Telegram Web Link
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 5-iyun kungi 110-sonidan olindi.
ALLANAZAR ABDIEV XABAR
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobi taqdimoti “O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
SEVDIM

Sevdim,
Gullab ketdi ko‘zimda sog‘inch,
Sevdim,
O, ko‘ksimdan kaptarlar uchdi,
Sevdim,
Kiprigimda yulduzlar - sevinch,
Sevdim,
Gul kengliklar ko‘zimga ko‘chdi.

Sevdim,
Men kunlarni tanidim nogoh,
Sevdim,
Men o‘zimni yo‘qotdim baxtim.
Sevdim,
Gul ruhimdan yuragim ogoh,
Sevdim,
Ishq xokiga aylandi saxtim.

Sevdim,
Hijronlari tun sochdi - Layli,
Sevdim,
Faryod qildi yuragim - Majnun.
Sevdim,
Quvonchlardan g‘amlar chiroyli,
Sevdim,
Kimligimni aytib ber, ochun!

G‘ayrat Majid
Maʼrifat ulashib

Profi universitetida «Maʼrifat ulashib» doirasida Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, uyushma aʼzolari - Jo‘rabek Jahon va Yahyoxon Fayoz bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida oliygoh kutubxonasi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan 200 dan ziyod badiiy kitoblar topshirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob topish imkoniga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101615
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Anqara shahriga rasmiy tashrif bilan keldi.
"Pravda Vostoka" gazetasining 2024-yil 6-iyun kungi 111-sonida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Literatura - serdse naroda" sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
2024/09/21 20:05:30
Back to Top
HTML Embed Code: