Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi:13-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
EY QALDIRGʻOCH

Ey qaldirgʻoch, qayga shoshasan,
Chugʻurlaysan, nedan xafasan?
Ayvoniga in solgan qushni
Kutgan elni qaydan topasan?

Iningdan xas tushsa avaylab,
Oʻz oʻrniga qoʻyadi joylab.
Polaponi uchishin poylab
Turgan elni qaydan topasan?

Bu bir elki, bagʻri keng – hotam,
Yetti oʻlchab tashlaydi qadam,
Boʻylasa ham dil uyiga gʻam,
Kulgan elni qaydan topasan?

Kelmay qolsa uyiga mehmon,
Joni halak, yugurar har yon,
Qush sayrasa, tunda turib non
Yopgan elni qaydan topasan?

Oʻnta boʻlsa – oʻrni boʻlak, deb,
Bir kun boʻlar menga tirgak, deb,
El tinchiga oʻgʻlon kerak, deb
Tuqqan elni qaydan topasan?

Bahor kelsa elni soʻroqlab,
Omonlik deb, uyini oqlab,
Bir chechakni koʻziga yigʻlab
Surtgan elni qaydan topasan?

Hol soʻrasang, non tutar dehqon,
Soʻzlamagan umrida yolgʻon.
Yer kindigin uzarga imkon
Topgan elni qaydan topasan?

Har bolaga – bittadan makon,
Mehnat qilib topar baxt va shon.
Oʻzi terak ekib, oʻzi tom
Yopgan elni qaydan topasan?

Quzgʻunga ham qoʻymaydi tuzoq,
Bir xatosin oʻylaydi uzoq,
Qoʻshni oʻtsa, qirq kunlab chiroq
Yoqqan elni qaydan topasan?

Ey qaldirgʻoch, shoshqaloq sanam,
Ketma, qorlar yogʻsa nima gʻam,
Qush iniga tunda yoqib sham
Tutgan elni qaydan topasan?

Bunday elni qaydan topasan...

Munavvara USMONOVA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tganlar yodi

Eshqobil Shukur adabiyotda umrning uzun yo qisqaligi ahamiyatsiz ekanini yana bir bor isbotlagan, atigi 47 yil umr ko‘rsa-da hamon yuraklardan-yuraklarga ko‘chayotgan shoir – Tilak Jo‘ra haqida.

MTRK mahsuloti.

@Eshqobil_Shukur_ijodi
Zomin seminarining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminarining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, tarjimonlar sheʼriyat, bolalar adabiyoti, badiiy tarjima, adabiy tanqid yo‘nalishlari bo‘yicha shoʻbalarga bo‘lingan holda yoshlarning ijod namunalarini ko‘rib chiqdi.
Seminarning ochilishida Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarlari — Minhojiddin Mirzo va Botir Ergashev uning ahamiyati haqida so‘zladi va ishtirokchilarga ijodiy parvozlar tiladi.
— Bu yilgi seminarning o‘tgan yilgilaridan farqi shundaki, bunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 9 ta ijod maktabidan  45 nafar yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdi va shulardan 5 nafari Toshkent shahar bosqichi ishtirokchisidir. Respublika bo‘yicha 500ga yaqin yoshlarni qamrab olindi. Shundan 200 nafardan ortiq yosh ijodkorlar saralab olindi va hududiy bosqichda ishtirok etdi. Toshkent shahar bosqichida 13 nafar yoshlar o‘zlarining ijodiy isteʼdodlarini namoyon etishdi, deya taʼkidladi yozuvchi Maʼmura Zohidova.
Unda yosh ijodkorlarga Suvon Meli, Salim Ashur, Dilshod Rajab, Ulug‘bek Hamdam, Qo‘chqor Norqobil kabi ustozlar mahorat darslarini o‘tdi. 
  – Men saralash bosqichida “Bolakayning sarguzashtlari”, “So‘qmoq”, “Palto”  nomli kinossenariylarim bilan qatnashyapman, — dedi ishtirokchi  Shahnoza Abdullayeva. – Seminarda Ulug‘bek Hamdam, Qo‘chqor Norqobil kabi qator ustoz ijodkorlar tomonidan ijodiy bilimlarga ega bo‘ldik. Adabiyot maydonida har bir adibning aytar so‘zi bo‘lishi lozimligini angladik.
Zomin  seminarining bu yilgi jarayonida ham yosh isteʼdod egalarini kashf qilish, ularning badiiy qobiliyatini yana-da rivojlantirish, ustoz-shogird anʼanalarini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi. Saralash jarayoni esa yosh qalamkashlar uchun katta mahorat va tajriba maydoni bo‘lgani bilan ahamiyatlidir.

Zulayho Ahmadjonova
Respublika Tarjimonlar forumi tadbiridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/20 23:01:43
Back to Top
HTML Embed Code: