoniyat cheklangan – hamma ham u yoqqa borolmaydi. Shu bois saralash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Eng isteʼdodli yoshlargina hududiy bosqich orqali respublika seminariga borishadi.
Azaldan Toshkent va Sirdaryo viloyati bitta mintaqa, bitta hudud bo‘lib, bir yil Sirdaryoning Gulistonida, bir yil bizning Nurafshonda seminarning hududiy bosqichini o‘tkazish anʼanaga aylangan. Bu yil seminarga Toshkent viloyati mezbonlik qildi. Bugun Toshkent viloyatidan 16 nafar, Sirdaryodan 17 nafar ishtirokchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Ularning qobiliyatini katta ijodkorlar baholamoqda. Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir Botir Ergashev, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, ustoz shoir Aziz Said, taniqli tarjimon, yozuvchi va shoirlar Begoyim Xolbekova, Maʼmura Zohidova, Nosirjon Jo‘rayev, Alisher Boymurodov va boshqalar yoshlar bilan ijodiy muloqot qildi.
Seminarning ochilishida O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir so‘zlab, barcha ishtirokchilarni qutladi. Botir Ergashev yoshlarga uyushma raisi Sirojiddin Sayyidning salomini yetkazdi va omad tiladi. Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Nornisa Qosimova ham o‘z fikrlarini bayon qildi.
– Yosh qalamkashlar yetti shoʻbaga bo‘lingan holda muloqotga kirishdi, dedi Ma'mura Zohidova. – Ular orasidan 4 yoki 5 nafari Zomin seminarining yakuniy – respublika bosqichiga boradi. Mazkur bosqich shu yilning 3-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Seminarning xududiy saralash bosqichi yopilish marosimida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Madg‘oziyeva ishtirok etdi.
Barcha ishtirokchilar va ustozlarga Yozuvchilar uyushmasining sertifikati va esdalik sovg‘alari berildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/21 05:54:42
Back to Top
HTML Embed Code: