Telegram Web Link
Anvar Obidjon tavalludiga 77 yil to‘ldi

Bugun Oltiariq tumanida O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 77 yilligiga bag‘ishlangan "Hayotning har lahzasi go‘zal" nomli adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Ahmedov hamda Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdimatov ochib, adibning ijodi milliy adabiyotimiz javohiriga aylangani haqida fikr yuritdi.
Unda shoir ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi. Anvar Obidjon sheʼrlari asosida kuylangan qo‘shiqlar ko‘ngillarni sururga to‘ldirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
EʼLON

   Jizzax viloyati Zomin tumani O‘riklisoy qishlog‘ida joylashgan “NKMK” sanatoriyasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari va xodimlarini davolanish va dam olishga chorlaydi. Buyurtmachilar sanatoriyga navbatdagi kirish mavsumidan 15 kun oldin Yozuvchilar uyushmasi raisi nomiga ariza yozishi va unga pasport va stir (inn) nusxalarini ilova qilishi lozim.
2024-yil 4-iyundan arizalar qabul qilish boshlandi.

   Qo‘shimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: 99. 898-30-31


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

SOBIR O‘NAR

(Tanlangan asarlar)

Iste’dodli yozuvchi Sobir O‘narning ushbu kitobiga turli yillarda yozilgan qissa va hikoyalar jamlandi. Adibning turli toifa odamlar, yoshlar va ziyolilarning chigal qismatlari xususidagi hayotiy mushohadalar, falsafiy qarashlar bilan yo‘g‘rilgan asarlari Siz aziz kitobxonni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Muharrirlar: Shodi Otamurod, Dilrabo Mingboyeva, Mansur Jumayev
Nashrga tayyorlovchi: G‘iyosiddin O‘narov
Nashriyot: “Sahhof”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#mujda

Yangi son mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI BILAN IJODIY UCHRASHUV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons

2024-yil 9-iyun, yakshanba kuni soat 18:10da "My5" telekanali "Izlarim" loyihasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod bilan bolalik chog‘lari va umr yo‘llari haqida so‘zlashamiz...
TAFAKKURGA CHORLOVCHI KITOB

“...Faqat mo‘min nafsiga hokimdir. O‘zi nafsi uchun xushnud bo‘lgan narsadan insonlar uchun ham xushnud bo‘lur. Mo‘min go‘zal axloqlidir. “Insonlarning Allohga eng sevimli bo‘lgani axloqi go‘zal bo‘lganidir”.
“Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
“Mo‘min dunyoni ortiga, qayg‘u va huzunlarning ortiga otmog‘ida hech zarar yo‘q. O‘lgach, mo‘minga (zarar va) huzn yo‘q. Aksincha, uning sevinchi ham, nashʼasi ham o‘lgandan so‘ngradir”, demoqdalar”.
Ko‘ngil (qalb) faqat nafsning sevinchlari ila kirlanur. Bu holda qalb (ko‘ngil) ila Alloh orasida to‘siq (parda) bo‘lur”.
Yuqoridagi iqtiboslar ulug‘ vatandoshimiz Hakim at-Termiziyning yaqinda “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashrdan chiqqan “Nafs tarbiyasi” kitobidan. Tarjimon va izohlar muallifi – Yo‘ldosh Eshbek.
Kitobda “Inson bu dunyoga nima uchun keldi? Qanday yo‘l tutsa ikki dunyo saodatiga muyassar bo‘ladi? Kamolot kasb etishning sirlari nimada? Insonni yuksak maʼnaviyat va maʼrifatdan to‘suvchi nafs qanday tarbiya topadi?” kabi muhim savollarga javob topasiz.
Hakim Termiziyning mazkur kitobi maʼlum maʼnoda maʼnaviy dasturilamal va “Ogohnoma” hamdir:
“...Erkin qo‘yilgan xohishlar halol, taqiqlanganlari zararlidir, haromdir.
So‘zning ahvoli ham shunday. U ham bir istakdir. Bir qismi halol, bir qismi haromdir. Baʼzi ovozlarni eshitmoq halol, baʼzilarini tinglamoq haromdir. Baʼzi narsalarga qaramoq halol, baʼzi narsalarga qaramoq esa aksidir. Oldi-berdidan ham baʼzisi halol, baʼzisi haromdir”.
“Nafs tarbiyasi” kitobining yana bir muhim fazilati – unda biz odatlanmagan, balki ilk bora uchragan fikr, xulosalarning taqdim etilganidir. Biz bu fikrlarni “Hakim Termiziyning oyat, hadislar yog‘dusidan olgan tafakkur tomchilari deyishimiz mumkin. Masalan, muallif inson hayotida, aniqrog‘i, kamolotida nafsga yoqmaydigan g‘am-alam, tashvish, dard, mahzunlikning o‘rnini o‘ziga xos usulda, hayotiy misollar bilan tushuntirib beradi. Mutafakkir bu boradagi fikrini quyidagi muborak hadisi sharif bilan yakunlaydi: “Hech kim uzundan-uzoq huzun (qayg‘u – mahzunlik) ila bo‘lgani qadar Allohga qullik (ibodat, bandalik) qilgan emas!”
Bu har qanday o‘quvchini o‘ylashga, tafakkur qilishga chorlaydigan nodir fikrlardir.
Yana bir maʼnaviy meros barchamizga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ta'ziya

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi filologiya fanlari doktori, professor Suvon Meliga opasi Ashuroy Shamsiyevaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida «Ma'rifat ulashib» loyihasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV biz haqimizda

"Ma'rifat ulashib" loyihasi yakunlandi. Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbir "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida yoritildi.

#31may #uzbekiston24
Taʼziya

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Qobilovga otasi Rahim Qobilovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Бадиий таржима соҳасида Муҳаммад Ризо Огаҳий номидаги халқаро мукофотни таъсис этиш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/604884

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Vatanparvarlikka chorlovchi kitoblar taqdimoti

Kuni kecha Harbiy tibbiyot akademiyasida "Men Vatan posboniman", "Men albatta harbiy bo‘laman" nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi vakillari, masʼullar, harbiy xizmatchilar, akademiya kursantlari ishtirok etdi.
Kechada Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova, yozuvchi Maʼmura Zohidova qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu kabi kitoblar "Xalq va Armiya - bir tan, bir jon" shiori ostida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismi ekanini alohida taʼkidladi.
Taqdimotda dilrabo taronalar yangradi, Vatan va yurt ravnaqi mavzusidagi sheʼrlar o‘qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/21 23:10:38
Back to Top
HTML Embed Code: