Telegram Web Link
IJODKORLAR – TALABALAR HUZURIDA

     Bugun Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Yuzma-yuz” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy  tadbir o‘tkazildi.
     Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, “Shuhrat“ medali sohibi, shoir Gʻayrat Majid, uyushmasi a’zolari – Salohiddin Isomiddinov, Jamshid Haqberdi, shoir Sa’dulla Turdiyev, yozuvchi Ibrohim Muhammad, ustoz o‘qituvchi Najmiddin Isomiddinov, institutning professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talabalari jam bo‘ldi.
     Dastlab mehmonlar tanishtirilib, ularning o‘zbek adabiyotiga qo‘shayotgan hissasi, erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
     Shoir Gʻayrat Majid o‘z nutqida yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ijodkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi va institut rektori Jamshid Shonazarovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kitoblari va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
     So‘z olganlar talabalarning qalbida nafosat urug‘larini qadashda adabiyotning o‘rni xususida fikrlarini bildirdi, o‘z asarlaridan namunalar o‘qidi.
     Institut iste’dodli talabalarining nazm va navoga yo‘g‘rilgan dasturi adiblar ijodiga ehtiromning yorqin namunasi bo‘ldi.
     Yakunda institut rahbariyati, fidoyi pedagoglar hamda faol talabalar taqdirlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Radio to‘lqinlarida

“O‘zbekiston”  radiokanali "Tafakkur va ijod" eshittirishida publitsist, jurnalist O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi Ro‘zimboy Hasan (Ro‘zimboy Hasan) bilan samimiy suhbatni tinglang.

Unda ijodkorning bolalik xotiralari,  kitobxonlik, adabiy jarayonlar, kechagi va bugungi jurnalistika,  matbuot va ustoz jurnalistlar, yoshlar haqida so‘z boradi.

Muallif:
Robiya Kamol
Yangi kitoblar taqdimoti

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida shoira Zuhra Begimning "Samarqanddan esgan sabolar", "Ulug‘bekning nurli nigohi" sheʼriy va badiiy publitsistik hamda bolalar uchun "Baxtli bolalik" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
   Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda uyushma aʼzolari, viloyat axborot kutubxonasi, Yoshlar markazi xodimlari, harbiylar ishtirok etdi.
   Taqdimotni Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov ochib berdi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, adabiyotshunos olim Suvon Meli, uyushma aʼzosi Xudoyberdi Komilov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori Malika Jumazoda shoiraning ijodiy faoliyati haqida so‘zladi.
- Zuhra Begim serqirra ijodkor. U hayot haqiqatidan chekinmaydigan isteʼdodli, tuyg‘ulari samimiy shoiradir, - dedi yozuvchi Muhammad Ali. - U mehnati tufayli sermahsul ijod qilmoqda. Bu mehnatlar bir kuni albatta, o‘z samarasini berishiga ishonaman.
    O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov shoirani yangi kitoblari bilan tabrikladi va ijod olamida faol ekanini aytib, Jurnalistlar ijodiy uyushmasining aʼzolik guvohnomasini topshirdi.
Taniqli sanʼatkorlar tomonidan shoiraning sheʼrlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro qilindi. Zuhra Begim ishtirokchilarga yangi kitoblaridan sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
2024/09/22 03:39:18
Back to Top
HTML Embed Code: