Telegram Web Link
ZOMIN SEMINARINING QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Qarshi shahridagi “Maʼnaviyat maskani”da Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari yosh ijodkorlari ishtirokida Zomin seminarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlarning sheʼriyat, nasr, tarjima, bolalar adabiyoti, badiiy publitsistika, adabiy tanqidchilik janrlaridagi ijodiy ishlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, taniqli yozuvchi Nurali Qobul, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Farog‘at Xudoyqulova, uyushma aʼzosi, tarjimon Saidjalol Saidmurodov va yosh shoir Masihulloh Madaminov tomonidan ko‘rib chiqilib, baholandi.
   Eng yaxshi ijod namunalari Zomin seminari respulika bosqichi uchun saralab olindi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan sertifikat va kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Misr Oliy madaniyat kengashida "O'tkan kunlar" romanining arab tilidagi nashrining taqdimoti o'tkazildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
BUGUN – ТАNIQLI ADIB VA TARJIMON NOSIR FOZILOV TUG‘ILGAN KUN

     O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi agar hayot bo‘lganida bu yil 95 yoshni qarshi olardi.
     Darhaqiqat, u 1929-yilning 1-iyunida Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston (hozirgi Turkiston) viloyati Turkiston tumani Koriz qishlog‘ida tug‘ildi. 1954-yili SAGU (hozirgi O‘zMU)ni tugatib, “Pioner” (“Gulxan”),  “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotlarda samarali faoliyat yuritdi.
     Avlodlarga yigirmadan ortiq nasriy va memuar, ellikdan ortiq tarjima asarlar qoldirdi.
     Nosir Fozilovning adabiyotga qo‘shgan hissasi e’tiborsiz qolmadi. Adib O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘.G‘ulom, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining B.Maylin nomidagi, Xalqaro “Alash”, “Oltin arg‘umoq”, Hamza nomidagi, Qozog‘iston Prezidentining “Tinchlik va barqarorlik” mukofoti, davlatimizning “El-yurt hurmati” ordeni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi unvoni sohibi bo‘ldi.
     O‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlarining adabiy aloqalarini mustahkamlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan adib o‘ttizga yaqin shogirdining kamolotiga ham shohid bo‘ldi. Rafiqasi Muborak Fozilova bilan hamkorlikda bir qancha mag‘zi to‘q kitoblar chop ettirdi.
     Ustoz adib 2018-yilning 13-yanvarida vafot etdi.
     Bugun ijod namunalari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinayotgani adibning umri bardavomligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
BO‘LAJAK PEDAGOGLAR BILAN BIR KUN

Buxoro davlat pedagogika institutida“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi o‘tkazilgan tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo va uyushmaning Buxoro viloyati bo‘limi rahbari, shoir Shodmon Sulaymon taklif etildi.
Mehmonlar dastlab “Ilmiy-ijodiy ko‘rgazma”, “Ilm-fan”, “Sog‘lom avlod”, “Ma’rifat maydoni”, “Vatanparvarlik – milliy yuksalish garovi”, “Zakovat”, “Balli qizlar” bekatlarida bo‘lib, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining ilmiy, ijodiy, sport va boshqa ko‘plab jabhalarda erishgan yutuqlari bilan tanishdi.
Tadbir davomida institut kutubxonasi, professor-o‘qituvchilari va talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/22 05:46:05
Back to Top
HTML Embed Code: