Telegram Web Link
Adiba, tarjimon Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir hamda "Sulton Jaloliddin Manguberdi”, "Bibixonim", "Nodirai davron”, "Gavharshod begim" kitoblari taqdimotidan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Adiba, tarjimon Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir hamda "Sulton Jaloliddin Manguberdi”, "Bibixonim", "Nodirai davron”, "Gavharshod begim" kitoblari taqdimotidan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Tarixiy asarlar taqdimoti

Bugun Yozuvchilar uyushmasida taniqli adiba, mohir tarjimon, publitsist Shahodat Isaxonova  tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijodkorning “Sulton Jaloliddin Manguberdi”, “Bibixonim”,”Nodirai davron”, “Gavharshod begim” kitoblari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov, uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, uyushma aʼzolari — Sharifa Salimova, Muxtor Xudoyqulov, Farog‘at Xudoyqulova, Hulkar Hamroyeva, Abdulla Ulug‘ov, Xosiyat Bobomurodova so‘zga chiqdi.
Yozuvchining “Bibixonim” tarixiy romani ikki qismdan iborat bo‘lib, unda Turon yurtining bosh malikasi Bibixonim va malikalar Tuman og‘o, Ruhparvar og‘o hamda kichik xonim Tukalxonim hayotining yulduzli onlari va ayanchli evrilishlari aks etgan.
— Shahodatxon ketma-ket tarixiy romanlarga qo‘l urdi, — dedi Ibrohim G‘afurov. — “Nodirai davron”ini qo‘limga olib bir necha sahifadayoq xayolim jonon tasvirlarga og‘di. Bu kitobni ayni bizning kunlarning nasr namunasi deb, poyonsiz bo‘zlagan tarix, poyonsiz ko‘zyoshlariga g‘arqi azob bo‘lgan odamzot, poyonsiz alam-qayg‘ulardan faryod solgan go‘yo dostonga kirib bordim. Adibaning o‘zini ham, yoshini ham unutib qo‘ydim: go‘yo behad navqiron va navzod bir qalam qamish nayga aylanib uzoq va yaqin tarix navolarini qudratli bir zarb bilan kuylardi.
“Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani vatanimiz tarixining og‘ir va musibatli zamonlari – mo‘g‘ul bosqini va istibdodi davri voqealarini yoritishga bag‘ishlangan. Asarda Sulton Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik kabi xalq qahramonlari personajlari gavdalangan. Muallifning keyingi ikki romanida Gavharshod begim va Nodirai davron haqida hikoya qilinadi. Mazkur kitoblarning barchasi “Maʼrifat bitiklari” nashriyotida "Turon malikalari"  turkumida chop etilgan.
— Shahodatxonni ilk hikoyalari chiqqanidayoq muxlis sifatida maftun bo‘lganman, — dedi Sharifa Salimova. — Ayniqsa, "Kechikkan baxt" hikoyasi menda katta taassurot qoldirgan. Bugungi kunga kelib, tarixiy asarlarni tuhfa qilayotgani kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otishiga shubha yo‘q, deb o‘ylayman.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar adibaning ijodiy faoliyati, izlanishlari, tarixiy romanlarining yaratilishi va uning ahamiyatiga eʼtibor qaratdi. Taqdimotda ijodkorga Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Yig‘ilganlarga muallifdan yangi kitoblar taqdim qilindi.

Zulayho Ahmadjonova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Parkent ijod uyuda Respublika Tarjimonlar forumi boshlandi. Tadbirning ochilish marosimini to‘liq tomosha qiling.
TAFAKKUR VA IJOD 11.06.24.
<unknown>
“O‘zbekiston” radiokanalining "Tafakkur va ijod" eshittirishida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Fozil Farhod bilan samimiy suhbatni tinglang. Unda ijodkorning bolalik xotiralari, kitobxonlik va bugungi adabiy jarayonlar haqida so‘z bordi. 1-qism. Muallif: Robiya Kamol.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/21 01:18:59
Back to Top
HTML Embed Code: