Telegram Web Link
Jarayondan suratlar.
TAKLIFNOMA

2024-yilning 21-iyun kuni soat 10:30da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli adiba, uyushma aʼzosi Dilshoda Saidolimova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha hamda “Urushdan qaytmagan bolalar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 20-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Адабиёт – халқнинг юраги

Сирожиддин Саййид,
Ўзбекистон халқ шоири


ШОИРЛИК ШУКРОНАСИ

Газета ва журналистика менинг тақдирим ва келажак ҳаёт йўлимни белгилаб берган, десам муболаға бўлмайди. Лекин бу таъриф ниҳоятда камдек туюлади. Сабаби – газетада ишлаш ёш ижодкор учун, ҳақиқатан ҳам, завқу шавқ маскани, ҳаётни ўрганиш ва ҳақиқий маҳорат мактаби эди.
Ўша йиллар Эрнест Хеменгуэйнинг “Алвидо, қурол!” романи уста мутаржим Иброҳим Ғафуров таржимасида кенг китобхонлар, жумладан, ёшлар ўртасида ҳам қўлма-қўл мутолаа қилинарди. Нобель мукофоти соҳиби бўлмиш оламшумул адибнинг: “Оддий хабарни эплаб ёза билган ижодкор, шак-шубҳасиз, йирик романни ҳам уддалай олади”, – деган ҳикматли сўзи ўспирин мухбир сифатида менинг юрагимдан жой олган эди. ТошДУдан кейин ҳаёт дорулфунунида устозлар тимсолида – тирик китоблардан кўпроқ ўрганиб, ибрат олганман, десам эҳтимол бугунги ўқувчи учун қизиқ туюлар.

Давоми...
Adabiyot – xalqning yuragi

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri

SHOIRLIK SHUKRONASI



Gazeta va jurnalistika mening taqdirim va kelajak hayot yo‘limni belgilab bergan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin bu taʼrif nihoyatda kamdek tuyuladi. Sababi – gazetada ishlash yosh ijodkor uchun, haqiqatan ham, zavqu shavq maskani, hayotni o‘rganish va haqiqiy mahorat maktabi edi.
O‘sha yillar Ernest Xemengueyning “Alvido, qurol!” romani usta mutarjim Ibrohim G‘afurov tarjimasida keng kitobxonlar, jumladan, yoshlar o‘rtasida ham qo‘lma-qo‘l mutolaa qilinardi. Nobel mukofoti sohibi bo‘lmish olamshumul adibning: “Oddiy xabarni eplab yoza bilgan ijodkor, shak-shubhasiz, yirik romanni ham uddalay oladi”, – degan hikmatli so‘zi o‘spirin muxbir sifatida mening yuragimdan joy olgan edi. ToshDUdan keyin hayot dorulfununida ustozlar timsolida – tirik kitoblardan ko‘proq o‘rganib, ibrat olganman, desam ehtimol bugungi o‘quvchi uchun qiziq tuyular.

Davomi...
JURNALNING YANGI SONI CHOP ETILDI

   “Vatan” jurnalining 2-soni nashrdan chiqdi. Unda xilma-xil mavzudagi suhbat va maqolalar eʼlon qilindi. Uni Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston”i ochib beradi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kechmishlari eslanadi. “Oriyentalizm”: Sharq va G‘arb masalasiga yangicha qarash, “Millat: biz uni qanday tushunamiz yoki tushunmog‘imiz kerak?”, “Joys poetikalari”, “O‘zbek etnonimi: millatimiz nomi qanday paydo bo‘lgan?”, “Abdullaxon – Turonning so‘nggi buyuk hukmdori” va boshqa materiallar sizlarga muntazir.
   – Jurnalning o‘z nomiga munosib bo‘lishi birinchi shart, – deydi bosh muharrir Husan Ermatov. – Ijodiy jamoa buni yurakdan his qilishga intilmoqda. Shu aziz yurtni o‘z Vatanim, deya ulug‘laydigan ziyolilar, o‘qirmanlar, o‘ylaymanki, tahririyatning samimiy intilishlarini baholay biladi.
   Tahririyat faoliyatiga rivoj tilaymiz. Jurnalxonlarga yangi nashr muborak bo‘lsin, deymiz. Haqiqiy bahoni esa albatta o‘quvchi beradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

OCHIQ OSMON OSTIDA


(Shoir Muhammad Ismoil ijodi: tasnif va tavsif)

Ushbu risola tafakkuringizni zamonaviy o‘zbek sheʼriyati, nasri, jurnalistikasining hikmatsevar adibi Muhammad Ismoil ijod olamining sayriga taklif etadi. Siz o‘ziga xos poetik uslub jilolari va jozibasini kamolot yo‘lidagi kechinmalar, zahmat, quvonch, tazarru va iztiroblarni bunda o‘z hayotiy asoslari, tartiboti bilan sifatlab, baholab kuzatasiz. U g‘oyaviy-badiiy niyat, adabiy orzularning ham eng sobiti, sadoqatlisi, saodatga eltguvchisidir. Uslubida rango-rang janriy xususiyatlar tajassumi uyg‘un Muhammad Ismoil ijodi, ayni choqda, istiqlol davrida o‘zining qadim haq o‘zani – hidoyat yo‘liga tushgan va unda sobitqadam bugungi adabiyotimizning yorqin bir ko‘rinishi hamdir.

Muallif: Tohir Shеrmurod
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QOZOQBOY YO‘LDOSH 75 YOSHDA

15-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida pedagogika fanlari doktori, professor va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldosh tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher va boshqalar olimning badiiy adabiyotga bo‘lgan qarashlari, munosabat va xulosalari tamoman yangiligi, shakllangan ilmiy ijodiy yondashuvlar tizimiga o‘zgacha ruh olib kirgani, samimiyati, sodda ifoda yo‘sini, ayni paytda qadim anʼana va qadriyatlarimizga bo‘lgan ulkan muhabbat ila yo‘g‘rilgani bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini tortganligini eʼtirof etishdi.
Anjuman doirasida Qozoqboy Yo‘ldosh hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kitob ko‘targan odam” hujjatli filmi namoyish etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayondan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
2024/09/21 03:23:54
Back to Top
HTML Embed Code: