Telegram Web Link
Respublika Tarjimonlar forumi tadbiridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Respublika Tarjimonlar forumi tadbiridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taniqli adiba, tarjimon, publitsist Shahodat Isaxonovaning yangi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

@yangidavr_rasmiy
Badiiy barkamol asarlarning tarjimasi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Respublika tarjimonlar forumining navbatdagi kuni ham samarali kechdi.
Forumda “Turk va ozarbayjon she’riyatidan tarjimalar”, “Ustozlar sabog‘i va yoshlarga tavsiyalar”, “Xorijiy tillardan tarjima muammolari”, “Qoraqalpoq she’riyatining bugungi kuni”, “Nemis nasrining qaysi jihatlari bugungi o‘zbek o‘quvchisi uchun qiziqarli?”, “Aruz vazni qanday tarjima qilinadi?” kabi mazularda davra suhbati, seminar va mahorat darslari, ijodiy suhbatlar, muloqotlar o‘tkazildi.
Mahorat saboqlarida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Tohir Qahhor, Shermurod Subhon, Nikolay Ilin, Begoyim Xolbekova, Risolat Haydarova o‘z bilim va tajribalarini yoshlarga yetkazdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Xayrulla Hamidov, Davronbek Mamarasulov, Lola Yunus qizi, Murodxon Ergashev, Alisher Sabriyning ma’ruzalari tinglandi.
Forumda ta’kidlanganidek, 2024 yil badiiy tarjima sohasidagi katta yangiliklar bilan boshlandi. Ulug‘ turk shoiri, Turkiya Respublikasi davlat madhiyasi muallifi Mehmet Okif Erso‘yning “Safahot” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Asarni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Miraziz A’zam turk tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan. Misr Arab Respublikasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga qilingan tarjimasi chop etildi. Asar Misrning Al Shams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali tarjimasida “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi bilan arab dunyosi o‘quvchilariga ilk marotaba taqdim etildi.
O‘zbek she’riyatining tolmas tarjimoni, tojikistonlik o‘zbek shoiri O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi O‘zbekiston va Tojikistonda keng nishonlandi.
2024 yilda an’anaviy “Do‘rmon bahori” adabiy forumi tashkil etilganiga 3 yil to‘ldi. Ushbu forum O‘zbekistondagi rusiyzabon ijodkorlarni birlashtirishi bilan birga, o‘zbek adabiyotini rus tiliga tarjima qilish masalalarini muhokama etish bo‘yicha platforma vazifasini o‘tamoqda.
Ayni damda jahon adabiyotining 100 ta sara asarini o‘zbek o‘quvchilariga yetkazish borasida ish olib borilmoqda. Shu paytga qadar 27 ta asar o‘zbek tiliga o‘girilib, chop etish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga jo‘natildi.
“Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlash ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar 50 ta asar Badiiy tarjima, Bolalar adabiyoti, Nasr hamda Rus adabiyoti kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi. Bu majmuaga jahonning besh qit’asi – Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya va Amerika bolalar yozuvchilarining asarlari kiritiladi. Bu katta adabiy loyiha 2026 yilda o‘z yakuniga yetadi.
– Tomas Eliot, Xaruki Murakami, Gabriel Garsia Markes kabi ijodkorlar, shuningdek, rus adiblarining asarlari tarjimasi bilan shug‘ullanaman, – dedi shoir va tarjimon Sherzod Komil Xalil. – Xalqlarning madaniy aloqalari yaqinlashuvida badiiy tarjimaning ahamiyati juda katta. Biron asarni ona tilimizga o‘girganda, shu asar xalqlarning madaniyati, tarixi bilan tanishtirishi barobarida ruhiyatimizga ham rang beradi. Prezidentimizning “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori tarjimonlar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.
Darhaqiqat, ushbu qaror bilan yangi-yangi badiiy barkamol asarlarning tarjimasi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgani aniq.
Parkent ijod uyida bo‘lib o‘tgan Respublika tarjimonlar forumi amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirib olish, galdagi vazifalarni muhokama etib, ularga yechim topishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Nazokat Usmonova
2024/06/26 02:48:49
Back to Top
HTML Embed Code: