Telegram Web Link
Shoiru sheʼru shuur

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so‘z yondosh bo‘lur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru sheʼru shuur.

Erkin Vohidov
Maʼrifat ulashib

Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab bir guruh ziyolilar, ijokdorlar “Maʼrifat ulashib” nomi ostida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda .
Shu munosabat bilan Yangi asr universitetida taniqli shoirlar — Bobur Bobomurod, Jo‘rabek Jahon hamda Yahyoxon Fayoz bilan mazkur loyiha doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan adabiy islohotlarning ahamiyati, yoshlarni adabiyotni sevishga va kitobxonlikka chorlashga eʼtibor qaratildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda
Forwarded from JADID media | rasmiy
#tarannum

“VATAN MANZUMASI” VILOYATLARDA

Ma’mura ZOHIDOVA

▪️Joriy yilning mart oyida “Turkiston” saroyida o‘n kundan ziyod uzluksiz namoyish etilgan ushbu adabiy dastur keng jamoatchilikning taklifiga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlarida tomoshabinlarga taqdim qilingan edi.
▪️Shu kungacha Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida muvaffaqiyatli namoyish qilinib, tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Batafsil
: jadid-media.uz/vatan-manzumasi-viloyatlarda/

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from JADID media | rasmiy
#Oʻlmas_Jamol_tavalludining_90_yilligi

“DO‘STLAR DIYDORI”

Mansur JUMAYEV

▪️Tojikistonda yashab o‘zbek tilida ijod qilgan taniqli g‘azalnavis shoir, do‘stlik kuychisi O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi nishonlandi.
▪️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan elchixona muzeyi va Dushanbe shahridagi 103-sonli o‘zbek maktabi uchun kitob­lar va esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Batafsil
: jadid-media.uz/dostlar-diydori/

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har bir bo‘lg‘usi olim albatta insho yozishi kerak...."

Abduqayum Yo‘ldoshev, yozuvchi.

"Olamning qalbi"
Maʼrifat ulashib

Toshkent davlat stomatologiya institutida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirning navbatdagi manzili institutning 2-sonli talabalar turar joyi bo‘ldi.
Unda yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirishga eʼtibor qaratildi.
Muloqot avvalida “Adolat” gazetasi bosh muharriri Islom Hamroyev hamda shoira Adiba Umirova talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ngra muloqot adiblarning hayoti, faoliyati, ijodiy kechinmalari va she‘rlarini yaratilishi haqidagi qiziqarli suhbati tarzida davom etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobi taqdimoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mushoiradan lavha

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bokuda O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "So'z latofati" kitobining ozarboyjoncha nashri taqdimoti bo'lib o'tdi.

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushdi

Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti  hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.
2024/09/23 09:17:18
Back to Top
HTML Embed Code: